322
- Kreditni to‗lash bo‗yicha zaxira mablag‗lari yo‗q.
- Qarz oluvchi maqsadi moddiy ta‘minotga ega emas.
- Qarz oluvchining kredit savolnomasi yomon asoslangan.
- Qarz oluvchi bir vaqtning o‗zida ham aktivlari, ham umumiy
kapitali garoviga ssuda olishni mo‗ljallagan.
- Kredit bevosita qiymat tashkil etiluvchi, ishlab chiqarish ja-
rayoniga emas, balki muomala sohasiga yo‗naltirilgan.
- Kreditni qaytarish muddati to‗liq asoslanmagan.
V. Belgilangan normalarda chetlashish ―signallari‖:
- O‗z xo‗jalik faoliyati bo‗yicha hisobot ma‘lumotlarini taqdim
etish davriyligidagi buzilishlar.
- Bank hisob varaqlarini yuritishdagi normalarda chetlashishlar.
- Kreditlash shartlarining qayta ko‗rilishi; kreditni qaytarish
sxemasidagi o‗zgarishlar; ssudani cho‗zish bo‗yicha iltimoslar.
- Xo‗jalik
faoliyati
moliyaviy
ko‗rsatkichlarining
rejadan
farqlanishi.
- Qarz oluvchining mahorati va hisob tizimlarida chetlanishlar.
Kreditga layoqatlilikni baholash bilan birga bank kreditdan
foydalnishning iqtisodiy samaradorligini ham tekshiradi. Buning uchun
qarz oluvchining kredit olishdan maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar ko‗rib
chiqiladi. Bank qarz oluvchining maqsadining haqqoniyligini, ularni
(talab, taklif, sifat va miqdor, narxi, raqobatchilarning qarshiligi va
boshqa ko‗rsatkichlari bo‗yicha) shakllanayotgan bozor konyunkturasiga
mos kelishini baholaydi. Shu bilan birga, bank mijoz kredit so‗ragan
faoliyat turi bo‗yicha daromad va xarajatlarni solishtiradi. Bank
kreditdan foydalanish natijasida mijozning o‗z xarajatlarini qoplashi va
kreditning qaytarilishiga yetarli daromad olishga imkon bo‗lishi lozim.
Ana shunday baholashlarga asosan bank kreditni berish (yoki uni
rad etish) to‗g‗risidagi qaror qabul qiladi. Mijozning kreditga
layoqatliligiga qarab bank kredit bo‗yicha foiz, muddat va summasini
o‗zgartirishi mumkin. Bu parametr qarz oluvchi bilan muhokama etiladi
va kredit shartnomasida belgilab qo‗yiladi.
Ko‗rib chiqqanimizdek, turli mamlakatlarda kreditga layoqatlilikni
aniqlashda turlicha yondashuvlar bo‗lsada, ularning asosiy maqsadi bank
tomonidan beriladigan kreditlarning samarali ishlatilishi va ularning o‗z
vaqtida bankka qaytib kelishini ta‘minlashdan iborat.
335
majburiyatlarining chegaralari, kafolatni chaqirib olish asoslari,
shartnoma bo‗yicha javobgarlik, uni bekor qilish va boshqa rekvizitlar
ko‗rsatiladi.
O‗zbekiston Respublikasining banklarga oid qonun hujjatlariga,
shu jumladan, Markaziy bank tomonidan o‗rnatilgan iqtisodiy
me‘yorlarga rioya etmayotgan hamda kredit portfelida 6 foiz va undan
yuqori miqdordagi to‗lov muddati o‗tgan yoki muammoli aktivlari
mavjud bo‗lgan tijorat banklari tomonidan kafolat berish taqiqlanadi.
Undan tashqari tijorat banklari tomonidan berilgan jami kafolat va
prinsipal tomonidan qoplanmagan benefitsarga to‗lab berilgan
mablag‗lar summalarining yig‗indisi birinchi darajali bank kapitalining
25 foizidan oshmasligi kerak.
Bank kafolatini olish xohishida bo‗lgan mijoz (prinsipal) zarar
ko‗rib ishlamayotgan bo‗lishi hamda likvid balansga ega bo‗lishi,
muddati
o‗tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud
bo‗lmasligi, oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‗yicha ijobiy auditorlik
xulosasiga hamda ijobiy kredit tarixiga ega bo‗lishi lozim. Agarda mijoz
bank kafolatini olgandan keyin shartnoma shartlarini buzsa, bank
tomonidan kafolat chaqirib olinishi mumkin.
Buning uchun bank kafolat
berishda uning chaqirib olish mumkinligi yoki mumkin emasligini aniq
belgilab qo‗yishi va bu shartnomada aks ettirilgan bo‗lishi lozim. Bank
tomonidan berilgan kafolatda uning berilgan kuni va amal qilish
muddati va agar bankning boshqa shartlari bo‗lsa ular ham.ko‗rsatilgan
bo‗lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: