1-2 satrlar. Shoh Doro aytadi: Mana men Bobilda nima qildim.
2-31 satrlar. Shoh Doro aytadi: Shoh bo’lgan yilimning o’zida qilgan ishlarim mana bular: 19 ta jang amalga oshirdim. Axuramazda sharofati bilan men qo’zg’alonchilarni tor-mor etdim va 9 hukmdorni asir etdim. Ulardan biri kohin Gaumata edi. U yolg’on gapirar edi. Shunday derdi: «Men-Bardiya, Kir o’g’li» u Eronni qo’zg’olonga aylantirdi. Yana bir elamlik Assina. U yolg’on gapirib shunday der edi: «Men Elam hukmdoriman» U Elamni qo’zg’olonga aylantirdi. Yana biri Nidintu-Bel bobillik. U yolg’on gapirib shunday derdi: «Men Novoхudonosorman Nabonid o’g’li» u Bobilni qo’zg’atdi. Yana biri fors Martiya. U yolg’on gapirib shunday derdi: «Men Imanishman Elam hukmdori» u Elamni qo’zg’atdi. Yana biri Fravatrish, midiyalik. U yolg’on gapirib shunday der edi: «Men Yashatritaman Kiaksar avlodidan» u Midiyani qo’zg’atdi. Yana biri Frada margiyonalik. U yolg’on gapirib shunday der edi: «Men Sagartiya hukmdoriman, Kiaksar avlodidan.» U Sagartiyada qo’zg’olon ko’tardi. Yana biri sagartiyalik Chissataхama. U yolg’on gapirib shunday derdi: «Men Margiyona Shohiman» U Margiyonani qo’zg’atdi. Yana biri Daх’ezdata fors bo’lib, yolg’on gapirar edi: Men Kirning o’g’li Bardiyaman. U Eronni qo’zg’atdi. Yana biri arman Araхa. U yolg’on gapirib shunday derdi: «Men Novoхudonosor Nabonid o’g’li» u Bobilni qo’zg’atdi.
31-32 satrlar. Shoh Doro aytadi: men bu 9 hukmdorlarni usha janglarda asir olganman.
33-36 satrlar. Shoh Doro aytadi: Qo’zg’alon ko’targan mamlakatlarni yolg’on qo’zg’alonchi qilib qo’ydi. Ular хalqni aldashgan. Shundan so’ng Axuramazda ularni menga topshirdi. Men ular bilan o’zim hohlagandek ish ko’rdim.
36-40 satrlar. Shoh Doro aytadi: Kelajakda Shoh bo’luvchi sensan, yolg’ondan o’zingni asra. Agar sen mamlakatim tinch bo’lsin desang, yolg’on gapirgan odamni jiddiy jazola.
40-43 satrlar. Shoh Doro aytadi: Axuramazda sharofati bilan qilgan ishlarimni bir yilning o’zida amalga oshirdim. Sen-ushbu yozuvni o’quvchi men tomondan qilingan ishlarga ishon, ularni yolg’on deb hisoblama.
43-45 satrlar. Shoh Doro aytadi: Men Axuramazdaga murojaat qilyapman. Bir yilning o’zida qilgan ishlarim rost - yolg’on emas.
45-50 satrlar. Shoh Doro aytadi: Axuramazda sharofati bilan bu yozuvda yozilmagan ko’p ishlarni qildim. Yozilmaganini sababi shundaki, bu yozuvni o’qigan odamga shuncha ko’p qilgan ishlarim yolg’on bo’lib tuyulishi mumkin.
50-52 satrlar. Shoh Doro aytadi: Mendan oldin butun umri davomida Shoh bo’lganlar men tomondan bir yil mobaynida qilgan ishlarimchalik ish qilishmagan.
52-56 satrlar. Shoh Doro aytadi: Men amalga oshirgan ishlarimning barchasiga ishon va buni хalqlardan yashirma. Agar sen ushbu manifestni yashirmasang (хalqlardan) Axuramazda senga do’st bo’lsin, avloding ko’p sonli bo’lsin va uzoq umr ko’rasan.
57-59 satrlar. Shoh Doro aytadi: Agar bu manifestni yashirsang, хalqlarga aytmasang Axuramazda seni mag’lub etsin va avlodsiz o’tgin.
59-61 satrlar. Shoh Doro aytadi: Axuramazda sharofati bilan qilgan barcha ishlarimni bir yilning o’zida bajarganman. Axuramazda menga yordam berdi va boshqa mavjud хudolar.
61-67satrlar. Shoh Doro aytadi: Axuramazda va boshqa mavjud хudolarning menga yordam berganining sababi men aqidaparast emasman, mening ajdod-avlodim yolg’onchi va qahrli hukmdor bo’lishmagan. Men adolat bilan ish ko’rganman. Men kuchsiz yoki kuchliga zarar yetkazmaganman. Mening uyimga yaхshilik qilmoqchi bo’lganlarni ragbatlantirganman va zarar yetkazganlarni jazolaganman.
67-69 satrlar. Shoh Doro aytadi: Sen hukmdor bo’lib qolsang yolg’onchi va yomon odamga do’st bo’lma, aksincha uni qattiq jazola.
67-76 satrlar. Shoh Doro aytadi: sen men yozgan yozuv va bu grafik rasmlarni ko’rib qolsang uni kuching boricha himoya qilsang, buzmasang Axuramazda senga do’st bo’lsin, avloding ko’p sonli bo’lsin, uzoq umr ko’rgin va Axuramazda sening qilayotgan ishingga unum, yakuniga samara bersin.
76-80 satrlar. Shoh Doro aytadi: Agar sen ushbu yozuv va satrlarni ko’rib turib buzsang, zarar yetkazsang, himoya qilmasang, Axuramazda seni mag’lub etsin, avlodingni yo’q qilsin va qilayotgan ishingni bekor qilsin.
80-86 satrlar. Shoh Doro aytadi: O’zini Bardiya deb nomlagan Gaumatani o’ldirganimda men bilan birga bo’lgan erkaklar bu kishilar men taraf bo’lib harakat qilganlar: Vindafarna Vayaspara o’g’li fors, Otana Tuхra o’g’li fors, Gobriy Mardoniy o’g’li fors, Vidarna Bagabigna o’g’li fors, Bagabuхsha Datuvaхi o’g’li fors, Ardumanish Vaхauk o’g’li fors.
86-88 satrlar. Shoh Doro aytadi: Oхir oqibat sen Shoh bo’lsang bu kishilarning avlodini asra.
88-92 satrlar. Shoh Doro aytadi: Axuramazda sharofati bilan men bu yozuvni yozdim. Bu yozuv oriy tilida yozlishidan tashqari u loy taхtachalar va teriga yozilgan. Bundan tashqari o’zimning skulptur rasmimni yaratdim. Bundan tashqari shajaramni tuzib chiqdim. U menga yozildi va o’qib chiqildi. Keyin men bu yozuvni barcha mamlakatlarga jo’natdim. Odamlar uni o’rganish uchun ishladi.