Jahon siyosati



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana09.08.2021
Hajmi0,79 Mb.
#142890
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
markaziy osiyoda mintaqaviy xavfsizlik masalalari

• 

•  • 



17

ta'minlashning muhim sharti qilib qo‘ymoqda.

Mudofaa  sohasida  normativ  bazaning  yaratilishiga  1991-yil  31-avgustda 

qabul  qilingan  " 0 ‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari 

to‘g‘risida"gi  Qonun  bilan  asos  solingan.  Bu  Qonunda  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Mudofaa  ishlari  bo‘yicha  vazirlik  tashkil  etish  va  mustaqil  harbiy  siyosat  olib 

borish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.

Respublika  Oliy Kengashi  1992-yil  14-yanvarda  qabul  qilgan  " 0 ‘zbekiston 

Respublikasi  hududida  joylashgan  harbiy  qismlar  va  harbiy  o‘quv  yurtlari 

to‘g‘risida"gi  Qaror  yuqorida  zikr  etilgan  qonunni  amalga  tatbiq  etish  yo‘lida 

tashlangan muhim qadam bo‘ldi.

17 Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati. Tmoyil, mexanizm va amaliyot. Jeneva. 2008.

23



Shundan  keyin  0 ‘zbekiston  Respublikasining  "Mudofaa  to‘g‘risida"gi 

Qonuni (1992-yil  3-iyul),  Oliy Majlisning "Harbiy qasamyod to‘g‘risida"gi Qarori 

(1992-yil 3-iyul), "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"  (1992- 

yil  3-iyul),  "Muqobil  xizmat  to‘g‘risida"  (1992-yil  3-iyul)  qonunlar,  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  "Milliy  xavfsizlik  Kengashini  tashkil  etish 

to‘g‘risida"gi  Farmoni  (1995-yil  1  may),  Oliy  Majlis  tomonidan  " 0 ‘zbekiston 

Respublikasining 

Harbiy 


doktrinasi" 

(1995-yil 

30-avgust), 

0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining Nizomlari  (1996-yil  dekabr),  boshqa  qonunlar 

va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qabul qilindi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  terrorizmga  qarshi  kurash  strategiyasini  ishlab 

chiqishda mintaqa miqyosida mavjud shartnomalardan, masalan, Evropa Kengashi 

1977-yilda  qabul  qilgan  Terrorizmga  qarshi  kurash  bo‘yicha  Evropa

konventsiyasidan  keng  foydalanmoqda.  Terrorizmga  qarshi  kurashda  Shanxay

• 

1

 



18 

hamkorlik tashkilotining roli oshib bormoqda.

Terrorizmga  qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik  ikki taraflama  darajada ham 

rivojlanmoqda.  Masalan,  Turkiya  Respublikasi  bilan  О  zbekiston  Respublikasi 

o‘rtasida  "Terrorizm,  giyohvandlik  vositalar  kontrabandasi  va  uyushgan 

jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  hamkorlik  to‘g‘risida"  qo‘shma  bayonot  qabul 

qilindi.

Shu jumladan  idoralararo  darajada ham terrorizmga  qarshi  kurash bo‘yicha 

ikki taraflama bitimlar Rossiya,  Turkiya,  Eron,  Hindiston va boshqa mamlakatlar 

bilan  tuzildi.  Terrorizmga  qarshi  kurash  bo£yicha  bitimlaming  asosiy  maqsadi  - 

terrorizmning  har  qanday  ko4rinishlarini  qoralash,  terrorchilik  harakati  qanday 

sababga ko‘ra  sodir  etilganidan  qat'i nazar,  uni  g‘ayrihuquqiy  deb  e'tirof etishdan 

iborat.  Bunda  terrorizmga  qarshi  kurash  to‘g‘risidagi  shartnomalar  bo‘yicha 

olingan majburiyatlar zamirida aut dedere, judicare (yo topshir, yo jazola) printsipi 

yotadiki,  bu  aybdorlar jazolanishining  muqarrarligini  ta'minlash  imkonini  beradi.

18 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009. B.156.

24



0 ‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  terrorizmga  qarshi  kurash  kontseptsiyasini 

amalga  oshirishda  BMT  yordami  va  ko‘magiga  suyanmoqda,  BMT  Bosh 

Assambleyasi  1994-yilda  qabul  qilgan Xalqaro  terrorizmga  barham  berish  chora- 

tadbirlari  to‘g‘risidagi  deklaratsiyada  belgilangan  normalarga  qat'iy  rioya 

qilmoqda.

Ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi  kurash  ularga  xalqaro  tashkilotlar kuch- 

g‘ayrati  qarshi  qo‘yilgan va Markaziy  Osiyo  davlatlari  bahamjihat harakat  qilgan 

taqdirdagina  samarali  bo‘lishi  mumkin.  1999-yil  oxirida  Qirg‘izistonning  0 ‘sh 

viloyati va 0 ‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hududida 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, 

Qirg‘iziston,  Tojikiston  va  Rossiya  qurolli  kuchlarining  vakillari  ishtirokida 

"Hamdo‘ stlikning 

janubiy 


qalqoni-99" 

qo‘shma 


qo‘mondonlik-shtab 

mashqlarining o‘tkazilishi bu yo‘lda tashlangan birinchi qadam bo‘ldi.

Rossiya Prezidenti V.Putinning 2000-yil  18-19-mayda 0 ‘zbekistonga rasmiy 

tashrifi  chog‘ida  ikki  davlat  boshliqlari  o‘rtasida  o‘tkazilgan  muzokara  ham 

xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ikki taraflama qo‘ shma chora-tadbirlar 

ishlab  chiqishda  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Muzokara  davomida  xalqaro 

terrorizmga qarshi kurashning zarurligi xususidagi pozitsiyalar to‘la mos kelishiga 

erishildi.  Bu  kurash  1999-yil  Toshkentda  0 ‘zbekiston  bilan  Rossiya  o‘rtasida 

tuzilgan  Harbiy  va  harbiy-texnikaviy  hamkorlik  to‘g‘risidagi  shartnoma  asosida 

amalga oshiriladi.

2000-yil  aprelda  Markaziy  Osiyo  davlatlarining  rahbarlari  Toshkentda 

imzolagan  to‘rt  taraflama  bitim  terrorizm,  siyosiy  va  diniy  ekstremizm,  xalqaro 

uyushgan  jinoyatchilikka  hamda  mamlakatlar  barqarorligiga  boshqa  tahdidlarga 

qarshi kurashda hamkorlikning huquqiy negiziga aylandi.

Markaziy Osiyoda ish olib borayotgan ekstremistlar o‘ziga e'tibomi qaratish

va boshqa  davlatlar  ko‘magidan  foydalanish  uchun  har  xil  diniy  shiorlami  niqob

qilib  olmoqdalar.  Islom  ekstremizmi  ilgari  asosan Yaqin  Sharqda o‘zini namoyon

etgan  bo‘lsa,  kofir  "sho‘roviylar"ga  qarshi  kurashda  mujohidlar tayyorlash uchun

lagerlar va bazalar tashkil etilgan Afg‘onistondagi 20 yillik urush munosabati bilan

25



u  o‘z  doirasini  ancha  kengaytirdi.  Jahon  axborot  agentliklarining  ma'lumotlariga 

ko‘ra,  Afg‘oniston  hududida  "Tolibon"  harakati  ixtiyorida  maqsadi  Markaziy 

Osiyo  mintaqasidagi vaziyatni  beqarorlashtirishdan  iborat bo‘lgan  bir necha lager

uzoq vaqt mobaynida ish olib borgan.

Islom  aqidaparastlari  "dastlabki"  islomga  qaytish,  xalifalik  ko‘rinishida 

islom  davlati  qurish,  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy va  diniy  madaniy hayotni  Qur'oni 

karim  va  Shariat  asosida  qurish  g‘oyasini  ilgari  surmoqdalar.  Agar  ta'sirchan 

choralar  ko‘rilmasa,  diniy  ekstremizm  islohotlar  va  demokratik  o‘zgarishlarga

katta zarar etkazishi mumkin.

Markaziy  Osiyo  davlatlari  sharoitida  islom  aqidaparastlari  o‘z  siyosiy 

maqsadlariga erishish uchun terrorchilik tadbirlari uyushtirish usulidan tobora ko‘p 

foydalanmoqdalar. Masalan,  1997-yil oktyabrda Namangan tumanida ular mahalliy 

amaldorlar  va  militsiya  xodimlariga  bir  necha  suiqasdlar  uyushtirdilar,  mahalliy 

aholini  hukumatga  qarshi  chiqishlar  qilishga  da'vat  etdilar.  1997-1998-yillarda 

vahhobiylar  shunday tadbimi  Qirg‘iziston janubida o‘tkazdilar,  1999-yil  fevralida 

esa  ular  0 ‘zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimovga  qarshi  terrorchilik  tadbiri 

uyushtirdilar.19

Markaziy  Osiyo  davlatlari  terrorchilaming  kirdikorlariga  o‘z  uyushqoqligi

va birdamligini qarshi qo‘ymoqdalar.

Toshkentda  bo‘lib  o‘tgan  bir  qancha  xalqaro  anjumanlar,  seminarlar  va 

uchrashuvlarda xavfsizlik masalalariga doir muhim huquqiy hujjatlar qabul qilindi: 

Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va  hamkorlik  masalalari  bo‘yicha  Toshkent 

seminar-kengashi (1995-yil  15-16-sentyabr);

|

"Markaziy  Osiyo  -  yadro  qurolidan  xoli  hudud"  xalqaro  konferentsiyasi



(1997-yil  15-16-sentyabr);

Afg‘oniston  masalasi  bo‘yicha  "6  2"  guruhining  Toshkent  uchrashuvi  va

unda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma'ruzasi.

19 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009. B.160.

26



Mamlakatimiz  Toshkentda  bir  necha  konferentsiyalar  o‘tkazgan  EXHT 

yig‘ilishlarida faol  ishtirok etmoqda. Ular orasida demokratiya va inson huquqlari 

masalalariga  bag‘ishlangan xalqaro  konferentsiya  ayniqsa muhim  о  rin  egallaydi. 

0 ‘zbekiston NATO  doirasida amalga oshirilayotgan  "Tinchlik yo‘lida hamkorlik" 

dasturiga qo‘shildi va mazkur dastur doirasida o‘tkazilayotgan mashqlarda ishtirok 

etmoqda.  0 ‘zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov  NATO  nafaqat  Evropada,  balki 

keng  Evrosiyo  mintaqasida  ham  barqarorlik  omiliga  aylanishi  mumkinligini 

ta'kidladi.20

Jahon  hamjamiyatiga  qo‘shilish  va  jahon  huquqiy  tartibotini  o‘matishda 

ishtirok  etish  -  bu  avvalo  BMT  faoliyatida  ishtirok  etish  demakdir.  О zbekiston 

BMTga,  uning  tinchlikni  saqlash  borasidagi  ulkan  salohiyatini  hisobga  olgan 

holda,  mamlakat  jahon  tizimiga  qo‘shilishining  muhim  vositasi  sifatida 

qaramoqda.

BMT universal kollektiv xavfsizlik tizimining negizi hisoblanadi.  Tashkilot 

Ustavida  uning jahonda tinchlikni  barqaror  etish  uchun  samarali  kollektiv  chora- 

tadbirlar  ko‘rish  borasidagi  vakolatlari  mustahkamlab  qo‘yilgan.  Bu  vakolatlar 

tinchlikni barqaror etishning eng muhim preventiv choralari sifatida nizolami tinch 

yo‘l bilan hal qilishni  (2-moddaning 3-bandi va IV bob), kuch ishlatish yoki kuch 

ishlatish  bilan  qo‘rqitishni  taqiqlashni  (2-moddaning  4-bandi),  xalqaro  vaziyatni 

beqarorlashtirishi  mumkin  bo‘lgan  turli  xalqaro  muammolami  hal  qilishda  keng 

hamkorlikni  (1-moddaning  3-bandi,  IV  va  IX  boblar),  qurollanishni  cheklashni 

Ь я т Н я  

qurolsizlanishni  (11,  26,  47-moddalar)  o‘z  ichiga  oladi.  Xalqaro 

mojarolami tinch yo‘l bilan hal qilishning iloji bo‘lmasa, BMT  qurolli kuchlardan 

foydalanmasdan  (41-modda)  yoki  ulaming  yordamida  (42-modda)  majburlov

choralarini ko‘rishi mumkin.

Ustavning 40-moddasi qoidalari asosida "er kurrasining qaynoq nuqtalarida" 

harbiy  kuzatuvchilar  missiyalari  va  BMT  bayrog‘i  ostidagi  qurolli  kuchlar

20 Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati. Tmoyil,  mexanizm va amaliyot. Jeneva. 2008.

27



yordamida tinchlikni  saqlash bo‘yicha BMT operatsiyalarini  o‘tkazish barqaror va 

samarali  amaliyoti  shakllangan.  BMT Ustavining VIII  bobida mintaqa miqyosida 

kollektiv  xavfsizlik  xalqaro  tashkilotlarini  tuzish  imkoniyati  nazarda  tutilgan 

bo‘lib,  ular  BMT  maqsadlari  va  printsiplariga  mos  kelishi,  muayyan  geografik 

hudud  doirasidagi  nizolargagina  taalluqli  bo‘lishi  va  shu  doiradan  chetga 

chiqmasligi kerak.

Bunday tashkilotlar qatoriga quyidagilar kiradi: Evropada -  1949-yildan beri 

faoliyat  ko‘rsatib  kelayotgan  SHimoliy  Atlantika  shartnomasi  tashkiloti  (NATO) 

va Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti  (EXHT); Evrosiyo qit'asi doirasida 

1992-yildan  beri  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligiga  a'zo  davlatlami  o‘z  ichiga 

olgan  kollektiv  xavfsizlik  tizimi  va  mazkur  Tashkilotning  ta'sis  hujjatlari  va 

keyingi  hujjatlariga  muvofiq  yaratilgan  mexanizmlar  shakllanmoqda;  tegishli 

mintaqa  davlatlariga  qarshi  agressiya  yuz  bergan  holda  kollektiv  chora- 

tadbirlardan  foydalanish  imkoniyati  Arab  davlatlari  ligasi,  Afrika  birdamlik

tashkiloti  va  Amerika  davlatlari  tashkilotining  ta'sis  hujjatlarida  va  ular  bilan

•  • 


*

2

1



 

bog‘langan boshqa hujjatlarda ham nazarda tutilgan.

Xalqaro xavfsizlik huquqining  shakllanishi va rivojlanishida qurolli kuchlar 

va qurollanishni cheklash va qisqartirishga, urush olib borishning ayrim o‘ta xavfli 

vositalarini  yo‘q  qilib  tashlashga,  qurolsizlanishga  qaratilgan  ko‘p  taraflama 

xalqaro  bitimlar  muhim  rol  o‘ynamoqda.  Ulaming  orasida  1972-yilgi 

Bakteriologik  (biologik)  va  zaharli  qurollami  ishlab  chiqish,  yasash  va  ulaming 

zaxiralarini to‘plashni taqiqlash hamda ulami yo‘q qilish to‘g‘risidagi konventsiya, 

1963-yilgi  Atmosfera,  koinot  bo‘shlig‘i  va  suv  ostida  yadro  qurolini  sinovdan 

o‘tkazishni  taqiqlash  to‘g‘risidagi  shartnoma, 

1968-yilgi  Yadro  qurolini 

tarqatmaslik  to‘g‘risidagi  shartnoma,  1971 -yilgi  Yadro  qurolini  va  ommaviy 

qirg‘in  qurolining  boshqa  turlarini  dengizlar  va  okeanlar  tubida  va  uning  ostida 

joylashtirishni  taqiqlash  to‘g‘risidagi  shartnoma,  1967-yilgi  Lotin  Amerikasida

21 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009. B.163.

28



yadro  qurolini  taqiqlash  to‘g‘risidagi  shartnoma  alohida  o‘rin  egallaydi.  Bu  va 

boshqa  shunga  o‘xshash  ko‘p  taraflama  hujjatlar  ayni  shu  tartibga  solish 

ob'ektlariga doir ko‘p sonli ikki taraflama shartnomalar bilan to‘ldiriladi.

1996-yilda  Yadro  sinovlarini  yalpi  taqiqlash  to‘g‘risidagi  shartnomaning 

qabul  qilinishi  xalqaro  xavfsizlik huquqining  shakllanishida muhim  voqea bo‘ldi. 

SHartnomaning  1-moddasiga  muvofiq  har  bir  ishtirokchi  davlat  yadro  qurolini 

sinov  tarzida  portlatmaslik  va  umuman  hech  qanday  yadro  portlashini  amalga 

oshirmaslik,  shuningdek  o‘z  yurisdiktsiyasi  yoki  nazorati  ostidagi  har  qanday 

joyda shunday yadro portlashini taqiqlash va oldini olish majburiyatini oladi.

Ishtirokchi  davlatlar  Yadro  sinovlarini  yalpi  taqiqlash  to‘g‘risidagi 

shartnoma  Tashkilotini  ta'sis  etdilar.  Tashkilot  qarorgohi  Vena  shahrida 

joylashgan.  Tashkilotning  oliy  organi  -  ishtirokchi  davlatlar  Konferentsiyasi. 

Tashkilot ijroqo‘mi  51  a'zodan  iborat.  SHartnomaga rioya  etilishi  ustidan nazorat 

olib  borish  maqsadida  nazorat  rejimi  ta'sis  etiladi.  U  xalqaro  monitoring  tizimi, 

maslahatlashish va tushuntirishlar berish, joyda inspektsiya o‘tkazish va ishonchni 

mustahkamlash chora-tadbirlaridan iborat.

Xalqaro-huquqiy hujjatlar qoidalarining bajarilishi ustidan milliy va xalqaro

chora-tadbirlar  yordamida  nazorat  o‘matish  mazkur  hujjatlar  asosida  xavfsizlikni

ta'minlashning  samarali vositasi hisoblanadi. Masalan, yuqorida zikr etilgan  1968-

yilgi  Shartnomaga  muvofiq  nazorat  vazifalari  MAGATEga  yuklatilgan  bo‘lib,  u

inspektsiya tadbirlari  o‘tkazishi  mumkin;  MAGATE  bilan  bir  qatorda,  1967-yilgi

Shartnoma  inspektsiya  o‘tkazish  vakolatini  Lotin  Amerikasida  yadro  qurolini

taqiqlash agentligiga beradi;  1993-yilgi Kimyoviy qurollami taqiqlash to‘g‘risidagi

konventsiyada  bu  borada  xalqaro  inspektsiyalar  o‘tkazish  vakolatiga  ega  bo‘lgan

kimyoviy  qurollami  taqiqlash  tashkilotini  tuzish  nazarda  tutilgan;  1971-yilgi

Shartnomada unga rioya etilishini tekshirishning milliy va xalqaro  chora-tadbirlari

va vositalarini uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan;  shunga o‘xshash tizim  1977-yilgi

Tabiiy  muhitga  ta'sir  ko‘rsatish  vositalaridan  harbiy  yoki  boshqa  har  qanday

dushmanlik  maqsadlarida  foydalanishni  taqiqlash  to‘g‘risidagi  konventsiyada

29



belgilab  qo‘yilgan:  u  aralash  konsultatsion  mexanizmlami  yaratish  imkoniyatini 

ko‘zda tutadi.




Xulosa

Davlatlar o‘rtasidagi nifoq sabablarini bartaraf etish va xalqaro keskinlikning 

oldini  olish xalqaro xavfsizlikni ta'minlashning eng ishonchli vositasi hisoblanadi. 

Butun  hozirgi  zamon  xalqaro  huquqi  shunga  qaratilgan.  Biroq  xalqaro 

munosabatlarda shu maqsadga qaratilgan bir qancha muayyan chora-tadbirlar ham 

ishlab chiqilgan.

Bunday chora-tadbirlar odatda bir necha guruhga bo‘linadi:

a) kollektiv xavfsizlik tizimlari tashkil etish;

b) qurollanishni cheklash hamda qurollanish ustidan nazorat o‘matish;

v) o‘zaro ishonchni mustahkamlash va nazorat chora-tadbirlari.

Kollektiv  xavfsizlik  -  bu  davlatlar  tinchlikka  tahdidni  bartaraf  etish  va

agressiya  harakatlarini  to‘xtatish  maqsadida  birgalikda  amalga  oshiradigan 

tadbirlar  tizimi.  Umumiy  kollektiv  xavfsizlik  tizimi  va  mintaqaviy  tizimlar 

farqlanadi.

Qurolsizlanish - insoniyatning azaliy orzusi.  Qurolsizlanishga xavfsizlikning 

eng ishonchli kafolati  sifatida qaraladi.  BMT Ustavi Bosh Assambleyaga "xalqaro 

tinchlik  va  xavfsizlikni  saqlash  ishida  hamkorlikning  umumiy  printsiplarini,  shu 

jumladan  qurolsizlanishni  hamda  qurollanishni  tartibga  solishni  belgilab  beruvchi 

printsiplami ko‘rib chiqish" vakolatini bergan.

Bu g‘oya bir qancha xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘z  aksini topgan.  Shunga 

qaramay, qurolsizlanish g‘oyasi ijobiy huquq normasiga aylangani yo‘q.

Amalda qisman qurolsizlanish, qurol-yarog‘lami qisqartirish to‘g‘risida so‘z 

yuritiladi. Awalo eng xavfli qurol turlari, chunonchi:

1. Kimyoviy va bakteriologik qurol;

2. Yoriluvchi o‘qlar va yondiruvchi qurol;

3. Lazerli qurol;

4. Urush olib borishning ekologik vositalari va usullari;

5. Yadro quroli qisqartirildi.

31



Har  qanday  mamlakat  boshqa  davlatlar  orasida  o‘z  suverenligini  saqlab 

qolish maqsadida doim o‘z xavfsizligini mustahkamlash haqida qayg‘uradi. Bunda 

davlat mazkur maqsadga qanday vositalar yordamida  erishishi  muhimdir.  Hozirgi 

zamon  qurolining  xususiyati  biron-bir  davlatga  o‘z  xavfsizligini  faqat  harbiy- 

texnika  vositalari,  qurol-aslaha  va  qurolli  kuchlami  ko‘paytirish  bilan  taminlash 

imkonini  bermaydi,  chunki  hozir  nafaqat  yadro  urushida,  balki  qurollanish 

poygasida  ham  yutib  chiqish  mumkin  emas.  Bugungi  kunda  davlatning 

xavfsizligini ta'minlashda siyosiy, shu jumladan yuridik vositalardan foydalanishni 

ustun qo‘yish zarurligi ayon bo‘lib qoldi.

#

32





Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish