Jahon savdo
tashkiloti
Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) (
inglizcha
: World Trade Organization,
fransuzcha
: Organisation
Mondiale du Commerce,
ispancha
: Organización Mundial del Comercio) —
1995-yilda
aʼzo-
davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga
solish maqsadida tashkil etilgan. JST
1947-yil
tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General
Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi.
Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan
tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida
faoliyat olib boradi.
1995-yilda
1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha
Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan.
BMT
tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya
Jenevada
. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab
chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini
erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish,
davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi. JSTning
oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta
Jahon Savdo Tashkiloti
inglizcha
:
World Trade Organization
fransuzcha
:
Organisation Mondiale du Commerce
ispancha
:
Organización Mundial del Comercio
Jahon Savdo Tashkiloti aʼzolari (toʻq yashil rangda), Jahon Savdo Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi
aʼzolari (och yashil rangda), kuzatuvchilar (koʻk rangda)
Ishga tushgan sanasi
1 Yanvar
1995
Joylashuvi
Centre William Rappard,
Jeneva
, Shveysariya
Til(lar)i
ingliz tili
,
fransuz tili
,
ispan tili
oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi
boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy
qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli
tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan.
Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda
mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi,
oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133
mamlakat toʻla huqukli aʼzo, 30 mamlakat, shu jumladan
Rossiya
,
Oʻzbekiston
, Qozogʻiston
JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza
bergan
[1]
. 2021-yil fevral oyida nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala JST bosh direktori
etib tayinlangan. Ngozi Okonjo-Iveala tashkilot tarixidagi ilk ayol direktordir
[2]
.
BMT
Bojxona ittifoqi
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2.
„Jahon savdo tashkilotiga birinchi marta ayol kishi rahbar etib tayinlandi“ (https://bugun.uz/oz/2021/
02/15/zhahon-savdo-tashkilotiga-birinchi-marta-ayol-kishi-rahbar-etib-tajinlandi)
. Bugun.uz.
Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Jahon_s
avdo_tashkiloti&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Yana q.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 kunlar avval
Rtfroot
tomonidan amalga oshirildi
title=Jahon_savdo_tashkiloti&old
id=2513888
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |