17
Qisqacha bo’lsada moliya bozorining tarkibini ko’rib chiqaylik.
Birinchidan:
Pul bozori – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar va pulga
muhtoj bo’lgan subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi. Pul bozori
davlat xazinasiga bevosita naqd pul tushishini ta’minlaydi va firma yoki jismoniy
shaxslarga o’zlarining vaqtinchalik bo’sh mablag’laridan daromad olishga imkon
beradi.
Ikkinchidan:
Qimmatli qog’ozlar bozori u daromad
keltiruvchi dividend va
foiz keltiruvchi qimmatli qog’ozlar muomalasi orasidagi munosabatlarni;
Uchinchidan:
Valyuta bozori – bunda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi
qilinadi. Bu bozorda korxona, firma, davlat idoralari va fuqarolar qatnashadilar.
Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va valyuta auksion
ko’rinishida bo’ladi. hozirgi vaqtda valyuta muomalalari asosan AQSh dollarida va
yevroda olib boriladi.
To’rtinchidan:
Investitsiya bozori- foyda,
dividend yoki daromadlarning
boshqa shakllarini olish maqsadida saqlab, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarga,
shuningdek qimmatli qog’ozlarga sarmoya qo’yish borasidagi munosabatlarni;
Beshinchidan:
Ssuda kapitali bozori – bank tomonidan ma’lum muddatga
beriladigan qarz pullar borasidagi munosabatlarni;
Oltinchidan:
Sug’urta bozori - o’z mol-mulkini sug’urta
qilish borasida
yuridik va jismoniy shaxslar bilan sug’urta tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni
o’z ichiga oladi.
Jahon moliya bozori funksiyalari:
·
Kapitalning xalqaro oqimlarini to’plash
·
Butun dunyo bo’ylab alohida sohalar, mamlakatlar va mintaqalar o’rtasida
xalqaro pul oqimini qayta taqsimlash
·
Pul muomalasi xarajatlarini tejash
·
Konsentratsiyani tezlatish va kapitalni markazlashtirish
6
.
6
Riviera-Batiz Francisco & Liuz. International Finance and World capital market — N.Y., 2006
18
Jahon moliya bozorini institutsional jihatdan o’rganishda, pul va moliyaviy
aktivarni
kreditorlar va debitorlar, sotuvchi va xaridorlar o’rtasida qayta taqsimlash
faoliyati bilan shug’ullanuvchi moliya-kredit institutlari va infratuzilma
tashkilotlari faoliyati tahlil qilinadi. Quyida jahon moliya bozori funksional va
institutsional ko’rinishda ifodalangan jadval keltirilgan.
1-jadval.
Jahon moliya bozorining funksional va institutsional ko’rinishi
Jahon moliya bozori
segmentlari
Jahon moliya bozori
funksiyalari
Jahon moliya bozorining
institutsional ko’rinishdagi
strukturasi
Fond bozori
Kredit bozori
Valyuta bozori
Sug’urta bozori
Oltin bozori
Kapitalning xalqaro oqimlarini
to’plash
Xalqaro hisob-kitoblar
doirasida pul muomalasi
xarajatlarini tejash
Konsentratsiyani tezlatish va
kapitalni markazlashtirish
Transmilliy
banklar
Тransmilliy kompaniyalar
Sug’urta kompaniyalari
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar
Investitsiya fondlari
Manba: Muallif tomonidan olib borilgan tahlillar asosida tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: