Jahon xoʻjaligi turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi



Download 19,62 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi19,62 Kb.
#705319
Bog'liq
Jahon xoʻjaligi


Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. Jahon xo’jaligi bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Jahon xo’jaligidagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.
Jahon xo’jaligi aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.
Jahon xo’jaligida xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.
Jahon xo’jaligi aloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va b. kiradi.
Jahon xo’jaligini tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi: 1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi; 2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YAMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999).
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar hisoblanadi. Jahon xo’jaligi da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-y.lar oʻrtalarida jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Jahon xo’jaligida kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi pastligicha qoladi.
Hoz. davrda Jahon xo’jaligining rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1) Jahon xo’jaligiga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-y.larda sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham Jahon xo’jaligiga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 y.larda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrd. dollarni tashkil etdi; 2) Jahon xo’jaligida i. ch.ning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) Jahon xo’jaligida iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.
Jahon xo’jaligi xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining rivojlanish omili hisoblanadi. Jahon xo’jaligi doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini oshirishga yoʻl ochadi.
Jahon xoʻjaligi geografiyasi — iqtisodiy va ijtimoiy geogr. sohasi, xalqaro geografik mehnat taqsimotining shakllanishi, mamlakatlarning ixtisoslashuvi, har xil ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukmron boʻlgan sharoitda dunyodagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadi. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti jahon xoʻjaligini harakatlantiruvchi kuchi va negizidir.
Jahon xoʻjaligining geografik modeli 20-asr arafasida toʻla-toʻkis shakllanib boʻldi. Uning rivojlanishi 20-asrning 1-yarmida ayrim hududlarni qamrab olinishi, mazkur asrning ikkinchi yarmida esa hududiy va ayniqsa tarmoqlar tarkibining takomillashtirilishi hisobiga amalga oshdi.
Hoz. zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida jahon xoʻjaligi va oʻning tarmoqlari strukturasida sodir boʻlayotgan keskin siljishlar Jahon xo’jaligi g .da katta oʻzgarishlar boʻlishiga olib kelmoqda. Shu bois Jahon xo’jaligi g .dagi strukturali siljishlarni oʻz vaqtida oʻrganish nihoyatda muhimdir.
Jahon xoʻjaligining hozirgi vaqtdagi geografik modeli koʻndankoʻnga Moʻrakkablashib bormoqda. Jahon xoʻjaligi tarkibida 10 ta eng muhim va yirik markazlarni (Shim. Amerika, Yevropa, Yaponiya, Xitoy, Jan.-Sharqiy Osiyo, Braziliya, Jan.-Gʻarbiy Osiyo, Rossiya, Avstraliya va Hindiston) ajratish mumkin. Mana shu va b. mamlakatlar hamda regionlar doirasidagi va oʻrtasidagi iqtisodiy-siyosiy moʻnosabatlarni, oʻlarga xos xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlab berish Jahon xo’jaligi g .sining muhim vazifasidir.
Iqtisodiyotning hoʻdoʻdiy joylashoʻviga taʼsir etoʻvchi tabiiy (tabiiy sharoit va resurslar, tabiiy aloqa yoʻllarining mavjudligi) va ijtimo-iyiqtisodiy (modsiy boyliklar i. ch. usullari, iqtisodiy geografik oʻrni, mehnat resurslari, transportiqtisodiy va b. iqtisodiy sharoitlar, texnik rivojlanish darajasi, sanoat va q. x. oʻrtasidagi nisbat, milliy daromad darajasi va h. k.) omillar tadqiq qilinadi va ular bilan bogʻliq muammolarni hal etish yoʻllari izlanadi.
Jahon xo’jaligi g . 2 qismdan iborat boʻlib, birinchi — asosiy qismi moʻhim tushunchalar, tamoyillar, qonuniyatlar hamda dunyo regionlari va ayrim mamlakatlar miqyosida iqtisodiy salohiyatni belgilab beruvchi resurslar va omillar sistemasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ikkinchi — regional mamlakatshoʻnoslik qismida Doʻnyo miqyosida iqtisodiy-siyosiy vaziyatni belgilab beruvchi regionlar hamda ayrim iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning majmuali iqtisodiy-ijtimoiy holati oʻrganiladi. Shuningdek, dunyo miqyosida aholisining soni, hududining kattaligi, yaʼni iqtisodiy salohiyati ulkan boʻlgan davlatlar ham mavjud. Ayrim mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi tavsifi, ularning geografik oʻrni, tabiiy resurs omillari, aholisi va mehnat resoʻrslari, xoʻjaligi, ichki tafovuglari hamda tashqi iqtisodiy aloqalari boʻyicha mavjud maʼloʻmotlarga asoslanadi.
Jahon xo’jaligi g . iqtisodiy qonoʻniyatlarga amal qilgan holdagina mamlakatlar va regionlarga ularga xos tarmoqlar va hududiy tarkiblarni global, regional va ayrim davlatlar miqyosida haqqoniy tadqiq etish vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.
Jahon xo’jaligi g .da har bir mamlakatning dunyo iqtisodiyoti va siyosatida tutgan oʻrni va rolini baholashga muhim ahamiyat berilishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi jahon xoʻjaligi strukturasida sanoat (paxta tolasi, avtomobillar, samolyotlar, elektr energiya, tabiiy gaz, rangli, nodir va qimmatbaho metallar, qurilish xom ashyosi va b.) va q. x. (paxta va qorakoʻl terisi, sabzavot, meva va uzum, poliz ekinlari va b.) mahsulotlarini i. ch. va yetishtirishda muayyan mavqega ega.


Jahon xo'jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik jamiyatining jami tarixini o‘z ichiga oladi. Chunki u ishlab chiqarish kuchlarining necha ming yillar davomidagi evolutsiyasining natijasidir. Jahon xo'jaligining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o‘ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim bosqichlarga taqsimlash mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o‘z ichiga olgan jahon xo‘jaligi belgilari va regional xususiyatlari shakllana boshlagan bosqich buyuk geografik kafishfiyotlar davrigacha davom etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin Yer sharining boshqa regionlarini ham qamrab oladi. Regionlar o'rtasida mahsulotlarni ayirboshlash jahon bozorini vujudga keltiradi. Ushbu bozor transport rivojlanishi munosabati bilan yana ham kengaydi, chunki dengiz transporti barcha materiklarni birlashtirishga imkon berdi. Jahon xo'jaligi XX asr arafasida to‘la-to‘kis shakllanib bo'ldi hamda mazkur asrning birinchi yarmida uning nvojlanish, ayrim hududlarni qamrab olish hisobiga amalga oshdi.
Download 19,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish