Ayniqsa, fantalab mashinasozlik tarmoqlari nisbatan sust rivojlangan. Shu sababli uning mavqeyi tobora pasayib bormoqda.
Barcha rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga dunyo mashinasozlik mahsulotlarining 1/10 qismiga yaqini to’g’ri keladi. Ammo hozirgi vaqtda ularda mashinasozlik sanoatining o’sish sur’atlari ancha yuqori. Ayniqsa, Braziliya, Hindiston, Argentina, Meksika, Osiyoning yangi industrial davlatlarida bu borada sezilarli yutuqlar kuzatilmoqda. Bu holat yaqin kelgusida ular hissasining oshishiga olib keladi.
Ba’zi mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar qatorida rivojlangan mamlakatlar bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlar ham tobora ko’p ko’zga tashlanmoqda.
KIMYO SANOATT KIMYO SANOATT
Kimyo sanoati FTI davrida sanoatning rivojlangan tarmoqlaridan biridir. U XX asr davomida alohida tarmoq sifatida shakllandi va eng yuqori sur’atlarda rivojlanishga erishdi. Ko’p sifatlariga ko’ra mazkur tarmoq mashinasozlik sanoatiga o’xshab ketadi. U ham to’rt mintaqada har taraflama rivojlanishga erishgan. Bular Yevropa, Shimoliy Amerika, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo va Sobiq Ittifoq davlatlaridir.
Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotlarining 2/5 qismi Yevropada ishlab chiqarilmoqda. Unda va ikkinchi mintaqa hisoblanadigan Shimoliy Amerika (ayniqsa, AQSh)da kimyo sanoatining deyarli barcha tarmoqlari, birinchi navbatda, neftni qayta ishlash va neft kimyosi har taraflama rivojlangan. Uchinchi mintaqaning o’zagi Yaponiya, qisman Xitoy hisoblanadi. Ularda ham organik sintez kimyosining sintetik tola, sintetik kauchuk, polimerlar kimyosi tarmoqlari yuqori mavqega ega. Sobiq Ittifoq davlatlaridan iborat to’rtinchi mintaqada, ayniqsa, tog’ kimyosi va asosiy kimyo tarmoqlarining ahamiyati katta.
O’RMON, YOG’OCHNI QAYTA ISHLASH VA SELLYULOZA-QOG’OZ SANOATI O’RMON, YOG’OCHNI QAYTA ISHLASH VA SELLYULOZA-QOG’OZ SANOATI
O’rmon va yog’ochni qayta ishlash sanoatining hududiy joylashuvi ko’p hollarda jahon o’rmon resurslari geografiyasiga monand shakllangan. XXI asr boshlarida jahon bo’yicha jami 4500 mln. m2 yaqin yog’och tayyorlandi. Shuning 2/3 qismiga yaqini Shimoliy o’rmon mintaqasi hissasiga to’g’ri keladi. Ma’lumki, Shimoliy o’rmon mintaqasida, asosan, ignabargli daraxtlar o’sib, ulardan yog’och taxta, selluloza-qog’oz va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu mintaqada joylashgan Kanada, AQSh, Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya davlatlari o’rmon va yog’ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda xalqaro ixtisosiashuvga ega. Bu davlatlar yog’och va selluloza-qog’oz mahsulotlarini tayyorlash va eksport qilishda ham eng yuqori ko’rsatkichga ega. Bu borada Kanada alohida ajralib turadi. U jonboshiga yog’och tayyorlashda birinchi o’rinda turadi. Unda 1500 dan ortiq taxta tilish zavodlari bor. U dunyodagi eng katta selluloza-qog’oz kombinatiga ega. G’arbda ishlab chiqarilayotgan gazeta qog’ozining 40 % i va gazeta qog’ozi eksportining 60 % i ham shu davlat hissasiga to’g’ri keladi. Shu bilan birga jon boshiga qog’oz ishlab chiqarishda Finlyandiya, Shvetsiya va Kanada davlatlari oldinda turadi. Jahon bo’yicha bu ko’rsatkich o’rtacha 70 kg ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |