Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

bir nechta yuridik 
va jismoniy shaxsning kafilligi
ni olishi mumkin. Bunday hollarda, 
shartnoma tuzishda bank majburiyatni kafillar o‗rtasida teng taqsimlash 
sharti bilan yoki kafillarning bir biriga bog‗liq bo‗lmagan holda har 
biriga butun kredit majburiyatlarini yuklaydigan shartlar bilan 
shartnoma tuzishi mumkin. Bu kredit berilayotgan mijozning 
ishonchliligidan kelib chiqib hal qilinadi. 
Mijoz tomonidan uchinchi shaxs kafilligi taqdim qilinganda, 
kafillik yoki kafolat xati beruvchi yuridik shaxsning, rahbar 
xodimlarining shartnoma imzolash vakolatlarini o‗rganish (bunda, zarur 
holda imzolar namunasi va rahbarning lavozimga tayinlanganligi 
to‗g‗risidagi buyruqdan (qarordan) ko‗chirma olinadi), kafillik beruvchi 
korxonaning uchinchi shaxs majburiyati yuzasidan kafillik berishga 
mulkdorlar (ta‘sischilarning) roziligini tasdiqlovchi hujjat (ustavda va 
boshqa me‘yoriy hujjatda shunday hujjatni ijrochi rahbarga imzolashga 
to‗g‗ridan to‗g‗ri vakolat berilgan bo‗lmasa, korxona mulkdorlari yoki 
ular vakolat bergan organ (vakillar) tomonidan yozma shaklda alohida 
rozilik olinadi), kafil (kafolatchi)ning moliyaviy faoliyatini ifodalovchi 
asosiy iqtisodiy ko‗rsatkichlar, jumladan, kafilning soliq va majburiy 
to‗lovlar 
oldidagi 
hamda 
boshqa 
uchinchi 
shaxslar 
oldidagi 
majburiyatlariga 
doir 
ma‘lumotlar o‗rganilishi lozim. Ushbu 
ma‘lumotlar kafil (kafolatchi)ga berilgan auditorlik xulosasi, uning 
moliyaviy balansi, kafilning keyingi davrdagi hisob varag‗i holati, 
kafilga xizmat ko‗rsatuvchi bank tomonidan berilgan ma‘lumotnomalar 
orqali va mumkin bo‗lgan boshqa vositalar orqali olinadi. Agarda bank 
kreditlash uchun olishi kerak bo‗lgan ma‘lumotlar auditorlik xulosasida 
yetarlicha bayon qilinmagan bo‗lsa, unda bank auditorlik hisobotini 
talab qilishi yoki mijoz va kafildan muzokaralar yo‗li bilan qo‗shimcha 
ma‘lumot olishi mumkin. Bank kafillik shartnomasining amal qilish 
davrida kafil korxonani barcha yo‗nalishlarda monitoring qilib borishi 
lozim. Bunday monitoring korxona rahbari o‗zgarishi, korxonaning 
qayta tashkil qilinishi, mulkdorlarning o‗zgarishi, uning yangi qabul 
qilayotgan majburiyatlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, unga nisbatan 
qo‗llanilayotgan iqtisodiy sanksiyalar, kafil tomonidan tuzilgan yirik 
bitimlar va boshqa shunga o‗xshashlar bo‗yicha amalga oshirilishi 
lozim. Mas‘uliyati cheklangan va aksiyadorlik jamiyatlari bilan 
shartnoma tuzishda qonunda, bu jamiyatlarga yirik va daxldor shaxslar 
bilan bitim tuzishda belgilangan talablarga rioya qilinishi lozim. Kafillik 
shartnomasi qarzdor, kafil va kafillikni qabul qiluvchi bank ishtirokida, 


330
oluvchi bu haqda kafilga tezda xabar berishi lozim Agarda bank 
kafilning mablag‗ini asossiz oborotga olgan bo‗lsa, kafil kreditordan 
asossiz olgan mablag‗ini undirish bo‗yicha talab qo‗yishi yoki qarz 
oluvchiga bo‗lgan regressiv talabini qo‗yish huquqiga ega.
Kafillik aniq hollarda, ya‘ni kafil tomonidan ta‘minlangan 
majburiyatni to‗xtalganda, kafil uchun javobgarlikni oshiradigan yoki 
boshqa nomaqbul hollarga olib keladigan majburiyatlar bo‗yicha 
o‗zgarishlar bo‗lganda, kafillik bilan ta‘minlangan majburiyat bo‗yicha 
qarzni boshqa shaxsga o‗tkazilishi bilan, agar kafil kreditorga yangi qarz 
oluvchi javob berishga rozilik bermagan bo‗lsa, kreditor qarz oluvchi 
yoki kafil tomonidan taklif etilgan tegishli ijroni bajarishdan bosh tortsa, 
kafillik shartnomasida ko‗rsatilgan muddat o‗tishi bilan va boshqa 
hollarda kafillik to‗xtalishi mumkin. 
Shunday qilib kreditni to‗lashining kafili sifatida turli xildagi 
yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin
Tijorat banklari kreditlari bo‗yicha kafil sifatida o‗z zimmasiga 
mas‘uliyatni oluvchi subyekt ma‘lum talablarga javob berishi lozim. 
Uning soliq va majburiy to‗lovlardan yirik miqdorda qarzi bo‗lmasligi, 
doimiy pul oqimiga hamda ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‗lgan 
moliyaviy barqaror, mijozga berilayotgan kredit summasining 200 foizi 
miqdorida ko‗chmas mulk yoki jihozlar (mini sex, zavod, avtomobil 
hamda boshqa transport vositalari)ga ega bo‗lgan va bu mulklar kafil 
yuridik shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan hamda uning balansida 
rasman aks ettirilgan yuridik shaxslar kafil bo‗lishlari mumkin. Yuridik 
shaxs talab qilingan darajada mulkka ega bo‗lmagan hollarda yuridik 
shaxs bankdagi jamg‗arma va depozit hisob varaqlarida yoki qimmatli 
qog‗ozlar shaklida (bankning o‗z aksiyalari bundan mustasno) kafillikni 
ta‘minlash mumkin bo‗lgan pul mablag‗iga ega bo‗lsa hamda bu 
mablag‗ni bankka undiruv qaratish huquqini bergan bo‗lsa, sotilgan 
tovar (bajarilgan ish, xizmat)lar, omborxonadagi sotish uchun olib 
kelinayotgan import mahsulotlar bo‗yicha mablag‗lar kelib tushishi aniq 
bo‗lgan va bunga, bankda shubha bo‗lmaganda hamda bankda uni 
undirib olish uslubi mavjud bo‗lganda, vaqtincha mablag‗ga ega 
bo‗lsada, kamida uch yil davomida bankda xizmat ko‗rsatilgan va bank 
oldidagi o‗z majburiyatlarini doimo bajarib kelgan, kelgusida 
kutilayotgan yoki sotilgan hosildan (mahsulot, ish, xizmat) mablag‗ 
manbalariga ega bo‗ladigan bo‗lsa, ular kafil sifatida kredit 
munosabatlarda qatnashishi mumkin. 
327
ko‗proq ko‗chmas mulki va uning ixtiyoridagi qimmatli qog‗ozlar
boshqa 
mulk 
shakllari 
bo‗lishi 
mumkin
qarz 
oluvchi 
o‗z 
majburiyatlarini bajara olmagan hollarda ta‘minlanganlik asosi bo‗lgan 
mulk bank ixtiyoriga o‗tadi va bank uni sotib yetkazilgan zararlarni 
qoplash huquqiga ega bo‗ladi Bank tomonidan berilayotgan kredit 
miqdori taklif etilayotgan ta‘minlanganlikning o‗rtacha bozor narxidan 
past bo‗ladi va mulk bahosi tomonlarning kelishuvchi natijasida 
aniqlanadi
Kreditlar sifatli aktivlar bilan aytaylik yer yoki hukumatning 
qimmatli qog‗ozlari ya‘ni davlat zayomlari bilan ta‘minlangan bo‗lsa u 
holda ularning foiz stavkasi ta‘minlanmagan kreditlarnikiga nisbatan 
past bo‗lishi mumkin Chunki bunda kreditni qaytarmaslik riski 
minimallashtirilgan bo‗ladi Xalqaro kreditlar oltin olmos platina kabi 
nodir metallar bilan ta‘minlangan bo‗lsa ularning foiz stavkasi sezilarli 
darajada past bo‗ladi
Kreditning ta‘minlanganligi uchun qabul qilinadigan mulk likvidligi 
yuqori, tez sotiladigan oldin biror majburiyat bo‗yicha garovga 
qo‗yilmagan korxonaga tegishli bo‗lgan mulk bo‗lishi lozim
Bank 
ssudalarining 
tovar-moddiy 
boyliklar 
bilan 
to‗liq 
ta‘minlanganligi pul muomalasining barqarorligini ta‘minlaydi chunki 
bank mablag‗larining aylanishi ya‘ni pullari naqd pulga va, aksincha, 
transformatsiyalanib turadi
Kreditning ta‘minlanganligi sifatida kafillik, kafolat, garov va 
boshqalar qo‗llaniladi. Quyida biz shu ta‘minlanganlik shakllarini 
alohida ko‗rib chiqamiz. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish