508
Faktoring operatsiyalari quyidagilar bo‗yicha amalga oshirilishi
mumkin emas:
- byudjet tashkilotiga qo‗yilgan talabnomalar;
- jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo‗yicha;
- to‗lovga layoqatsiz deb e‘lon qilingan korxonalarning maj-
buriyatlari;
- zarar ko‗rib ishlaydigan korxonalar bo‗yicha;
- nolikvid balansga ega bo‗lgan korxonalar bo‗yicha;
- kapital qo‗yilmalarni moliyalash bo‗yicha;
- tovar to‗lovi va barter bitimlari bo‗yicha;
- bajarilgan ishga bosqichma bosqich yoki tugashi bilan haq
to‗lanadigan bo‗lsa;
- agar oldi-sotdi to‗g‗risidagi shartnomada to‗lovchi shartda
kelishilgan muddatda mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo‗lsa,
shuningdek sotuvdan keyin xizmat ko‗rsatish mavjud bo‗sa faktoring
qo‗llanilmaydi.
Faktoring operatsiyalariga doir mablag‗larni yetkazib beruvchining
hisob raqamiga o‗tkazilishi ikki nusxada memorial order bilan
rasmiylashtiriladi, ulardan bittasi shu operatsiya amalga oshirilgan
kunga tegishli kunlik hujjatlarga tikiladi, ikkinchi nusxasi esa mijozning
hisob raqamdan ko‗chirmasiga ilova qilinadi. Faktoring bo‗yicha hisob-
kitoblar amalga oshirilganida to‗lov talabnomasining yuqori qismida
faktoring degan yozuv yoki muhr va oluvchi hisobraqamida faktoring
hisob raqami ko‗rsatilishi shart.
Aslida faktoring yuqori daromad keltiruvchi operatsiya bo‗lishi
bilan bir qatorda, o‗ziga yarasha riskli operatsiya hisoblanadi. Bank
shartnoma shartlariga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirishi, yetkazib
beruvchi va to‗lovchi bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning batafsil
hisobini yuritishi, yetkazib beruvchini shaxsiy hisob varag‗i holati
to‗lovchi tomonidan to‗lov talabnomalari to‗lanishi va qarzni qaytarilish
holati to‗g‗risida muntazam ravishda hisobot tayyorlashi va muddati
o‗tkazib yuborilgan to‗lov talabnomalarning tahlilini amalga oshirishi
shart.
O‗zbekiston Respublikasida hozirgi paytda to‗lov muddatlariga
rioya qilish, hamda xo‗jalik yurituvchi subyektlarning debitor va
kreditor qarzdorliklarini imkon boricha kamaytirishga jiddiy e‘tibor
berilmoqda. Bank faktorlar faoliyati, aynan tovar yetkazib beruvchilar
va xaridorlar o‗rtasidagi munosabatlarda to‗lovlar xatari va muddatlilik
501
huquqini olish va boshqalar banklar tomonidan faktoring operatsiyalarni
amalga oshirishga huquqiy asos yaratib berildi.
Faktoring quyidagi funksiyalarni bajaradi.
1. Subyektning qarz majburiyatlarini kreditlash orqali uning joriy
faoliyatini moliyalashtirish, faoliyatini qo‗llab-quvvatlash, manfaatlarini
himoya qilish.
2. MSOdan pul mablag‗larini undirish.
3. MYBga berilgan kredit berish ustidan monitoring yuritish.
4. Kredit riskining oldini olish v.b.
Do'stlaringiz bilan baham: