XI BOB. TIJORAT BANKLARINING KREDIT PORTFELI VA
UNING SIFAT TAHLILI
1-§. Tijorat banklarining kredit portfeli va uning iqtisodiy mohiyati
Tijorat banklari faoliyatining barqarorligi va raqobatbardoshligi
ularning resurslarini to‗g‗ri tashkil qilish va ulardan oqilona
foydalanishga bog‗liq. Shuni ta‘kidlash lozimki, tijorat banklarining
depozit va kredit portfelini tashkil qilish, boshqarish, uni diversifikatsiya
qilish bank faoliyatining samaradorligini ta‘minlashning muhim
yo‗nalishlaridan hisoblanadi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti keng
rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining kredit siyosatiga,
ularning kredit portfeli va uning sifatiga, undan foydalanish darajasiga
katta e‘tibor beriladi, chunki banklar kredit portfelining to‗g‗ri tashkil
qilinishi ularning samarali faoliyat ko‗rsatayotganidan dalolat beradi.
Banklar faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy o‗rinni egallagani uchun
ularning kredit portfelini to‗g‗ri tashkil qilish, banklarning samarali va
barqaror faoliyat ko‗rsatishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Kredit operatsiyalarini olib borishda yo‗l
qo‗yilgan kamchiliklar banklar daromadining kamayishiga, ba‘zi
hollarda ularning sinib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli
banklarning kredit portfeli va uning sifatini nazorat qilib borish tijorat
banklarining samarali faoliyatining garovidir. Aynan kredit portfelini
oqilona boshqarish kredit risklarini kamaytirishning omili hisoblanadi.
Banklarning kredit portfeli, uning holati to‗g‗risida biron fikr
bildirishdan oldin, dastlab kredit portfelining iqtisodiy mohiyatini
tushunib olishimiz lozim. Berilgan kreditlarning o‗z vaqtida banklarga
qaytarilishi kreditlash jarayonining qay darajada tashkil qilinishiga,
kredit berish va qaytarilishining muddatlariga rioya qilinishiga, ssudalar,
ayniqsa, muddati o‗tgan yoki uzaytirilgan kreditlar bo‗yicha hisob-kitob
operatsiyalarining to‗g‗ri olib borilishiga, ssudalar bo‗yicha zararlarni
qoplash rezervi miqdoriga, banklararo kredit va markazlashtirilgan
kreditlar bo‗yicha operatsiyalarning qonuniyligiga va kreditlarni to‗g‗ri
turkumlash bo‗yicha banklarda o‗tkaziladigan analitik operatsiyalarning
sifatliligi va boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi.
Banklar tomonidan bajariladigan barcha kredit operatsiyalari
ularning kredit portfelida o‗z ifodasini topishi, har bir bank kredit
395
portfeli va boshqa aktivlaridagi risklarni aniqlash va baholashda
qo‗llaniladi.
O‗z muddatida to‗lanishiga shubha tug‗dirmaydigan kreditlar sifati
«standart» deb tasniflanadi. Bunda qarz oluvchi moliyaviy holati
barqaror hisoblanadi, u yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadga
ega, barcha mavjud majburiyatlarini, jumladan, olgan kreditini qoplash
uchun yetarli pul mablag‗lari oqimiga, shuningdek, amalga oshirilishi
mumkin bo‗lgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga,
yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va o‗z mahsulotini sotish bo‗yicha
marketing rejasiga ega bo‗ladi. Ta‘minoti bo‗yicha kredit «yaxshi
ta‘minlangan»ga mos keladi. Ta‘minot turlari qonuniy jihatdan to‗g‗ri
va tasdiqlangan. Risk paydo bo‗lganda, bank cheklovlarsiz ta‘minot
hisobidan kreditni undirib olish imkoniyatiga ega.
Sifati «standart» bo‗lgan kreditlarda kreditning asosiy summasi va
ular bo‗yicha foizlarni muddati o‗tmagan, ularning shartlari qayta ko‗rib
chiqilmagan bo‗lishi, bunday kreditlarni to‗lashda muammolar yuzaga
kelmasligi shart. Tijorat bankining kredit portfelida mavjud bo‗lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |