358
Bank
tomonidan, xo‗jalik subyektlarining aylanma mablag‗lari ye-
tishmasligi, mavjud mablag‗larning me‘yordan ortiqcha tayyor mahsulot
qoldiqlariga jalb qilinishi, mablag‗larning tayyor mahsulot sifatida qoti-
rib qo‗yish sabablarini o‗rganib borish, zararga ishlayotgan va bankrot-
lik alomatlari ko‗zga tashlanayotgan xo‗jalik subyektlarining moliyaviy
ahvolining doimiy monitoringini tashkil qilish bank kredit siyosatining
ustuvor yo‗nalishlaridan biridir.
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lo-
zim, kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma‘lum bo‗lgan salbiy
o‗zgarishlar to‗g‗risida rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarz yoki
garov ahvol yomonlashishini oldindan aniqlash, ehtimoliy yo‗qotishlarni
kamaytirish uchun juda muhimdir.
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‗yicha «to‗lovsizlik»
tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‗stirmaslik
mezonlari,
shuningdek, bank boshqaruvi va kengashining tegishli hisobotlariga nis-
batan talablarni o‗z ichiga olishi lozim. Kredit siyosatida qarzlarni qay-
tarishga doir izchil, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko‗rilishini talab
qilish, Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kredit-
larni hisobdan chiqarish tadbirlari ishlab chiqilishi lozim.
Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik
bank kengashi va boshqaruvi a‘zolariga yuklatilgan. Odatda, tijorat
bankning kredit siyosati yo‗nalishlari quyidagilardan tashkil topishi
mumkin:
- bank o‗rni va obro‗sini moliyaviy barqaror banklar singari yaxshi-
lash;
- O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki me‘yorlariga muvofiq
darajada o‗z kapitalining yetarliligini ta‘minlash;
- bankning samaradorligi va barqarorligini qo‗llab-quvvatlagan
holda, uning daromadlarining maksimallashuvini ta‘minlovchi aniq
kredit va investitsiya siyosatini o‗tkazish;
- strategik jihatdan muhim bo‗lgan shahar va tumanlarda banklar
tarmog‗ini kengaytirish.
Tijorat banki foydaliligini hisobga olgan holda,
xalqaro standartlar
miqyosida, mijozlarga sifatli kredit xizmatini taqdim etishga intiladi.
Shuning uchun bank-kredit siyosatining asosiy tamoyillariga quyidagilar
kiritilgan:
- kreditlash to‗g‗risida qarorlar qabul qilishning barcha darajalar
bo‗yicha javobgarlikni taqsimlash;
363
- kredit uchun to‗lanishi mumkin bo‗lgan foiz hisob-kitobi va uning
davriyligi;
- oldingi davr (yil, chorak, oy)dagi moliyaviy xo‗jalik faoliyatining
respektiv tahlili;
- joriy davr uchun biznes-reja.
Xo‗jalik subyekti kredit olish uchun tahliliy va xomcho‗t
ma‘lumotlardan kelib chiqqan holda kredit olish uchun iltimosnomani
tuzadi.
Kredit olish uchun arizada kredit olish zaruriyati, uning samara-
dorligi, qaytarilishi, to‗lovligi va ta‘minlanishi, shuningdek, o‗z kapitali
tarkibi va uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki batafsil bayon qi-
linadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1.
Pul oqimi tahlili ko‗rsatilgan biznes-reja.
2.
Oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi,
debitorlik va
kreditorlik qarzlari va to‗lov muddati 60 kundan oshgan qarzlarni
qiyoslash dalolatnomalari talqini.
3.
Foyda va zararlar to‗g‗risidagi hisobot.
4.
Aylanma mablag‗larning aylanishi hisob-kitobi.
5.
Boshqa kreditlar, qarz mablag‗lari mavjudligi va boshqa
banklarda saqlanadigan bo‗sh mablag‗larning mavjudligi to‗g‗risidagi
ma‘lumotnoma.
6.
Kapitali bilan ishtirok etganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma.
Kredit xodimi yoki kredit paketini o‗rganuvchi shaxs yuqorida qayd
etilgan hujjatlarni olgach, uch kunlik muddatda quyidagilarni aniqlaydi:
- subyektlarning kreditga va to‗lovga qobiliyati, uning reyting
bahosini, shuningdek, kredit maqsadlarining
ustav faoliyatiga muvo-
fiqligi, kreditning turini aniqlaydi, bunda u majburiy tartibda likvidlilik,
qoplash, muxtoriyat, qarz mablag‗larini jalb qilish, foyda va aylanma
mablag‗lari aylanishi koeffitsiyentilarini o‗rganib chiqishi lozim.
Kredit paketini tahlil qilishda nafaqat kredit bitimlarining turli soha-
lariga, balki rahbarning shaxsiy sifatlariga ham baho beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o‗rganib chiqqach, bank xodimi
kredit bitimini tuzish uchun xulosani rasmiylashtiradi. Bunda
quyidagilar ko‗rsatiladi:
- kreditning maqsadi, muddati va miqdori;
- kredit qaytarilishining ta‘minlanishi;
362
kasb etadi.
Kredit siyosatidagi
har qanday cheklash
to‗liq
hujjatlashtirilishi, asoslanishi va istisnolar ko‗rsatilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, tijorat bankining kredit siyosati bankning
kreditlashni amalga oshirishdagi maqsadi va strategiyasini, kredit berish
jarayonida bank xodimlarining vakolat darajasi va mas‘uliyatini, tijorat
banki tomonidan beriladigan kreditlarning turlari va toifasi, bank krediti
yo‗naltiriladigan iqtisodiyot sohalarini belgilab olish, kreditlash usullari,
kreditlash ko‗rsatkichlari, kreditlarni qaytarib to‗lash shartlari va
qoidalari, kreditning muddati, qarzdorlikni undirib olish bo‗yicha chora-
tadbirlar, yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy hisobotlariga
qo‗yiladigan talablar, mijozning kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlari
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗zida ifoda
qiluvchi qarzdorlarning
faoliyatiga oid moliyaviy axborotlar, garov ta‘minotiga va kredit
monitoringiga
qo‗yiladigan
talablar,
foiz
stavkalari
bo‗yicha
bajariladigan operatsiyalar, ko‗zda tutilmagan holatlar, kredit portfelini
audit qilish bo‗yicha talablar bank boshqaruvi va kengashiga taqdim
qilinadigan hisobotlar bo‗yicha talablarni o‗zida ifodalash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: