Jahon otin Uvaysiy



Download 116,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.07.2022
Hajmi116,98 Kb.
#811429
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon otin Uvaysiy - Vikipediya

Chiqib ishq oʻti…
Chiqib ishq oʻti koʻksim chokidin, boshimdin oshibdur, 
Quruq shoxeki, goʻyo oʻz ichidin oʻt tutoshibdur. 
Koʻzing jon labga yetkurdi, labing jon qoʻshti jonimgʻa, 
Bu ikki doʻstlar ul joni mahzunim taloshibdur. 
Azal kunda asar etgandi sirri may qulogʻimgʻa, 
Bugun, vah, dil bulogʻI joʻsh urmoqliqda toshibdur. 
Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda, 
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur. 
Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin, 
Suluki ishq aro be yodi haq yoʻldin odoshibdur. 
Munosib
Ey gul, jigarim qoni uzoringgʻa munosib, 
Yuz porali koʻksum dagʻI xoringgʻa munosib. 
Sarf aylama ham bexabara laʼli hadising, 
To qahru gʻazab ham meni zoringgʻa munosib. 
Tun sogʻarida sharbati bedorligʻ ichsang, 
Mastonaligʻ ul chashmi xumoringgʻa munosib. 
Bu soʻzni ayladi barpo ajab gustohliq birla, 
Maloli xotir oʻlgʻaymu, koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi. 
Ajab ash’ori mavzun bogʻladi Vaysiy hasaddinkim, 
Umarxon zufununekim, koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi. 


Sogʻindim
Bugun, ey doʻstlar, farzandi jononimni sogʻindim, 
Gado boʻlsam, ne ayb, ul shohi davronimni sogʻindim. 
Musofirman, gʻaribman, bekasu ham benavodurman, 
Vujudim darda toʻldi, emdi darmonimni sogʻindim. 
Tilimning zikriyu koʻnglimni fikri, yaxshi farzandim, 
Azizim, yolgʻuzim, davlatli sultonimni sogʻindim. 
Kecha-kunduz yoʻligʻa muntazirdurman, tikarman koʻz, 
Kelib holim soʻrubon ketsa, mehmonimni sogʻindim. 
Nasibin uzmadi tangrim, ilojin topmagʻay kelsa, 
Onam deb boʻlgʻusi bagʻri qizil, qonimni sogʻindim.
Qorongʻu boʻldi olam koʻzima ushbu judolikdin, 
Koʻzu koʻnglum ziyosi, mohi tobonimni sogʻindim. 
Meni bekas Uvaysiy yigʻlagʻayman roʻzi shab tinmay, 
Uyimning ziynati, koʻz ravshani, xonimni sogʻindim. 
Qabul etkil
Kelibman dargahingga, shohi xoʻbonim, qabul etkil, 
Bagʻir qonim bila bul chashmi giryonim qabul etkil. 
Umid aylab talab olmoqqa kirdim rohi pokingga, 
Yoʻlingda aylagan faryodu afgʻonim qabul etkil. 
Tushubdur boshima savdoyi ishqing, ey shahanshohim, 
Alam bozorida bul dardi pinhonim qabul etkil. 


Oʻtubdur gavhari noyobi umrim toki gʻaflatda, 
Tazarru' zor ilan qilgʻon pushaymonim qabul etkil. 
Tegibdur novakingdin necha oʻq jismim aro pinhon, 
Shahidi ishq oʻlmoqqa oqan qonim qabul etkil.
Uvaysiy garchi noqobil, kelibdur ostoninggʻa, 
Figʻonu ohi soʻzonini, sultonim, qabul etkil. 

Download 116,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish