Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

kredit 
shartnomasiga 
ko‗ra, bir taraf – bank yoki boshqa kredit tashkiloti 
(kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda 
tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mabalg‗lari (kredit) berish, 
qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar 
to‗lash majburiyatini oladi. 
Kredit shartnomasi: 
-
 ikki taraflama shartnomadir, 
ya‘ni har ikki taraf tegishli huquq 
va majburiyatlarga ega bo‗ladi; 
-
 haq evaziga tuziladigan shartnomadir, 
ya‘ni qarzdor kreditorga 
kredit olganligi uchun foiz, marja, komissiya ko‗rinishida haq to‗lashi 
lozim; 
-
 konsensual shartnomadir, 
ya‘ni u kredit shartnomasi taraflar 
tomonidan imzolanishi bilanoq tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi, 
biroq berilgan kreditga foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki 
haqiqatda kredit mablag‗laridan foydalanilgan davr uchun to‗lanadi;
 
-
 xo„jalik shartnomasidir, 
chunki kredit shartnomasi asosan 
tadbirkorlik faoliyatiga mansub sohalarda tuziladi. 
Kredit miqdori va uning qaytarilish muddati, foiz miqdori va uni 
to‗lash muddati, kreditning maqsadi va boshqalar kredit shartnomasining 
muhim shartlari hisoblanadi.
Tijorat banki va mijoz o‗rtasidagi kredit munosabatlari kredit 
shartnomasiga asoslanadi. Rivojlangan davlatlar bank tizimida har 
qanday kredit munosabatlari unda ishtirok etuvchi tomonlarning 
mavqeyidan qat‘i nazar o‗zaro manfaatli shartnomalar asosida amalga 
oshiriladi. Kredit shartnomasida quyidagi asosiy shartlar ko‗rsatiladi. 
Kreditning maqsadi: 
Tijorat 
banki 
uchun 
kreditning 
qanday 
maqsadlarga 
so‗ralayotganligi muhim hisoblanadi. Shartnomada kreditning qaysi 
maqsad uchun ishlatilishi ko‗rsatiladi va bu korxonalarning biznes 
rejasida o‗z aksini topishi lozim. Biznes rejada ko‗rsatilgan maqsad 
bo‗yicha kredit summasi o‗tkazilib beriladi va korxonaning keyingi 
faoliyati ham bank tomonidan kreditning shartnomada ko‗rsatilgan 
maqsadlarga yo‗naltirilishi nazorat qilib boriladi.


366
ko‗radilar, bu esa qarzdor tomonidan bankni tanlash imkoniyatini 
cheklaydi. 
Kreditga layoqatsizlik riskini oldindan ko‗ra bilish ko‗pincha oson 
kechmaydi, chunki kerakli paytda mijozning faoliyatida kutilmagan 
moliyaviy qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Bu qiyinchiliklar 
mijozning qobiliyatsizligi tufayli uning mol yetkazib beruvchilari, 
xaridor va boshqa tashqi omillarning xatosi va muammosi bunga sabab 
bo‗lishi mumkin. Shuning uchun bank kredit operatsiyalarining har bir 
turi kreditning qaytmaslik riski bilan bog‗liq bo‗ladi. Bunday riskni 
pasaytirish uchun bank bo‗lajak mijozning mavjud, o‗tgan moliyaviy 
ahvoli bo‗yicha kreditga layoqatliligini baholab, salbiy tomonlarni 
oldindan bilishga, mijozning kelajak muammolarini ko‗rishga intiladi. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish