Jahon tarixi kafedrasi «epigrafika»


Badiiy asarlarda minatyura san`ati. Me'morchilik. Miniatyura



Download 16,75 Mb.
bet53/89
Sana14.06.2022
Hajmi16,75 Mb.
#670844
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
Bog'liq
мажмуа Эпиграфика (2020-2021)

Badiiy asarlarda minatyura san`ati. Me'morchilik. Miniatyura (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻʼjaz) tasviriy sanat asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham M. atamasi qoʻllanadi.
Badiiy miniatyuraning kitob va portret miniatyurasi kabi sohalari keng tarqalgan. Kitob miniatyurasida rasmlar rangli qilib tempera, guash, yelim, akvarel va boshqa boʻyoqdar bilan qoʻlda bevosita qoʻlyozma kitoblar varakdariga ishlanib, undagi naqshlar (sarlavqa, unvon, lavha va boshqalar) shu kitoblarning bezaklari bilan uygʻunlashgan. Miniatyura qadimdan maʼlum boʻlgan.
Miniatyuraga xalq ijodiyoti xususiyatlari kirib bordi. XIII-XV asrlar gotika miniatyurasida naturani haqqoniy ifodalashga intilish kuchaydi, rasmlar matn bilan izoxlandi, shakllar jonlandi, manzara, interyer, meʼmoriy hoshiyalarga keng oʻrin berildi.
Oʻrta asrlarda Sharqda miniatyuraning oʻziga xos maktablari shakllangan. Arab M.sida bir qator maktablar ajralib turadi: Misr, Suriya, Iroq; Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Hindiston qoʻlyozma kitoblarining barcha bezaklari oʻzaro uygʻunlikda bogʻlangan; chiziqli ritm, manzara, ranglarning nozik uygʻunligi ularning bezak tuzilishini belgiladi.
Miniatyura qoʻlyozma kitoblarning moʻʼjaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida XII-XIX asrlarda Sharqda keng tarqalgan. Avval ilmiy qoʻlyozmalar (mas, tabobatga oid Dioskoridning "Dorilar" risolasining arab tiliga tarjimasi, Abu Rayhon Beruniyning "Osar ulboqiya" — "Oʻtmishdan qolgan yodgorliklar", Qazviniyning "Nujum" — "Yulduzlar" va boshqalar), keyinchalik badiiy asarlar (Haririyning "Maqomot", "Kalila va Dimna", "Tarixi Tabariy" kabi asarlar)ga rasmlar ishlangan. Badiiy adabiyot, asosan, epik sheʼriyat — masnaviy, dostonlar (jumladan, Firdavsiyning "Shohnoma". Nizomiy, Xusrav Dexdaviy, Alisher Navoiylarning "Hamsa"lari, Jomiy, Saʼdiy, Hofiz Sheroziy va boshqalarning asarlari) qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan miniatyuralar alohida turkumni tashkil qiladi. Buyuk musavvir sifatida Sharkda Moniydan soʻng Juna-id Bagʻdodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, Gʻiyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va boshqalarning nomlari mashhur. Temuriylar davrida alohida varaqlarga miniatyura ishlash va ulardan muraqqa tuzish anʼanaga aylangan, alohida shaxslar tasviri (portreti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar davrida yuksak darajaga koʻtarilgan.
XIV asr oxirida Samarqandda Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyinchalik u Hirot miniatyura maktabinmng shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan; Amir Temur qurgan bogʻlardagi koʻshklar ham devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar saroylarida alohida kltobxonalar tashkil etilib, u yerda mohir xattot va kitobat axdi, jumladan, musavvirlar ham faoliyat koʻrsatgan (mas, Mirzo Boysungʻur kutubxonasida qirkdan ziyod xattot, yetmishdan ortiq musavvirlar ijod qilgani maʼlum). Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida ham kitobat sanʼati va miniatyura taraqqiyotiga katta eʼtibor berilgan. Temuriylar, Shayboniylar, Boburiylar davri M. asarlari jahonning eng nufuzli muzey, kutubxona va shaxsiy toʻplamlarida saqlanadi.
Usul va uslub jihatidan kitob miniatyurasi bilan, shuningdek, realistik sanʼatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bogʻlangan.
Oʻzbekiston hududida XX asr boshlariga kelib miniatyura sanʼatining rivoji toʻxtab qoldi. Usta Moʻmin, A. Siddiqiy, G. Nikitin, Ch. Ahmarov, T. Muhamedov kabi rassomlar ijodida miniatyura anʼanalari kuzatiladi. 70-80-yillarda miniatyura anʼanalarini tiklashga urinishlar boʻldi. Miniatyuraning haqiqiy taraqqiyoti Oʻzbekiston mustaqilligidan soʻng amalga oshdi.
Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. 1535-1536- yillarda qurilgan Mir Arab madrasasi, 1540-1541- yillarda bino qilingan Masjidi Kalon, 1549- yili Abdulazizxon qurdirgan koshinli xonaqoh, Mag’oki Attori masjidi (qayta ta'mirlangan), 1559- yili qurilgan Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Kitobfurushon, Karmanadagi hazrati Qosimshayx xonaqohi, 1582- yili qurilgan uch darvozali Timi Kalon, 1581- yili bino qilingan Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi, 1580- yili bino qilingan Govkushon madrasasi, 1586- yili qurilgan Fathulla qo’shbegi madrasasi, 1585- yili qurilgan Fayzobod xonaqohi, Do’stum madrasasi, 1577-1578- yillari qurilgan Abdullaxon madrasasi, Tim, Chorsu fikrimizning dalilidir. Samarqandda ham shayboniylar nomi bilan bog’liq binolar anchagina. Chunonchi, Shayboniyxon tomonidan qurila boshlab, 1515-1516- yillarda bitkazilgan Shayboniyxon madrasasi va Abdurahim Sadr madrasasi, Toshkentda bino qilingan Baroqxon madrasasi, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko’prik (1582) mashhurdir. Buxoroga kelgan ingliz elchisi Antoniy Jenkinson: „Buxoro juda katta shahar, unda g’ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko’p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo’qdir", - deb yozadi. Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo’lidagi sa'y-harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan. Chunonchi, Abdullaxon 1000 dan ortiq rabot va sardoba, ko’plab madrasa, masjid, ko’prik, suv omborlari qurdirgan. Buxoroda juda katta savdo markazi bunyod etilgan. Hukmdorlardan Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon xon va Abdullaxon II lar ilm, fan, ma'rifat homiylari edi. Shayboniylar davrida, ayniqsa, ilm-fanning tarix, tibbiyot sohalari, shuningdek, me'morchilik boshqa sohalarga qaraganda ilgarilab ketdi.



Download 16,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish