Jahon tarixi kafedrasi


Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat. CHig‘atoy ulusi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik ahvoli



Download 5,04 Mb.
bet21/143
Sana30.12.2021
Hajmi5,04 Mb.
#192914
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   143
Bog'liq
Ўлкашунослик ЎУМ 2019 1

Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat. CHig‘atoy ulusi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik ahvoli

Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng Movaraunnahr, Xorazm, Xurosonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. SHarqda dong‘i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo‘jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi. Marvdagi mashhur suv bilan shaharni ta’minlovchi-Sultonband, Balxob daryosidagi Bandi amir, Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan yagona to‘g‘onlarning hammasi CHingizxon buyrug‘iga ko‘ra buzib tashlandi. Jumladan Balx va uning atroflari 6 oy mobaynida suv ofatini boshdan kechiradi. Samarqandning asosiy aholisi, buxoroliklarning ko‘pchiligi, Urganch va Marv kabi ulkan shaharlar ahlining barchasi ona shaharlarini yo tark etdilar yoki qirib tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan, me’morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug‘orma dehqonchilikni shu o‘lkaga kelib ko‘rdilar.

Bosqindan so‘ng sharqqa dong‘i ketgan zargarlik, qurol-aslaha yasash, nafis matolar to‘qish, naqshinkor nimchalar ishlab chiqarish barham topdi. Vohalarda suvsizlikdan erlar qaqrab dehqonchilikka qiron keldi. Bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan mashhur ipak savdo yo‘llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Tirik qolgan aholi vayronalarga, zulm va zo‘ravonlikka, ochlik va qashshoqlikka mahkum etildi. CHingizxon tiriklik vaqtidayoq o‘z o‘g‘illariga mulklarini ulus qilib bo‘lib berishni boshlagan edi. 1207 yildayoq katta o‘g‘il ilkiga Selenga daryosidan Irtishgacha bo‘lgan erlar mulk etib berilgan edi. CHingizxon o‘limi arafasida (1227 yil avgust) esa boshqa o‘g‘illariga ham turli zabt etilgan erlarni ulus etib bo‘lib berdi. Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo‘lgan erlar Jo‘chiga, Oltoy tog‘larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo‘lgan erlar ikkinchi o‘g‘il CHig‘atoyga, Xitoy va Mo‘g‘uliston voris bo‘lmish uchinchi o‘g‘il O‘gedeyga, Eron va Xuroson Tuliga ulus tarzida bo‘lib berildi.

Rashididdinning ma’lumotiga ko‘ra, CHingizxon vafotidan so‘ng CHig‘atoyga 4000 ta askar tekkan ekan. Ularning boshliqlari o‘z navbatida barlos, jaloyir, qovchin va orlot qabilalaridan bo‘lgan. Ibn Arabshohning yozishicha qovchinlar Amudaryo shimoli Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlotlar Afg‘oniston shimolida joylashgan ekanlar. Keyinchalik Mahmud YAlavoch ham o‘z siyosati borasida shu qabilalarga suyanib ish ko‘rar edi. Mo‘g‘ullar ko‘chmanchi xalq bo‘lgani uchun boshqaruv tizimini tushunmas edilar. CHingizxon tiriklik vaqtidayoq xorazmlik taniqli savdogar, mo‘g‘ullar xizmatida anchadan beri faoliyat ko‘rsatayotgan Mahmud YAlavochni Movarounnahr noibi etib tayinlashini bildirgan edi va u tez orada Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Uning qarorgohi esa Xo‘jand shahrida joylashadi. SHubhasiz, Mahmud YAlavoch yirik va boy savdogar bo‘lib, manbalarning xabariga ko‘ra uning boyligi shunchalik ko‘p bo‘lganki, hatto u butun Movarounnahrdan olinadigan soliqni oldindan to‘lashi ham mumkin edi. Uning ixtiyorida mo‘g‘ullarning tayanchi bo‘lgan soliq yig‘uvchi mo‘g‘ul bosqoqlari, mahalliy hokimlar, dorug‘alar-harbiy ma’murlar hamda bir muncha mo‘g‘ul harbiy otryadlari bor edi.

Mahmud YAlavochga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish o‘lkada mo‘g‘ullarga qarshi g‘alayon bo‘lishini oldini olish ma’suliyati yuklatilgan edi. Ko‘pchilik aslzoda zodagonlar, savdogarlar, qisman ulamolar ham o‘z jonlari va qolgan mol-mulklarini saqlab qolish borasida xiyonatkorona tarzda bosqinchilar xizmatiga o‘ta boshladilar.

O‘z navbatida o‘lkada o‘zlarining tayanch vositasi bo‘lishlariga harakat qilgan mo‘g‘ullar ham bu toifadagi kishilarni qo‘llab-quvvatlay boshladilar. Mo‘g‘ul xonlari (viloyat hokimlari xon, oliy hukmdor esa qoon yoki xoqon deb yuritilingan) va mahalliy zodagon, er egalarining zulmi natijasida mehnatkash xalq endilikda ikki tomonlama ezila boshlandi. O‘lponu soliqlarning miqdori tobora oshib bordi, undan tashqari esa aholidan yig‘ib olinadigan turli to‘lovu yig‘imlar, jarimalarning soni haddan tashqari oshib keta boshladi. YAngi er solig‘ining nomi – «kalon» deyilib, u hosilning o‘ndan bir miqdorida olingan. 1235 yilgi qurultoydan so‘ng esa chorva mol boshidan olinadigan yalpi soliq – «qopchur» ta’sis etilgan. Unga ko‘ra 100 tadan bir miqdorda chorva soliqqa to‘lanar edi. (Bu soliq asosan mo‘g‘ullar turmush tarzi xususiyatini hisobga olgan holda joriy etilgan edi). «Yasoq»qa ko‘ra, davlat xazinasi uchun «shulen» deb nom olgan oziq-ovqat solig‘i joriy qilingan.

Bu soliqqa ko‘ra har bir podadan ikki yashar qo‘y, qimiz uchun har mingta otdan bir biya hisobidan olingan. Soliqlar asosan xonlar tomonidan barot (ijara) tarzida oldindan xazina uchun undirilib, so‘ngra aholidan zo‘ravonlik bilan oshirilgan miqdorda undirilar edi. Ayniqsa, hunarmandlarning ahvoli og‘ir bo‘lgan ularning o‘z yurtlarida tirik qolganlari mahalliy xonlarning mulki sifatida ishlatilinar edi. Masalan, 1262 yil Buxoroda bo‘lgan Xubilay qoonning vakili bu erda 5000 ta hunarmand Botuxonga, 3000 tasi malika Siyurko‘kteniga (Xubilay va Munqalarning onasi) tegishli bo‘lganligini qayd etadi. 1246 yil Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan sayyoh Plano Karpini eng yaxshi hunarmandlar xoqon xizmatida ekanligini va ularga qullarcha munosabatda bo‘lishlarini qayd etib o‘tadi. Bu guruh shaharlik hunarmandlarga esa kundalik ovqat berilib, ularga darhaqiqat qullarcha munosabatda bo‘lingan bo‘lsa, ikkinchi guruh shaharlik hunarmandlarga esa katta soliqlar solingan.

Mo‘g‘ullarga qarashli bo‘lgan harbiy qurol-aslaha va anjomlar ishlab chiqaradigan ustaxonalar – «korxona» nomini olgan bo‘lib, u erdagi hunarmandlar esa qul darajasidagi kishilar hisoblanar edi. Hunarmandlar to‘laydigan maxsus soliqning nomi «tamg‘a» deb atalgan. Mo‘g‘ullar, shuningdek, batamom huquqsiz qullar mehnatidan ham foydalanishar edi. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida er egaligi holati ham o‘zgarib, yangi in’om etilgan erlar mo‘g‘ulcha suyurg‘ol nomini olgan. Suyurg‘ol hajmi jihatidan (unig tarkibiga juda katta er maydonlari, suv havzalari, dasht-yaylovlar ham kirib ketar edi) iqtadan farq qilar edi. Bu davrda davlat, mulk (xususiy erlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi erlar) erlarda ko‘p holda ijaraga chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qism ijarador-o‘rtahol dehqonlar esa muzoriylar deb yuritilgan.

Buyuk hoqon hisoblangan O‘gedey (1229-1241 yy.) davridayoq mo‘g‘ullar o‘zlariga xizmat ko‘rsatayotgan ayrim kishilar, katta er egalari, savdogarlarga turli yorliq va payzalar bera boshladilar. Payza qimmatbaho metall (oltin, kumush) yoki jez, yog‘och taxtalardan ishlangan bo‘lib, unga no‘yonning muhri qo‘yilar edi. Bunday payzaga ega bo‘lgan kishilar, shu jumladan, elchilar, soliq yig‘uvchilar va boshqa shaxslar aholidan turli yig‘im, to‘lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Ko‘plab beriladigan payza egalari aholidan tekinga ot-ulov, em-xashak, yotar-joy, oziq-ovqat talab qilishga haqli ham edi. Savdo yo‘llarida joylashgan bekatlar «yom» (jom) deyilib, ularning xizmati va harajati mahalliy aholi bo‘ynida edi. Bu bekatlar bo‘ylab davlat ishlari bo‘yicha ko‘plab elchi, chopar, vakil va boshqalar o‘tib, ularga xalq tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 1235 yildan boshlab hoqon farmoniga ko‘ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati 2 ta tuman aholisiga yuklatildi. «YOmlar bo‘yidagi aholida toqat va majol ham qolmagan edi», - deb yozgan edi Rashididdin. Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo‘lishidan qat’iy nazar umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Mo‘g‘ullarning ichki xo‘jalik hayotni savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida o‘z o‘rnini topmadi. Aksincha, zo‘rlik po‘pisaga qaramay, 1232 yildan boshlab Samarqandda pul muomalasi tugatildi, savdo-sotiq ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. Farg‘ona, SHosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mo‘g‘ul istilosidan so‘ng pul zarb etish o‘z-o‘zidan tugagan edi. Natijada tez orada Movaraunnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.

Mislsiz jabr-zulm, aholining xo‘rlik va qashshoqlik domiga tashlanishi, soliqlarning haddan ziyod o‘sishi, mehnatkash aholining tinka madorini quritib yubordi. Aholi ichida mo‘g‘ullarning zo‘ravonligi va istibdodiga qarshi norozilik harakati tobora kuchayib, bu norozilik ayniqsa, 1238 yilgi Mahmud Tarobiy qo‘zg‘olonida o‘z aksini namoyon qildi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni 1238 yil Buxorodan uch farsah (taxminan 18-21 km) uzoqlikdagi Tarob qishlog‘ida boshlandi. Bu qo‘zg‘olonda mo‘g‘ullar va mahalliy zodagonlar zulmidan ahvoli og‘irlashgan hunarmand, dehqon va kambag‘al aholi, ayniqsa, faol qatnashadi. Qo‘zg‘olonga esa asli Tarob qishlog‘idan bo‘lgan g‘alvir yasovchi hunarmand usta Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi.

Mahmud Tarobiy avval o‘z qishlog‘ida istilochilar zulmi, bedodligiga qarshi otashin chaqiriqlar bilan chiqadi. O‘z atrofiga yig‘ilgan qo‘zg‘olonchilarga murojaat etib: «Ey haq toliblari, qachongacha kutamiz va intizorlik tortamiz. Ro‘yi zaminni tangridan qo‘rqmaydiganlardan pok qilmoq lozim. Kimning qanday qurolga qurbi etsa, qilichmi, o‘q-yoymi, kaltakmi, qo‘lga olsin. Qo‘ldan kelgancha tangridan qo‘rqmaydiganlardan birontasini ham tirik qo‘ymaslik lozim»,-degan so‘zlar ozodlik kurashiga xalqni da’vat etadi. SHu paytda SHerozdan kelgan harbiy anjomlar ortilgan karvon qo‘zg‘olonchilarning qurollanishiga yordam beradi. Qo‘zg‘olon kuch-qudrati oshib borayotganligini, xalq qo‘zg‘olonchilar tarafiga o‘tib borayotganligini ko‘rgan mo‘g‘ul no‘yonlari Movarounnahr hokimi Mahmud YAlavochdan yordam so‘rashga majbur bo‘ladilar. Mahmud Tarobiy o‘zining ko‘plab tarafdorlari bilan Buxoro tomon yo‘l oladi. Buxorolik aqoid (diniy ilm) olimi, mashhur shayx SHamsiddin Mahbubiy ham qo‘liga qurol olib, o‘z safdoshlari bilan qo‘zg‘olonchilar safiga qo‘shiladi. Tarixchi Juvayniy Mahmud Tarobiy haqida shunday deb yozgan edi: «U akobir, boy-badavlat kishilarni haqorat qildi, sharmandasini chiqardi, o‘ldirtirdi, ularning bir qismi esa undan qochib qutildi. U oddiy xalqqa va darbadarlarga, aksincha, iltifot va marhamat ko‘rsatdi». Darhaqiqat Mahmud Tarobiy Buxoro ahliga muruvvat namunalarini ko‘rsatdi. Buxorodan qochgan mo‘g‘ul harbiylari va buxorolik zodagonlar Karmanaga kelib panoh topgan edilar. Bu erda ular ma’lum kuch to‘plab, Mahmud Tarobiy ustiga harbiy yurishni boshlaydilar. Bundan xabardor bo‘lgan Mahmud Tarobiy dushmanga qarshi kurashish maqsadida shahar chetidan Karmana yo‘liga katta harbiy kuch bilan chiqadi. Ikki o‘rtadagi qattiq jangdan so‘ng istilochilar engilib orqaga chekindilar. Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullarni to Karmanagacha quvib bordilar. Ushbu jangda mo‘g‘ullardan 10000 kishi qirib tashlandi. Lekin bu zafarli jangda qo‘zg‘olonchilar rahbarlari Mahmud Tarobiy va SHamsiddin Mahbubiylar halok bo‘ldilar. Qo‘zg‘olonchilar endilikda shahid ketgan Mahmud Tarobiyning o‘rniga uning ukalari Muhammad va Alini rahbar etib saylaydilar. Lekin bu yangi rahbarlarning harbiy tajribalari yo‘q, xalq ularni yaxshi tanimas, omma ichida ular nufuzga ega emas edilar. Bu esa qo‘zg‘olonning borishiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Oradan bir hafta o‘tmay mo‘g‘ullarning Elduz no‘yon va CHag‘an qo‘rchi boshchiligidagi yangi qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirib uchun etib keldi. Ikki tomonlama jangda Mahmud Tarobiy tarafdorlari butkul tor-mor qilinib, ikkala tomondan 21 mingdan oshiq jangchi halok bo‘ldi.

Mahmud Tarobiy boshchiligidagi ushbu xalq ozodlik qo‘zg‘oloni xalqimiz ozodlik kurashlari tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi. U, avvalo, istilochilar va ular tomoniga o‘tib ketgan mahalliy zodagonlarning umumiy zulmiga qarshi ko‘tarilgan kurash edi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni mo‘g‘ul istilochilariga ular qanchalik shavqatsiz tuzum o‘rnatmasinlar, xalq hamisha o‘z ona vatani ozodligi yo‘lida kurashdan cho‘chimasligini namoyon qildi. Mo‘g‘ullar bu qo‘zg‘olondan so‘ng bosqoqlar tomonidan yig‘iladigan soliq va o‘lponlarni tartibga keltirishga harakat qildilar. Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan keyin CHig‘atoy qo‘zg‘olonni bostirishda sustkashlik qilgan, degan maqsadda, Mahmud YAlavochni o‘z amalidan chetlashtirib, uni Movaraunnahrdan chiqartirib yubordi. Tez orada xoqon uni Dasin (Pekin)ga shahar noibi etib jo‘natadi. SHundan so‘ng Movaraunnahr noibi hamda ijaradori sifatida Mahmud YAlavochning o‘g‘li Ma’sudbek tayin etiladi. U o‘limiga qadar (1289 y.) shu lavozimni egallab turadi.

XIII asrning ikkinchi choraklaridan boshlab, mo‘g‘ullarning ichida ham endilikda ma’lum siyosiy nizolar, parokandaliklar kelib chiqa boshlaydi. 1241 yilga kelib bosib olingan Rusiya, Volga bo‘yi, Ural va boshqa erlardan Oltin O‘rda davlati tashkil topadi. Mo‘g‘ullar 1256 yili Xulagu boshchiligida Eron, Kurdiston, Iroq va YAqin SHarqning boshqa erlariga hujum qiladilar. Mo‘g‘ul xonlari o‘rtasida oliy hukmdorlik uchun kurash avj oladi. Ayniqsa, buyuk hoqon Guyukxonning (1246-1249) o‘limidan so‘ng bu kurash keskin kuchayadi. 1251 yili hokimiyat tepasiga Botuxon va Berkaxonlarning qo‘llab-quvvatlashlari bilan Tulining to‘ng‘ich o‘g‘li Munqa (1251-1259) ulug‘ xon sifatida saylanadi. U dastlab CHig‘atoy ulusini mulk sifatida tugatadi va uni Botuxon bilan bo‘lib oladi. Keyinchalik Munqaning o‘limidan so‘ng CHig‘atoyning nevarasi Olg‘uxon (1261-1266) Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, CHig‘atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi.

XIII asrning 60-70-yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan mo‘g‘ul imperiyasi aslida Erondagi Xulagiylar, Movaraunnahrdagi CHig‘atoylar, Oltin O‘rda deyarli mustaqil qismlariga bo‘linib ketgan edi. Har bir ulus xoni o‘zini tamomila mustaqil sanab, payt kelganda qo‘shni uluslarga o‘lja uchun hujum ham qilib turar edilar. Masalan 1272 yili Xulagiylarning Oqbek boshchiligidagi askarlari Kesh va Nahshab shaharlarini, 1273 yil yanvarida Buxoroni talon-taroj etadilar. Buxoro dahshatli qirg‘in-barotni boshdan kechirib, etti yilgacha vayrona tarzda yotadi. Mo‘g‘ullar to‘g‘risida so‘z ketganda yana bir muhim xususiyatni e’tiborga olmoq kerak bo‘ladi. Bosib olingan erlarda mo‘g‘ul harbiy sarkardalari, no‘yonlari, zodagonlari orasida siyosiy dunyoqarash o‘zgara boshlaydi.

Ba’zi no‘yon, xonlar, harbiy ma’murlarning kichik qismi, ularga ergashgan mahalliy zodagonlar, savdogarlar, diniy ulamolar va boshqalar o‘troq hayotga o‘tish, markaziy hokimiyatni kuchaytirib, savdo-sotiqni rivojlantirish tarafdorlari edi. Dehqonchilik va savdo-sotiq xazinaning asosiy manbayi bo‘lishi mumkin edi. Buning uchun esa shahar va qishloqlarni tiklash, ekinzorlarni o‘zaro payhon etishga chek qo‘yish, soliqlarni tartibga tushirish, shaharlar rivoji, savdo, hunarmandchilikka homiylik qilish darkor edi. YUqorida ta’kidlangan madaniylashish tarafdorlari safiga Munqaxon (1251-1259) va CHig‘atoy noibi, hoqonning yaqin maslahatchisi Ma’sudbek (1238-1289) ham kirar edilar. Munqaxon shubhasiz tadbirli va zehnli Movaraunnahr noibi Ma’sudbekning ta’siri ostida ba’zi bir ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

Butun mo‘g‘ullar imperiyasida soliqlar bir xil tarzda undirilmas edi. Masalan, Xitoyning shimoli, Movarounnahrda badavlat kishi 10 dinor, kambag‘al 1 dinor to‘lasa, Xurosonda badavlat kishi 7 dinor, kambag‘al esa 1 dinor to‘lar edi va xakozo. Munqaxon soliq va xashar ishlarini tartibga solish borasida maxsus farmon-yorliq chiqardi. Unga ko‘ra CHingizxon o‘limidan so‘ng berilgan payza va yorliqlar bekor etildi, yomlar bo‘ylab aloqa vositasi uchun ajratiladigan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot-ulov talab etish, yomlar uchun belgilangan otlarda shaxsiy maqsadda foydalanish ta’qiqlab qo‘yildi. Munqaxoning qonunlashtirib qo‘ygan chora-tadbirlari aholini behisob soliq va yig‘inlardan ozod etib, ularning tinchlik-osoyishtaligini bir muncha ta’minladi, shahar hayotining, ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga qisman imkon yaratib berdi. Bu islohotlar natijasida mamlakatning ayniqsa shimoliy-sharqiy rayonlari, jumladan Farg‘ona vodiysida xo‘jalik, iqtisodiy hayotda jonlanish sodir bo‘la boshlaydi.

Ayniqsa, xo‘jalik-iqtisodiy hayotni bir me’yorga tushirish, savdo va pul muomalasini izga solishda CHig‘atoy ulusi noibi Ma’sudbekning xizmati va islohotlari katta o‘rin tutgan. Ma’sudbek mo‘g‘ul qoonlariga shaxsan yaqinligi ham uning islohotlar o‘tkazilishga imkon ham bergan edi. 1271 yili mo‘g‘ullarning madaniy, o‘troq hayot tarafdorlari madadi, Talas qurultoyi (1269 y.) qarorlariga tayanib, Ma’sudbek yangi pul (moliyaviy) islohot o‘tkazishga kirishdi. Unga ko‘ra, har qanday shaxs o‘ziga kerakli tangalarni zarbxonalarga olib borib, uni xohlagan tarzda, lekin bir xil hajm, qiymat, vaznda zarb etish mumkin edi. Avval boshida qiyinchilik bilan kechgan bu jarayon XIII asrning 80-yillariga kelgandagina faollasha bordi. Tez orada 16 ta yirik shahar va viloyatlarida bir xil vazn va yuqori qiymatga ega sof kumush tangalar zarb etilib, muomalaga kiritildi. Garchi atrofdagi islohotlarga qarshi mo‘g‘ul harbiylari Erondan, Ettisuvdan Movaraunnahrga vayronagarchilik keltirib chiqaruvchi kurashlarni amalga oshirib tursalarda, lekin islohotlar borishiga to‘sqinlik qila olmadilar. Ma’sudbek 1273-1276 yillari qayta talangan Buxoroning tiklanishiga o‘zi bosh qosh bo‘ldi. 1282-1283 yillarda Buxorodagi zarbxonalar to‘laqonli ishlashga kirishdi. Savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borayotgan Farg‘ona vodiysida esa CHig‘atoy xoni Duvaxon (1291-1306) davrida Andijon shahriga ham asos solindi.

XIV asrning 1-yarmiga kelib, CHig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlashuv jarayoni kuchayib, mo‘g‘ul zodagonlarining katta qismi savdo doiralari bilan yaqinlashib, islom madaniyati ta’siriga berilishi kuchayib bordi. Movarounnahr madaniy o‘lkasi bilan yaqin aloqa o‘rnatib, o‘troq hayot kechirishga intilgan CHig‘atoy xonlaridan biri Kebekxon (1309, 1318-1326) bo‘ldi. U butunlay Movarounnahrga ko‘chib kelib, o‘z qarorgohini Nasaf shahri yonida barpo etdi. Keyinchalik bu saroy o‘rnida yangi Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxon davlatni idora etish, uning ma’muriy tuzilishini qayta tashkil etish, iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida 2 xil ma’muriy va moliyaviy islohot o‘tkazdi. Ma’muriy islohotga ko‘ra mahalliy tuzilmalar tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi. Mahalliy hokimlar-maliklar, sadrlarning o‘rinlari turkiy-mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari qo‘liga o‘tdi. Noiblik esa merosiy bo‘lib qoldi. Bu islohot davlatni birmuncha mustahkamlashda o‘zining ijobiy samarasini berdi.

Ma’sudbek davrida pul islohoti amalga oshirilgan bo‘lsa-da, Kebekxon uni takomillashtirmoqchi bo‘ldi. Jumladan, u Xulagiylar va Oltin O‘rda tangalari namunasida 2 xil pul: yirik kumush tanga-»dinor» va mayda kumush tanga «dirham» lar zarb ettiradi.

Dinor (2 misqol, 8 gr. atroflarida) 6 ta dirhamdan iborat bo‘lib qoldi. Kebek nomidan tangalar asosan Buxoro va Samarqandda zarb etilar edi. SHuningdek, O‘tror zarbxonasi ham faol ishlay boshladi.

Kebekxonning islohotlari anchadan beri o‘troq hayot, mahalliy aholi madaniyati bilan yaqinlashuviga qarshi bo‘lgan guruhlarning ham faoliyatini kuchaytirib yuboradi. Kebekxoning ukasi Oloviddin Tarmashirin (1326-1334) akasining siyosatini davom ettirib, o‘troq hayot an’analarini qattiq turib himoya qiladi. U islom dinini qabul qilib, islom dinini CHig‘atoy ulusining rasmiy diniga aylantiradi. Tarmashirin siyosatidan norozi ko‘chmanchi mo‘g‘ul zodogonlari isyon ko‘tarib 1334 yilda uni o‘ldirishadi. Tarmashirindan so‘ng hokimiyat tepasida bo‘lgan CHangshi (1334), Bo‘zan (1334-1338), eson-Temur (1338-1342), Muhammad (1342-1343)lar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganligi yo‘q. Aksincha, mahalliy qabilalar hokimiyati, urug‘ boshliqlarining ta’siri bu paytga kelib yanada kuchayib, CHig‘atoy hokimiyatining qudrati pasaya boshlaydi.

XIV asrning 40-yillariga kelib, Ettisuvda Dug‘lot amirligining yuzaga kelishi, amalda CHig‘atoy ulusining tarqab ketishidan, o‘rniga Movarounnahr amirligi yuzaga kelganligidan dalolat berar edi. CHig‘atoy xonlarining so‘nggi vakilaridan biri Qozonxon (1343-1346) markaziy xon hokimiyati kuch-qudrati ta’sirini ko‘tarib, ichki siyosatda Kebekxon-Tarmashirin yo‘lini tutishga harakat qildi. U ko‘chmanchi harbiylarga qarshi kurash olib borib Qashqadaryo vohasida hatto ularga qarshi tayanch markazi etib – Zanjirsaroy qal’sini ham barpo etgan edi. Qozag‘on boshchiligidagi bir guruh ko‘chmanchi, talonchilik siyosati tarafdorlari 1346 yili fitna natijasida Qozonxonni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lishadi.

Qozag‘an o‘ziga amir unvonini olib, davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Movarounnahr Qozag‘on davridayoq bir necha yarim mustaqil qismlarga bo‘lib ketgan edi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik avj olib, o‘zaro nizolar yanada kuchaygan edi. Kesh (SHahrisabz) atrofidagi erlar Hoji Barlos boshchiligidagi barlos urug‘iga, Xo‘jand Boyazid Jaloyiriyga qaram bo‘lib qoldi, Balx va uning atrofidagi erlar Qozog‘onning nevarasi amir Husaynga tobe bo‘ldi, SHiburg‘on esa Muhammadxo‘ja Apverdi qo‘liga o‘tib ketdi. Bundan tashqari Buxoroda diniy ulamolardan iborat sadrlar, Xuttalonda mahalliy hokimlardan bo‘lishi Kayxusrav, Termizda-sayidlar, Badaxshonda o‘zboshimcha mahalliy shohlar hokimiyatni qo‘lga olishdi.


Download 5,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish