7 - “__” SINF O‘QUVCHISI
_____________________________ NING
JAHON TARIXI VA
O‘ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
NAZORAT ISHI DAFTARI
«_ » 20 yil.
1 – nazorat ishi Jahon tarixi
1.O`rta asrlarning birinchi davri nechanhi asrlarni o`z ichiga oladi?
A)V-XI asrlarni; B)XI-XV asrlarni; C)V-XVasrlarni; D)barcha javoblar to`g`ri.
2.”Xalqlarning buyuk ko`chishlari”ning sababini toping.
A)german abilalarida yerga bo`lgan talabning oshishi;
B)xunn qabilalarining varvarlarga qilgan hujumlari;
C)Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi;
D)Barcha javoblar to`g`ri.
3.Shaxslar nomini ularga tegishli faoliyat bilan muvofiqlashtiring
1)Egidiy; a)merovinglar sardori;
2)Xlodvig; b)Egidiyning vorisi;
3)Siagriy; c)qirol;
4)Xilperik; d)rim noibi.
A)1-a, 2-b, 3-c, 4-d. B)1-b, 2-d, 3-a, 4-c. C)1-d, 2-a, 3-b, 4-c. D)1-d, 2-c, 3-a, 4-b.
4 Islomni qabul qilmagan dehqon va hunarmandlardan necha drhamdan juzya olingan?
A. 48 dirham B. 10 dirham C. 24 dirham D. 12 dirham
5. ”Germaniya” asari muallifi kim?
A)Tatsit, B)Yuliy Sezar, C)Beruniy, D)Kayxusrav.
6.Buyuk Karl amalga oshirgan ishni aniqlang.
A)Yevropaning katta qismini egallaydi. B)30 yil kurashib sakslarni o`ziga bo`ysundirgan.
C)otliq ritsarlar qo`shinini vujudga keltirdi. D) barcha javoblar to`g`ri.
7.962-yilda qanday voqea bo`lgan?
A)Saksoniya gersogi Genrix qirollikka saylandi.
B)Otton I Leks daryosi bo`yida vengerlarni mag`lub etdi.
C)Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keldi.
D)Otton III Rimni ulkan davlat poytaxtiga aylantirdi.
8.Angliya tarixida ”Qirol Artur” nomi bilan mashhur qirolning asl ismi kim?
A)Amvrosiy Avrelian, B)Artorius. C)Alfred. D)Otton I.
9.Osiyo va Yevropani bog`laydigan “Oltin ko`prik” qaysi shahar?
A)Vizantiy. B)Konstantinopol. C)Istanbul. D)barcha javoblar to`g`ri.
10.Sharqiy slavyanlarni aniqlang.
1)chex, 2)polyak, 3)rus, 4)slovak, 5)bolgar, 6)makedon, 7)ukrain, 8)xorvat, 9)chernogor, 10)belorus.
A)1,3,8,10. B)2,4,5,8,9. C)3,7,10. D)3,6,9.
11.IX asrda Konstantinopolda ...
A)Magnavr oliy maktabi ochildi, B)Huquqshunoslik va falsafa fakultetlari ochildi,
C)Oliy tibbiyot maktabi ochildi. D)Grek olovi kashf qilindi.
12.Rim tarixchilari “Arabiya felix” deb qayerni atashgan?
A)Makka. B)Yaman. C)Hijoz. D)Madina.
13.Tarixiy xatolikni toping.
A)Muhammad alayhissalom 570-yil Makkada tavallud topgan.
B)Muhammad (s.a.v.) 622-yil o`z tarafdorlari bilan Yasrib(Madina)ga ko`chdilar.
C)Muhammad alayhissalomga 610-yildan boshlab ilohiy oyatlar ayoin bo`la boshlaydi.
D) Muhammad (s.a.v.) 630-yilda Makkada vafot etganlar.
14.Sanalarni voqealar bilan muvofiqlashtiring.
1)632-1258-yillar. a)Arab xalifaligi faoliyat yuritgan.
2)661-750-yillar. b)Abbosiylar sulolasi hukmronligi.
3)750-1258-yillar. c)Ummaviylar sulolasi hukmronligi.
A)1-a, 2-b, 3-c. B)1-a, 2-c, 3-b. C)1-b, 2-a, 3-c. D)1-c, 2-a, 3-b.
15. Qaysi davlatda katta qoyatoshlar yoki g`orlar ichida o`yib ishlangan ibodatxonalar bo’lgan?
A. Hindistonda B. Xitoyda C. Arabistonda D. Vizantiyada
16.Arablar bosib olgan yerlarida joriy etgan soliqlar nomini yozing.
17.Bag`doddagi ”Bayt ul-hikma” ga kim asos slogan?
18. Hindistonda alohida xizmat ko`rsatgan kishilarni taqdirlash uchun beriladigan yer egaligi turi?
19. Tan imperiyasi davrida shahar devoridan oshib chiqqanlarga qanday jazo belgilangan?
20. "Qirq yil qul bo`lib yashagandan bir кип ozod bo`lib yashagan ma`qul" –qaysi qo’zg’alon qatnashchilariga tegishli shior?
Do'stlaringiz bilan baham: |