Collateral
– kredit ta‘minoti (kreditga layoqatligi past
bo‗lgan qarzdorlar uchun zarur omil). Kredit ta‘minotini tahlil
qilayotganda asosiy omillar quyidagilar:
o
Nomoddiy aktivlar: patentlar yuqori sifatli nomoddiy aktiv
bo‗lib, ularni sotish va pul ko‗rinishiga keltirish, odatda, ko‗p vaqtni
olmaydi. Gudvill past sifatli nomoddiy aktiv hisoblanib, u ta‘minot
bo‗lishi mumkin bo‗lgan aktivlar ro‗yxatiga kiritilmaydi.
o
Amortizatsiya. Korxonaning o‗rtacha yillik asosiy vositalar
kirimi amortizatsiya qiymatidan past bo‗lsa, bu boshqaruv tomonidan
korxonaga yetarli investitsiya qilinmayotganligini bildiradi. Bu esa, o‗z
navbatida, korxonaning asosiy vositalari sifati pastligini va bu hol
korxonaning kelajakdagi pul oqimlariga ta‘sir ko‗rsatishini bildiradi.
o
Inson va intellektual kapital. Bularni baholash qiyin
hisoblanadi, ammo xorijiy davlatlarda bular korxonaning intellektual
mulki bo‗lishi va ularni ta‘minotlar ro‗yxatiga kiritish mumkin.
-
Covenants
– shartlar va majburiyatlar. Odatda, ikki turdagi
shartlarni shartnomalarda kuzatish mumkin:
o
Tasdiqlovchi shartlar (affirmative covenants) – qarz
oluvchining bajarishi majbur bo‗lgan shartlar ro‗yxati (o‗z vaqtida
kreditni va kredit bo‗yicha foizlarni to‗lash, zarur bo‗lganida ta‘minotni
taqdim etish va h.k.).
o
Salbiy shartlar (negative covenenats) – qarzdorning nimalar
qilishi mumkin emasligining qayd etilganligi (masalan, qo‗shimcha
kredit olishini yoki dividendlar to‗lanishini man etish).
301
Fransiya banklari faoliyatida skoring baholashda boshqa ba‘zi bir
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi va bunda koeffitsiyentlar manfiy
ko‗rsatkichlarga ega bo‗lishi ham mumkin.
Ushbu model bo‗yicha har index (ko‗rsatkich)ni koeffitsiyentlarga
ko‗paytirish orqali mijozning bankrot bo‗lish ehtimoli riskini aniqlash
mumkin. Fransiya banklari amaliyotida agar mazkur model bo‗yicha
aniqlangan ko‗rsatkich >0,125 bo‗lsa, mijozning moliyaviy ahvoli
qoniqarli hisoblanadi, agarda olingan ko‗rsatkich <-0,125 bo‗lsa,
mijozning moliyaviy ahvoli qoniqarsiz va uning bankrot bo‗lish riski
yuqori deb baholanadi.
Shuningdek, xorijiy banklar amaliyotida mijozning kreditga
layoqatliligini tekshirishning to‗g‗ri va egri usullari mavjuddir. To‗g‗ri
usullardan kam foydalaniladi. Bunda mijoz tomonidan to‗plangan ballar,
u olishga haqli bo‗lgan ssuda summasiga tenglashtiriladi. Egri usullar
esa juda keng tarqalgan. Uning mazmuni turlicha baholash
ko‗rsatkichlariga ma‘lum ballar berishdan iborat. Buning natijasi
mijozning kreditga layoqatlilik sinfini aniqlashga xizmat qiladi. O‗z-
o‗zidan ayon bo‗lib turibdiki, mijozning kreditga layoqatliligini
baholashda ballar tizimidan foydalanish - eng obyektiv va iqtisodiy
asoslangan qarorlarni qabul qilishga asos bo‗ladigan jarayonidir. Yagona
muammo shundan iboratki, bunda mijozning kreditga layoqatliligini
baholash bo‗yicha axborotlarning doimiy yangilanishi talab qilinadi, bu
esa, o‗z navbatida, bank uchun juda qimmatga tushishi mumkin.
Shuning uchun uncha katta bo‗lmagan banklar, odatda, axborot
bazasining cheklanganligi va ko‗p xarajatliligi tufayli mijozning
kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ―koeffitsiyentlar‖ usulidan
foydalaniladi.
Ba‘zi davlatlarda mijozning kuchli va kuchsiz tomonlari,
uning imkoniyatlari va riskini aniqlashda
Do'stlaringiz bilan baham: |