576
bo‗lgan foyda yo‗qotilishini minimallashtirish
imkoniyatiga ega
bo‗linganligidir.
Tijorat banki moliyaviy barqarorligining yana bir komponenti bank
faoliyatining foydaligidir.
Bank foydasining o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, agar
ishlab chiqarish sohasida xarajatlar o‗zgaruvchan kapital va qisman
qo‗shimcha qiymat hisobidan qoplansa, banklarda esa muomala
xarajatlari to‗la, faqatgina qo‗shimcha qiymat qismidan qoplanadi.
Foyda olish - bank faoliyati ko‗lamini kengaytirish manbalaridan
biridir. Agar bank ishida kapitalga daromad boshqa tijorat tashkilotlariga
nisbatan past bo‗lsa, kapital qo‗llash foydaliroq bo‗lgan
boshqa
sohalarga yo‗naltiriladi.
Bundan tashqari, foyda rahbariyat faoliyatini rag‗batlantiradi,
chunki ular operatsiyalar hajmini oshirish va takomillashtirish,
xarajatlarni kamaytirish va xizmatlar sifatini oshirganliklari uchun
foydaning bir qismini mukofot shaklida olishlari mumkin.
Bank foydasining eng muhim funksiyalaridan biri ko‗zda
tutilmagan yo‗qotishlar holati uchun zaxiralar shakllantirishdir.
Tijorat bankining zararsiz faoliyati uning moliyaviy asosini
mustahkamlaydi va, aksincha, uzoq muddat
mobaynida zarar bilan
faoliyat ko‗rsatish bankni bankrotlikka olib borishi mumkin.
Banklar muomala sohasi korxonasi sifatida o‗z foydasini bank
operatsiyalarining natijasi bo‗lgan bank mahsulotini sotish asosida
shakllantiradi. Bank faoliyatining foydalilik darajasi bank faoliyati
harakteri, ixtisoslashuvi, uning kapitalining kattaligi,
strukturasi va
filiallarining mavjudligi hamda mustaqillik darajasiga bog‗liq.
Bank faoliyatining foydaliligi rentabellikning muhim ko‗rsatkichlari
majmuyi bilan aniqlanadi. Bu ko‗rsatkichlarga: kapitalga foyda me‘yori,
yalpi aktivlarning daromadliligi va foydaliligi, sof foiz marja, foizsiz
yuk, aktivlar tizimi va ―ishlovchi‖ aktivlar salmog‗i, passivlar tizimi va
to‗planadigan passivlar salmog‗i, ishlovchi aktivlarning daromadliligi,
foizli tashlanma kiradi.
Ichki tahlil nuqtayi nazaridan faoliyatning moliyaviy ishonchliligi
va rentabellik tahlili juda muhim ahamiyatga ega. O‗zbekiston
iqtisodiyotida mavjud bo‗lib turgan ma‘lum
darajadagi inflyatsiya
sharoitida foydalilik tahlilining dolzarbligi yanada oshadi.
Foydani kamaytirishga sabab bo‗luvchi omillar quyidagilardir:
balansning nolikvidligi, bunda likvidlik kamomadini to‗ldirish uchun
qo‗shimcha
kredit
resurslarini
jalb
qilish
zarurati
tug‗iladi;
561
mijozlarning boyliklarini har xil yo‗llar bilan yo‗qotishlarining oldini
oladi.
-Menejment xizmati bo‗yicha daromadlar.
-Tijorat banklari chet el valyutasida olib boradigan barcha oper-
atsiyalardan, uning oldi-sotdisidan ham daromad oladi. Bunda tijorat
banki ma‘lum bir kursda chet el valyutasini sotib oladi va uni yuqoriroq
narxda sotadi, ya‘ni chet el valyutasidagi bank operatsiyalari bo‗yicha
sotilmagan
musbat kurs tafovutlari bank, jumladan, ochiq valyuta
pozitsiyasi bo‗yicha sotilgan musbat kurs tafovutlari bank daromadlari
safiga kiritiladi.
Kafolatlar va kafilliklar bo‗yicha operatsiyalarni amalga oshirishda
ko‗rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar;
- bankning boshqa xususiy mulklarining ijarasidan olingan
daromadlar;
- bank mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda;
- bank kassasidan chiqqan ortiqcha pullar, jumladan bank, kassasida
turgan amaldagi mablag‗ qoldig‗i bilan hisob hujjatlarida ko‗rsatilgan
ma‘lumotlar orasidagi musbat tafovut;
- qarzdor zimmasiga yuklangan yoki u tan olgan jarimalar,
penyalar, turli to‗lovlar hamda shartnoma
shartlarini buzganlik uchun
qo‗llaniladigan boshqa turdagi jazo choralari, shuningdek, bankka
yetkazilgan zarar qoplamasi sifatidagi daromadlar hamda olingan
boshqa jarima va penyalar. Mijoz shartnomada belgilangan to‗lovni
to‗lay olmaganida har bir kechikkan kuni uchun bankka penyalar yoki
jarimalar to‗laydi.
Bank xodimlari tomonidan ularning aybi bilan bank ko‗rgan
zarar
va chiqimlar o‗rnini qoplash uchun to‗lagan summalar ham bankning
foizsiz daromadiga misol bo‗la oladi.
Bankning avvalgi yillarda olingan, lekin hisobot yilida aniqlangan
foydasi joriy yildagi operatsiyalarda tijorat banklari mijozlarga
belgilangan summadan yuqori to‗lasa bank kamchiliklarni topib uni
qaytarib
undirib olish, avvalgi yillardagi bajargan operatsiyalarga
vositachilik haqi, bank foizlari joriy yilda undirib olinadi. Mijozlar ilgari
bank ko‗rgan zarar hisobiga o‗tkazib yuborilgan qarzlarni qaytarishi va
boshqa foizsiz daromadlar. Bu mablag‗lar bankning foizsiz daromadlari
safiga kiradi.
Tijorat banklari omonat bo‗yicha to‗laydigan foizni o‗zlari taqdim
etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi.
Olingan va to‗langan foizlarning summalari o‗rtasidagi farq banklarning
562
yalpi foydasini tashkil etadi. Unga boshqa har xil operatsiyalardan
ko‗rilgan daromadlar ham kiradi. Bank yalpi foydasining bir qismini o‗z
xarajatlarini qoplashga, soliqlarni to‗lashga yo‗naltiriladi,
qolgan qismi
esa sof foydani tashkil qiladi.
Tijorat bankining daromadlari manbalari ichida aktivlari asosiy
o‗rinni egallaydi. Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari: daromad
keltiruvchi aktivlar va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo‗linadi.
(oldingi mavzuda ham bu haqda ta‘kidlangan edi).
Do'stlaringiz bilan baham: