Jahon va rus tilshunosligida affiksoidlarga oid ilmiy qarashlar



Download 35,62 Kb.
bet2/3
Sana28.05.2022
Hajmi35,62 Kb.
#613557
1   2   3
Bog'liq
Jahon va rus tilshunosligida affiksoidlarga oid ilmiy qarashlar

(-kor, -dor, -kash kabi) aslida fors tilida mustaqil ma’noga ega bo’lgan so’zlardir. Bizning tilimizda ular mustaqil ma’no bilan ayrim hollarda qo’llanilmaganliklari sababli suffiks sanaladi. Ba’zilari suffiks qatorida sanalganligi bilan birga ba’zan o’z ma’nosida qo’llaniladilar. Bu kabi ularni hollarda ularni suffikslashgan so’z sifatida qabil qilamiz.
Biz o’zbek tilidagi ot yasovchi suffikslarni ko’rsatmoqchi bo’lganligimizdan, bu o’rinda fors tilidan kirib, bizda o’zlashib qolgan, o’zbekchadagidek bo’lib qolgan forsiy ot yasovchi suffikslarnigina bayon qilamiz.
O’zbek tilida qo’llaniladigan forsiy ot yasovchi suffikslarning hammasi deyarli, konkret ma’no ifodalash uchun xizmat qiluvchi suffikslardir.”17
Yuqoridagi fikrlar tasdiqlaydiki, biz fors-tojik tilidan o’zlashgan qo’shimchalarni (fors-tojik tillarida ular mustaqil ma’noli so’z) affiksoidlar sifatida qabul qila olamiz. Birinchidan, bu qo’shimchalar o’zbek tilining tarixiy bosqichlarda mustaqil ma’noli so’zlar sifatida ishlatilgan. Biz bu jihatni ham hisobga olishga majburmiz. Chunki tilshunoslik tilni sinxron doirada o’rganish bilan birga diaxron aspektda ham o’rganishni taqozo qiladi. Ikkinchidan, ular hali ham ayrim tojik millatiga mansub aholi yashaydigan hududlardagi o’zbek tili shevalarida mustaqil ma’noli so’z sifatida ishlatiladi. Uchinchidan, fors-tojik tilidan o’zlashgan qo’shimchalar hammasi konkret ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Xususan Professor Shavkat Rahmatullayev bu haqida quyyidagicha fikr bildiradi:
Тojik tilidan olingan leksemalar tarkibida tilimizga kirib kelib, keyinchalik o‘zbekcha so‘zlarga ham qo‘shilish xususiyatiga ega bo‘lgan, asli tojikcha fe'lning asosiga (ko‘pincha hozirgi zamon asosiga) teng birliklar ham o‘zbek tili nuqtayi nazaridan affiksoidga tenglashtiriladi.
Тojik tilshunosligida bunday qism qatnashadigan leksema tuzma leksema deyiladi, demak, bunday qism leksemaga tenglashtiriladi; o‘zbek tilshunosligida esa affiksga o‘xshatilib affiksoid deb qaraladi. Affiksoidlar leksema yasovchilik vazifasini bajaradi.18
Tilshunos U.Tursunov esa affiksoidlarga Shavkat Rahmatullayev variantiga monand ravishda fikr qoldiradi:
“Hozirgi o’zbek tilida shaxs oti yasovchi affikslarning so’z yasash darajasi bir xil emas. Ularning ayrimlari, ayniqsa, -chi affiksi eng aktiv so’z yasovchi vosita sifatida xizmat qilsa, ba’zilari, jumladan, -dosh, -dor kabi affikslar oz miqdorda so’z yasaydi. -bon, -xur, -duz, -paz, kabi affikslarning so’z yasash darajasi esa juda chegaralangan. Yuqorida ko’rsatilgan –shunos, -parvar, -xur –paz, -duz, -boz, -bon, -dor, -soz –xon, -guy kabi yasovchi affikslar tojik tilida mustaqil so’z asosidan iborat bo’lib, o’zbek tilida yasovchi affiks (affiksoid) sifatida xizmat qiladi.”19
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holatda shuni aytish mumkinki, affiksoid atamasini keng ma’noda o’rganish, tadqiq qilish uchun yetrali sabablar bor. Chunki bu mavzu hanuzgacha tilshunoslikning dolzarb muammolaridan biri sifatida qolmoqda. Tilshunos olimlar va tilshunoslar bu mavzu haqida turlicha yondashuvlarni bildirmoqdalar va hanuzgacha aniq, konkret teoriya ishlab chiqilmagan. Til esa doyim harakatda va rivojlanishda davom etadi. Chunki u ijtimoiy hodisa. Yangilanishda davom etadi. Biz istaymizmi yo’q-mi, yangi iboralar, atamalar tilimizga kirib keladi.
Til – ijtimoiy hodisa. Hozirgi vaqtda garchi ko’plab tillar sistemalashtirilgan va sistemalashtirilayotganligiga qaramay, tilni ma’lum qoliplarga solishning imkoni yo’q. Ayniqsa hozirgi globallashuv jarayonida yangi axborot va resurslardan hech qanday qatlam va tillar xoli emas. Neologizmlar har kuni hayotimizga kirib kelmoqda. Hayotimizga kirib kelayotgan har bir ixtiro o’zi bilan birgalikda tilimizga yangi neologizmni olib keladi. Biz odatdan neologizmlarning tilimizga yevropa tillaridan kirib kelishining guvohi bo’lamiz. Ma’lumki, neologizmlar o’zi mustaqil ma’noga ega bo’lgan leksema sanaladi yoki neologizm sifatida tilimizga kirib kelgach mustaqil ma’noga ega bo’ladi. Bundan tashqari neologizmlar tarkibida kirib keladigan so’zlar ( mazkur birliklar o’zi kirib kelgan tilda mustaqil so’z bo’lsa-da, o’zbek tilida ularning qo’shimchalik xususiyati ko’proq namoyon bo’ladi). ham borki, ularga ham tilshunoslik tomonidan alohida yondashilinishi kerak. Masalan, mikroelement, makroiqtisodiyot, nanosfera, polisintetika, monoaspekt, gidroqurilish avtomashina, miniavtobus, avtoturargoh, aviabilet kabi so’zlar tarkibidagi mono-, poli- , mikro-, makro-, gidro-, avto-, mini- kabi birliklardir. Semantik jihatdan bu birliklar sifat so’z turkumiga mansub, ammo o’zbek tilshunosligida bu birliklarni ma’lum so’z turkumiga qo’shmaydilar.Ko’pincha bularga affiks sifatida qaraladi. Masalan o’zbek tili izohli lug’atida avto- so’ziga chet tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keluvchi birlik sifatida baho berilgan.20 Lekin bu birliklar tobora tilimizda ko’payib bormoqda va bundan keyin ham bu so’z va qo’shimchalar tilimizda turli shakllarda paydo bo’laveradi. Ko’ryapmizki, hozirda bu so’zlarning aksariyati O’zbek tili izohli lug’atiga qoshilgan va qo’shilmoqda. Demak, bundan kelib chiqadiki, bu so’zlar allaqachonlardir o’zbek tili leksik boyligi tarkibiga kiritilgan va bu birliklarni o’rganish va alohida tasniflash vaqti keldi. Chunki bu so’zlar fan-texnika rivojlangan bu davrda , albatta, ko’payib boradi.
Rus tilshunosligida bu masala bo’yicha ikki xil qarash mavjud. Bu haqida Galina Rijenkova o’zining “ О морфемном статусе некоторых элементов греческого происхождения. Десятичные приставки.” nomli ishida bu haqida to’xtalib o’tadi.
Proto-, psevdo-, di-, mikro-, makro-, mega-, poli-, mono-, izo-, gidro- kabi birliklar alohida so’z va murakkab so’zning qismi sifatida qaraladi. Grek tilida ular mustaqil sifatida qaraladi. Aynan shu birliklar rus tilida ko’plab bahslarga sabab bo’ladi. Ularga rus tilida morfem status berish juda qiyindir. “Rus grammatikasi-80” da ularni internatsional so’zlardagi aloqa komponentlari sifatida berilgan bo’lsa, N.P. Andreyev va I.V. Nachayev kabi tilshunoslar ularni murakkab so’zlarning old qismi sifatida beradilar. V.V.Lopatin o’zining Rus tili ensiklopediyasidagi maqolasida yuqoridagi birliklarni affiksoidlar sifatida beradi.”21
Rus tilshunosligidagi bu muammo o’zbek tilshunosligida ham yechilishi kerak bo’lgan muammodir. Chunki bugungi kunda bu kabi affiksoidlar nafaqat o’zbek tiliga, balki butun dunyo tillariga shiddat bilan o’zlashmoqda.Aynan o’zbek tili leksikasidagi yuqoridagi affiksoidlar o’zining maqomini kutmoqda. Ikkinchi tomondan yuqoridagi birliklarni affiksoid sifatida baholay olamiz. Chunki bu so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida yasalgan so’zlar tarkibida kelishi bilan birgalikda, ayrim hollarda o’zi ham mustaqil qo’llanila oladi. Shuningdek, bu so’zlar hozirda o’zi ham mustaqil ravishda qisman ma’no anglata oladi va tinglovchi mazkur affiksoidlarni eshitishi bilan ongida ma’lum tushuncha paydo bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, tilimizga kirib kelayotgan mazkur birliklar shakl jihatdan ham semantik jihatdan ham affiksoid hisoblanadi va affiksoid atributlariga muvofiq keladi.
Tilshunos olimlarimizning yuqoridagi fikrlari, shuningdek, jahon tilshunosligidagi affiksoid bilan bog’liq nazariyalar bilan tanishib chiqqan holda, affiksoid masalasi bo’yicha quyidagi xulosaga kelish mumkin:

Download 35,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish