Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif



Download 175 Kb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi175 Kb.
#254682
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif

15-jadval.

Jahonda va «birinchi o’nlik» mamlakatlarida qand ishlab chiqarish



Shakarqamish qandiandi

Qand lavlagi

Butun jahon va mamlakatlar

mln. t.

Butun jahon va mamlakatlar

Mln. t.

Butun jaxon

70,0

Butun jahon

40,0

Hindiston

9,9

Ukraina

7,0

Kuba

7,6

Fransiya

4,1

Braziliya

7,3

Rossiya

4,0

Tailand

4,3

AQSh

3,6

Xitoy

3,7

GFR

3,1

Meksika

3,6

Polsha

1,8

Avstraliya

3,5

Turkiya

1,8

Indoneziya

2,3

Italiya

1,7

AQSh

2,2

Buyuk Britaniya

1,3

JAR

2,2

Niderlandiya

1,1

O’uvvat beruvchi ekinlarga choy, kofe hamda kakao kiradi. Choyning vatani Xitoy bo’lib, Tak dinastiyasi davridayoq (VII-X asrlar) keng tarqalgan edi. Taxminan shu davrlarda choy Xitoydan Yaponiyaga o’tdi. Yevropada, avvalo Angliyada choy iste’molda foydalanila boshlandi. Osiyo mamlakatlarida Ost-Hind savdo aloqalari kompaniyasi boshlanganidan so’ng, ya’ni XVII asrdagina ma’lum bo’ldi. Rossiyada ham choy XVII asrda iste’mol qilina boshlandi. Uzoq vaqt uni «mustamlaka mahsuloti» deb ataldi. Yevropaga keliboq mazkur ichimlik ommaviylashib ketdi, bu esa XIX asrda choy plantatsiyalarining - avvalo Hindistonda, so’ngra Tseylonda (Shri-Lanka) hamda Keniyada paydo bo’lishiga olib keldi.

Kofening vatani Efiopiya tog’liklari bo’lib, bu yerlarda mazkur ekin turini taxminan ming yillar ilgari etishtira boshlangan. Uning nomlanishi ham Efiopiya provintsiyasi hisoblangan Kafa nomidan olingan deb hisoblanadi. XI asrda kofe Yamanga keltirilib, undan Mox porti orqali Yevropaga olib ketilgan. Shu bois ham uzoq vaqt kofeni «mokko» deb ataganlar. O’rta asr oxirlariga kelib kofeni Italiyada, Fransiyada, Angliya Niderlandiyasida, shuningdek boshqa Yevropa mamlakatlarida iste’mol qila boshlaganlar. O’sib borayotgan talabni qondirish maqsadida uni maxsus plantatsiyalarda yetishtira boshladilar: shunday plantatsiyalardan dastlabkisi Yava oro’lida XVII asrda gollandiyaliklar tomonidan asos solingan. XVIII asr boshlarida bir qancha kofe doni taqdir taqozosi bilan Frantsuz Gvianasiga va u yerdan Braziliyaga kelib qoladi. Bu yerda mazkur ekin turi o’zining ikkinchi vatanini topadi.

N.I.Vavilov kakao vatani deb Meksika tog’larini hisoblaydi. XIX asr boshlarida ushbu ekin va undan olinadigan shokolad avvalo Ispaniyada, so’ngra esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida ma’lum bo’ldi. Kakao plantatsiyalari Gviney bug’ozining qirg’oqlarida tashkil etildi.

Jahonda kofe ishlab chiqarish bugungi kunda 6 mln. t.. Choy hamda kakao esa 2,5 mln. t.ni tashkil etadi. Shunisi qiziqarliki, o’nta o’ta «choyli» mamlakatning sakkiztasi Osiyoda, o’nta o’ta «kofeli» mamlakatning beshtasi Amerikada, uchtasi Afrikada va ikkitasi Osiyoda, o’nta asosiy kakao ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning to’rttasi Afrikada, to’rttasi Amerikada va ikkitasi Osiyoda joylashgan. Ayni paytda choyni eng ko’p Hindiston, kofeni Braziliya, kakaoni -Kot-d Ivdar eksport qiladi. Lekin ularning asosiy iste’molchilari - AQSh bo’lib, kofe va kakao importi bo’yicha birinchi o’rinda, shuningdek Yevropa mamlakatlari va Yaponiya hisoblanadi. MDH mamlakatlari ham o’zining kofe va kakaoga bo’lgan ehtiyojini rivojlanayotgan mamlakatlar importi hisobiga, choyga bo’lgan extiyojini 2/3 qismini Gruziya va 1/3 qismini rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga kondiradi.
v) Nooziq-ovqat ekinlari

Nooziq-ovqat ekinlari tarkibida paxta, tabiiy kauchuk hamda tamaki muhim ahamiyat kasb etadi.

Paxta ekin maydonlari dunyoda 35 mln. ga ni tashkil etadi. Ular asosan shimoliy yarim sharning 200 va 400 shimoliy kengliklari oralig’ida mujassamlashgan. Paxta tolasi ishlab chiqarish jahonda asta-sekin o’sib borib, 18 mln. t. yetdi. O’z navbatida xalqaro paxtachilikni rayonlashtirish quyidagi o’ta yirik hamda yirik rayonlarni ajratish imkoniyatini beradi.

Birinchidan, bu Sharqiy, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo bo’lib, Xitoy (4,5 mln. t.) Hindiston hamda Pokiston (1,5 mln. t. dan), Tailand asosiy ishlab chiqaruvchilar sifatida namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, MDH doirasida O’rta Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlari bo’lib, bu yerda yirik ishlab chiqaruvchi - O’zbekiston (1,5 mln. t.) hisoblanadi. Uchinchidan, Janubi-g’arbiy Osiyo, bunda Turkiya (0,7 mln. t.), Eron, Iroq Suriya, Afg’oniston alohida o’rin tutadi. To’rtinchidan, bu Shimoliy va Sharqiy Afrika, Misr, Suriya, Efiopiya, Uganda, Tanzaniya. Beshinchidan, G’arbiy va Markaziy Afrika - Nigeriya, Kamerun, Zair. Oltinchidan, Janubiy Afrika, Mazombik, Madagaskar. Ettinchidan, Shimoliy va Markaziy Amerika, avvalo AQSh (3,4 mln. t.) hamda Meksika. Sakkizinchidan, Janubiy Amerika - Braziliya (0,7 mln. t.), Argentina, Venesuela, Peru. To’qqizinchidan, bu Avstraliyadir.

Jahon savdo shaxobchalariga har yili 5-6 mln. t., asosan o’rta tolali paxta tolasi keltiriladi. Asosiy eksportchilar –AQSh (1,7 mln.t.), so’ngra O’zbekiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Afrika mamlakatlari, Paragvay, Avstraliya. Import geografiyasini asosan ikki region belgilab beradi:

1. Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo (Yaponiya, Tayvan, Koreya Respublikasi, Gonkong, Tailand, Indoneziya)

2. Yevropa (Italiya, GFR, Fransiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya va boshqalar).

Uzun tolali paxta qimmatbaho ahamiyat kasb etadi (Misr, Peru, Turkmaniston) 1998 yilda jahonda tabiiy kauchuk etishtirish 5,5 mln.t.ga yetgan bo’lsa, uning 90% Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari: Malayziya (1,3 mln), Indoneziya va Tailand (1,2 mln. t. dan), shuningdek, Hindiston, Shri-Lanka, Filippin hissasiga to’g’ri keladi. Gavayaning yirik plantatsiyalari shuningdek, Liberiyada ham mavjud. Mazkur ko’rsatib o’tilgan mamlakatlar ayni paytda kauchuk eksport qiluvchi asosiy mamlakatlar ham hisoblanadi.

Tamaki yetishtirish bilan dunyoda 30-35 mln. kishi shug’ullanadi, uni tarqatishdan keladigan daromaddan esa 100 mln kishi xayot kechiradi. Jahonda tamaki kukuni yetishtirish 7 mln. t. ga etdi. Uni eng ko’p etishtiruvchi mamlakatlar doirasiga Xitoy (2,7 mln.t.), AQSh, Hindiston, Braziliya va MDH mamlakatlari kiradi. Italiya, Gretsiya, Bolgariya, Turkiya, Indoneziya, Yaponiya va Kubada tamaki oz miqdorda yetishtiriladi. Sigareta ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda AQSh birinchi (700 mlrd. dona), MDH mamlakatlari ikkinchi o’rinda turadi. AQSh tamaki sanoati asosan o’z xom-ashyosi hisobiga, Yevropa tamaki sanoati esa Xitoy, Hindiston, Braziliya, shuningdek boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardan keltiriladigan tamaki mahsuloti hisobiga rivojlanib bormoqda. Tamaki ishlab chiqarish va iste’mol qilish Yevropa va Shimoliy Amerika kabi chekishga qarshi ommaviy xarakat kengayib borayotgan mamlakatlarga nisbatan rivojlanayotgan davlatlarda tezroq o’smoqda.

Keyingi davrlarda narkotik o’simliklar hamda opium, marixuana, gashish va boshqa narkotik moddalar ishlab chiqarish sezilarli darajada ortdi. Ularni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tarkibida «oltin yarim oy» (Pokiston, Afg’oniston, Eron) hamda «oltin uchburchak» (Tailand, Laos, Myanma) mamlakatlari, shuningdek Lotin Amerikasining ayrim davlatlari, asosan Kolumbiya alohida o’rin tutadi. Dunyo davlatlari tarkibida 30 dan 50%gacha bo’lgan narkotik moddalar AQSh hissasiga to’hri keladi.



Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish