Jahon tarixi kafedrasi «epigrafika»


-MAVZU: QADIMGI INKLAR VA MAYYALAR EPIGRAFIKASI



Download 16,75 Mb.
bet39/89
Sana14.06.2022
Hajmi16,75 Mb.
#670844
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
Bog'liq
мажмуа Эпиграфика (2020-2021)

8-MAVZU: QADIMGI INKLAR VA MAYYALAR EPIGRAFIKASI
Rеjа:
1. Qadimgi inklar madaniyati va yozuvi.
2. Mayya afsonalari.
Tayanch so`z va iboralar: Amerika xalqlari, Kusko, Chichen-Itsa, tugunli xat, Diyego de Landa, Stefans va Kazervud.
Asosiy qism:
Qadimgi inklar madaniyati va yozuvi. Inklar va mayyalar – Amerika qit'asi yevropaliklar tomonidan kashf etilib mustamlaka qilinmasdan oldin Janubiy va Markaziy Amerikada yashagan xalqlar. Ushbu xalqlar (bugungi kunda ularni hindular deb atashadi) yuqori rivojlangan sivilizatsiyalarni yaratdilar va o'zlarining avlodlariga rivojlanishlarining haligacha ko'p sirlarini qoldirdilar.
Janubiy Amerikaning And tog’lari yon bag’rida minglab kilometrga cho’zilgan vohalarda inklar davlati vujudga kelgan. Kechua tillariga mansub inklar XII- XIII asrlarda Urubamba daryosi havzasida Kusko shahriga asos soladilar. Qo’shni qabilalar Kuskoga xavf solgan bir paytda 1438-yili kechualar birlashib bosqinchilarga zarba beradi. Ushbu g’alabadan so’ng Tauan Tinsuyyu (kechua tilida "dunyoning to’rt tomoni") davlati shakllana boshlaydi.
Inklar aymara, chimu va boshqa qabilalar yerlarini bosib olib And tog’laridan Tinch okeaniga qadar ulkan masofada o’z hokimiyatini o’rnatadilar. Bu davlatni oliy hukmdor - Sapa Inka (Oliy Inka) boshqargan. U "Quyoshning o’g’li", uning yerdagi ramzi sanalgan. Aholi shuningdek, turli tabiat kuchlari, yer va suv ilohlariga ham e’tiqod qilganlar. Bosib olingan hududlar aholisiga inklar o’z tartiblarini, madaniyatlarini o’tkazganlar. Natijada dastlab qabila nomi bo’lgan "ink" atamasi imtiyozlarga ega hukmron toifa - zodagonlarning umumiy nomiga aylandi.
Inklardan bo’lmagan aholi - jamoa bo’lib yashab hukmron toifa uchun ishlagan. Jamoa dehqonlar oilalaridan tashkil topib, ularning har biriga ma’lum yer, ekin maydoni biriktirib qo’yilgan. Jamoalar yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar. Mamlakatda rasman qulchilik bo’lmasa-da, jamoa a’zolari shafqatsiz ishlatilgan va deyarli huquqsiz bo’lgan.
Tog’lik hududlar dehqonchilik uchun noqulay edi. Natijada jamoa erkaklari tik qoyalar yonbag’rini o’yib toshlarning ustiga unumli tuproq yoyishgan. Bunday ekinzorlar tuprog’ini yomg’ir yuvib ketmasligi uchun, atrofi tosh devorlar bilan o’rab chiqilgan. Inklarda asosiy ekinlar kartoshka va makkajo’xori bo’lgan. Dehqonlar, shuningdek, qovoq, paxta, ananas, banan yetishtirganlar.
Yetishtirilgan hosil uchga: bir qismi ibodatxona kohinlari, ikkinchi qismi Oliy Inkaga berilgan, uchinchi qismi esa jamoaga qoldirilgan. Davlat omborlaridan to’plangan oziq mahsulotlaridan qo’shin va amaldorlarga berilgan. Urushlar, hosilsizlik yillari yoki turli tabiiy ofatlar paytida, barcha jabrlanganlarga davlat zaxirasidan makka doni va quritilgan kartoshka tarqatilgan.
Xo’jalikda chorvachilikning o’rni ham muhim bo’lib, tuyasimon lama va alpakalarni faqat go’shti va juni uchun boqishmasdan, ulardan yuk tashish uchun ham foydalanilgan. Inklarda hunarmandchilik yuksak rivojlangan. Oltin, kumush qazib olinib, ulardan buyumlar tayyorlash, kulolchilik va zargarlik, to’qimachilik, bo’yoqchilik, qurilish sohalari ayniqsa yuksalgan.
Poytaxt Kuskoni viloyatlar bilan bog’laydigan, umumiy uzunligi 15 ming kilometr bo’lgan tosh yo’llar barpo etilgan, viloyatlar orasida pochta xizmati o’rnatilgan. Maxsus choparlar yugurgan holda birbirlariga xabarni yetkazib, uni uzoq masofalarga eltishgan.
Zodagonlarning bolalari maxsus maktablarda o’qigan. Yozuv bo’lmagani sababli bolalar inklarning dini, boshqaruv tartibi, qonunlari va udumlariga oid ma’lumotlarni yodlaganlar. Inklarning o’ziga xos "tugunli xati" (kipu) bo’lib, uning sirlari faqat ruhoniylarga ma’lum edi. Inklarning matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, botanika va boshqa ilm-fan sohalarida chuqur bilimlari bo’lgan. Ularning aniq taqvimi 12 oyga bo’lingan. Tabiblar insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini amalga oshirishni bilganlar.
Machu-Pikchu Peru hududida joylashgan. 2007 yilda u «Yangi dunyo moʻjizasi» nomiga loyiq topildi. Machu-Pikchu koʻp yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi va 1532 yilda uning barcha aholisi sirli ravishda yoʻqoldi.
Eng qiziqarlisi, Machu-Pikchuning bir necha nomlari bor, deb hisoblanadi:. “inklarning yoʻqolgan shahri”, “bulutlar orasidagi shahar”, yoki “vayron shahar”.
Qadimgi inklar tark etgan sirli shahar Machu-Pikchu haqidagi eng qiziqarli maʼlumotni keltiramiz. Minoralar va uning atrofidagi binolardan iborat noyob majmua ham mavjud. Ushbu muqaddas majmua dushman qabilalarining hujumiga qarshi himoya qilish uchun va muqaddas joy sifatida foydalanilgan, deb hisoblashadi. Asosiy ink maʼbudi Machu-Pikchu shahrining gʻarbda qurilgan. Inshoot yaqinida terrasa va “Intiuatana” yoki “quyosh bogʻlangan joy”ga eltuvchi bir zinapoya bor.
Diniy marosimda qatnashadigan ruhoniylar Machu-Pikchu aholisi orasida katta obroʻga ega edilar. Bundan tashqari, “Intiuatana”dan osmon jismlari harakatini kuzatish uchun observatoriya sifatida foydalanish mumkin.
Inklar yuqori malakali quruvchilar edi. Koʻpgina hollarda toshlar turli burchaklarda bir-biriga qoʻshilib qurilgan.
Qizigʻi shundaki, bloklar orasidagi masofa juda zich boʻlib, hatto ustara tigʻi ham sigʻmasdi. Besh asrdan koʻproq vaqt oʻtsa ham devorlar hali ham yaxshi holatda.
Machu-Pikchu kashf etilgandan soʻng, minglab ekspeditsiyalar tashkil etilib, inklar oltinini topishga urindilar. Ispaniyaliklarni kshchrgan inklar ularni xudolar, deb oʻylashdi. Shu sababli ularga juda koʻp boyliklarini sovgʻa qilishdi.
Lekin ispanlar ularga yovvoyilar deb munosabatda boʻldilar, inklarning ushbu harakatini qadrlamadilar va ularni shafqatsizlarcha yoʻq qilishdi.
Machu-Pikchuning soʻnggi imperatorini oʻldirgandan soʻng konkistadorlar oltinning bir qismini nomaʼlum joyga yashirishga qaror qilishdi, ikkinchisini esa oʻz vatanlariga olib ketishdi.
Bugungi XXI asrda ham baʼzi odamlar qadimiy inklarning sirli oltinini topishga harakat qilishmoqda. 1930-yillarda Germaniya fashistlari tomonidan oltin yombilari topilgani haqida mish-mishlar mavjud. Baʼzilar uzoq vaqtdan buyon oltinlar Vatikanga tegishli ekanini taʼkidlashadi. Qanday boʻlmasin, hech kim bu xazinani topa olmadi. Xazinani qachondir haqiqatda topishlari mumkin, chunki Machu-Pikchu oxirigacha toʻliq oʻrganilmagan.

Download 16,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish