Jahon va rus tilshunosligida affiksoidlarga oid ilmiy qarashlar
Har qanday tilning so'z boyligini kengaytirish, birinchi navbatda ilmiy-texnika ta'siriga bog'liqdir. Ilm-fan taraqqiyoti tilga yangi so’zlarning kirib kelishini tezlashtiradi. Buni qaysidir ma’noda global jarayon deyish mumkin. Taraqqiyotga yuz tutayotgan har qanday hukumat, yoki jamiyat borki, bu global jarayondan chetda qolmaydi. Affiksoid birligi ham aynan fan-texnika taraqqiyoti doirasida tillar aro “aylanadigan” birlik sifatida o’zini ko’rsatadi. Dunyoning turli tillari (turli oilalar, tillar guruhlari doirasida) da integratsiyalashadi. Yangi kashf etilgan texnikalar, texnologiyalar, gadjetlar, ilmiy g’oyalar turli jamiyat va tillarga kirib borgani sayin o’zini bilan yangi atamalarni tashiydi. Biz mazkur ishda affiksoidga tenglashtiu=rayotgan birliklar ham aynan texnologiyalar bilan bog’liq bo’lgan birlik ekanligi tufayli dunyoning turli chekkalaridagi tillarda o’zini namoyon qilmoqda. Bunday integratsiyalashuvni va affiksoidlarning yangi tilning derivatsiyasidagi o’rnini filologiya fanlari nomzodi Bilalova Dina o’zining maqolasida quyidagicha izohlaydi:
Ma'lumki, har qanday tilning leksik tarkibini kengaytirishning samarali usuli uning derivatsiyasidir. Yangi so'zlarning shakllanishi, bizningcha, yangi shartlar, mavjud bo'lganda sodir bo'ladi. Boshqa so'zlar bilan aytganda, so‘z yasovchi vositalar yordamida har qaysi tilda faol "ishlaydi". Bu usul juda samarali.1
Umuman olganda affiksoidlar masalasi jahon, jumladan, rus tilshunosligida juda keng o’rganilgan. Mavzuni o’rganish davomida juda keng qamrovli metarial va resurslarga duch kelish mumkin. Lekin o’zbek tilshunosligida bu mavzu yuzasidan deyarli ish olib borilmagan. Manbalar tanqisligi seziladi. Natijada juda ko’p tilimizga yangi kirib kelgan so’zlarning til sistemasidagi aniq o’rni sezilmaydi, yoki ravshanlashtirilmagan. Quyida affiksoidlarning jahon tilshunosligida o’rganilishiga to’xtalib o’tamiz.
Affiksoidlar – asos morfema bo’lib, so’z tarkibiga affiks vazifasini bajargan holda qo’shiladi ( prefiks yoki suffiks shaklida) va ular asos va affiks-morfemalar oralig’ida turadi. Affiksoidlar – o’zgaruvchan tipdagi morfemalardir. Ular qo’shimchaga o’xshaydi, lekin ular bilan aynan bir xil emas, shu bilan birgalikda asos morfema bilan ham bir xil emas. Ularga quyidagilar misol bo’la oladi: -вод: оленовод, животновод, овошевод, коневод; -вед: языковед, книговед, краевед; -рез: камнерез, хлеборез, стеклорез;
Har qaysi affiksoid o’zi so’z sifatida keladi va shu bilan birga yetarli darajada katta va unumli so’z yasovchi affiks tipi hamdir. Bu jihatdan olib qaraganda ular affiksga juda o’xshashib ketadi. Affiksoidlar affikslik funksiyasini bajarish asnosida o’zining asoslik funksiyasini ham yoqotmaydi. Misol sifatida quyidagilar keltiriladi: ход affiksoidi теплоход, воздеход, снегоход kabi so’zlarda affiks sifatida; ходить, ходьба, хождение, входить kabi so’zlarda asos bo’lib kelmoqda. 2
Bundan tashqari rus tilshunosi A. M. Litovkina affiksoidlarni quyidagicha izohlaydi: “Rus tilida shunday morfema borki, ular asos va qo’shimcha o’rtasidagi oraliqni egallaydi. Ularni affiksoidlar deb atash qabul qilingan (affix -grek.+oid – o’xshash ). Bular yangi so’z yasalishiga xizmat qiladigan asos morfemalardir.
Affiksoidlar affikslar funksiyasini bajaradi, lekin shu bilan birga o’zining asoslik xususiyatini yo’qotmaydi: pushkinist, pushkinoved; vedat. Affiksoidlar ikki turga bo’linadi: suffiksoidlar va prefiksoidlar”3
Affiksoidlar jahon tilshunosligida yetarli darajada o’rganilgan. Xususan ingliz tilshunosligida unga quyidagicha ta’rif beriladi: “Affiksoid – affiks vazifasini bajaruvchi doimiy so’z bo’lgan birlik.” Bu birlik, xususan, chex tilshunosligida afixoid, dat tilshunosligida affiksoid, golland tilshunosligida affixoide, fin tilshunosligida affiksoidi, fransuz tilshunosligida affiksoidi kabi atamalar bilan o’rganiladi.4 Shuningdek, ba’zi adabiyotlarda bu til birrligi semi-word (yarim so’z) shaklida ham uchramoqda.5
Yuqoridagi fikrlar va affiksoidlarga bildirilgan izohlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, affiksoidlar ham asoslik, ham qo’shimchalik xususiyatiga ega bo’lgan til birligidir. Ular ma’lum holatda (asosan so’z yasalishida asosga qo’shilib kelgan hollarda) affiks vazifasida kelsa, yana ma’lum bir holatda (bir asosli so’zlarda kelgan holatida masalan, xona yoki noma holatida) asos morfema vazifasida keladi.
Jahon tilshunosligida affiksoid atamasi atamasi XIX asrgacha ishlatilmagan edi. Bu atama rus tilshunosligida N. M. Shanskiy tomonidan ilk marta qo’llanilgan. U buni asos morfemaga nisbatan qo’llagan: “Qaysiki, bir qancha qiyin so’zlar bilan keladigan so’z bo’lib, affiks rolini bajaradi yoki uni formalashtiradi, lekin shu bilan birga asos morfemaligicha qoladi.”6
Yuqoridagi ilmiy materiallar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, affiksoidlar mustaqil ma’noli so’z va affikslar oralig’ida joylashadigan, o’rni bilan har ikkisiga ham daxldor bo’lishi mumkin bo’lgan affiks-so’zlardir. Bunda affiksoidlarning qanday shaklda va pozitsiyada kelayotganligini o’sha so’zdagi ishtirok o’rni hamda semasiga qarab ajratib olish mumkin. Masalan, xona affiksoidi o’rni bilan mustaqil ma’noli so’z bo’lib ham, qo’shimcha sifatida ham kela oladi: Somonxonaning eshigi lang ochiq edi; Xonamda bo’laman.Yuqoridagi misollarda xona affiksoidining har ikki holatda kelishini ko’rishimiz mumkin. Birinchi gapda xona affiksoid vazifasida kelyapti va somon so’zi bilan birlashgan holda yangi so’z ( somon yoki o’tlar saqlanadigan joy, obyekt) yasayapti. Ikkinchi gapda esa, mustaqil ma’noli so’z sifatida ishtirok etyapti, ya’ni o’zi mustaqil ma’no ifodalay olyapti.
Affiksoidlar – asos morfema bo’lib, so’z tarkibiga affiks vazifasini bajargan holda qo’shiladi ( prefiks yoki suffiks shaklida) va ular asos va affiks-morfemalar oralig’ida turadi. Affiksoidlar – o’zgaruvchan tipdagi morfemalardir. Ular qo’shimchaga o’xshaydi, lekin ular bilan aynan bir xil emas, shu bilan birgalikda asos morfema bilan ham bir xil emas. Ularga quyidagilar misol bo’la oladi: -вод: оленовод, животновод, овошевод, коневод; -вед: языковед, книговед, краевед; -рез: камнерез, хлеборез, стеклорез;
Har qaysi affiksoid o’zi so’z sifatida keladi va shu bilan birga yetarli darajada katta va unumli so’z yasovchi affiks tipi hamdir. Bu jihatdan olib qaraganda ular affiksga juda o’xshashib ketadi. Affiksoidlar affikslik funksiyasini bajarish asnosida o’zining asoslik funksiyasini ham yoqotmaydi. Misol sifatida quyidagilar keltiriladi: ход affiksoidi теплоход, воздеход, снегоход kabi so’zlarda affiks sifatida; ходить, ходьба, хождение, входить kabi so’zlarda asos bo’lib kelmoqda. 7
Bundan tashqari rus tilshunosi A. M. Litovkina affiksoidlarni quyidagicha izohlaydi: “Rus tilida shunday morfema borki, ular asos va qo’shimcha o’rtasidagi oraliqni egallaydi. Ularni affiksoidlar deb atash qabul qilingan (affix -grek.+oid – o’xshash ). Bular yangi so’z yasalishiga xizmat qiladigan asos morfemalardir.
Affiksoidlar affikslar funksiyasini bajaradi, lekin shu bilan birga o’zining asoslik xususiyatini yo’qotmaydi: pushkinist, pushkinoved; vedat. Affiksoidlar ikki turga bo’linadi: suffiksoidlar va prefiksoidlar”8
Affiksoidlar jahon tilshunosligida yetarli darajada o’rganilgan. Xususan ingliz tilshunosligida unga quyidagicha ta’rif beriladi: “Affiksoid – affiks vazifasini bajaruvchi doimiy so’z bo’lgan birlik.” Bu birlik, xususan, chex tilshunosligida afixoid, dat tilshunosligida affiksoid, golland tilshunosligida affixoide, fin tilshunosligida affiksoidi, fransuz tilshunosligida affiksoidi kabi atamalar bilan o’rganiladi.9 Shuningdek, ba’zi adabiyotlarda bu til birrligi semi-word (yarim so’z) shaklida ham uchramoqda.10
Yuqoridagi fikrlar va affiksoidlarga bildirilgan izohlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, affiksoidlar ham asoslik, ham qo’shimchalik xususiyatiga ega bo’lgan til birligidir. Ular ma’lum holatda (asosan so’z yasalishida asosga qo’shilib kelgan hollarda) affiks vazifasida kelsa, yana ma’lum bir holatda (bir asosli so’zlarda kelgan holatida masalan, xona yoki noma holatida) asos morfema vazifasida keladi.
Jahon tilshunosligida affiksoid atamasi atamasi XIX asrgacha ishlatilmagan edi. Bu atama rus tilshunosligida N. M. Shanskiy tomonidan ilk marta qo’llanilgan. U buni asos morfemaga nisbatan qo’llagan: “Qaysiki, bir qancha qiyin so’zlar bilan keladigan so’z bo’lib, affiks rolini bajaradi yoki uni formalashtiradi, lekin shu bilan birga asos morfemaligicha qoladi.”11
Yuqoridagi ilmiy materiallar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, affiksoidlar mustaqil ma’noli so’z va affikslar oralig’ida joylashadigan, o’rni bilan har ikkisiga ham daxldor bo’lishi mumkin bo’lgan affiks-so’zlardir. Bunda affiksoidlarning qanday shaklda va pozitsiyada kelayotganligini o’sha so’zdagi ishtirok o’rni hamda semasiga qarab ajratib olish mumkin. Masalan, xona affiksoidi o’rni bilan mustaqil ma’noli so’z bo’lib ham, qo’shimcha sifatida ham kela oladi: Somonxonaning eshigi lang ochiq edi; Xonamda bo’laman.Yuqoridagi misollarda xona affiksoidining har ikki holatda kelishini ko’rishimiz mumkin. Birinchi gapda xona affiksoid vazifasida kelyapti va somon so’zi bilan birlashgan holda yangi so’z ( somon yoki o’tlar saqlanadigan joy, obyekt) yasayapti. Ikkinchi gapda esa, mustaqil ma’noli so’z sifatida ishtirok etyapti, ya’ni o’zi mustaqil ma’no ifodalay olyapti.
Ma’lumki, affiksoid yordamida yasalgan so’z so’z yasalishining affiksatsiya usulida yasalgan hisoblanadi. Demak affiksoid bir vaqtning o’zida morfemika sohasining obyekti bo’lishi bilan birga, so’z yasalishi bo’limining ham o’rganish obyekti bo’la oladi. O’zbek tilshunosligi tarixida so’z yasalishi bo’yicha keng ko’lamdagi tadqiqotlar olib borgan professor Azim Hojiyevning fikricha yasama so’z – lisoniy birlik.12 Professor Shavkat Rahmatullayev ham xuddi shunday teoriyaga asoslanadi.13 Demak affiksoidlar ham o’zi garchi mustaqil ma’no ifodalasa-da, yangi lisoniy birliklar yasalishida ham ishtirok etadi. Affiksoidlar yordamida so’z yasalishi hodisasi yana bir so’z yasalishi hodisasi bo’lmish kompozitsion usulga ham o’xshashib ketadi. Ma’lumki so’z yasalishining ikkinchi turi sifatida qaraladigan kompozitsion usulda yangi lisoniy birlik ikkita mustaqil ma’nolarga ega bo’lgan so’zlarni o’zaro tenglik asosida qo’shish orqali yasaladi. Aynan shu holatda yana bir mavhum holat kelib chiqadi. Unga ko’ra xona, noma kabi affiksoidlarni mustaqil ma’noli so’zlardan farqlash kerak bo’ladi (bunday holatdan qo’shimcha shaklidagi affiksoidlar mustasno, albatta). Chunki shaklan ular affiks emas va mustaqil ma’noga ega so’zlar hisoblanadi va buning natijasida ular yasalishida ishtirok etgan so’z kompozitsion so’z yasalishiga ham misol bo’ladi: tashakkurnoma, vannaxona kabi. Bunday holatda yagona yo’l qoladi-ki, affiksoidlarni eslab qolish yoki yodlash kerak bo’ladi. Affiksoidlarning soni nisbatan kamroq bo’lganligi va ularning alohida belgilarga (ham affiks va mustaqil ma’noli so’z ekanligi) ega ekanligi ularni yodlab olishni osonlashtiradi. Bunday holatni biz boshqa sistemalashgan tillarda ko’ramiz va bu nisbatan sinalgan va osonroq yo’ldir. Masalan ingliz tilida fe’lning shakllari bo’lmish infinitiv va gerund kabi birliklarni ajratishda, garchi ularni farqlash uchun bir qancha qoidalar ishlab chiqilgan bo’lsa-da, ma’lum bir konkret farqlash nuqtasi yo’q. Buning natijasida ko’pchilik ingliz tilini o’rganuvchilar fe’llarning qanday holatda infinitiv va qanday holatda gerund shaklida kelishini yodlashni ma’qul ko’rishadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, o’zbek tilshunosligida garchi yetarli bo’lmasa-da, affiksoidlar bo’yicha nazariyalar uchraydi. Bu nazariyalar va qarashlarda yakdillik va birtomonlamalik yetishmaydi. Natijada affiksoidlar bo’yicha ma’lum konkret fakt yoki qoidalar mavjud emas. Asosiy muammo shundaki, o’zbek tiliga fors-tojik tilidan o’zlashgan so’z yasovchi qo’shimchalar ( -dor, -kor, -kash kabilar) o’zbek tili nuqtayi nazaridan ayrim adabiyotlarda affiksoidlarga tenglashtiriladi, ayrimlarida esa yo’q. Bu borada tilshunoslar ikki oqimga ajralganlar. Ilmiy adabiyotlarda ham shu ikki oqim vakillarining ikki xil nazariyalarini ko’rishimiz mumkin. Har kim ma’lum tomondan haq va o’z fikrlarini isbotlaydigan misollarga ega. Professor Azim Hojiyev yuqoridagi yasovchilarni affiksoidlar qatoriga qo’shmaydi:
“ Hozirgi o’zbek tilida -shunos, -kor, -soz, -furush, -xo’r morfemalari shaxs oti yasaydi, ya’ni bularning barchasi shaxs ma’noli ot yasaydi: huquqshunos, tadbirkor, yo’lsoz, do’ppifurush, norinxo’r kabi.
Demak, bu morfemalarning asosiy vazoifasi so’z yasash, so’z yasovchi boshqa moprfemalardan faqrli xususiyati esa ot turkumiga mansub shaxs oti yasashdir. Ularning shundan boshqa vazifasi yo’q.”14
Shuningdek, Azim Hojiyev ma’no xususiyatiga ko’ra affiksoid terminiga to’la mos keladigan va affiksoid sifatida qabul qaraladigan xona, noma kabi so’zlarning affiksoid ekanligini inkor qiladi:
O’zbek tilidagi ba’zi lug’aviy birliklar, ya’ni so’zlar morfema vazifasida ham qo’llaniladi (morfemik xususiyatiga ega) va so’zga qo’shib yoziladi. Masalan, qabulxona, dorixona, darsxona; talabnoma, taklifnoma so’zlaridagi xona, noma. Bunday birliklar adabiyotlarda “affiksoid” deb yuritilishi ham ma’lum. Lekin, bizningcha, bunday termini qo’llashga ehtiyoj yo’q. Chunki so’zga qo’shib yozilishi hamda morfemaga xos vazifaga egaligi ularni ham affiks (qo’shimcha) deb atayverishga asos bo’ladi. 15
Azim Hojiyevning yuqoridagi nazariyasiga asoslanadigan bo’lsak, xona, noma kabi mustaqil ma’noli so’zlarni ham ularning qo’shimchalik sifatini hisobga olib, so’z sifatida umuman hisobga olmaslik va affiks sifatida qarashni taklif qilmoqda. Ma’lumki affikslar mustaqil ma’noga ega emas va ularni nutqda mustaqil ravishda qo’llab bo’lmaydi. Bu jihat affikslarning asosiy xususiyatidir. Demak, xona, noma kabi so’zlarni faqat affiks sifatida qabul qiladigan bo’lsak, bu so’zlar nutqda mustaqil so’z sifatida umuman qo’llanilmasligi kerak. Lekin bu, umuman olganda, mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Chunki yuqoridagi affiksoidlar bugungi kunda affiks ma’nosidan ko’ra ham, mustaqil ma’noli so’zlik xususiyati kuchliroq. Misol sifatida noma affiksoidi nafaqat mustaqil ma’noli so’z sifatida nafaqat maktub, xat so’zlariga sinonim bo’la oladi, balki adabiyot darslarida mustaqil she’riy janr sifatida o’rganiladi. Xona affiksoidi haqida ham shu kabi fikrlarni bildirish mumkin. Bu affiksoidning mustaqil ma’noli so’zlik xususiyati juda kuchlidir. Yuqoridagi so’zlarning o’zbek tilida affiksoid sifatida qaralishini boshqa ilmiy adabiyotlarda ham ko’rishimiz mumkin. Jumladan H. Jamolxonov o’zining “Hozirgi o’zbek adabiy tili” asarida bu so’zlarga affiksoid sifatida baho beradi.16
Yuqoridagi yasovchi qo’shimchalarni affiksoidlar qatoriga qo’shish uchun yetarli sabablar bor. Buni adabiyotlar misolida ko’rib o’tamiz. Xususan, “o’zbek tilining ilmiy grammatikasi uchun materiallar” kitobida bu borada quyidagicha fikr bildirilgan:
“ Fors tilidan kirgan yasovchi elementlarga ayricha ahamiyat berishga to’g’ri keladi, chunki ular fors tili so’zlari bilan bir butun konstruksiyaga kelishlari bilan, o’zbekcha va arabcha so’zlarga ham qo’shilib turli ma’noga ega bo’lgan so’zlarni yasaydigan suffiks rolida ham qo’llanadi (so’nggi xususiyati juda kuchsizdir).
Fors tilidan o’zbek tiliga kirgan yasovchi elementlarning ko’pchiligi
Do'stlaringiz bilan baham: |