Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

benefitsiar
prinsipalning majburiyati bo‗yicha kafolatni qabul 
qiluvchi kreditor hisoblanadi.
 
Kafolatga binoan bank (kafil) mijozning (prinsipal) iltimosiga 
ko‗ra, bank o‗z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq 
prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‗lash haqida yozma 
talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‗lash haqida prinsipalga yozma 
majburiyat beradi. Kafolat prinsipalning (mijozning) benefitsiar oldidagi 
o‗z majburiyatini (asosiy majburiyatni) lozim darajada bajarishini 
ta‘minlaydi. Kafolat berilgani uchun prinsipaldan bank tarif stavkalarida 
yoki kredit komissiyasi qarorida belgilangan miqdorda haq to‗lanadi. 
Kafolat berilishida bank va prinsipial o‗rtasida alohida yozma shartnoma 


332
yozma shaklda tuzilishi kerak. Kafillik beruvchiga boshqa bank xizmat 
ko‗rsatayotgan bo‗lsa, imkoni boricha unga xizmat ko‗rsatuvchi bank 
ishtirokida tuzish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Kafillik shartnomalarni 
tuzish, o‗zgartirish va bekor qilish tartibi Fuqarolik kodeksi asosida 
tartibga solinadi.
Fuqarolik kodeksida belgilangan norma talablaridan kelib chiqib, 
bank tomonidan kafilga qo‗yiladigan talab uning solidar javobgarligini 
ko‗zda tutadi, ya‘ni kafil bank oldida qarzdor bilan baravar hajmda 
javob beradi, shu jumladan, foizlar to‗laydi, qarzni undirib olish 
bo‗yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki 
lozim darajada bajarmaganligi tufayli bank ko‗rgan boshqa zararlarni 
to‗laydi. «Tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari to‗g‗risida»gi 
qonunda kafil bo‗lib to‗lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar 
chiqishi mumkinligi ko‗zda tutilgan. Kreditlash bo‗yicha amaldagi 
tartibda yuridik shaxslardan auditorlik xulosasi talab qilingan holda, 
yakka tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning to‗lovga qobiliyatliligi bank 
tomonidan umum qabul qilingan qoidalar asosida o‗rganiladi. Jumladan, 
tadbirkorga xizmat ko‗rsatuvchi bankdan hisob varag‗idagi mablag‗lari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, jismoniy shaxsdan esa uning omonati (uning 
taklifi bilan) yoki ish haqi, boshqa daromadlari to‗g‗risidagi zarur 
hollarda, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan jismoniy 
shaxsning daromadlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni taqdim qilish 
so‗raladi. Jismoniy shaxslarning kafilligi faqat jismoniy shaxslarga 
kredit berishda asosiy ta‘minot sifatida olinishi mumkin, boshqa 
kreditlar bo‗yicha jismoniy shaxsning kafilligi qo‗shimcha yoki 
navbatdagi ta‘minot sifatida qabul qilinadi. 
Bank yoki boshqa moliya muassasalari tomonidan beriladigan 
kafolatlar ushbu tashkilotlarning bevosita birinchi rahbari yoki boshqa 
vakolatli shaxslari hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolangan va 
muhrlangan bo‗lishi talab etiladi, kafolat berish huquqi bank filiallar 
vakolatiga berilgan bo‗lsa, u holda bunday vakolatni beruvchi yuridik 
shaxsning vakolatli boshqaruv organining shartnoma tuzishga ruxsati 
taqdim qilinishi lozim. Kafolat xatida kafolat beruvchining kredit va 
unga hisoblangan foizlarini ma‘lum bir sabablarga ko‗ra qarzdor 
tomonidan to‗lanmay qolishi sodir bo‗lganda, bankning birinchi talabiga 
muvofiq to‗lab berilishi aniq aks ettirilishi talab etiladi.
325
Ta‘minlanganlik tamoyilining asosiy maqsadi kreditning qaytib 
kelishini ta‘minlashga qaratilgan. Shu bois bu tamoyil kredit riski va u 
bilan bog‗liq yo‗qotishlarning oldini olib, kreditning o‗z vaqtida bankka 
qaytib kelishini ta‘minlaydi. 
O‗zbekiston Respublikisining bank qonunchiligi tijorat banklari 
tomonidan beriladigan kreditlar turli shakldagi ta‘minlanganlikka ega 
bo‗lishi lozimligini ko‗zda tutadi. Kreditning ta‘minlanganligi sifatida 
quyidagilar qabul qilinishi mumkin: 
Garov. 
Kafillik. 
Kafolat. 
Sug‗urtalash. 
O‗tkazish (sessiya). 
Kreditning ta‘minoti sifatida bir yoki bir necha ta‘minot shakli 
qabul qilinishi mumkin. Ta‘minotning hajmi va turlari qarz oluvchining 
moliyaviy ahvoliga, ssudaning hajmiga, qarz oluvchining mavqeyiga, 
majburiyatlarni o‗z vaqtida bajara olish imkoniyati va mas‘uliyatiga 
bog‗liq bo‗ladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 259-moddasiga 
asosan qarzdorning majburiyatlari garov, qarzdorning mulkini ushlab 
qolish, kafolat, va qonun bo‗yicha yoki shartnomada ko‗rsatilgan boshqa 
usul bilan ta‘minlangan bo‗lishi mumkin. Bu ta‘minotning qaysi birini 
tanlash majburiyat turiga bog‗liq Aksariyat hollarda kredit va qarz 
shartnomasini bajarish bo‗yicha garov, kafolat qulay hisoblanadi. Qarz 
oluvchi kreditning ta‘minlanganligi sifatida bir yoki bir necha turdagi 
ta‘minlanganlikni qo‗yishi va uni kredit shartnomasida ko‗rsatishi 
mumkin. Kreditning ta‘minlanganligi bo‗yicha garov kredit shartnoma 
bilan birgalikda rasmiylashtiriladi va unga, albatta, ilova qilinishi lozim. 
Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 738-moddasida qarz oluvchi qarz 
summasining 
qaytarib 
berilishini 
ta‘minlash yuzasidan qarz 
shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek, 
qarzning ta‘minoti qarz beruvchi javobgar bo‗lmagan vaziyatlarda 
yo‗qotilsa yoki uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‗lmasa, qarz beruvchi qarz 
oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli 
foizlarni to‗lashni talab qilishga haqli ekanligi ko‗rsatilgan. 
Jahon amaliyotida bank ssudalarini ta‘minlashning o‗ta keng 
tarqalgan turlari-yer uy-joy, qimmatli qog‗ozlar, debitorlik qarzlari 


326
yig‗indilari, tegishli hujjatlar bilan birga taqdim etilgan tovarlar, sug‗urta 
polislari va boshqalar hisoblanadi. 
Yer uy-joy va boshqa ko‗chmas mulk ta‘minotning ishonchli va 
muhim obyekti hisoblanadi, ular hech qachon o‗z qiymatini to‗la 
yo‗qotmaydi Qimmatli qog‗ozlar bank uchun ma‘qulroq ta‘minlash turi 
hisoblanadi Chunki qimmatli qog‗ozlarni fond bozorida osongina sotish 
mumkin bankda saqlash uchun xarajatlar talab qilinmaydi Shular bilan 
bir qatorda ularni sotish va sotib olishda ortiqcha rasmiyatchilikning 
yo‗qligi qimmatli qog‗ozlarning ta‘minlanganlik obyekti sifatida 
ahamiyatini oshiradi Ayni vaqtda shuni esda tutish lozimki agar 
ta‘minlanganlik sifatida aksiya olinayotgan bo‗lsa uning kursi keskin 
tebranishi mumkinligini kurs pasayganda zarar ko‗rish mumkinligini
albatta, inobatga olish lozim
Debitor qarzdorlik yig‗iindisi deganda bu yerda ochiq hisob 
varaqlar bo‗yicha hisob-kitoblardagi qarzdorlik yig‗indisi tushuniladi
Bu pul bankning mijozi jo‗natgan tovarlari uchun xaridorlardan olishi 
lozim bo‗lgan puldir Bu turdagi ta‘minlash obyekti jahon amaliyotida 
keng qo‗llaniladi
Xomashyo
materiallar 
va 
tayyor 
mahsulotlar 
ko‗pchilik 
davlatlarda xususan respublikamizdagi kreditning keng qo‗llaniladigan 
ta‘minlanish obyekti bo‗lib xizmat qiladi
Sug‗urta qilinuvchi sug‗urta kompaniyasiga badal to‗lab boradi
Sug‗urta muddati tugashi bilan mablag‗ to‗lagan shaxsga qaytarilishi 
mumkin Bank sug‗urta polisini yig‗ilgan badallar yig‗indisi miqdorida 
ta‘minlanganlik uchun qabul qiladi
Ishonchli kreditlar va ularning qaytarilishini ta‘minlovchi birdan-bir 
garov shakli kredit shartnomasi hisoblanadi Kredit shartnomasi 
shartlarining bajarilishini kredit ta‘minlanganligining sharti sifatida 
qabul qilish xorijiy banklar tomonidan cheklangan hajmda ishonchga 
sazovor bo‗lgan doimiy mijozlarni qisqa muddatda kreditlash jarayonida 
qo‗llaniladi O‗rta va uzoq muddatli kredit berishda ham berilgan 
kreditlarni sug‗urta qilish sharti bilan istisno tariqasida qo‗llanilishi 
mumkin Odatda, sug‗urta qilish qarz oluvchi hisobidan amalga 
oshiriladi
Yaxshi ta‘minlangan kreditlar Bunday kreditlar zamonaviy bank 
kreditining asosiy turi sifatida ta‘minlangan ssudalar hisoblanadi
Ta‘minlanganlik sifatida qarz oluvchining har xil shakldagi mulki
331
Bank bir paytning o‗zida kredit ta‘minoti uchun 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish