11-MAVZU: IX-XIV АSRLАR EPIGRАFIKАSI Reja: 1. Arab yozuvining paydo bo’lishi.
2. IX-XIV asrlardagi yozuvi turlarining shakllanishi.
Tayanch so`z va iboralar: Nabatiy yozuvi, Kufiy yozuvi, Gulli kufiy, Ummul –kitob, Muhaqqaq. Ibn Muqla, Rayxoniy yozuvi, Riqo yozuvi, Nasx yozuvi.
Asosiy qism: Arab yozuvining paydo bo’lishi. Eramizning dastlabki yillarida Arabiston yarim orolining yshimoliy - g’arbiy qismida Nabatiylar davlati mavjud bo’lib bu davlatning yozuvi oromiy yozuvi edi. Bu yozuv nabatiylar davlatida ishlatilganligi sababli nabatiylar yozuvi deb ham atalgan. Bu alifbo 22 belgidan iborat bo’lgan. Keyinchalik bu alifbodan xozirgi kunda Afrikaning shimoliy - g’arbiy qismidan Hindistongacha bo’lgan ulkan hududda amalda qo’llanib kelinayotgan va Arab Yozuvi deb ataladigan yozuv shakllangan.
Ilk arab yozuvining eng qadimgi yodgorliklari Janubiy Suriyadan topilgan bitiklar bo’lib, ular eramizning IV - VI asriga mansubdir. Erarnizning V - VI asriga kelib arab yozuvi shimoliy Afrikaga ham tarqalgan edi.
Arablar xayotidagi eng ulkan ijtimoiy - sixosiy va madaniy - ma'naviy burilish VII asrning boshlarida vujudga kelgan islom ta’limotidir. Bu ta'limotning beshigi o’sha davrdayoq umumarab ahamiyatiga ega bo’lgan savdo markazi Makka shaxridir. Islom ta’limotining va uning birinchi kitobi bo’lgan “Qur'oni Karim” ning sharofati bilan deyarli savodsiz xisoblangan ko’chmanchi arablar juda boy va rang - barang Yozuvga ega bo’lishgan, sivilizatsiyalashgan va madaniy xalqqa aylangan. Shuning uchun ham “Qur'oni Karim” kitoblarning onasi deb ataladi.
Islom dini ildiz otib, aholi bu dinga e'tiqod qilishga boshlaganidan keyin, Qur'on va arablarning o’sha davrdagi og’zaki she'riyati asosida arab adabiy tili shakllana boshlagan. Arablarning xarbiy soxadagi qo’lga kiritgan yutuqlari, islom dinining qo’shni hududlarda tarqalishi arab tilining obro’ - e'tiborini kuchaytirgan. VII asr oxirida (685 — 705 yy.) xalifa Abdulmalik davrida (ungacha to’rtta dastlabki xalifalar va Muoviya, Yazid, Marvonlar xalifalik qilishgan edi) xalifalikning poytaxti Damashqda barcha davlat muassasalari va rasmiy yozishmalarni faqat arab tilida olib borish xaqida farmon qabul qilindi va bu farmon xalifalikning barcha hududlari ucluni uinuiniy deb e'lon qilindi. Chiqarilgan bu farmon arab tili va yozuvining jamiyatda tutgan mavqeini yanada mustaxkamladi.
Arab tilining rivojlanishi, uning xalifalikka tobe bo’lgan hududlarda keng tarqalishi arab yozuvi va uning orfografiyasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Bu narsa esa, yozuvda isloh o’tkazish masalasini ko’ndalang qo’ydi. Bu isloxni amalga oshirishda o’sha davrda Iroqning hukmdori bo’lgan Al-Hajjojning tashabbusi va xizmati ulkan bo’lgan. Yozuvda o’tkazilgan bu isloxotning vaqti aniq bilingan emas. Ehtimol u bosqichma — bosqich uzoq muddat davomida amalga oshirilgan va 680 yildan 780 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan. Umuman arab yozuvida o’sha davrda o’tkazilgan isloxotning moxiyati qisqacha quyidagilardan iborat:
Yuqorida aytganimizdek, nabatiy yozuvi da 22 ta harf mavjud bolgan. Bu xarflar orasida 4 ta harf shaklan juda o’xshash bo’lgan. Ular deyarli bir xil yozilgan. Ilk arab yozuvida bu xarflarni bir — biridan farqlash uchun ularning ustiga yoki ostiga nuqtalar qo’yish joriy etilgan. Shundan keyin bu harflarning shakli bir xil yozilavergan va ular faqat tepa yoki pastdagi nuqtalar va ularning soni bilangina farqlangan. Huddi shunday uslub bilan nabatiy tilida bo’lmagan, lekin arab tilida mavjud bo’lgan undosh tovushlar uchun ettita harf ijod etilgan. Nabatiy yozuvidagi bitta harf arab tilida yo’q bo’lgan tovushni ifodalaganligi uchun u iste'moldan chiqarib yuborilgan. Shunday qilib 28 ta xarfdan iborat bo’lgan arab yozuvi shakllangan. Bu yozuvdagi bir — biridan shaklan farq qiladigan harflar nabatiy yozuvida bo’lgani kabi 15 tadir.
Nabatiy yozuvida so’z tarkibidagi xarflar asosan bir tomondan ulab yozilgan. Ilk arab yozuvida esa, xarflarning ko’pchiligi har ikki tomondan qo’shib yozilgan. Shu sababli shakllanib takomiliga etgan arab yozuvida har bir harfning so’z boshida, o’rtasida, oxirida yoziladigan va alohida shakllari ishlab chiqilgan va amalda qo’llana boshlagan. Istisno tariqasida 6 ta xarf ilgarigi xususiyatini saqlab qolgan va ular faqat o’ng tomondagi harf bilan qo’shib yoziladi. Shuning uchun ularning ikkitagina shakli mavjud, Shunday qilib, arab yozuvidagi 28 harfning 100 ta ko’rinishi shakllangan.
Ilk arab yozuvida ayrim harflarga nuqtalarning qo’yilishi, ko’pchilik xartlarning xar ikki tomondan qo’shib yoziladigan shakllarini ishlab chiqish bilan bir qatorda xarflarning o’zaro katta — kichiklik normalari ham ishlab chiqilgan.
Nabatiy yozuvida cho’ziq unlilar xarflar yordamida ifodalanar edi. Bu qoida arab yozuvida ham saqlab qolingan. Shuning uchun arab yozuvidagi harflari undosh tovushlarni ifodalash bilan birga cho’ziq a, u, i unlilarni ham ifodalaydigan bo’lgan.
Qisqa unlilar esa, alohida harflar yordamida emas, balki shu unlilardan oldingi xarflarning ostiga yoki ustiga qo’yiladigan zabar, zer, pech harakatlari bilan ifodalanadigan bo’lgan. Bu harakatlardan tashqari turli vazifalami bajaruvchi hir necha qo’shimcha harakatlar ham joriy etilgan.
Shunday qilib, “Qur'oni Karim” va o’sha davr og’zaki poeziyasi talaffuz normalariga to’la javob bera oladigan yozuv ishlab chiqilgan. Arablarning bu yozuv sistemasi VII asrning o’rtalariga kelib, takomiliga etgan.
Shu tariqa arablar chetdan olib kirgan yozuvni takomillashtirish yo’li bilan kelajakda yozma yodgorliklarni yaratish uchun juda qulay va ixcham yozuvga ega bo’lganlar. Bunda har bir undosh tovushni ifodalash uchun alohida harf mavjud bo’lgan. Unli tovushlar ham qo’shimcha belgilar yordamida yozilish imkoniga ega bo’lgan. Bundan tashqari bu yozuv ixchamligi bois tejamkor hisoblangan. Bu esa arab tilida kitob yozish an'anasining shakllanishida muxim shartlardan biri bo’lgan.