Gеnri Grоtеfеnd kаshfiyoti. Gettingen nomli nemis shaharchasidagi litseyda yunon va lotin tillaridan dars beruvchi yosh o’qituvchi Georg Gratofend yashardi. U yoshlik chog’idanoq jumboqli masalalarni yechishni yaxshi ko’rardi. U har qanday chigal masalani qo’liga olmasin albatta yechimini topardi. Bu sohada shaharchada unga teng keladigan yo’q edi.
1802 yilning yozida tasodifan Gratofendning qo’liga o’qish uchun o’n yillab vaqt sarflangan persepo yozuvlari haqidagi ma’lumot tushib qoladi. Bu yozuvni o’qishga urinish uning havasini keltiradi.
U dastlab qadimgi mixxat haqida yozilgan osxilarning barcha asarlarini o’qib chiqadi. Bundan tashqari, yunon fors urushlari hamda yozilgan ko’plab yunon tarixchilarining asarlarini ham o’qib chiqadi. Yana u ilk o’rta asrlardagi Eron tarixini ham chuqur o’rganadi10.
Gratofend Tihsen va Myunterning ba’zi tadqiqotlarini qabul qiladi, ya’ni qiyin mixxat belgisini so’zlarni ajratuvchi belgi sifatida qabul qiladi. Lekin Tihsenning gap boshida podsho unvoni keladi degan taxminini qabul qilmaydi. U Myunterning fikriga qo’shilgan holda bu yozuv Ahamoniylar davriga oid ekanligini , qadimgi fors tilidagi so’zlarning qanday o’qilisini o’rganishda faqat “Avesto”ga suyanish mumkinligiga asoslanadi.
Gratofend yozuvdagi ikkita bir biriga juda o’xshash belgini topadi va sosoniylar davrida hukumdorning qanday atalganligini eslaydi. “U buyuk hukumdor shohlar shohi… shohning o’g’li sosoniy” Gratofend davrida ham Eron shohlario’ziga shunga o’xshash unvonlar bilan atashar edi. Shunday qilib Gratofend yozuvdagi ko’p marotaba uchragan belgini “shoh” atamasini bildiruvchi belgi ekanligiga shubha qilmaydi. Endi qadimgi fors yozuvining kaliti uning qo’lida edi. Qolgan ishlarini u quyidagicha bajaradi: birinchi o’rinda shohning haqiqiy ismini qo’yadi. Ikkinchi o’ringa yozuvda ko’p uchragan shoh so’zini qo’yadi uchinchi noma’lum belgini “buyuk” deb tarjima qiladi- bu sosonuylar shohi titullaridan biri edi .
Undan keyin bizga tanish so’z keladi. “shohlar- shohi” to’g’ri ikkinchi “shoh ” so’zining oxirida qandaydir qo’shimcha belgi bir edi. Grotafendning fikricha, bu so’zga qo’shilgan gramatik qo’shimcha bo’lib, ko’plik qo’shimchasi bo’lishi mumkin degan xulosaga keladi va bu belgini “shohlar-shohi” deb tarjima qiladi. Qator oxiridagi ikki so’zlarni “o’g’il” va “ahamon” deb o’qiydi. Bu natijaga u sosoniylar shohlarining titullariga asoslanib ko’rilngandir. Va natijada shunday farazga keladi: “U, ulug’ shoh, shohlar shohi, u podshoning o’g’li, Ahamon” shundan keyin u ikkinchi qatorni deshifrovka qilishga kirishadi. Ikkinchi bitikdagi yozuv shoh ismi bilan boshlangan, ismlar boshqacha bo’lib, bundan tashqari, “shoh” so’zi to’rt marta emas, uch marta takrorlangan edi. Lekin shunisi harakterliki, bir so’z ikki marta qaytarilgan edi. Bu ikki marta takrorlangan so’z birinchi bitikda ikkinchi o’rinda bo’lib, shohning otasi sifatida kelgan edi. Birinchi bitikda ikkinchi o’rinda kelgan so’z , ikkinchi bitikda birinchi o’rinda kelgan edi.
Bu faktlarning hammasini o’rganib chiqqan, Grotofend shuni aniqlaydi, ikki yozuvda o’g’il, ota va bobo haqida gap ketayotganligini bilib oladi. Shundan keyin bu yerda aytib o’tilgan o’g’il va ota shoh bo’lib, bobo esa shoh bo’lmaganligiga shubha qilmaydi.
Endi faqat qadimgi erondagi Ahamoniylar dinastiyasining asoschisini aniqlash kerak edi. Qadimgi fors podsholarining hammasini ismi o’z davrida aniqlangan edi. Bular- Kir, Kambiz, Doro I, Kseroks, Artakseroks I, Kseroks II, Doro II, Artakseroks II, Artakseroks III, va Doro III lar edi. Bular ichida faqat ikkitasining otasi shoh bo’lmagan, bular Kir va Doro I lar edi.
Unday holda topilgan yozuvni quyidagi figuraga qo’ysak bo’ladi:
KAMBIZ – KIR – KAMBIZ
(o’g’il) (ota) (bobo)
KSEROKS I – DORO I – GIShTASP
(o’g’il) (ota) (bobo)
Shunday qilib Kambiz va Kseroks I larning bobolari shoh bo’lmagan.
Shundan bitikni quyidagicha o’qishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |