Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Talab qilib olinadigan qo„yilmalar



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Talab qilib olinadigan qo„yilmalar
, shuningdek, joriy hisob 
varag‗idan mablag‗lar omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. 
Muddatli omonatlar
– mijoz tomonidan bankka ma‘lum muddatga 
qo‗yiladigan qo‗yilmalar bo‗lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan 
yuqori foizlar to‗lanadi. Bankning foiz stavkalari qo‗yilmaning muddati 
va miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. 
Jalb qilingan mablag‗lar bankning real holatini ko‗rsatib uning 
salohiyati to‗g‗risida xulosa qilishga zamin yaratadi. Real majburiyatlar 
bank balansida talab qilingunga qadar depozitlar, muddatli depozitlar, 
jalb qilingan banklararo kreditlar sifatida aks ettirilsa, balansdan tashqari 
majburiyatlar bank tomonidan beriladigan kafolatlar, mijozlarga 
ochilgan kredit liniyalarda namoyon bo‗ladi. Majburiyatlarni bajarish 
manbasi bo‗lib g‗aznadagi mablag‗lar, vakillik hisob varag‗idagi 
qoldiqlar, likvid aktivlar, banklararo resurslar bozori yoki Markaziy 
bankdan olingan kreditlar xizmat qiladi. Bank resurslari nafaqat kredit 
berish uchun, balki bankning boshqa aktiv va vositachilik 
operatsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‗yilmalari to‗liq 
summada yoki bo‗lib-bo‗lib qo‗yiladi va berilishi mumkin. Banklar 
to‗lovlilik asosida turli xil maqsadli qo‗yilmalarni, muddatli yoki talab 
qilib olish mumkin bo‗lgan jamg‗armalarni qabul qiladilar. Ular bank 
uchun qimmatga tushsada, ular kredit potensialini mustahkamlash 
manbasi hisoblanadi. 
Banklar uchun muddatli qo‗yilmalar juda qulaydir. 
Banklar mijozlar mablag‗laridan yetarli darajada uzoqroq foydala-
nishni amalga oshirishdan manfaatdordirlar. Shu sababli banklar obli-
gatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo‗li bilan o‗z 
resurslarining miqdorini ko‗paytirib boradilar. 
Obligatsiya qarzlari obligatsiyalar ko‗rinishida emitentlashadi. 
Hozirgi davrda chet el amaliyotida ikki valyutali obligatsiyalar uch-
raydi. Bu obligatsiyalar bo‗yicha daromadlar obligatsiya egasi ixtiyoriga 
113
Bank kapitali operatsion xarajatlarni moliyaviy bozorlarga erkin 
kirib borishini ta‘minlash orqali kamaytiradi. Katta miqdordagi kapital 
bankning barqaror obro‗sini va omonatchilar ishonchini ta‘minlaydi. 
Bank kapitalining aktivlarga nisbati, O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan o‗rnatilgan me‘yorlar bilan yaqindan o‗zaro 
bog‗liq. Ya‘ni kapital qarz olish bilan yangi aktivlar jalb qilinishini 
chegaralash orqali riskning oshib ketishini to‗xtatadi yoki uni 
kamaytiradi. Agar banklar ssuda miqdorini oshirmoqchi yoki boshqa 
aktivlarni sotib olmoqchi bo‗lsalar, yuqorida keltirilgan yo‗llar bilan ular 
aksioner kapitalini qo‗shimcha moliyalashtirishni ta‘minlashlari kerak. 
Bu aktivlarning spekulyativ o‗sishining oldini oladi va banklar o‗z 
aktivlarini samarali boshqarish imkoniyatlarini saqlab qoladi.
Bankning o‗z kapitali hissasining kamayishi ba‘zi hollarda 
banklarning bankrot bo‗lishiga, ayniqsa, iqtisodiy yoki bank inqirozlari 
davrida passivlar va ularni joylashtirish sohasida yetarli darajada o‗ylab 
chiqilmagan siyosat banklaring sinishiga sabab bo‗lishi mumkin. 
AQShda kattaligi bo‗yicha yigirmanchi o‗rinda turuvchi ―Franklin 
neshnl bank‖ni sinishining sabablaridan biri – bankning o‗z kapitali 
hissasining bank balansida keskin qisqarishi bo‗lgan. Xuddi shu sabab, 
1979-yil aktivida 250 mln AQSh dollari va 44 ming omonatchisiga ega 
bo‗lgan AQShdagi ―Dnuverz neshnl benk of Chikago‖ bankining 
sinishining asosi hisoblanadi. 
1980-yillarning ikkinchi yarmida AQShda banklarning bankrotlik 
soni o‗sdi. 1984-yilda AQShda birinchi o‗nlikda turuvchi yirik 
banklardan biri bo‗lgan ―Kontinental Illinoys‖ banki sinish holatining, 
hukumatning maxsus dasturi orqali oldi olindi. 
Tijorat banklari sinishlarining eng ko‗pi 1988-yilga to‗g‗ri kelgan. 
1994-yilda 13 ta tijorat banklari singan. 2008-yilda keng yoyilgan jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozining asosiy sababi ham tijorat banklari 
kapitali va ularning amalga oshiradigan operatsiyalari orasida 
mutanosiblikga rioya qilinmaganligidadir.
Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali byudjet 
taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon 
moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri 
hisoblanadi (7-jadval).
Jadvaldan ko‗rinadiki, 1996-yilda rivojlangan mamlakatlar hissasi-
ga 46,2 mlrd dollar hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosi to‗g‗ri kelgan 
bo‗lsa, 2007 yilga kelib bu ko‗rsatkich 798,8 mlrd dollar hajmdagi sal-
biy saldoni, ya‘ni taqchillikni tashkil qilgan. Bu davrda rivojlanayotgan 


114
mamlakatlarning 87,5 mlrd dollar hajmdagi salbiy tashqi savdo saldosi 
509,7 mlrd dollar hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosiga aylangan. 
7-jadval 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish