Jahonda axborotlashgan jamiyat jadal shakllanib borayotgan sharoitda raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalarni rivojlantirish bugungi kundagi eng dolzarb yo'nalishlardan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yi-cha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonida raqamli iqtisodiyotni rivoj-lantishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2018 yil 3 iyulda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3832-son Qarori ushbu sohaning mamlakatimizning strategik rivojlanishidagi zarurati va ahamiyatini, eng muhim vazifalarni va amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlarni belgilab beradi. Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning dunyo miqyosida tutgan o'rni va uning rivojlanish tendentsiyalari tobora ortib bormoqda.
Misol uchun, ma'lumotlar oqimi ko'lamining o'zgarishi internet protokoli (IP) ga asoslangan global trafik hajmining 1992 yilda kuniga 100 gigabaytni tashkil etgan bo'lsa, 2017 yilda bu ko'rsatkich sekundiga 45000 Gb dan oshdi. Bu ma'lumotlar raqamli iqtisodiyot rivojlanishining dastlabki bosqichiga tegishli ekanini hisobga olsak, uning rivojlanishi sur'ati to'g'risida tasavvur hosil qilish qiyin emas. Prognozlarga ko'ra, 2022 yilga kelib global IP-trafik hajmi sekundiga 150,700 Gb ga etadi, bu Internet tarmog'ida yangi foydalanuvchilarning ko'payishi va Internetning yanada kengayishi natijasida amalga oshadi. Jahon miqyosida olib qaraydigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish geografiyasida ikki mamlakat etakchi o'rinni egallab turibdi. Bular AQSh va Xitoy. Bu mamlakatlarga blokcheyn texnologiyasi bilan bog'liq bo'lgan barcha patentlarning 75 foizi, “Internet of Things (Narsalarinterneti)”ga2 sarflanadigan xarajatlarning 50 foizi va bulutli hisoblash ochiq texnologiyalari global bozorining 75 foizidan ortig'ini to'g'ri keladi. Eng diqqatga sazovor tomoni shundaki, ular dunyodagi 70 ta eng yirik raqamli platformalarning bozor kapitallashuvining 90%ni nazorat qilishadi. Yevropaning ulushi 4%, Afrika va Lotin Amerikasiningumumiy ulushi atigi 1%ga teng. Yettita "superplatformalar" –Microsoft va undan keyingi o'rinda turuvchiApple, Amazon, Google, Facebook, Tencent va Alibaba kompaniyalari umumiy bozor kapitallashuvining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.3
Shunday qilib, raqamli texnologiyalarning ko'plab sohalarida dunyoning qolgan qismi, ayniqsa Afrika va Lotin Amerikasi AQSh va Xitoydan ancha orqada. Mavjud tafovut ilg'or raqamli texnologiyalarda global ustunlikka intilishning oqibatida yuzaga keladi. AQSh va Xitoyning YaIM hajmi bo'yicha jahonda birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallab turganligini e'tiborga olsak, raqamli texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilish mumkin.
Mobil aloqa texnologiyalarning rivojlanishi va raqabatbordoshligini baholash, uning ko'p jihatliligi va omilliligini hisobga oladigan indikatorlar tizimi umumlashtiriladi. Mobil aloqa texnologiyalarning olinadigan daromad ko'rsatkichlari qiymat dinamikasining turli omillari ya'ni ichki (abonentlar soni, SMS soni,ovozli xizmatlar,so'xbatlarning davom etish vaqti, reklama xarajatlari va b.q.) hamda tashqi (mintaqa mobil aloqalarning kirib borishi darajasi. Raqobatchilarning jami abonentlari soni, raqobatchilarning bitta abonentga hisoblangan trafiki,mintaqada mobil uyali aloqa abonentlarining o'sishi, mintaqadagi aholi soni,mintaqadagi o'rtacha ish haqi, mintaqadagi korxonalar soni va b.q.). Mobil texnologiyasi muhitida innovatsiya jarayoni juda yuqori suratlar bilan o'sayotgani odatiy holga aylanib bormoqda. Ayniqsa, bu internet global tarmog'i uchun harakterlidir.
Mobil ta'lim simsiz va mobil tarmoqlarning rivojlanishidan uncha uzoq emas. Elektron ta'limning ajoyib o'sishi davom etmoqda, lekin uning rivojlanishi asosan simli infratuzilmalarga bog'liq bo'lib qolmoqda. Rivojlanayotgan simsiz va mobil tarmoqlar, jamiyatdagi smartfonlarning tezkor kirib borishi, tezkor mobil ta'lim uchun yangi ilovalar yaratilishiga olib keladi. Dunyodagi uyali aloqa abonentlarining umumiy soni internet foydalanuvchilari sonining bir necha barobar ko'p ekanligi taxmin qilinmoqda. Ta'lim muhitida yuzaga kelgan so'nggi va muhim o'zgarishlardan biri mobillikning zaruriyatga aylanishidir. Bundan tashqari, simsiz va mobil aloqa tarmoqlarining eksponentsional o'sishi mobil qurilmalarda sezilarli o'zgarishlar, protokollarni ishlab chiqish, standartlashtirish va tarmoqni joriy qilish, foydalanuvchilarni qabul qilish qobiliyatini oshishiga olib keladi. Mobil ta'lim asosan simsiz tarmoq orqali amalga oshiriladi. Ta'limning o'zgaruvchan ehtiyojlarini qondirish uchun tezda moslash mumkin. Talabalar o'zlariga mos bo'lgan narsalarni topish va o'rganish imkoniga ega bo'ladi. Mobil ta'limda o'quvchilar yaxshi o'rganish uchun o'qituvchilar va boshqa talabalar bilan birgalikda ishlashlari mumkin. Mobil ta'lim bilan o'quv materiallari tez va iqtisodiy arzon tarzda multimedia formatida taqdim etilishi mumkin. Joriy tendentsiyalarga muvofiq elektron ta'limni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi mobil ta'limga qaratiladi. Mobil ta'lim - mobil hisoblash va elektron o'quv muhitlarini kesish nuqtasi bo'lib, u har qanday joyda ta'lim amaliyotiga olib keladi. Quyida mobil ta'lim uchun tavsiya etilgan struktura keltiriladi: mobil ta'lim uchun ilovalar(dasturlar) mobil foydalanuvchilar uchun infratuzilma mobil protokollar tarmoq infratuzilmasi Mobil ta'lim tuzilmasi turli funktsional darajalarni belgilaydi, shuningdek, turli ishtirokchilar (masalan, chakana savdo korxonalari, telekom operatorlari, dizaynerlar va h.k) alohida darajalarga ega bo'lishlari uchun dizayn va ishlab chiqarishni soddalashtirish bilan shug'ullanadi. Bitta predmet uchun ushbu tuzilmani qo'llagan holda, mobil ta'lim tizimlarini yaratish uchun hamma narsani qilish kerak emas, buning o'rniga boshqalar tomonidan taqdim etilgan yuqori darajadagi funktsiyalarga asoslanish mumkin. Ushbu tuzilma to'rt darajaga bo'linadi. Mobil ta'lim uchun dastur darajasida ko'plab yangi ilovalar mavjud bo'lib, mavjud elektron ta'lim dasturlarining ko'pchiligi mobil muhit uchun o'zgartirilishi mumkin. Mobil foydalanuvchilar uchun yangi mobil ilovalarni ishlab chiqishda infratuzilma darajasida maxsus mobil qurilmalarning imkoniyatlari e'tiborga olinishi kerak. Uyali aloqa protokollari darajasida tarmoqlardan foydalanish haqidagi ma'lumotlarni boshqa ilovalardan yashirish va ayni paytda yagona va oson ishlatiladigan interfeyslarni ta'minlashdir. Mobil tarmoq infratuzilmasi darajasida xizmat ko'rsatish sifati asosan tarmoq resurslari va imkoniyatlariga bog'liq. Mobil ta'lim internet va uyali aloqa tarmoqlari uchun yaxshilanishlarni oshirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |