partiyalar jamiyat siyosiy hayotida sezilarli kuchga aylangan edi. AQSH va
Buyuk Britaniyada kuchli ikki partiyaviy tizim saqlanib qolaverdi. Sotsialistik
va sotsial-demokratik partiyalarning ham ta’siri o‘sib bordi. XX asr 90-
yillari oxiriga kelib Yevropa Hamjamiyatiga a’zo 15 davlatning 13 tasida
hukumatni shu partiyalar vakillari boshqarishdi.
Urushdan keyingi yillarda G‘arbning deyarli barcha yetakchi davlatla-
rida (AQSHdan tashqari) yangi konstitutsiyalar qabul qilindi. Ular zamon
talabiga mos demokratik ruhdagi konstitutsiyalar edi. Chunonchi, Fransiya,
GFR, Italiya va boshqa davlatlar konstitutsiyalarida urushning xalqaro mo-
jarolarini hal etish vositasi ekanligini qoralovchi moddalar o‘z ifodasini
Do'stlaringiz bilan baham: |