2.3. O’zbekiston va Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlaring hamkorlik
munosabatlarining rivojlanishi
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ham siyosiy, ham iqtisodiy
sohada ko’pgina yutuqlarga erishdi. Respublikamizning jahon hamjamiyatida faol
ishtirok etishi va O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko’p
tomonlama siyosat yuritishi davlatimizning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini
mustahkamlashning muhim shartidir.
Endilikda O’zbekiston tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o’rin
egallamoqda. Biz qo’ygan ko’pgina amaliy qadamlar O’zbekistonning xalqaro
hamjamiyatda uzoq muddat mobaynida yaratuvchilik faoliyati bilan shug’ullanish
istiqboliga mo’ljallangandir.
Boshqa davlatlar bilan bo’ladigan iqtisodiy integratsiya davlatning har xil
ehtiyojlarini qondirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va
fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, millatlar va elatlarning yaqinlashuviga,
aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi.
Har qanday davlat xoh kichik xoh katta bo’lsin, iqtisodiy integratsiyasiz
rivojlanishi tez bormaydi. Buni ko’pgina davlatlar o’z tajribalarida isbotlashdi.
Iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi siyosati
ham iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlanishiga erishishga qaratilgan. Iqtisodiy
integratsiya iqtisodiyotga bevosita quyidagi natijalaga erish imkoniyatini beradi:
tovarlar, kapitallar, xizmatlar erkin harakat qiladi; raqobat kuchayadi; ishlab chiqarish
kuchlari rivojlanadi; ishlab chiqarish samaradorligi ortadi; sifatli va arzon tovarlar
ishlab chiqariladi; iste’molchilarning talabi ortib boradi; taklif qilinadigan tovarlar
nomenklaturasi ko’payadi; bozorlarning rivojlangan shakllari paydo bo’ladi va
umumiy bozorlar tashkil qilinadi; ishsizlik darajasi pasayadi; milliy iqtisodiyotdagi
farqlar yo’qolib boradi; yangi kuchli umumiy iqtisodiyot shakllanadi; milliy
iqtisodiyot rivojlanib boradi; eng muhimi kishilar hayoti farovonligi oshadi va h.k.
Bu natijalarga erishish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo, MDH
davlatlari, rivojlangan va rivojlanayotgan qolaversa, Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan
hamkorlikka erishishga harakat qilishi kerak.
O’zbekiston dunyo xo’jaligi tizimiga kirib borar ekan, uning xalqaro iqtisodiy
aloqalari uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlari bilan taraqqiy etmoqda.
O’zbekistonning MDH va Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti kabi integratsiya
uyushmalarida ishtirok etishi mamlakatimizning dunyo miqyosidagi obro’ e’tiborini
yanada orttiradi.
O’zbekiston Respublikasi a’zo bo’lib kirgan eng muxim birlashmalardan biri -
Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH) bo’lib, u 1991 yil dekabrda tuzilgan. Hozir
MDH ga Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belorus Respublikasi,
Qozog’iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi,
Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston Respublikasi,
O’zbekiston Respublikasi va Ukraina kiradi.
O’zbekiston sobiq Ittifoq respublikalari bilan aloqalarga katta ahamiyat berib,
avvalboshdonoq Mustaqil davlatlar hamdo’stligini tuzish g’oyasini qo’llab-
quvvatladi. Bunday hamkorlikka hamdo’stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va
iqtisodiy jihatdan bog’langanligi emas, balki chuqur tarixiy, madaniy va ma’naviy
aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos
bo’lmoqda.
Hamdo’stlik maqsadlari quyidagilar:
•
demokratik huquqiy davlatlar tuzish, ular o’rtasidagi munosabatlar davlat
mustaqilligini va suveren tenglikni o’zaro tan olish va hurmatlash, o’z taqdirini o’zi
belgilash huquqi, teng huquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik, har qanday
tazyiqlardan voz kechish, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, inson huquqlari va
erkinliklarini, shu jumladan kichik
millatlar huquqlarini hurmat qilish,
majburiyatlarini va boshqa umum tan olingan xalqaro huquq tamoyillari va
normalarini halol bajarish asosida rivojlanadi;
•
bir-birlarini hududiy butunligini va mavjud chegaralar buzilmasligini tan olish
va hurmat qilish;
•
chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgan xalqlarning tub manfaatlarini hamda
qo’shnichilik va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash;
•
fuqarolararo va millatlararo totuvlikni saqlash.
Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasining MDHga a’zoligi unga bir qator
muhim vazifalarni millat, iqtisodiyot manfaatlariga muvofiq hal etish imkonini
beradi:
-
ishlab chiqarishni, aholi ta’minotini (avvalo oziq-ovqat bilan) qo’llab-
quvvatlashni ta’minlovchi ko’lamda kooperativ xo’jalik aloqalarini rivojlantirish va
takomillashtirish;
-
MDHning bir qator tovarlarini bozorda, ayniqsa an’anaviy mahsulotlarni
sotish sohasida yetakchi mavqeni saqlash;
-
sobiq ittifoqchi respublikalar ega bo’lgan xom-ashyo resurslaridan
foydalanish;
-
O’zbekistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga
xizmat ko’rsatuvchi
transport
kommunikatsiyalaridan
kafolatli
va
xatarsiz
foydalanish.
O’zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi mexanizmini
takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari iqtisodiy erkinlashtirish, uni bozor
tamoyillariga izchillik bilan o’tkazish, xo’jalik tuzilmasini qayta qurishdan iborat
umumiy yo’l bilan belgilanadi.
MDH davlatlari O’zbekistonning asosiy savdo iqtisodiy hamkorlaridan biri
hisoblanadi. Ularning hissasiga respublika tashqi savdo umumiy hajmining 30% dan
ortig’i to’g’ri keladi. O’zbekiston va MDH mamlakatlari mol ayirboshlash
dinamikasi tenglik va o’zaro foydali tamoyillarga asoslangan, savdo-iqtisodiy
munosabatlarning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi. 2000-2007 yillar
davomida O’zbekiston bilan yirik savdo aloqalarini olib boruvchi davlatlar Rossiya,
Qozog’iston, Ukraina hisoblanadilar.
Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarning
shakli va tarkibi tubdan o’zgarib bormoqda. O’zbekistonning mavqei tobora
mustahkamlanmoqda. MDHdagi ko’pgina mamlakatlar bilan savdo-to’lov sohasida
O’zbekiston ijobiy saldoga egadir.
Rossiya O’zbekistonning eng muhim savdo hamkor i hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasidan asosan paxta tolasi, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, yonilg’i
mahsulotlari, kimyo mahsulotlari eksport qilinadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi va
davlatlar iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov integratsiya haqida
gapirar ekan, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda
integratsiya turlari mavjudligiga asoslanadi. "Biz integratsiya jarayonlari va bozor
islohatlarini rivojlantirishga, Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni
shakllantirishga alohida ahamiyat beramiz.
Faqat o’zining tor milliy qobig’ida qolib ketmagan bozorgina xorijiy
investitsiyalarning katta oqimini jalb qilib, mintaqa mamlakatlarining barqaror
rivojlanishi va farovonligini ta’minlay oladi"
O’zbekistonning mavqei mintaqada ahamiyatli bo’lishiga qaramay, bir qancha
jug’rofiy-siyosiy omillar mamlakatning strategik imkoniyatlarini cheklab qo’yadi.
Mamlakat qolgan Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi singari dengizga chiqish
yo’liga ega bo’lmaygina qolmay, balki jahon transport kommunikatsiyalariga erkin
kira olmaydigan davlatlar bilan qurshab olingan. Ammo shular bilan bir qatorda suv
resurslarining cheklanganligi, Farg’ona vodiysida aholining zichligi, qishloq
xo’jaligida band bo’lgan aholi salmog’i katta ekanligi respublikamizda integratsiya
jarayonlarini rivojlantirishni to’xtatmaydi.
O’zbekiston Republikasi 1992 yilda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) a’zosi
bo’ldi. IHT Afg’oniston Islom Davlati, Ozarbayjon Respublikasi, Eron Islom
Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi, Pokiston Respublikasi, Tojikiston
Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O’zbekiston
Respublikasi kabi davlatlarni birlashtiradi. 1992 yilda Tehronda oliy darajadagi IHT
uchrashuvi paytida e’lon qilingan axborotda IHT a’zolarining iqtisodiy farovonligi
yo’lida ko’ptomonlama mintaqaviy hamkorligini ko’zda tutuvchi maqsadlar va
vazifalar e’lon qilindi.
O’zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga integratsiyalashuvi - transport,
aloqa savdo, investitsiya va energetika singari ustuvor sohalarni rivojlatirish uchun
imkoniyat yaratadi. Bu sohalardagi hamkorlik jarayonlarini jadallashtirish imkonini
beradi. Tranzit savdo, mintaqa ichida xalqaro huquqiy me’yorlarga muvofiq bojxona
tadbirlarining umumiy tizimini yaratish yuzasidan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Turkmaniston va O’zbekistonni Afgoniston orqali Karchi va Gvadar portlari bilan
birlashtiruvchi tranzit yo’llariga aloxida e’tibor berilmokda. Termiz-Hirot-Kandaxor-
Chaman temir yo’li va uning Xirot-Kushka, Kerman-Zoxidon, Astare(Ozarbayjon) -
Resht-Kazvin tarmoqlari bilan, shuningdek Avn ko’li atrofidan aylanib o’tuvchi temir
yo’lini tugallash maqsadida ularga ham ustivor ahamiyat berilishi lozim.
Mintaqada gaz va neft o’tkazish tarmoqlarini rivojlantirish rejalari ishlab
chiqildi va ma’qullandi. Bunda Turkmanistondan Eron va Turkiya orqali Pokistonga,
shuningdek Erondan Pokistonga o’tadigan gaz quvurlari qurilishi alohida e’tiborda
turibdi. IHT a’zosi bo’lgan Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar ham bu gaz
quvurlaridan foydalanishlari mumkin.
IHT a’zosi bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi savdoni yanada rivojlantirish
maqsadida boshqa mintaqalardagi va jahon savdo muhitidagi tajribani hisobga olgan
holda erkin savdo mintaqasi (EKOFTA) tuzishga asta-sekin o’tish ko’zda tutilmoqda.
IHT mintaqasidagi mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda va
ularning harakatlarini muvofiqlashtirishda tobora ko’proq rol o’ynamoqda.
2002 yil 10 iyunda Qozog’iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg’iziston, Rossiya
Federatsiyasi, Tojikiston va O’zbekiston davlat boshliqlari tomonidan Shanxay
hamkorlik Tashkilotining Xartiyasi- asosiy nizom hujjatiga qo’l qo’yildi. O’zbekiston
bu tashkilotga 2001 yilda a’zo bo’lgan edi. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo
bo’lish O’zbekiston va tashkilot a’zolari uchun ikki tomonlama manfaatli. Ishtirokchi
davlatlar uchun O’zbekiston muhim strategik sherik bo’lib hisoblanadi. Chunki
tarixiy «Buyuk ipak yo’li»ning qayta tiklanishida O’zbekistonning ishtiroki muhim
ahamiyatga egadir. O’zbekiston uchun esa bu Yevropa va Osiyo-Tinch okeani
mintaqasiga chiqish uchun ishonchli yo’l hisoblanadi va ishtirokchi mamlakatlar
bilan turli yo’nalishdagi aloqalarni rivojlantirish imkoniyatini beradi.
O’zbekistonning turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining
rivojlantirilishi uning jahon xo’jaligi integratsiyasida samarali ishtirok etishini
ta’minlaydi. Bunday xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o’tish davri muammolarini
hal etishni, shuningdek ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligini shakllantirishni
yengillashtiradi. Bu narsa kreditlar olishda, bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishda, mahsulotlarni jahon bozorlariga chiqarishda katta yordam beradi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston
O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli
qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari
bo‘yicha qariyb 2 032,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni
yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud.
Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada
barqarorlikni ta’minlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga
xizmat qiladi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari ikki tomonlama hamkorlik doirasida
erishilgan kelishuvlarning o‘zaro tenglik va manfaatdorlik tamoyillari asosida izchil
amalga oshirilishi bilan izohlanadi.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro anglashuv va
hurmatga asoslangan barqaror aloqalarga tayanadi. Bu munosabatlar ikki mamlakat
xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi.
1996-yildan
buyon
Savdo-iqtisodiy
hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-
Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar
ushbu komissiyaning 7 ta majlisi bo‘lib o‘tgan. Oxirgi yettinchi qo‘shma majlis
2009-yil 28-dekabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 169,3 million
AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va
do‘stona aloqalar qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha
jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda.
O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikki tomonlama
hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli
sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam
asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2016-yil yakunlari
bo‘yicha qariyb 213 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Ikki mamlakatning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat
muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini
diversifikatsiya qilish imkonini bergan «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-
Xitoy» transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga
oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol
bo‘la oladi.
Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim
yo‘nalishdir. «O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport-
kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan ko‘p tomonlama
shartnomaning
hayotga
tadbiq
etilishi
savdo-iqtisodiy
aloqalarni
yanada
mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga
ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Madaniy-gumanitar
hamkorlik
ikki
tomonlama
munosabatlarni
rivojlantirishning muhim omilidir. O‘zbekiston va Turkmanistonning madaniyat va
san‘at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko‘rgazma va
forumlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi konsruktiv va ochiq muloqot
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda hamda mintaqaning barqaror rivojlanishida
muhim shartlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa
barqarorliginini ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar
bilan birgalikda kurashishda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan
manfaatdordir.
2000-yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning Tojikistonga davlat tashrifi amalga oshirildi.
1998-yil yanvarda va 2001-yil dekabr oyida esa Tojikiston Respublikasi
Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif uyushtirdi.
Ikki mamlakat o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma
komissiya tashkil qilingan. Shu kungacha qo‘shma komissiyaning to‘rtta majlisi
bo’lib o‘tgan. Majlislar Dushanbe shahrida 2002-yil 22-avgust kuni hamda 2009-yil
18-fevralda tashkil etilgan, Toshkent shahrida 2015-yil 23-iyun kuni hamda 2016-yil
28-dekabrda tashkil etilgan.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha 196,8 million
AQSH dollarini tashkil etdi.
Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasini 1992-yil 20-mart kuni tan
olgan. Shu kunning o‘zida ikki mamlakat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalar
o’rnatildi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik 2004-yil imzolangan
Strategik hamkorlik va 2005-yil imzolangan Ittifoqdoshlik munosabatlari
to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanmoqda.
2013-yilning
14-15-aprel
kunlari O’zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida
2013-2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo
Dastur qabul qilindi.
2010-yil 12-13-noyabr kunlari O‘zbekistonga Rossiyaning Federatsiya
Kengashi Raisi V.Matvienko tashrif buyurdi. Tashrif doirasida V.Matvienko
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi I.Sobirov va Qonunchilik
palatasi spikeri D.Toshmuhamedovalar bilan muzokaralar o’tkazdi.
2014-yilning 10-dekabrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning
O’zbekistonga rasmiy tashrifi bo’lib o’tdi.
Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar
ja’dal sur’at bilan rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo hamkorlari
orasida Rossiya Federatsiyasi birinchi o’rinda turadi.
2016-yil yakunlariga ko’ra ikki davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash 4,2 mlrd.
AQSh dollarni tashkil etdi.
Ozarbayjon
Respublikasi bilan
O‘zbekiston
Respublikasi
o‘rtasidagi
munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.
Xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish, informatsion va kommunikatsion
texnologiyalar, temir yo‘l transporti, soliq, maxfiy ma’lumotlar daxlsizligini
ta’minlash sohalarida hamkorlikka oid, shuningdek, gumanitar, savdo-iqtisodiy va
ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishга doir qator hujjatlar imzolandi.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha 21,2 million AQSh
dollarini tashkil etdi.
Ukraina ham O‘zbekiston Respublikasining yetakchi tashqi iqtisodiy
sheriklaridan sanaladi. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama
munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli sohalardagi hamkorlikni
tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 254,1 million
AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Belarus Respublikasi bilan har tomonlama
hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti
bir-birini to‘ldiradi. So‘nggi ikki yilda Toshkent va Minskda Hukumatlararo
komissiyaning (HK) ikkita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi bilan
Belarus Respublikasi o‘rtasida 2008-2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik
to‘g‘risidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur imzolangan. O‘zbekiston va
Belarus hukumatlari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, Favqulodda vaziyatlar
vazirliklari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf
etishda hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar imzolangan.
1994-yil dekabrda Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenkoning
O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.
2015-yil 11-12-mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi
hamda Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha
Hukumatlararo qo‘shma komissiya uchinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
MDH mamlakatlari boshliqlari majlisi doirasida Minsk shahrida 2014-yil
oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus
Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama
hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 113,4 million
AQSh dollarini tashkil etdi.
Armaniston, Moldova bilan MDH hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar
doirasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
1995-yil 30-31-martda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning Moldovaga davlat tashrifi va 1998-yil 17-18-dekabrda Moldova
Prezidenti P.Luchinskiyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.
Gruziya O’zbekistonning eng muhim tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri
hisoblanadi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat –
1995-yilning 4-sentabrida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida imzolangan do‘stlik va
hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hisoblanadi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha
o‘zbek-gruzin Qo‘shma komisiyasi tartibga soladi. 2014-yilning 20- oktabrida
Toshkent shahrida mazkur komisiyaning navbatdagi yetinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2016-yil yakunlari bo‘icha ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar aylanmasi hajmi 90,8
million AQSh dollarini tashkil etdi.
XULOSA
Jahonxo’jaligida O’zbekiston davlatining o’rnimavzusidagi bitiruv malakaviy
bitiruv ishi tahlilidan quyidagi xulosalarga kelindi:
J
axon xo‘jaligining vujudga kelishi obektiv tarixiy jarayon bo‘lib, har xil
mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning chukurlashuvidan iboratdir. Bozor
iqtisodiyotining kup yillik taraqqiyoti natijasida XIX asr va XX asr busagasida
kapitalistik xo‘jalik ko‘rinishida bo‘lgan jaxon xo‘jaligi vujudga keldi. Jaxon
xo‘jaligi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi va ularning amalga oshib borish
vositalarining bir butun yaxlitligidan iboratdir.
Jahon iqtisodiyotini shakllantirishda asosiy rol XVIII-XIX asr oxirlarida
paydo bo'lgan yirik mashinasozlik sanoatiga tegishli edi. G'arbiy Yevropa va
AQShdagi
bir
qator
mamlakatlarda
ulardagi
sanoat
to'ntarishlardan
keyin.Aytishmumkinki, jahon iqtisodiyoti oxirida shakllandi XIX asr boshi XX
asr yirik mashinasozlik, transport va jahon bozorining rivojlanishi natijasidir.
Jahon iqtisodiyoti - global iqtisodiy munosabatlar bilan bir - biriga bog'langan
dunyoning barcha mamlakatlari tarixiy ravishda tashkil etilgan milliy iqtisodiyot
majmui hisoblanadi.
Davlatning xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lishi uning har
tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi. Chunki xalqaro iqtisodiy
tashkilotlarga a’zo bo’lish, uning boshqa a’zo davlatlari bilan ham keng
hamkorlikni yo’lga qo’yishni ta’minlaydi.
Mehnat taqsimotining eng asosiy natijasi - bu xalqaro ixtisoslashuv tarmog'idir.
Ayrim mamlakatlarning ma’lum turdagi mahsulotlarni isnlab chiqarishga va xizmat
ko'rsatishga ixtisoslashganligi ularni o'zining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda
ishlab chiqarishni va xizmat ko'rsatishni taklif etishni taqozo qiladi. Shuning
oqibatida xalqaro ixtisoslashuv tarmoqlari, ya’ni eksportga mahsulot ishlab
chiqaruvchi, mamlakatning xalqaro geografik mehnat taqsimotidagi o'rnini belgilab
beruvchi tarmoqlar shakllanadi.
Jahon xo‘jaligi ma'lum bir qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Jahon xo‘jaligi
bozor qonuniyatlariga amal qiladi:
a) Jahon xo‘jaligining o’zi mehnat taqsimotining maxsulidir, lekin bu xo‘jalik
mehnat taqsimotini yanada chuqurlashtirib ishlab chiqarishdagi baynalminallikni
kuchaytiradi. Bu esa ixtisoslashuv asosida xarajatlarni pasaytirish va maxsulotlar,
xizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi.
b) Jahon xo‘jaligida iqtisodiy aloqalar rivojlanib boradi va ularning
shakllari o’zgarib boradi, ishtirokchilar doirasi yangi mamlakatlar hisobidan
kengayadi. Keyingi yillarda bu doiraga Markaziy Osiyoning yosh davlatlari,
jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham kirib keldi.
O’zbekiston uchun jahon bozori juda zarur. Chunki uning iqtisodiyotda
buyuk muvaffaqiyatlarga erishuvini tezlashtirishda jahon bozorining ta’siri
kattadir.
Iqtisodiy
islohotning
boshidanoq, bozorga o’tishning dastlabki,
vaqtlaridanoq jahon bozorida qatnashish choralarini ko’ra borish davr taqozosi.
Jahon bozori biz uchun yangilik, chunki bunday imkoniyatga faqat mustaqillikdan
keyingina erishdik.
Mustaqillikdan Ilgari O’zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan mustaqil
aloqa o’rnatish imkonining o’zi bo’lmagan. Iqtisodiy aloqa sobiq ittifoq
respublikalari bilan bo’lib, u ham ixtiyoriy tarzda bo’lmay, hech qanday
manfaatdorlik e’tiborga olinmagan, majburan markazdan belgilangan holda
amalga oshgan. Hozir bu aloqalar buzilib, umumiy iqtisodiy hayotga ta’siri katta
bo’lmoqda.
O’zbekiston 1992 yil 2 martda Birlashgan Millatlar Tashkilotining to‘laqonli
a’zosi bo‘ldi. Shu kundan boshlab milliy bayrog‘imiz uning Nyu-Yorkdagi bosh
qarorgohida mag‘rur hilpirab turibdi. O’shandan buyon mazkur tuzilma hamda
uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bilan turli sohalar, jumladan, iqtisodiy
jabhada ham samarali munosabatlar mustahkamlanib bormoqda.
O’tgan davrda BMT bilan iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash
va ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish tarmoqlaridagi islohotlarni qo‘llab-
quvvatlash yo‘lida qator loyihalar amalga oshirildi, shu maqsadda qiymati
430 million AQSh dollaridan ortiq texnik yordam ko‘rsatildi.
1993 yildan buyon respublikamizda BMTning Taraqqiyot dasturi
(BMTTD) o‘z faoliyatini yuritib, 1999 yildan boshlab u bilan Mamlakat hamkorlik
dasturi (MHD) asosida qator ishlar olib borilmoqda.
Endilikda O’zbekiston tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o’rin
egallamoqda. Belgilab olingan strategiya O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatda
uzoq muddat mobaynida yaratuvchilik faoliyati bilan shug’ullanish istiqboliga
mo’ljallangandir.
Boshqa davlatlar bilan bo’ladigan iqtisodiy integratsiya davlatning har xil
ehtiyojlarini qondirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va
fan – texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, millatlar va elatlarning
yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi.
O’zbekistonning turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining
rivojlantirilishi uning jahon xo’jaligi integratsiyasida samarali ishtirok etishini
ta’minlaydi. Bunday xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o’tish davri muammolarini
hal etishni, shuningdek ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligini shakllantirishni
yengillashtiradi. Bu narsa kreditlar olishda, bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishda, mahsulotlarni jahon bozorlariga chiqarishda katta yordam beradi.
Madaniy-gumanitar
hamkorlik
ikki
tomonlama
munosabatlarni
rivojlantirishning muhim omilidir. O‘zbekiston va Turkmanistonning madaniyat va
san‘at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko‘rgazma va
forumlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi konsruktiv va ochiq muloqot
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda hamda mintaqaning barqaror rivojlanishida
muhim shartlardan biri hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar
ja’dal sur’at bilan rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo hamkorlari
orasida Rossiya Federatsiyasi birinchi o’rinda turadi.
Ukraina ham O‘zbekiston Respublikasining yetakchi tashqi iqtisodiy
sheriklaridan sanaladi. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama
munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli sohalardagi hamkorlikni
tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.
Gruziya O’zbekistonning eng muhim tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri
hisoblanadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat
– 1995-yilning 4-sentabrida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida imzolangan do‘stlik va
hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hisoblanadi.
O‘zbekiston - Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikki tomonlama
hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli
sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun
mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O’zbekistonning mavqei mintaqada ahamiyatli bo’lishiga qaramay, bir
qancha jug’rofiy - siyosiy omillar mamlakatning strategik imkoniyatlarini cheklab
qo’yadi. Mamlakat qolgan Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi singari
dengizga chiqish yo’liga ega bo’lmaygina qolmay, balki jahon transport
kommunikatsiyalariga erkin kira olmaydigan davlatlar bilan qurshab olingan. Ammo
shular bilan bir qatorda suv resurslarining cheklanganligi, Farg’ona vodiysida
aholining zichligi, qishloq xo’jaligida band bo’lgan aholi salmog’i katta ekanligi
respublikamizda integratsiya jarayonlarini rivojlantirishni to’xtatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |