574
Bank likvidligining asosiy sharoitlaridan biri, uning aktivlari
likvidligidir.
Likvid aktivlar - ularning yaxshi ma‘lum bo‗lgan bozor narxining
shakllanishini ta‘minlaydigan, doimiy ravishda sotiluvchi va sotib
olinuvchi aktivlarning alohida turi bo‗lib, banklar ularni qisqa muddat
ichida sotib olishga tayyor bo‗lgan xaridorni topishi mumkin.
Bunday
aktivlar qatoriga naqd pullar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, qisqa
muddatli (yetti kungacha) banklararo kreditlar kiradi. Iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) davlatlari hukumatlari
hamda fond bozori rivojlangan davlatlarining mashhur transmilliy
kompaniyalarining qimmatli qog‗ozlari ham yuqori likvidlikka egadir.
Nolikvid aktivlar deb, bozor narxini kotirovka bo‗yicha aniqlash
mumkin bo‗lmagan va bu turdagi aktivlarning
xarid narxi sotuvchi va
xaridor o‗rtasidagi kelishuv natijasida xususiy tarzda aniqlanadigan
aktivlarga aytiladi. Bunday aktivlarning qiymati katta miqdordagi
o‗zgarishlarga uchrab turishi taqqoslashni qiyinlashtiradi. Bu turdagi
aktivlarga, masalan, kreditlar, qimmatli qog‗ozlar bozorida kotirovkaga
ega bo‗lmagan yoki kotirovkasi qiyin bo‗lgan qimmatli qog‗ozlar,
asosiy vositalar va boshqalar kiradi. Tezda naqd pul miqdorini oshirish
uchun nolikvid aktivlarni sotish zarur bo‗lganda,
bank ularni zarar
ko‗rgani holda sotishi mumkin.
Bank likvidligining yana bir jihati bankning to‗lovga qobiliyatliligi
bo‗lib, uning asosiy belgisi bankning o‗z oldida turgan majburiyatlarini
o‗z vaqtida qondira olish qobiliyatidir.
―Likvidlik‖ va ―to‗lovga qobiliyatlilik‖ mazmuni, omillari va uni
ta‘minlovchi sabablarga ko‗ra bir-biriga yaqin tushunchalardir. Likvidlik
muammosi tashqi jihatdan to‗lov majburiyatlarini bajarish jarayonida
vujudga keladi va likvid mablag‗lar yo‗qligi bilan bog‗liq qiyinchiliklar
tug‗ilganda namoyon bo‗ladi.
Likvidlik nafaqat to‗lovlarni o‗z vaqtida amalga oshirishni nazarda
tutadi, balki o‗zining tijorat manfaatlari bilan birga omonatchilar
tomonidan ishonch bildirilgan mablag‗larning saqlanishini ta‘minlaydi.
Bankning to‗lovga qobiliyatliligi bankka qo‗yilgan to‗lovlar
bo‗yicha talablar ayni vaqtda qondira olish qobiliyatini bildiradi.
To‗lovga qobiliyatlilikni ma‘lum moliyaviy holatning natijasi sifatida
qaralishi mumkin.
Shu bilan birga, to‗lovga qobiliyatlilik
likvidlikka nisbatan
ikkilamchidir. Chunki bankda to‗lovga qobiliyatlilik muammosi sodir
bo‗lishi mumkin, ammo uning likvid balansi, bankning majburiyatlarini
563
Yuqoridagi 48-jadval raqamlaridan ko‗rinadiki, tijorat bankining
o‗tgan bir yil davomidagi natijalarida berilgan kredit bo‗yicha olingan
daromadlar kamaygan bo‗lsada, bank daromadlari qariyb ikki barobarga
oshgan. Bu esa mijozlarning bankka bo‗lgan ishonchini orttiradi.
Bank daromadlarini hisoblashning bir necha yo‗llari mavjud. Ya‘ni,
har bir operatsiya bo‗yicha daromad hisoblanadi. Xususan, kredit berish
operatsiyalarida daromad qarzga berilgan summadan ma‘lum foizlar
ko‗rinishida olinadi. Foizlar qanday to‗lanishi va ularning qancha sum-
mani tashkil etishi shartnomada belgilab beriladi. Qimmatli qog‗ozlar
bilan bo‗ladigan operatsiyalarda daromad o‗zining va boshqa emitentlar
aksiya kurslarining o‗sishi natijasida yuzaga keladi. Bu yerda daromadni
aniqlashda aksiyalar kursining ular kapital qiymatlaridan qancha farq qi-
lishi orqali, ya‘ni real kurs qiymatidan
nominal qiymatni ayirish
yordamida topiladi. Umuman, ushbu turdagi daromad haqida gapirgan-
da, shuni aytish kerakki, bu yerda daromad aktivlar qiymatining
o‗sishida namoyon bo‗ladi. Ya‘ni, naqd pul shaklidagi daromad kel-
masdan, balki bank yegalik qilayotgan aktivlar qiymati oshadi.
Bankning boshqa ko‗pgina turdagi operatsiyalaridan daromad
komission to‗lovlar shaklida keladi. Ko‗rsatilgan
xizmat uchun mijoz
bankka ma‘lum summani to‗laydi. Daromad miqdorini hisoblash mijoz
bilan bank o‗rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Komission to‗lovlar summasi ko‗rsatiladigan xizmat turiga, xizmat
ko‗rsatish davrida bo‗lishi mumkin bo‗lgan riskka e‘tibor qilgan holda
belgilanadi.
Banklar
komission
to‗lovlarni
ko‗pincha
passiv
operatsiyalar, yuridik va jismoniy shaxslar hisob raqamlarini yuritish
orqali oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: