IX-XIV asrlardagi yozuvi turlarining shakllanishi. Arablar hukmronligining kengayishi, arablarning boshqa arab bo’lmagan hududlarga tarqalishi, arab tili va islom dinining bosib olingan o’lkatarning ziyoli aholisi orasida yoyilishi, arab tilining davlat tili sifatida mavqeining mustahkarnlanishi va nihoyat arab Yozuvida imlo qoidalarining ishlab chiqilishi — bularning hammasi arab yozuvining kelajakda yanada keng tarqalishiga zamin yaratgan.
XI asrda arablarda shakllangan fikrga ko’ra, arab yozuvining dastlabki bosqichida faqat kufiy yozuvi mavjud bo’lgan. “Qur'oni Karim” dastlabki nusxalari shu yozuvda ko’chirilgan. Bu yozuv 4 - xalifa Ali ibn Tolib tomonidan takomiliga etkazilgan. Arab grafikasidagi boshqa xat turlari shu kufiy Yozuvi asosida keyinchalik shakllangan xat turlaridir.
X asrga kelib arab yozuvi yana islox qilingan. Bu islox Ali Muhammad ibn Ali ibn Muqla (272 — 328) — (886 — 940) nomi bilan bog’liq. Bu kishi uch abbosiy xalifa qo’Iida vazirlik lavozimida ishlagan. U kufiy xati asosida sharq olamida keyinchalik mashhur bo’lib ketgan olti xat turini yaratgan olimdir: muxaqqaq, suls, riqo, nasx, tavqi' va rayhoniy xat turlari. Ibn Muqlaning bu ishini Eronlik olim Ali ibn Hiloi davom ettirgan. Uning taxallusi Ibn Bavvob bo’lgan va u 413-1022 yilda vafot etgan. U Sherozdagi mashxur kutubxonada xodim bo’lib ishlagan. Isloxot ishini undan keyin davotn ettirgan shaxs so’nggi abbosiy xalifa saroyida xattot bo’lib ishlagan Yoqut Musta'simiydir (640-696)-(1242-1298 yy.)
Ibn Muqlaning yaratgan sistemasi aniq mutematik hisob - kitobga asoslangan mutanosiblik asosida qurilgan. Bunda harflarning shakli, diametri alif harfiga teng bo’lgan aylana ichiga joylashtirilgan kvadrat, besh burcliakka qiyoslab yaratilgan. Bu xarflarning moduli esa, qamishqalamning bir harakati bilan hosil qilingan rombik shaklidagi nuqtadir. Bu nuqtalarning soni bilan xarflarning katta-kichikligi aniqlangan. Umuman Ibn Muqlaning bu tizimida harflarning shakli va razmeri alifning uzunligiga teng bo’lgan rombik nuqtalarning soni bilan aniqlangan. Natijada Ibn Muqla yaratgan olti xat turining hammasida xarflarning yozuvdagi o’rni, ularning hajmi ilmiy jihatdan aniqlab berilgan.
Umuman, xattotlar va qalam sohiblari orasida eng ko’p tarqalgan va eng e'tiborli sanalgan xat turlari quyidagilardan iboratdir:
1. Kufiy yozuvi yoki xatti kufiy - Kufiy yozuvi nabatiy yozuvi asosida shakllangan dastlabki arab yozuvidir. U birinchi marta Kufa shahrida ishlatilib, u erda rivoj topgani uchun «kufiy» deb nom olgan. Arab olimlarining fikricha, (bu olimlar XI asrga mansubdirlar) “Qur'oni Karim” birinchi qo’lyozma nusxasi yozilgan bu yozuv turi 4 - xalifa xisoblangan Ati ibn Abu Tolib tomonidan takomillashtirilgan. Natijada o’sha davrda turli yozishmalar, davlat idoralaridagi hujjatlar va boshqa yozuv - chizuvlar shu Yozuvda olib borilgan. o’sha davrdagi qo’lyozma kitoblar ham shu yozuvda yaratilgan. Keyinchalik esa, Ibn Muqla o’tkazgan isloxot natijasida vujudga kelgan boshqa turdagi yozuvlar o’rnini egallay boshlagan. XII asrga kelib Suriya, Iroq, Eron hududlarida kufiy yozuvi amalda qo’llanishdan to’xtagan. Lekin u umuman iste'moldan chiqib ketgan emas. Kufiy yozuvi islom badiiy san’atining asosiy elementlaridan biri bo’lib xizmat qilgan. Shu bilan bog’liq xolda bu Yozuv turi ishlatilish soxasiga qarab, yana bir necha turga bo’Iinib ketgan. Masalan, bu xat turidagi harf elementlariga gullar, barglar, ko’raklar shakli berilib, xusnixat turlarida ishlatilgan va unga gulli xatti kufiy deb nom berilgan. Kufiy Yozuvidagi xarflarning yozilishidagi to’g’ri chiziqlar o’rtasidagi to’g’ri burchaklarga yanada ishlov berilgan, ya'ni uning geometrik shakli qayta ishlangan va undan turli xil binolarning ustki qismidagi bezaklar sifatida ishlatila boshlagan. Bunda mazkur xatti kufiy, birinchidan, yozuv sifatida ma'lum tushunchani ifodalasa, ikkinchidan, naqsh yoki bezak sifatida imoratlaming chiroyli chiqishi uchun xizmat qilgan. Xatti kufiyning bu turi kufiyyi bannoiy — binokorlik kufiy xati deb nom olgan.
Kufiy yozuvida qabr toshiariga turli yozuvlar bitilgan. Shuningdek, XV asrgacha qo’lyozmalarda asar nomi, asar boblari va qismlari nomi, asar boshlanishidagi bosmalani yozishda kufiy yozuvidan foydalanilgan.
2.Muhaqqaq Yozuvi yoki xatti muhaqqaq – bu yozuv turi abbosiylar hukmronligining boshlanishida — VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. U Iroq hududida paydo bo’lgani sababli xatti iroqiy deb ham ataladi. Bu Yozuv turida xarflardagi egri chiziqlar bilan to’g’ri chiziqlar o’rtasidagi proportsiya 1,4 va 3,4 ga to’g’ri keladi. Muxaqqaq yozuvi katta xarflar bilan yoziladigan matnlarga mo’ljallangan. Shuning uchun u katta xajmdagi “Qur'oni Karim” nusxalarini ko’chirishda ishlatilgan. Bundan tashqari boshqa bitiklarda ham, agar harflar vositasida ulug’vorlik, tantanavorlik ifodalash zarur bo’lgan o’rinlarda shu yozuv turidan foydalanilgan. Eron xattotlari tomonidan shu yozuv turida yaratilgan “Qur'oni Karim” nusxalari o’sha davrlarda katta shuxrat qozongan. Xususan, Amir Temurning nabirasi Boysunqur Mirzo (vaf. 837—1434) juda katta xajmdagi “Qur'oni Karim” nusxasini shu Yozuvda ko’chirib, kitob yaratgan. Bu “Qur'oni Karim” har bir varag’i 170 - 101 sm xajmga ega bo’lgan.
Yana shuni aytish joizki, muxaqqaq yozuvming ishilatilish sferasi juila keng bo’lmagan. Undan asosan “Qur'oni Karim” nushalarini ko’chirishda, xattotlik namunalarini yaratishda hamda imoratlarning peshtoqiga bezak sifatida “Qur'oni Karim” oyatlarini bitishda foydalanilgan. XVII asr o’rtalariga kelib, bu Yozuv o’z o’rnini yana bir yozuv turi xisoblangan suls Yozuvi ga bo’shatib bergan. Suls Yozuvida esa, “Qur'oni Karim” nusxalari to’laligicha yaratilgan emas, balki “Qur'oni Karim” ning ayrim oyatlarigina yozilgan.
3. Rayhoniy yozuvi yoki xatti rayhoniy – Hozirgacha Sharq paleografiyasida bu yozuv turiga aniq ta'rif berilmagan. Bir xil olimlar rayxoniy yozuvi bilan muxaqqaq yozuvi o’rtasidagi farq rayhoniy yozuvidagi chiziqlarning faqat ingichkaligi va go’zalligidan iborat, bundan boshqa ular o’rtasida farq yo’q desalar, boshqalarning fikricha, agar muxaqqaq Yozuvidagi harflarning o’zaro mutanosibligi qonun - qodasiga rioya qilgan holda nasx yozuvi bilan bir xil xajmda xarflar yozilsa, bu rayxoniy yozuvi bo’ladi. Yana uchinchi toifa olimlarining fikricha, muxaqqaq yozuvida ayrim harflarni tashkil etuvchi doiralar kvadratga yaqinroq turadi. Rayhoniy yozuvi ham muxaqqaq Yozuvi bilan bir xil funktsiyani bajargan va XVII asrning o’rtalariga kelib, o’rnini Nasx Yozuvi ga bo’shatib bergan va iste'moldan chiqib ketgan. Yana Shuni aylish joiz,ki, XIV - XV asrlardayoq ayrini xattotlar bu yozuvni qo’lyozmalarning hoshiyalaridagina ishlata boshlagan edilar.
4. Suls yozuvi yoki xatti suls — o’rta asrlarda bu yozuv musulmon olamining barcha hududlarida eng keng tarqalgan yozuv turlaridan edi. Bu yozuvni muxaqqaq yozuvi bilan qiyoslasak, muxaqqaq yozuvida tantanavorlik, ulug’vorlik aks etib tursa, suls yozuvida esa, o’ziga xos mayinlik, noziklik ustun turadi. Bu yozuvda harflardagi yo’g’on yoziladigan qism bilan ingichka yoziladigan qism o’zgacha bir noziklik bilan almashinadi. Bu yozuvda chiziqlarning uchdan bir qismi to’g’ri chiziqdan va uchdan ikki qismi egri chiziq va dumaloq shakldan iborat bo’lgani uchun bu yozuv « suls » deb atalgan. (arabchada bu so’z «uchdan bir» ma'nosini bildiradi). O’rta asr an'analariga binoan, hukmronlarning rasmiy ko’rsatmalari, farmonlari shu yozuvda bitilgan. Shuningdek, qo’lyozmalarning titul varaqlari, oxirgi sahifasi suls yozuvida amalga oshirilgan. Me'moriy yodgorliklarda bezak o’rnida ishlatilgan suls yozuvlarini ham uchratish mumkin.
5. Tavqi' yozuvi yoki xatti tavqi' — bu yozuv turi xatni tez yozishga mo’ljallangan, xarflarning shakli dumaloq bo’lgan yozuvdir, o’rta asr xattotlarining fikricha, bu yozuv suls yozuvidan kelib chiqqan va uning modifikatsiyasidir. Bu yozuv turida harflarning hajmidagi o’zaro mutanosiblik suls yozuvidagi mutanosiblik bilan bir xil bo’lsa - da, ularning bir - biriga ulanishi suls yozuvidan farq qilgan. Chunki bu yozuv turida elementlarning oltidan bir qismi to’g’ri chiziqli elementlardan iboratdir. Shunday qilib, tavqi' yozuvi mavjud bo’lgan etti yozuv turi ichida eng tez yoziladigan yozuv xisoblangan. Bu yozuvda harflarning barcha elementlari bir xil yo’g’onlikda yoziladi va unda yo’g’on elementlarning ingichka yozuvlar
hilan almashinish hodisasi uchramaydi. Bunga esa qamishqalamning uchini boshqacharoq chiqarish yo’li bilan erishilgan. Tavqi yozuvida nafaqat bir so’z ichidagi yozuvlar, balki ayrim so’zlar ham qo’shib yozilgan. Islom olamida bu yozuvdan hukmronlar u yoki bu farmonga, ko’rsatmaga imzo qo’yishda foydalanganlar. Bundan tashqari davlat ahamiyatiga molik boIgan muxim hujjatlar, qozilarning chiqargan hukmlari ham shu yozuvda bitilgan. Vaqt o’tishi bilan XIV asrdan keyin qo’lyozmalarning so’nggi sahifalari, undagi turli xil qo’shimcha ma’lumotlar shu yozuv bilan bitilgan. Dunyoviy mazmundagi qo’lyozmalar, hamda “Qur'oni Karim” yangi ko’chirilgan nusxalarining hoshiyalari hain ko’proq shu yozuv turida yozilgan.
6. Riqo yozuvi yoki xatti riqo – bu yozuv turi tavqi' yozuvining kichraygan shakli bo’Iib, u ham suls Yozuvi bazasida vujudga kelgan. U ham hukmronlarning farmon va yorliqlarini yozishda qo’llanilgan. Riqo yozuvi o’zining xususiyatlari bilan tavqi' yozuvidan farq qilmaydi. Faqat riqo tavqi'ga qaraganda maydaroq va ingichkaroq yoziladi. Qisqa qilib aytganda bu yozuv ham tez yozishga mo’ljallangan, xarflari dumaloq shaklli yozuvdir. Bu yozuvning taraqqiyotini kuzatgan olimlarning fikricha, bu yozuv kichkina qog’oz varaqchalariga yoziladigan shaxsiy maktublarni yozishga mo’ljallab yaratilgan yozuvdir. Shuning uchun ham bu yozuv riqo'- kichkina qog’ozga yozilgan xat demakdir. Keyinchalik bu yozuvda ko’ngilochar mazmundagi qisqa - qisqa hikoyachalar ham yozila boshlagan. Shuningdek, “Qur'oni Karim”, xadislar va dunyoviy mazmundagi qo’lyozmalarning titul varag’i va oxirgi saxifasi yozilgan va bunda qo’lyozmaning ko’chirilgan joyi, sanasi, xattotning ismi, asarning nomi, ba'zan qo’lyozmani ko’chirishga buyurtma bergan shaxsning ismi va hokazolar yozilgan, Tavqi' bilan riqo' o’rtasidagi o’xshashlik oxir — oqibatda shunga olib kelganki, keyinchalik riqo’ termini ostida ham tavqi' yozuvi, ham riqo' yozuvi tushunila boshlagan.
7. Nasx yozuvi yoki xatti nasx - «Nasx» so’zining lug’aviy ma'nosi «yo'q qiiish, bekor qilish, chizib tashlash»dir. Termin sifatida u «boshqa xat turlarini bekor qiluvchi» ma'nosida qo’llanilgan. Bu yozuv hozirgi kiingacha ham butun musulmon Sharqida eng ko’p tarqalgan va eng ommabop yozuv turidir. Hozirgi kunda bosma usulda chiqayotgan barcha kitoblar, jurnallar. gazetalar va xakozolar nasx yozuvi bazasida nashrdan chiqadi. Bu yozuvning bu darajada keng tarqalishiga sabab unda xarflarning aniq, ravshan, o’zaro mutanosib ravishda bir - biriga ulanishi va eng asosiysi, uni o’zlashtirishning nisbatan osonligidir. Bu yozuv turi xarflar shakl va xajmining o’zaro mutanosibligi qoidasi asosida shakllangan. Nasx yozuvi X asr oxiridan boshlab ishlatila boshlagan. Keyingi ikki yarim asrlik muddat ichida undan «nasxi eroniy» deb ataladigan varianti vujudga kelgan. Bu esa mashhur xattot va olim Yoqut Musta'simiy faoliyati bilan bog’liqdir. XIII —XIV asrlarda mo’g’ullar bosqini bilan bog’liq holda bu yozuv bir oz e'tibordan chetda qolgan bo’lsa ham, u Eron va O’rta Osiyoda XVII asroxiri -XVIII asr boshlarigacha hukmronlik qilgan. Uni mashxur xattot Axmad Nayriziy bir oz o’zgartirgan va uni nasta’liq yozuviga yaqinlashtirgan. Garchi XIV asr oxirida yangi nasta’liq yozuvi paydo bo’lib, uni bir oz chekkaga surgan bo’lsa ham, nasriy asarlarning ko’pchilik qismi nasx yozuvida kilobat qilingan va XX asr boshlarigacha nasx yozuvi bilan nasta’liq yozuvi xattotlar uchun asosiy yozuv turi bo’lib xizmat qilgan.
Biz yuqorida ko’rib o’tgan yozuv turlari kelib chiqish nuqtai nazaridan arabiy xisoblangan, an'anaviy va mumtoz yozuv turlari deb tan olingan va ular arab mamlakatlarida, Eronda va o’rta Osiyoda keng qo’llanib kelingan.
Bundan tashqari Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnaxr hududlarida vujudga kelgan yozuv turlari ham mavjudki, ularning asosiylari «ta'liq», «Shikastayi ta'liq», «nasta'liq» va «Shikastayi nasta'liq» yozuvlaridir.
Xullas, arab olamida shakllanib, amalda qo’llana boshlagan arab yozuvi keynchalik Shunday taraqqiy etganki, unda vujudga kelgan yozuv turlari haqiqiy san'at darajasiga ko’tarilgan va bu yozuvlarda bitilgan qo’lyozmalar hozirgacha ham dunyo miqyosida sharq sivilizatsiyasining tipik namunasi sifatida e'zozlanib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |