35-rasm.
Tijorat banklari daromadlari tasnifi
Endi biz yana ham aniqroq qilib tijorat banklarining daromadlari
tarkibini ko‗rib chiqamiz.
2-
§
. Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari
O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklarining daromadlari va
xarajatlari «Markaziy bank to‗g‗risida»gi hamda «Banklar va bank
faoliyati to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda
Markaziy bank tomonidan qabul qilingan tijorat banklarining daromad-
lari, xarajatlari hisobini yuritish va ularning daromad solig‗ini hisoblash
Tijorat banki
daromadlari
Foizsiz daromadlar
Foizli daromadlar
547
regress talabi bilan chiqishi huquqidan voz kechishi to‗g‗risidagi
majburiyatning o‗z zimmasiga oladi. Sodda qilib aytganda, xaridorning
sotuvchi oldidagi majburiyatining moliyaviy agent tomonidan sotib
olninishi bankning forfeyting xizmati deyiladi. Bu tijorat majburiyati
oddiy yoki o‗tkazma veksel ko‗rinishida bo‗lib, regress huquqisiz
beriladi. «Regress» deganda o‗sha davrdagi hisob stavkasi orqali
aniqlanadigan tratta yoki veksellarning egasi oldingi egasi to‗lashni talab
qilishi tushuniladi.
Forfeyting operatsiyasi ma‘nosi jihatidan faktoring operatsiyasiga
o‗xshaydi. Faktoringdan farqli o‗laroq, forfeyting tovarlar va xizmatlar
sotuvidan kelib tushadigan tushumlaridan olish huquqini beruvchi bir
martalik operatsiyadir. Boshqacha qilib aytganda, forfeyting tashqi
iqtisodiy savdoni kreditlash bo‗lib, importyor tomonidan aktseptlangan
veksellarni eksportyordan sotib olishdir.
Forfeyting tijorat kreditning bank kreditiga aylanish turidir.
Agarda beruvchi kompaniya birinchi sinfdagi mijoz bo‗lmasa, u
holda, tegishli majburiyatlarni hisobga olish uchun qo‗shimcha ravishda
kafolat berilishi zarur.
Odatda, eksportyor veksel (oddiy veksel) trattalarining tijorat
turidan forfeytinglashga quyidagi tarzda o‗tkazuvchi ishtirokchi sifatida
qatnashadi:
A) ko‗rsatilgan xizmatlar, yetkazilgan tovarlar uchun qayd etilgan
to‗lovlarni to‗liq yoki qisman to‗lovchi;
B) naqd pul bilan to‗lash shartlari ostida barcha to‗lovlarning
majburiyatini va riskini moliyaviy vositachiga (forfeytor) o‗tkazuvchi.
Forfeytingning predmeti barcha turdagi qarzdorlik bo‗lishi mumkin,
lekin o‗zaro moliyaviy aloqalarda avallari ham qo‗llanilgan,
rasmiylashtirish oson bo‗lgan oddiy va o‗tkazma veksellar ko‗proq
ishlatiladi. Forfeyting shartnomalri asosida akkreditiv turdagi kreditorlar
va debitorlar schyoti bo‗lishi ham mumkin.
Kreditor (eksportyor, mol yetkazib beruvchi) kelishuvdan keyin
(tijorat shartnomasi tuzilgandan keyin) forfeyterni shartnomani barcha
ma‘lumotlar bilan tanishtiradi. Bularga: valyuta, summa, kontragent,
tovarlar turi, yetkazib berish shartlari, sug‗urta, bank ta‘minoti turi, bank
garanti va boshqalar kirishi mumkin. Odatda, forfeyterga mijozni
shartnomaning barcha shartlari bilan boxabar qilish va oxirgi qarorni
qabul qilish uchun 3 ish kunidan oshmagan davr yetarli hisoblanadi. Shu
davrdan boshlab kreditor (eksportyor, mol yetkazib beruvchi)
forfeyterga kerakli komission to‗lovlarni to‗laydi. Xorij mamlakatlari
548
amaliyotda, ko‗pincha, komission to‗lovlar yillik majburiyatning 0,75%
dan 1,25% gacha belgilanib, avans to‗lovlari sifatida amalga oshiriladi.
Og‗zaki kelishuvlardan keyin tomonlar ikki tomonlama shartnoma
imzolaydilar.
Forfeyting operatsiyalarining quyidagi o‗ziga xos xususiyatlari
mavjud. Bular:
- tashqi savdo operatsiyalari bilan o‗zaro aloqa;
- voz kechilayotgan yoki o‗tkazib berilayotgan qarzdorlik huquqi
qisqa yoki o‗rta muddatli to‗lov majburiyatlari bilan rasmiylashtirilishi
(masalan, oddiy veksellar, tijorat trattalari);
- kreditlash yuqorida qayd etilgan to‗lov majburiyatlarini hisoblash
orqali amalga oshirilishi;
- taklif qilingan (o‗rnatilgan) foiz stavkalarining o‗zgarmas
ekanligi;
-
forfeyting
operatsiyalarining
faqatgina
EAV
– (erkin
konvertirlanadigan valyuta)larda amalga oshirilishi;
- o‗rta muddatli kreditlashga taalluqligi;
- ko‗pgina hollarda investitsiyaga mo‗ljallangan tovarlar sotuvida
qo‗llanilishi bilan ajralib turadi.
Amaliyotda shu narsa aniq bo‗ldiki, tijorat kreditni bank kreditiga
transformatsiya (o‗tkazish) qilish metodi bo‗lmish forfeyting kreditor
(eksportyor, mol yetkazib beruvchi)ga bir qator qulaylik (afzallik)lar
yaratib berishi mumkin. Masalan: avvalombor, forfeytingda kredit bank
operatsiyalari bilan bog‗liq bo‗lgan risklardan, veksellar va boshqa
to‗lov hujjatlaridan pul olishdagi risklardan qochish; ikkinchidan,
valyuta kursi suzib yuruvchi yurishidan keladigan risklar (qattiq
o‗rnatilgan foiz stavkalari orqali) va qarzdor moliyaviy holati o‗zgarishi
bilan bog‗liq bo‗lgan risklar; uchinchidan, qimmat bo‗lgan eksportni
sug‗urtalashdan qutulish.
Kreditor (eksportyor) uchun forfeytingning kamchiligi forfeyterga
risklarni o‗tkazgani uchun biroz qimmatroqqa tushushi mumkinligi
hisoblanadi.
Forfeyting eng yangi tashqi savdoni kreditlashning turi hisoblanadi
va boshqa operatsiyalarga nisbatan tez rasmiylashtirilishi, ayniqsa,
investitsiyaga mo‗ljallangan tovrlarni eksport qilishda juda qo‗l kelishi
bilan qulaydir.
Aylanma majburiyatlarni sotib olish tegishli chegirmalar bo‗lishini
nazarda tutadi.
557
qog‗ozlar chiqarilishi va ularning bozorda sotilishi; boshqa emitentlar
qimmatli qog‗ozlari bilan bog‗liq ikkilamchi bozordagi operatsiyalar
hamda korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish bilan bog‗liq
xizmatlar kiradi. Bank faoliyatining ushbu turida oladigan daromadi o‗zi
chiqargan va boshqa emitentlarning aksiyalar kursidagi farqlanish va
xususiylashtirish jarayonlarida oladigan xizmat to‗lovlaridan tashkil
topadi.
Chet el bank tizimida qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan
operatsiyalardan olinadigan daromadlar katta salmoqqa ega. Buning
asosiy sababi investitsiya bozorining mukammal va to‗liq faoliyat
yuritishi hamda kapital aylanish mexanizmlarining puxta ishlab
chiqilganligi deb ham qarash mumkin.
Shuni ta‘kidlash kerakki, qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan
operatsiyalar yordamida banklar investitsion faoliyatni amalga
oshirishlari mumkin bo‗ladi. Bu esa banklar uchun daromadlarning
yangi manbalarini shakllantiradi. Undan tashqari, mablag‗larning
qimmatli qog‗ozlar orqali moliyaviy investitsiya evaziga ishlab
chiqarishga yo‗naltirilishi iqtisodiyot o‗sishining muhim omillaridan biri
bo‗lib hisoblanadi.
Bankning kafillik faoliyati ham bankka pul shaklida daromad
keltiradi. Bank mijozlarga kreditlarini olish uchun yoki hisob-kitoblarni
amalga oshirish uchun turli xil kafillik va kafolatlar beradi va evaziga
pul shaklida komission mukofot oladi. Ba‘zi hollarda mijoz uchun
kafillik bank tomonidan obro‗ni oshirish kabi maqsadlar uchun ham
berilishi mumkin.
Mablag‗larni depozitlarga jalb qilish va ularning hisobini yuritish
quyidagi shakllarda daromad keltirish imkonini beradi:
- komission to‗lovlar:
- hisob raqam ochish uchun;
- hisob raqam yuritish uchun;
- ma‘lum davr uchun o‗zgaruvchan to‗lov;
- oborotdan komission haq (oborotdan foiz shaklida);
- hisob raqamda bo‗lgan operatsiyalar haqida ko‗chirma;
- hisob raqamni yopish;
- naqd pul berish yoki hisob-kitob bo‗yicha operatsiyalarni amalga
oshirish.
Banklarning daromadlari yuqoridagi faoliyat turlarining barchasi-
dan yoki bir qismidan tashkil topishi mumkin.
556
Jahondagi yetakchi mamlakatlar bank tizimida kreditlashning
ko‗pgina turlari mavjud bo‗lib, ular qay maqsadga yo‗naltirilganiga
qarab guruhlanadi. Xususan, ipoteka, lombard, overdraft, kontokorrent,
iste‘mol va boshqa ko‗pgina kredit turlarini sanab o‗tish mumkin.
Tijorat banklari daromadlarining keyingi manbasi – bu ular
tomonidan amalga oshiriladigan faktorning operatsiyalaridan olinadigan
daromadlardir.
Faktoring operatsiyalarining ikki xil turi mavjud:
- regress huquqi bilan;
- regress huquqisiz amalga oshiradigan faktoring.
Birinchi
holatda
bank
to‗lovchi
tomonidan
qoplanmagan
majburiyatni mol yetkazib beruvchidan talab qilish huquqiga ega
bo‗ladi. Ikkinchi holatda esa bank bunday huquqqa ega emas, shu bois
risk yuqori va shunga yarasha foiz ham yuqori qo‗yiladi.
Bank tomonidan faktoring operatsiyasi uchun oladigan foizlar,
ya‘ni mukofot ikki qismdan tashkil topadi, bular:
- to‗lov amalga oshirilgunga qadar bank kredit resurslaridan
foydalanganlik uchun foizlar;
- faktoring operatsiyasining turiga mos ravishda bo‗ladigan risklar
bilan bog‗liq o‗rnatiladigan komission mukofot bo‗ladi.
Daromad manbasining ushbu turi foizli daromadlar guruhiga kiradi.
Trast (ishonch) va vakillik operatsiyalari bo‗yicha bankka
daromadning mijoz mulkini (ko‗chmas mulk, qimmatli qog‗ozlar, hisob
raqamdagi mablag‗lar) boshqarish yoki ushbu mulkka doir ayrim
maxsus topshiriqlarni bajarish orqali komission to‗lovlar shaklida kelib
tushadi. Vakillik, ya‘ni agentlik xizmat turida bank va mijoz orasida
operatsiyaning aniq turi belgilab berilgan bo‗ladi. Xususan, joriy yilda
mijoz mulkidan foydalanish evaziga kelgan daromad kelishuvga
nisbatan past bo‗lishi mumkin, bunda esa zarar bank tomonidan
qoplanishi kerak. Shu bois trast xizmatlari uchun komission to‗lovlar
ham yuqoriroq bo‗lishi mumkin. Yuqoridagi xususiyatga ko‗ra, trast
xizmati uchun komission to‗lov ham quyidagi elementlardan tashkil
topadi:
- mulkni boshqarish uchun olinadigan o‗zgaruvchan to‗lov;
- trast ishi bo‗yicha natijalarga mos ravishda bank oladigan
fiksirlanuvchi komission mukofot.
Tijorat banklarining qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalari
ham bankka ma‘lum daromad keltiradi. Faoliyatning ushbu turi quyidagi
ikki qismdan tashkil topadi: bankning o‗zi tomonidan qimmatli
549
Forfeyting mexanizmida quyidagi ikki ko‗rinishdagi bitimlardan
foydalaniladi.
Moliyaviy bitimlarda – uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlarni
tez sotish maqsadi;
Eksport bitimlarda – chet ellik xaridorlarga kredit bergan
eksportyorga naqd pul mablag‗larining tushushiga ko‗mak beishi.
Forfeytinglashtirishga tegishli asosiy aylanma hujjatlariga savdo
trattalari yoki veksellar kiradi, ammo nazariy jihatdan har qanday
shakldagi qarzni forfeytirlash mumkin. Eng asosiysi bu qarzdorliklar
mavhum majburiyatni talab etadi. Oddiy va o‗tkazma veksellarning
ustun tomonlarini shu bilan tushuntirish mumkinmi, ular savdoni
moliyalashtirishda uzoq muddat ishlatishi mumkin va ularga bu
operatsiyalarning oddiyligi xosdir. Forfeytirlashtirish uchun qulay
bo‗lgan boshqa kredit hujjatlariga debetor schyotlari va akkreditiv
bo‗yicha muddati to‗lgan majburiyatlarni kiritish mumkin. Ular bu
operatsiyalarning murakkabligiga qarab u yoki bu darajada o‗xshashdir.
Ularni amalga oshirish qatnashchilar tomonidan qarzdor mamlakatida
ishlatiladigan huquqiy amaliyotni yaxshi bilishlarini talab etadi.
Qarzlarni yopish muddatlari benefitsiar foydasiga yozilgan va
qarzdorlarning maxsus roziligisiz qisman o‗tkaziladigan schyotlar bitta
hujjatda o‗z aksini topadi, qarz hujjatlarining bu ikki turi ham hamma
shartlarni to‗liq bayon etishni talab etadi. Bu, o‗z navbatida, ko‗plab
huquqiy va operatsion qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi va qoidaga
ko‗ra, forfeytor uchun debetor schyotlari va akkreditiv majburiyatlar
kabi hujjatlarning jozibadorligini kamaytiradi, ammo forfeylashtirish
bo‗yicha operatsiyalar o‗tkazish imkoniyatini yo‗qotmaydi.
Xalqaro savdo va kredit banklaridagi u yoki bu to‗lov vositasini
tanlash ko‗plab yuridik, iqtisodiy va siyosiy fikrlashga bog‗liq va bu
qoidalar umumiy qoidani ishlab chiqish imkoniyatini bermaydi.
Jahon
bank
amaliyotida
forfeyting
bitimlarining
oshishi
eksportyorlarga taalluqli tavakkalchiliklarning oshishi munosabati bilan
moliyalashtirishning mos manbalarining kamchiligi bilan bog‗liq.
Forfeyting bir qator ustunliklarga ega bo‗lib, bu uni o‗rta muddatli
moliyalashtirishning
jozibasi
shakli
sifatida
namoyon
etadi.
Forfeytingning asosiy ustun tomonlaridan biri operatsiyalarni amalga
oshirish bilan bog‗liq barcha tavakkalchiliklarini forfeyter o‗z
zimmasiga oladi. Bundan tashqari, ayrim mamlakatlarning belgilangan
foiz stavkalaridan voz kechishi, ko‗plab rivojlanayotgan mamlakatlarda
import tovarlarini to‗lash uchun valyuta mablag‗larining muntazam
550
yetishmasligi, siyosiy tavakkalchiliklar va bir qancha boshqa holatlar
forfeyting operatsiyasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Forfeytingning
asosiy
shartlaridan
biri,
har
qanday
forfeylashtirilayotgan qarzlar majburiy ravishda forfeyting uchun qulay
bo‗lgan shartsiz va chaqirib olinmaydigan bank kafolati yoki aval
shaklida kafolatlanishi zarur. Agar import birinchi toifali qarz oluvchi
va yetarli nufuzga ega bo‗lsa, yuqoridagi shartga rioya etmasligi
mumkin.
Forfeylashtirish muddati olti oydan to 5 yilgacha, ayrim holatlarda
esa 7 yilgacha bo‗lishi mumkin. Ammo har bir forfeyter asosan tegishli
bitim uchun bozor shartlaridan kelib chiqqan holda o‗zlarining
doiralarini belgilaydi.
Forfeylashtirish
shartnomalari
nisbatan
AQSh
dollarida,
Shveytsariya frankida yoki nemis markasida tuziladi, chunki forfeyter
bozorda kam ishlatiladigan valyutalarda shartnoma tuzsa, uni qayta
moliyalashtirish bo‗yicha qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Forfeyting bitimlarini tuzish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda, bitimni tayyorlash ishlari amalga oshiriladi, ya‘ni
eksportyor, uning banki, importyor tashabbuskor sifatida maydonga
chiqadi. Eksportyor uchun forfeytorning kafolatga nisbatan talabini va
importyor bilan oxirgi shartnomani tuzgungacha diskontning taxminiy
miqdorini aniqlash zarur. Bu ma‘lumotga ega bo‗lmasdan eksportyor
kontrakt bahosini aniq aniqlash imkoniyatiga ega bo‗lmaydi va natijada
kontrakt bahosiga kiritilgan moliyalashtirish uchun bir necha marta
miqdori oshib ketishi yoki kamayishi mumkin. Ushbu bosqichda
forfeyter eksportyorning arizasini ko‗rib chiqadi. Unga bitimning
harakterini (moliyaviy yoki tovar) aniqlash, oldinda turgan bitim
to‗g‗risida valyuta, kontrakt, moliyalashtirish muddati, eksportyor va
importyor to‗g‗risida ma‘lumot yig‗ish zarur. Eksportyorning kredit va
to‗lov layoqatliligini tahlil etish ham zarur. Shundan so‗ng forfeyter
forfeyterlashtirish bitimi uchun zarur bo‗lgan qat‘iy bahoni belgilaydi
va eksportyor bilan o‗zaro kelishuvga erishgandan so‗ng hujjatlarni
rasmiylashtirish yo‗li bilan bitim tuzadi. Keyin eksportyor o‗tkazma
veksellar servisini tayyorlaydi yoki xaridordan oddiy veksellarni qabul
qilib olish to‗g‗risida bitimni imzolaydi. Bundan tashqari, eksportyor
o‗zining veksellariga aval yoki kafolat olishi zarur.
Forfeytirlashtirishda veksellarni sotib olish butun kredit davomida
bo‗lak foizlarni (diskontlarni) ayirib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Eksportyor, shunday qilib, savdo bitimi bo‗yicha o‗zining kredit
555
Do'stlaringiz bilan baham: |