ANTROPOLOGIZM (yun. anthropos — inson, odam; 1o§oq — ta’limot) — inson
tabiat va jamiyatning eng oliy qadriyatidir, degan qarashga asoslanadi-gan goya. Unga
ko’ra, odamzot eng yetuk va oliy jon-zot, butun borliq inson va uning ehtiyojlari uchun
yaratilgan. Jamiyatning yetukligi insonga munosa-bat, unga yaratilgan shart-sharoitlar
b-n belgila-nadi. Fal. tarixida A. xilma-xil shakllarda namoyon bo’lgan. Qadimda
Konfutsiy, Suqrot, Forobiy, Be-runiy va Navoiy, 17-18-a. frantsuz ma’rifatpar-varlari,
Feyerbax va Nitsshe ijodida bu g’oyalar o’zining yaqqol ifodasini topgan. Hoz. zamonda
hayot fal.si, sotsial darvinizm, freydizm kabi oqim-larda A. goyasi uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |