82
ishlaydigan alohida aloqa kanali bilan ta‘minlanishi, kompyuterlarga,
modemlarga, dasturiy ta‘minot va texnikani ishlatish bo‗yicha ta‘lim
olgan mutaxassislarga ega bo‗lishi shart.
Banklar
va
ularning
filiallari
binolarining
muhofazasi
ta‘minlanganligi hamda muhandis-texnik qo‗riqlash vositalari bilan
jihozlanganligi, dasturiy mahsulotlarning tayyorligi yuzasidan xulosa
berish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori
bilan tasdiqlangan binoning Markaziy bank talablariga muvofiqligi,
asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar
bilan jihozlanganligi to‗g‗risida xulosa berish tartibi to‗g‗risidagi
nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
«Qimmatli
qog‗ozlar
bozori
to‗g‗risida»gi
O‗zbekiston
Respublikasi qonunining 49-moddasiga asosan, yuridik yoki jismoniy
shaxs yoxud o‗zaro kelishuv bilan bog‗langan yoki bir-birining mol-
mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan
bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizdan ortig‗ini
olish O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20
foizdan ortig‗ini olish esa oldindan uning roziligini olishni talab qiladi.
Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo‗lgan aksiyadorlar soni o‗ttiz
kishidan kam bo‗lgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan
banklarda kuzatuv kengashi vazifasi bank ustavi bilan aksiyadorlarning
umumiy yig‗ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin.
Aksiyadorlari soni 500 tagacha bo‗lgan aksiyadorlik jamiyati
shaklidagi banklarning kengashi tarkibi kamida besh a‘zodan,
aksiyadorlari soni 501 tadan 1000 tagacha bo‗lgan banklarda kamida
yetti a‘zodan va aksiyadorlari soni 1000 tadan ortiq bo‗lgan banklarda
kamida to‗qqiz a‘zodan iborat bo‗lishi lozim.
Tijorat banki aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilayotgan
muassislardan biri yoki o‗zaro bog‗liq bo‗lgan shaxslar tomonidan bank
aksiyalarining 5 foizdan ortig‗ini sotib olayotgani haqidagi xabar, agar
bank aksiyalarining 20 foizidan ortig‗i sotib olinayotganida esa bunga
rozilik berishni so‗rovchi iltimosnoma taqdim etilayotgan hujjatlar.
Davlat ro‗yxatidan o‗tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga
oshirishga litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar
qo‗yiladi:
- litsenziya berish va bankni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish to‗g‗risida
vakolatlari muassislar tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan vakil
shaxs tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi;
95
Tugatuvchi tomonidan qonunchilik talablari buzilgan hollarda Markaziy
bank boshqa tugatuv komissiyasini yoki tugatuv komissiyasi a‘zolarini
tayinlashi mumkin. Tugatuv komissiyasi faoliyati va tugatuv
jarayonlarini Markaziy bank doimo nazorat qilib boradi. Bankni tugatish
bilan bog‗liq bo‗lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: