Jahon moliya bozorlarining rivojlanish tendensiyalari. Reja


Turli mamlakatlarda moliya bozorlarining rivojlanish tarixi3



Download 158,49 Kb.
bet6/12
Sana09.07.2022
Hajmi158,49 Kb.
#760535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jahon moliya bozorlarining rivojlanish tendensiyalari

Turli mamlakatlarda moliya bozorlarining rivojlanish tarixi3
Maktab darsliklaridan ham ma’lumki, Angliyada sanoat inqilobi ro‘y berganidan so‘ng uning iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Yirik loyihalarni (fabrika va yo‘llar qurish, savdo kemalarini jihozlash bo‘yicha) moliyalashtirish uchun esa yirik mablag‘lar zarur bo‘lib,buni banklar doim ham ta’minlab bera olmagan. Bundan tashqari, bank uchun loyihani moliyalashtirish bo‘yicha to‘liq riskni o‘z zimmasiga olish foydali bo‘lmagan (agar kemani qaroqchilar ursa yoki yangi stanoklar o‘rnatilgan fabrika ishlamasa, bunda nima bo‘ladi?). Shu sababli tarixan bunday loyihalar savdogarlar, hunarmandlar va hattoki bo‘sh mablag‘lari bo‘lgan cherkovlar tomonidan ulush asosida moliyalashtirilgan. Shu tariqa mablag‘larni bozordan jalb qilish modeli shakllangan. Masalan, Amerikada fuqarolar urushidan keyin temir yo‘llar tez sur’atlar bilan qurila boshlagan bo‘lib, bu ish qimmatli qog‘ozlar bozori orqali xususiy investorlarning mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilgan va shunday ekan, qimmatli qog‘ozlar bozori – ularni qayta sotish mumkin bo‘lgan birjalar paydo bo‘lgan.
Boshqa mamlakatlarda (masalan, Germaniyada, dengizga chiqish yo‘liga ega
bo‘lmagan mamlakatlarda, agrar mamlakatlarda) esa yirik banklar azaldan tadbirkorlarni moliyalashtirib kelgan va agar bitta bankning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, ular vaqtinchalik birlashgan va zarur miqdordagi mablag‘larni ta’minlay olgan. Bu mamlakatlarda loyihalar ko‘lami Angliya va Amerikadan kichik, shu sababli banklar bunday kapitalni markazlashtira olgan.
Турли мамлакатларда молия ва иқтисодиёт турли суръатлар билан ва турли схемалар бўйича ривожланганлиги сабабли дунё бўйича тарихан молия бозорларининг иккита асосий модели шаклланган – банкларга асосланган ва қимматли қоғозларга асосланган молия бозорлари (баъзида улар инсайдерлик ва аутсайдерлик моделлари4, немис ва инглиз модели деб ҳам аталади).
Кейинчалик (молия схемалари ва муносабатлари хилма-хиллигининг ривожланиши билан) бозорнинг ислом модели ҳам вужудга келди.
1. Банк модели (бошқача номлари: bank based financial system, континентал, инсайдерлик, немис модели) – банклар томонидан молиялаштиришга йўналтирилган тизим; Германия, Франция, Япония каби
дунёнинг кўплаб мамлакатлари учун хос.
Асосий жиҳатлари:
– молиявий воситачилар (брокерлар, дилерлар) функциясини тижорат
банклари бажаради;
– кредитлаш механизмлари орқали компанияларни қарз ҳисобига
молиялаштириш устунлик қилади;
– мулкнинг катта миқдордаги улуши шахслар гуруҳи қўлида мужассам топган бўлиб, бунда давлат ва йирик корпоратив структуралар – «stakeholder capitalism» («акциялар йирик пакетлари эгалари» капитализми) мулкининг улуши юқори;
– қимматли қоғозларни қўшимча жойлаштириш ёпиқ характерга эга
бўлади;
– акциядорлик капитали таркибида назорат пакетлари ва вертикал
иштирок катта аҳамиятга эга;
– кам сонли чакана акциядорлар (капиталнинг 1% дан ҳам камига эга) ва уларнинг манфаатларини ифодалайдиган мулк структурасидаги жамоавий инвестициялаш институтлари.
2. Нобанк модели (бошқача номлари: market based financial system, аутсайдерлик, инглиз-америка модели) – қимматли қоғозлар бозорига ва институционал инвесторлар (суғурта компаниялари, инвестицион ва пенсия
фондлари) тизимига йўналтирилган тизим.



Download 158,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish