318
to‗lovlar tarixi – (35 %), qarz majburiyatlari (30 %), kredit tarixi va
uning muddati (15 %), kredit olishga berilgan buyurtma yoki talab (10
%), bankda mavjud hisob varaqlar va kredit turlari (10 %) ta‘siridan
kelib chiqib shakllanadi.
Skoring bo‗yicha aniqlangan baho - bu doimiy ko‗rsatkich
bo‗lmaganligi bois uning miqdori o‗zgarib turadi. Bu mijozning
faoliyatiga, bankning mijoz to‗g‗risida yangi ma‘lumotlarga ega
bo‗lishiga bog‗liq. Mijoz faoliyatiga berilgan skoring bahoning past
yoki yuqori bo‗lishi – unga kredit berish yoki bermaslik hamda
mijozning kreditni qaytara olishi yoki qaytara olmasligi to‗g‗risida qaror
qabul qilishiga, kredit riski ko‗lamini baholashga asos bo‗ladi. Masalan,
xorijiy banklar amaliyotida demografik skoring tushunchasi ham bo‗lib,
mijozlarning 35-40 yoshdagilari skoring bahoning yuqori bo‗lishiga
zamin yaratadi. O‗z uy-joyiga ega bo‗lishi skoring ko‗rsatkichni yanada
oshirsa, mijoz yoshining ulug‗ bo‗lishi, oilada farzandlarning yoki
qaramog‗ida odamlarning ko‗p bo‗lishi skoring ballarining pasayishiga
olib keladi va h.k.
Skoring
tizimi
bo‗yicha
mijoz
faoliyatini
baholash
avtomatlashtirilgan bo‗lganligi uchun u operatsion risk va xarajatlarni
kamaytiradi, kredit buyurtmani ko‗rib chiqish vaqtini qisqartiradi, bank
faoliyatini kredit siyosati talablaridan kelib chiqqan holda tashkil
qilishga yordam beradi. Skoringning ijobiy tomonlari bilan birgalikda
ba‘zi kamchiliklari ham mavjud.
Yuqoridagi ma‘lumotlardan shuni ko‗rish mumkinki, skoring usuli
bo‗yicha kredit ajratishda uning kamchiliklaridan ko‗ra ijobiy tomonlari
va qulayliklari ko‗proq.
Xorijiy davlatlarda har bir bank mijozning moliyaviy holati, kreditga
layoqatliligi, uning o‗z majburiyatlarini to‗lay olish qobiliyati,
faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan risklar darajasi, ularni
qoplash olish imkoniyati va boshqa baholovchi ko‗rsatkichlar tizimi
asosida skoringni o‗zi ishlab chiqadi. Shuningdek, har bir bankda
skoring ballarni kamaytiruvchi, binobarin, kredit olish ehtimolini
pasaytiruvchi ―stop‖signallar ham mavjud. Bular:
-
tez-tez ish joyini o‗zgartirish;
-
ko‗p bolalaik yoki qaramog‗ida ko‗p a‘zolar bo‗lgan oilalar;
-
juda yosh yoki keksa yoshdagi mijozlar;
-
keyingi paytlarda mijozning banklarga tez-tez murojaat
qilishi;
307
Ko‗pchilik adabiyotlarda kreditga qobillikni aniqlashning ikki
modeli kengroq tasniflanadi: ya‘ni, balli baholash modeli va bankrot
bo‗lish ehtimolini bashorat qilish modellari. Balli baholash modeli qarz
oluvchilarni yaxshi va yomonga, bashorat qilish modeli esa korxonalarni
bankrotlikka uchrash yoki uchramaslik ehtimollarini aniqlab beradi.
CAMPARI usuli Yevropa va Amerika banklari amaliyotida ijobiy
baholangan usullardan hisoblanadi.
AQShda mijozlarning kreditga layoqatligini baholashning balli
tizimini quyidagi jadvalda ko‗rishimiz mumkin.
43-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: