16.2. Rivojlangan mamlakatlarning XIMdagi ishtirokining umumiy xususiyatlari
16.2. Rivojlangan mamlakatlarning XIMdagi ishtirokining umumiy xususiyatlari
90-yillarning boshlaridagi iqtisodiy inqirozlardan so’ng, 1994 yildan iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichi boshlandi. Bu jarayon AQSHda 1992 yildan boshlandi, 2001 yilning mart oydan esa fond birjalarida yirik kompaniyalarning aktsiyalarining narxi vaqtli tushib bordi. Buning asosiy sabablari AQSH iqtisodiyoti rivojlanishini turg’unlik holati bo’ldi. Bu holat 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin yana takrorlandi.
YAponiya iqtisodiyoti 1997 yildan moliyaviy inqiroz iskanjasiga tushib qoldi. 1998 yildan yangi pasayish davri boshlandi. 2000 yilda rivojlanish va vaqtli pasayishlar yuz bermoqda. 2007 yilning 2-yarmida yana iqtisodiy o’sishning pasayishi yuz berdi.
19 ta SRMda eng kam ish haqini qayta ko’rib chiqish bo’yicha umummilliy tartibga solish qonuni ishlab chiqilgan va amal qilmoqda, ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi takomillashtirilmoqda.
19 ta SRMda eng kam ish haqini qayta ko’rib chiqish bo’yicha umummilliy tartibga solish qonuni ishlab chiqilgan va amal qilmoqda, ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi takomillashtirilmoqda.
Hozirda ko’plab SRM eng kam maosh stavkasini bekor qilish g’oyasi ilgari surilmoqda. Buning sababi ko’plab ishchilarni, ayniqsa yoshlarni mutaxassisligining pastligi bo’lmoqda. SHu bilan birga kam ish xaqi oluvchi ishchilarni ijtimoiy ximoya qilish ulardan olingan soliqlarni kamaytirish taklif etilmoqda. Umuman ishsizlikni tugatish masalasini umummilliy va ayrim kompaniyalar darajasida ishchilarni mustahkamligini oshirish yanada takomillashtirib borish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
ITALYA IQTISODIYOTI
ITALYA IQTISODIYOTI
Xalqaro Valyuta Fondining ma'lumotlariga ko'ra 2006 yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu ko'rsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-o'rinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xo'jaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra Italiya 2004 yilda sanoat mahsulotlari eksporti bo'yicha 6-o'rinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan bo'lsa, janubiy qismlarda qishloq xo'jaligi rivojlangan.