Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Kredit ta‟minotini tekshirish 
 
Berilgan ssuda bo„yicha qarzdor majburiyati. 
520 
2. Shu sanada garovga qo‗yilgan boyliklar qiymati. 
700 
3. Realizatsiyadagi yo‗qotishlar riskini hisobga olib o‗rnatilgan 
bank marjasi. 
30 % 
4. Garovning real qiymati 
700-(30% 700 
dan)-490 
5. Ta‘minotning ortiqchaligi (+) kamomadi (-). 
490-520--30 
343
va mulkning ijaraga berilishi haqida garovga oluvchini ogohlantirishi 
lozim. 
Garov predmetining o‗z egasida qolishi quyidagi hollarda yuz beradi: 
- oborotdagi tovarlar garovga qo‗yilganda; 
- ko‗chmas mulk garovga qo‗yilganda. 
Oborotdagi tovarlarni garovga qo‗yish garov vaqti kelganda, garov 
beruvchi o‗z oborotidagi tovarlarining hammasini yoki qisman sotib, o‗z 
qarzining summasini yoki undan ko‗pini qaytarishi tushuniladi. Bunda 
garovga qo‗yuvchi shaxs o‗z tovar mahsulotlarining hisob-kitobini va 
to‗g‗ri saqlanishini ta‘minlashi shart. Oborotdagi tovarlarni garovga 
qo‗yishdan asosan savdo va ta‘minot tashkilotlarida ko‗proq 
foydalaniladi. Ko‗chmas mulk garovi (ipoteka) - korxona, tashkilot, 
bino, inshoot va qurilmalarni, yerdan foydalanish huquqlarini garovga 
qo‗yish tushuniladi. 
O‗z kreditlarini bino, inshoot va qurilma uskunalarni garovga olgan 
asosda berishlarida, banklar nafaqat ularning qanchalik tez sotilishini, 
balki kredit oluvchining foyda olish darajasini, ularning kreditni 
qaytarish sharoiti va muhitini ham hisobga olishlari lozim. 
Bank, garov predmetini ushlab turuvchi subyekt sifatida, garovga 
qo‗yilgan mulkning hujjatlari asosida uning haqiqiyligini, holatini va uni 
saqlanayotgan muhitini tekshirishga haqlidir. 
Agar garov predmeti garov beruvchi tomonidan sarflangan yoki 
ishlatilgan bo‗lsa, unda garovga beruvchi shaxs ushbu mulkni qayta 
tiklashi yoki boshqa mulk bilan qoplashi lozim, aks holda bank-garov 
mulkini ushlab turuvchi subyekt sifatida berilgan kreditni o‗z 
muddatidan oldin talab qilishga haqli hisoblanadi. 
Garovga qo‗yishning ikkinchi shakli - garovga qo‗yilgan mulkni 
o‗z egasida emas, balki uni ushlab turuvchi shaxsda qolishi hisoblanadi. 
Bu tur boshqachasiga «zaklad» deb ham yuritiladi va bank amaliyotida 
qulay garov turi bo‗lib, unda ko‗chmas mulk bo‗lmagan mulk garovga 
qo‗yiladi. Buning sababi shundaki, pul garov oluvchi (bank)ga berilishi 
lozim. 
Ushbu shakl bank faoliyatida keng qo‗llanilib, asosan garovga 
qo‗yilgan mulk ko‗chmas mulk bo‗lib hisoblanmasa garov bankda 
bo‗lishi kreditning ta‘minlanishi tayinligini ko‗rsatishi mumkin. Bunday 
garov shakli quyidagi turlarda bo‗lishi mumkin: 
- mustahkam (ishonarli) garov; 
- xuquqiy garov. 


344
Mustahkam (ishonarli) garov klassik jihatdan, tovar va boshqa 
mulkni kredit tashkiloti omborida yoki qarz oluvchi omborida bank 
nazorati ostida saqlanishi tushuniladi. Zakladga olingan qimmatbaho 
buyumlar o‗z navbatida quyidagi talablapga javob berishi lozim: tez 
sotiladigan, sug‗urtalash oson bo‗lgan, bank nazorati ostida uzoq muddat 
saqlanishi mumkin bo‗lishi lozim. 
Albatta, ushbu mulklarni bank tomonidan nazorati turli xil 
qiyinchiliklarga va xarajatlarga olib keladi. G‗arb mamlakatlarida ushbu 
xizmatlarni ombor tashkilotlari banklar uchun (xizmat) ko‗rsatadi. U 
mulk va uning saqlanish bo‗yicha to‗laqonli nazorat
olib borishi, undan 
tashqari bergan kreditining qaytishi imkoniyatlariga to‗laroq ishonch 
hosil qilish mumkin. Bu garov turi 2 xil shaklda, ya‘ni qattiq garov va 
huquq garovi shaklida bo‗lishi mumkin. 
Qattiq garov garovning klassik turi bo‗lib, u tovar yoki boshqa mulkni 
bankka berishni va bank omborxonasida yoki qarz oluvchining 
omborida, lekin bank qulfi va qorovuli bilan qo‗riqlab saqlanishi lozim. 
Garov yoki zaklad sifatida qabul qilinadigan qiymatlik talablarga javob 
beradigan - tez sotiladigan, uzoq saqlanadigan, o‗z sifatini 
yo‗qotmaydigan, sug‗urtalanadigan bo‗lishi va bank nazorati ostida 
bo‗lishi lozim. Zaklad qabul qilish va uni saqlash bank uchun xarajat 
talab qiluvchi, uning faoliyatiga to‗g‗ri kelmaydigan holat bo‗lganligi 
uchun u qiyinchiliklar tug‗dirishi mumkin. Ba‘zi xorijiy davlatda bank 
uchun bu funksiyani maxsus tashkilotlar – omborchi kompaniyalar 
bajaradi. 
Bunda faqatgina ombor hujjatlarining bo‗lishi talab etiladi va 
omborchi kompaniyalar tomonidan yozib berilgan bu hujjat kreditning 
ta‘minlanganligi hisoblanadi. 
Bu hujjat asosida bank o‗z kreditlarining ta‘minlanganligini nazorat 
qiladi va ssudalar qaytarilmaganda ushbu hujjat orqali bank mulkni 
omborxonadan olib, sotib, o‗z kreditlarini qoplashi mumkin. 
Bank uchun qulay bo‗lgan mustahkam (ishonchli) garov bo‗lib tovar 
va turli transport hujjatlari hisoblanadi, shu bilan bir qatorda, qimmat-
baho buyumlar va qimmatli qog‗ozlar ham mustahkam garov sifatida qabul 
qilinishi mumkin. Birinchidan , ular garov beruvchi tomonidan kreditni 
ta‘minlash maqsadida bankka beriladi, chunki ular hech qanday 
ortiqcha xarajatlarni talab etmaydi. Ikkinchidan, ular yuqori likvidligi, 
tez sotiluvchanligi bilan ajralib turadi. Bu esa bankka katta ahamiyat 
kasb etadi. Huquq garovi hozirda O‗zbekiston uchun yangi bo‗lgan 
garov shakli hisoblanadi. Garov sifatida turli mulkka huquqiy jihatdan 
345
egalik qilish (mualliflik huquqlari, tovar belgilari, nou-xau, patent) 
hujjatlari bo‗lishi mumkin. 
Bunda faqatgina garovga qo‗yilayotgan mulkka egalik qiluvchi 
shaxsgina garov beruvchi shaxs bo‗lishi mumkin. Ijaraga olingan yoki 
egasi boshqa bo‗lgan mulklar o‗z egasining ruxsatisiz garov obyekti 
bo‗lishi mumkin emas. 
Garov predmetining bankda saqlanishini ta‘minlash bilan bir 
qatorda banklar yana boshqa majburiyatlarni ham bajarishlariga to‗g‗ri 
keladi. Masalan, garov mulkini ushlab turuvchi subyekt (bank) 
shartnomada ko‗rsatilgan bo‗lsa, garov beruvchi manfaatlariga mos 
kelgan holda mulkning hisob-kitobini olib borishi, majburiyatlar 
bajarilgandan so‗ng garov beruvchiga mulkning qaytarilishini 
ta‘minlashi lozim. 
Garov predmeti kimda bo‗lishidan qat‘i, nazar, garov mulkini 
beruvchi yoki uni oluvchi subyekt mulkni turli xil tabiiy ofatlardan 
sug‗urtalashi lozim. Nafaqat tabiiy ofatlardan, balki mulkning 
o‗g‗irlanishi yoki davlat organlari tomonidan garov mulkini beruvchi 
subyektning 
iqtisodiy 
faoliyatini 
to‗xtatib 
qo‗yilishidan 
ham 
sug‗urtalanishi lozim. Mulkka zarar yetkazganda, bank garov mulkini 
ushlab turuvchi subyekt sifatida sug‗urta qoplamasini o‗z krediti 
hisobiga olishga haqlidir. 
Garov predmeti har qanday hollarda ham sug‗urta qilish mulkni 
beruvchi shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 
Garov shartnomasi yozma hujjat tarzida amalga oshirilishi lozim. 
Bu hujjatda garov predmetining shaklini, majburiyat shartlarini, 
majburiyat 
muddatini, 
mulkning 
hajmi 
va 
qiymatini, 
garov 
subyektlarining majburiyatlarini va garov shartlari bajarilmaganda nizolarni 
hal etish masalalari aks ettirilishi lozim. 
Garov shartnomasida, shular bilan birga, ikkala tarafning nomlari 
va manzillari garovga qo‗yilgan mulkning qayerda joylashgani 
ko‗rsatilishi lozim. Agar yuqoridagi ko‗rsatmalar, ko‗rsatilmasa garov 
shartnomasi haqiqiy hujjat hisoblanmaydi. Garov shartnomasi tuzilgan 
vaqtdan boshlab garov huquqi paydo bo‗ladi va garov mulkiga nisbatan 
garov huquqi ushbu mulk garovga berilgan vaqqtdan boshlanadi. 
(O‗z.Res. F.K. 270-s.).
Mulkning qanday shaklda bo‗lishidan qat‘i nazar, davlatning garov 
mulki ro‗yxatdan o‗tishi majburiy belgilangan. Ya‘ni garov shartnomasi 
tuzilib, unga qo‗l qo‗yilgandan va notarial tasdiqlagandan so‗ng, 


368
Kredit summasi.
Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga 
qo‗ygan mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa 
miqdorida belgilanib ko‗rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida 
ko‗rsatilgan summani har tomonlama asoslab berishi kerak. Odatda, 
mijozlar o‗z imkoniyatlarini maksimal darajada baholab keladilar. 
Tijorat banklari kerakli hollarda kreditlanayotgan obyektni to‗la 
o‗rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. 
Kreditning foiz stavkasi. 
Hozirgi kunda ko‗pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini 
va jalb qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o‗zlarining 
kredit siyosatiga muvofiq mustaqil foiz stavkalarini o‗rnatadi. 
Kreditni qaytarish muddati. 
Shartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda, kredit 
olgan korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o‗tgan qarz 
hisob raqamiga chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun 
olinadigan foiz summasini o‗z vaqtida to‗lab bormasa, muddati o‗tgan 
foiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta 
muddati o‗tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank kreditni muddatidan 
oldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari shu hisob 
raqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning o‗z mablag‗lari 
hisobidan vakillik hisob raqami orqali to‗lab beriladi.
Respublikamizda qisqa muddatli kreditlash va, umuman, tijorat 
banklari tomonidan kredit berish ―Banklar va bank faoliyati 
to‗g‗risida‖gi qonunga asosan olib boriladi. Banklar tomonidan kredit 
berish kreditlashning asosiy tamoyillari kreditning maqsadliligi, 
kreditning ta‘minlanganligi, muddatliligi, qaytarilishi, to‗lovliligi 
asosida amalga oshiriladi. 
Kredit shartnomasi huquqiy jihatdan bir qator xususiyatlarga ega. 
O‗zining huquqiy tabiatiga ko‗ra kredit shartnomasi tomonlarning 
maqsadlarini va shu maqsadlarning amalga oshishini birlashtiradi. 
Maqsad sifatida kredit shartnomasi bankning ma‘lum shartlar asosida 
ssuda berish roziligi va qarz oluvchining uni ma‘lum davrdan so‗ng 
qaytarib berishga tayyorligini aks ettiradi. Maqsadlarning bajarilishi 
sifatida kredit shartnomasi ssuda berish va to‗lash bo‗yicha aniq 
harakatni ko‗zda tutadi. Mijozning ssudani qaytarish bo‗yicha 
majburiyatlari shartnomani imzolashdan oldin amalga oshirilgan bo‗lsa 
ham, faqatgina ssuda olingandan so‗ng paydo bo‗ladi. Kredit 
shartnomasi, shuningdek, kredit bitimining iqtisodiy shartlarini tartibga 
353
bahosining 60-80% ini tashkil qiladi. Kreditni yoki u bo‗yicha foizlarni 
vaqtida qaytarilmasligi vekselga egalik qilish huquqining bankka 
o‗tishiga olib keladi. Kredit qaytarilganda esa veksel egasiga qaytariladi. 
Ssudalarni ta‘minlashning yana bir ko‗rinishi mavjud – moliyaviy 
talablar bilan, bularga ish haqini to‗lash bo‗yicha talablar, sug‗urta 
shartnomalari bo‗yicha to‗lovlar va shu kabilar kiradi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish