OKKAMIZM — sxolastik falsafiy oqim. U. Okkam g’oyalari ta’sirida shakllangan;
Angliyaning Kemb-rij, Frantsiyaning Parij, Germaniyaning Geydelь-berg, Leyptsig,
Erfurt, CHexiyaning Praga, Polьsha-ning Krakov un-tlarida keng tarqalgan. O.ga ilmiy
bilimlar va fal.ning ilohiyotdan xalos bo’lishi uchun kurash xos edi. Unda mantiq,
bilish naz-yasi, tilshunoslik, tajriba va analitik usullarga asos-lanish, sxolastika va
metafizikani tanqid muhim o’rin egallagan. O. tarafdorlari atamalarni fal-iy taxdil
qilishga katga ahamiyat berganligi uchun bu ta’limot «terminizm» deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |