400
kredit portfelida sifati «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tas-
niflangan kreditlar
muammoli kreditlar
deyiladi.
Muammoli kreditlar odatda qarz oluvchining kreditni to‗lash uchun
yetarli pul mablag‗lari bo‗lmagan holda yuzaga keladi. Ba‘zi hollarda
ular mijozning hisob varag‗ida mablag‗i bo‗la turib, kreditni to‗lashni
xohlamaganda ham yuzaga keladi. Pul mablag‗larining yetishmasligi
ba‘zida birdan yuzaga kelishi, ba‘zi hollarda bunday ahvol asta-sekinlik
bilan rivojlana borib yuzaga kelishi mumkin. Pul mablag‗lari
yetishmovchiligining ichki va tashqi belgilari bo‗lishi mumkin.
Kredit
bo‗limi xodimlari shu belgilar yuzaga kelishini birinchi bo‗lib sezishlari
va bankni kredit bo‗yicha yo‗qotishlardan saqlovchi chegara bo‗lishlari
lozim. Ular bank va mijoz manfaatini saqlab qolgan holda, bu moliyaviy
qiyinchiliklardan chiqish yo‗llarini ishlab chiqishga yordam berishlari,
mijoz faoliyatida muammolar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab mijozga
yordam berishlari, ularga ta‘sir ko‗rsatishlari zarur. Buning uchun bank
doimo mijozning faoliyatidan boxabar bo‗lishi, o‗zi uchun zarur
axborotlarni yig‗ib, tahlil qilib borishi ijobiy natija berishi mumkin.
Amaliyotda bankning kredit bo‗limi xodimlari berilgan kreditlar
ustidan yetarli nazorat olib bormasliklari bilan birga, mijozning inqirozli
holati aniqlangandan keyin
ham bu haqda bank boshqaruviga, kredit
qo‗mitasiga o‗z vaqtida axborot bermasliklari yoki mijozning iltimosiga
ko‗ra ahvolning yaxshilanishini kutishlari kredit sifatining qoniqarsiz
darajaga tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Bularning barchasi,
muammoli kreditning yanada muammolashuviga olib keladi.
Bunday hollarning oldini olish uchun kredit bo‗limi faoliyati tez-tez
ichki audit tomonidan tekshirilib turishi,
muammoli kreditlar, ularning
sabablari aniqlanib turilishi lozim.
Muammoli
kreditlar
aniqlanganda
kredit
bo‗limi
xodimi
avvalambor, axborotlar, ma‘lumotlar yig‗ishi va ularga asosan
inqirozning oldini oluvchi strategiya ishlab chiqishi lozim. Har bir
muammoli kredit bo‗yicha alohida, uning oldini olish yo‗llarini
ishlab
chiqish zarur. Agar korxona samarali faoliyat olib boradigan bo‗lsa,
muammoli kredit sohasidan ham o‗zi ijobiy natija bilan chiqishi
mumkin. Aksincha, korxona faoliyati pastroq bo‗lsa, u muammolarni
osonlikcha yecha olmasligi mumkin. Shuning uchun kredit bo‗limi
xodimi muammoli kredit yuzaga kelganini aniqlaganidan keyin quyidagi
ishlarni amalga oshirishi zarur:
- qarz oluvchining muammolarini tahlil qilish;
- mijozning moliyaviy ahvoli to‗g‗risida rahbariyatni xabardor
qilish va bank boshqa bo‗limlar bilan mijoz to‗g‗risida maslahatlashishi;
385
qilishi kerak. Bank xo‗jalik
sudiga murojaat qilib, bundan buyon qarz
oluvchi bankrot deb tanilishini so‗rashga haqlidir.
Qarz oluvchi to‗lovga layoqatsiz yoki bankrot deb e‘lon qilinganda,
unga yangi qarzlar berish to‗xtatiladi, ilgari berilgan kreditlar esa
muddatidan oldin undirib olinadi. To‗lovlar navbati «Bankrotlik
to‗g‗risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Qarz oluvchi bankrot deb
e‘lon qilingan vaqtdan boshlab uni quyidagilar bilan bog‗liq
operatsiyalari to‗xtatiladi:
- mulkni begonalashtirish va berish;
- majburiyatlarni qoplash;
- hisob-kitobdagi xarajatlar;
- dividendlar, soliqlar, to‗lovlar to‗lash.
To‗lovga layoqatsiz qarz oluvchining barcha qarz majburiyatlari
tugagan hisoblanadi va unga yangi talablar bildirilishiga yo‗l
qo‗yilmaydi. Bunday qarz oluvchining barcha
turdagi qarzlariga penya
va foizlar qo‗yish to‗xtatiladi. Uning mulkini sotib, pul undirish bo-
rasidagi barcha cheklashlar bekor qilinadi. Mulkiy yoki moliyaviy
tusdagi hamma talablar faqat tugatish jarayoni doirasida hal qilinadi.
Bunda bank talablari ikkinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Mulk yetarli bo‗lmagani tufayli qondirilmagan qarz majburiyatlari
qanoatlantirilgan hisoblanadi va belgilangan
tartibda hisobdan chiqari-
ladi. Kreditdan ko‗zlanmagan maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz
oluvchi bankka kredit shartnomasida belgilangan hajmda jarima
to‗laydi.
Bank esa, o‗z navbatida, tuzilgan shartnomaga muvofiq qarz
oluvchini kredit resurslari bilan ta‘minlashi shart.
Bank o‗z majburiyatlarini bajarmagan
taqdirda qarz oluvchiga
shartnomada ko‗zda tutilgan miqdorda jarima to‗laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: