Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

3-
§
. Kredit paketini tashkil qilish va kredit berishni
hujjatlashtirish tartibi 
 
Bank mijozdan kredit olish uchun ariza qabul qilgach kredit 
paketini shakllantirish va uni tahlil qilishga kirishadi. Bu jarayon 
quyidagi bosqichda amalga oshiriladi: 
1.
Kredit olish to‗g‗risidagi arizani ko‗rib chiqish va kelgusidagi 
qarz oluvchi bilan muloqotda bo‗lish. 
2.
Kredit bahosini aniqlash. 
3.
Kredit shartnomasini tayyorlash. 
Kredit olish uchun qarz oluvchi o‗zining moliyaviy va ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini quyidagi mazmunda tahlil qilishi lozim: 
- o‗z mahsulotini sotish bozori, unga talab va taklifni o‗rganish; 
- kredit olish uchun asos bo‗luvchi tovar-moddiy boyliklarni yet-
kazib berish, ishlab chiqarish xarajatlari va tovarlarni sotish bo‗yicha 
shartnomalar bilan ta‘minlanganligi; 
- kreditlanadigan tadbirning samaradorligi; 
- qarz oluvchi hisob varag‗iga pul mablag‗larining kelib tushish 
davriyligi; 
- kreditni va unga tegishli foizlarni to‗lash manbalari; 
359
- bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari uchun 
aniq belgilangan shartlarning mavjudligi; 
- maxsus kreditlash tamoyillari – muddatlilik, to‗lovlilik, qaytarib 
berishlilik, ta‘minlanganlik va rentabellik asosida beriladigan kreditlarni 
majburiy nazorat qilish; 
- bank boshqaruvining umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat 
yo‗nalishlari siyosati (ya‘ni depozitlar bo‗yicha, investitsiya bo‗yicha, 
aktivlar va passivlarni boshqarish bo‗yicha va h.k.)ning uzviy 
bog‗liqligi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo‗jalik 
subyektlarini kreditlash funksiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega 
bo‗lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini 
ta‘minlashda, avvalombor, banklarning kredit siyosatini to‗g‗ri ishlab 
chiqishga e‘tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv 
operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga 
kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va 
o‗tkazishni taqozo qiladi. 
Kredit siyosati bank strategiyasining bir bo‗lagi sifatida kredit bo-
zorida bankning harakat qilishidan ko‗zlagan maqsadini, tamoyillarini 
va yo‗nalishlarini o‗z ichiga oladi, taktik jihatdan esa moliyaviy yoki 
boshqa instrumentlarni, kredit bitimlarni amalga oshirishdan bankning 
maqsadlariga erishish yo‗nalishlari va qoidalarini hamda kredit ja-
rayonini tashkil etish tartiblarini ishlab chiqishni o‗z ichiga oladi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilib aytganda, kredit 
siyosati kredit risklarini kamaytirish orqali bankning xavfsizligi, likvidli-
ligi va rentabelligini ta‘minlash maqsadida kreditlash bo‗yicha oldindan 
belgilangan qoida va yechimlar majmuasi asosida tashkil qilingan kredit 
portfelini boshqarish sohasidagi bankning strategiya va taktikasidir.
Kredit siyosati hay‘ati kreditni qaysi sohalarga berish, kredit 
berishning umumiy tamoyillari, uni berishdagi cheklanishlar va 
boshqalarni ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini nazorat 
qilib borishi lozim. 
Xorijiy davlatlarning yirik banklarida yozma ravishda bankning 
kredit siyosati to‗g‗risida memorandum ishlab chiqiladi va barcha bank 
xodimlari o‗z faoliyatini shu memorondum asosida olib borishlari zarur. 
Memorandumning tarkibi har bir bankning faoliyat xususiyatini hisobga 
olgan holda har xil bo‗lsada, u bank faoliyatining asosiy yo‗nalishlarini 
qay tariqada olib borishni o‗z ichiga oladi. Memorandumda olib 
boriladigan siyosatning, asosan, ya‘ni ko‗proq ishonchli va foyda 


360
keltiruvchi kreditlar berish, kreditlar berishda mavjud kredit resurslarni 
hisobga olish, beriladigan kreditlarning risklilik darajasini hisobga olish, 
kredit berishning oxirgi chegarasini belgilab berish va boshqalar 
ko‗rsatiladi. 
Hujjatda qaysi kreditlarni berish bank uchun foydali va qaysi 
kreditlarni berishdan bank saqlanishi lozimligi, bank xodimlariga 
kreditlar berish, kreditlarning sifatini nazorat qilish shakllari va 
boshqalar ko‗rsatiladi. 
Buning uchun quyidagilar aniqlanadi: 
- bank uchun mas‘ul bo‗lgan kredit turlari; 
- qanday kreditlar berishdan bank o‗zini tutishi; 
- ko‗ngildagiday bo‗lgan qarzlarning tarkibi; 
- ko‗ngilsiz qarzlarning tarkibi; 
- bankning kreditlash bilan bog‗liq faoliyati doirasi; 
- bankning o‗z xodimlariga kredit berish doirasidagi siyosati; 
- qarzdorlikning har xil darajalariga ko‗ra kreditlarning hajmini 
qisqartirish; 
- kredit riskini boshqarish, tekshiruv va nazorat doirasidagi 
bankning siyosati. 
Masalan, Amerika banklarining memorandumi sxemasi 5 bo‗limni, 
ya‘ni umumiy qoidalar, kreditlar kategoriyasi, kredit siyosatining har hil 
masalalari, kredit portfeli sifati ustidan nazorat hamda bank 
qo‗mitalarini o‗z ichiga oladi. 
Kredit siyosati bo‗yicha memorandum umumiy tavsiya va 
yo‗llanmalarni o‗z ichiga oladi va u bank xodimlarining amaliy 
ishbilarmonligini cheklab qo‗ymaslikni ta‘minlaydi. 
Tijorat bankining kredit siyosati, kredit bozorini tahlil qilish va eng 
kichik kredit riskka ega bo‗lgan bozorlarni aniqlash, mablag‗larni 
depozitga jalb qilish, kreditlash jarayonida yuqori samaradorlikka 
erishish, 
bankning 
depozit 
va 
kredit 
portfelini 
boshqarishni 
optimallashtirish, muammoli kreditlar salmog‗ini kamaytirish, bankning 
likvidliligi va to‗lovga layoqatliligini ta‘minlash kabi masalalarni o‗z 
ichiga olishi lozim. 
Bankning kredit siyosatini olib borish, kredit portfelining samarali 
natijasini ta‘minlashni ko‗zda tutganligi uchun banklarning kredit 
portfelini tashkil qilishga ta‘sir qiluvchi omillar ichida banklar xizmat 
ko‗rsatish bozorining o‗ziga xosliligi bilan ajralib turadi. Shu jihatdan 
har bir bank o‗zi tanlagan bozor sektoridagi asosiy mijozlarning qarz 
mablag‗iga bo‗lgan talabini hisobga olishi kerak. 
361
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo‗limi 
hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo‗yicha 
belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 
omilni o‗z ichiga oladi: 
1. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta 
moliyalashtirish stavkasi. 
2. Kredit resurslari (o‗z va jalb qilingan mablag‗lari) bahosi, 
muddati va manbalari. 
3. Kreditlash va qarzdorlar turlari va yo‗nalishlari. 
Jalb qilingan kredit resurslarini boshqa tijorat banklari hamda 
markazlashtirilgan fondlaridan sotib olingan holda kreditlardan 
foydalanish uchun foizlar jalb qilingan resurslar summasiga bank 
(daromadi) marjasi qo‗shish orqali aniqlanadi. Bu 3% dan 7% 
miqdorgacha bo‗lishi lozim. 
Garov ta‘minoti bo‗yicha talablar aniq va sifatli tasnifga ega 
bo‗lishi kerak, ya‘ni garovning likvidliligi, uzoq muddat saqlashning 
mumkinligi; narxlarning nisbatan barqarorligi, garovga qo‗yiladigan 
mulk, mulkning bozor talablariga mos kelishi v.b. 
Favqulodda holatlar yuz beradigan bo‗lsa, garov egasi garov 
mulkini o‗z hisobidan uning to‗liq qiymatini sug‗urta qilishi kerak. 
Garovga olingan mulk qiymati kredit summasiga nisbatan 20% 
yuqoriroq bo‗lishi maqsadga muvofiq.
Tijorat banklarining kredit taqdim etishdagi asosiy vazifasi – 
omonatchilarning pullarini kimga ishonib topshirish mumkinligini hal 
etishdan iborat. Bu faoliyat o‗ta muhim va o‗ta ta‘sirchan jarayon bo‗lib, 
uni muvaffaqiyatli amalga oshirish sarmoya tuzilmasidagi leverajni 
jiddiy oshirish imkonini beradi. Bank kreditlarni qachon, kimga va 
qanday shartlarda berishni aniq belgilab olishi shart. 
Bank faoliyati doimo turli risklar bilan bog‗liq. Shuning uchun 
kreditlar, depozitlar va boshqa majburiyatlar bilan o‗z mablag‗lari 
o‗rtasida maqbul muvozanatni saqlash bankning eng muhim 
vazifalaridan biridir. Oqilona kredit siyosati bank kredit portfelini sifat 
jihatdan tartibga solish ko‗lamini, mablag‗ olish imkoniyati, eng yuqori 
risk darajasi, ssuda portfeli manbalari va muddatlari bo‗yicha 
mutanosibligini, bank majburiyatlari va aktivlari tuzilmasining mosligini 
hisobga olishi kerak.
Kredit siyosati bankning o‗ziga xos «Kredit tili» ni yaratadi. Bu 
siyosat bank faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va 
majburiyatlari o‗zgarganda huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat 


384
Tijorat banklari amaldagi nizomga muvofiq kredit portfeli sifatini 
muntazam ravishda tahlil qilib borishlari, har bir kredit bilan bog‗liq risk 
darajasini tasniflashlari hamda uni quyidagi 5 ta guruhdan biriga 
kiritishlari lozim: 
a) standart 
b) substandart 
d) qoniqarsiz 
e) shubhali 
f) umidsiz 
Tijorat banki qarz bo‗yicha ehtimol tutilgan yo‗qotishlar uchun 
rezerv barpo etishi shart. Bu rezervga mablag‗lar amaldagi tartibga 
muvofiq kiritiladi. Qarzlar bo‗yicha ehtimol tutilgan yo‗qotishlar uchun 
rezerv xo‗jalik organlarga berilgan kreditlar tahlili hamda bank 
faoliyatining risk darajasiga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni belgilash 
asosida tashkil qilinadi. Rezerv hajmi amaldagi qarzdorlik risk hujjati 
yoki guruhiga bog‗liq bo‗ladi. Tijorat banklari rezerv hajmini hisobot 
oyining har birinchi kuni uchun amaldagi tartibga asosan hisoblab 
chiqadilar. Berilgan qarzlar kiritilgan «risk guruhi» yomonlashgan 
taqdirda qarzlar bo‗yicha ehtimol tutilgan yo‗qotishlar uchun rezervga 
ajratmalar har oyda o‗tkazib boriladi. Bank oldidagi o‗z majburiyatlarini 
bajarmagan qarz oluvchiga nisbatan bank kredit shartnomasi shartlariga 
ko‗ra quyidagi huquqlarga ega: 
-
agar u kelishilgan muddatlarda bank tavsiyalarini bajarmasa, 
kreditlash to‗xtatilib, uni qaytarib olish to‗g‗risida ogohlantirilgan da‘vo 
xati yuborish; 
-
kreditdan foydalanganlik uchun foizlar o‗z vaqtida to‗lanmagan, 
shuningdek, kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilishi 
ehtimoldan uzoq bo‗lgan hollarda, qarz oluvchiga bankrotlik 
to‗g‗risidagi qonunda ko‗zda tutilgan jazo choralari qo‗llanishi haqida 
ogohlantirish berilgan da‘vo xati yuborilib, kredit bo‗yicha qarz 
qoldig‗ini muddatdan oldin undirib olish; 
-
qarz oluvchi hisob yuritish va buxgalteriya hisobi qoidalarining 
buzganligi aniqlansa, kreditlashni to‗xtatish va bu haqda soliq 
inspeksiyasiga xabar berish, shuningdek, undan hisob va hisobot 
qoidalari buzilish sabablari to‗g‗risida izoh berilishi, ularni tugatish 
yuzasidan qanday choralar ko‗rilayotgani bildirilishini talab qilish. 
Kreditni o‗z 
vaqtida 
qaytarish borasidagi majburiyatlarni 
bajarayotgan qarz oluvchi o‗zining to‗lovga layoqatsizligi to‗g‗risida 
matbuotda e‘lon berishi, bank esa bu haqda soliq inspeksiyasiga xabar 
369
soladi. U bir tomondan mijoz talabining to‗laroq hisobini, ikkinchi 
tomondan esa bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq mexanizmini 
ta‘minlab beradi. 
Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u 
qarz shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvalda ko‗rish 
mumkin. 
50

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish