Jahon mamlakatlarida qiyosiy pedagogixa jamiyatlarining faoliyati va vazifalari



Download 427,5 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi427,5 Kb.
#820543
  1   2
Bog'liq
Tursunboyev Behzod

Jahon mamlakatlarida qiyosiy pedagogixa jamiyatlarining faoliyati va vazifalari.

Tursunboyev Behzod


Yunesko, Yunisef, Mot(XMT), AQSH ning “Tinchlik korpusi” YUNESKO- by tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo’lib, u 1946 yilda tashkil etilgan. 1992 yilgi ma’lumotlarga qaraganda, bu xalqaro tashkilotga jahonning 171 davlati, shu jumladan, O’zbekiston ham a’zodir. By tashkilotning qarorgohi Fransiyaning poytaxti Parij shahrida bo’lib, uning oliy boshqaruv organi — Bosh direktordir. Bu xalqaro tashkilotga a’zo bo’lgan mamlakatlarning vakillari 2 yilda bir marta o’zlarining Bosh konferenstiyalariga to’planadilar. Bu anjumanda ular YUNESKOning keyingi 2 yillik faoliyatining dasturini qabul qiladilar. Ushbu dasturni amalga oshirish uchun unga a’zo bo’lgan davlatlar mablag’ — byudjet ajratadilar.
YUNESKO faoliyatida xalqaro hamkorlik, tinchlikni saqlash masalalari asosiy o’rinni egallaydi. Shu tufayli ham uning Nizomida “Urush haqidagi fikrlar odamlar aqlida paydo bo’ladi, binobarin, urush vasvasasini ularning ongidan chiqarib, tinchilikni himoya qilish g’oyasini tarbiyalamoq kerak”- deb yozib qo’yilgan. YUNESKO faoliyati o’ta xilma-xil va ko’p qirralidir. Loaqal uning ta’lim bo’yicha faoliyatiga nazar tashlaylik. Bu boradagi ishlar juda ko’p yo’nalishlarda olib boriladi va bu yo’nalishlar bir-biridan muhimdir. By rivojlanayotgan mamlakatlarda savodsizlikni tugatish, jahon ta’limi rivojlanishidagi tendenstiyalarni tahlil qilish va uni ommalashtirish, u yoki bu mamlakatda ta’lim bo’yicha olib borilayotgan siyosatni ham moddiy ham ma’naviy rag’batlantirish va hokazolar. YUNESKO mazmunli ta’limining hamma uchun birday imkoniyat doirasida bo’lishini ta’minlash, uning uzluksizligini qaror toptirish, ta’limni va uning shaklini kelajakda rivojlanishi tamoyillaridan kelib chiqadi. O’qituvchi kadrlar tayyorlash, ularni nazariy-metodik saviyasini muttasil oshirib borish, jahonning ba’zi mamlakatlarida muammo bo’lib hisoblangan xotin-qizlarning erkaklar bilan bab-barobar bilim olish haq xuquqlarini ta’minlash, ekologik ta’limni yo’lga qo’yish darslik va dasturlarni takomillashtirish, mamlakatlar o’rtasida ta’lim bo’yicha hamkorlikni butun choralar bilan rivojlantirish va juda ko’p boshqa masalalarni hal etadi. Bu sahovatli faoliyatning barchasi yoshlarga jahon talablari ruhida ta’lim berish ularni xalqaro hamkorlik, o’zaro ishonch, do’stlik, birodarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgandir. Fan va texnologiya’ni rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo dasturni amalga oshirdi. Bu dastur asosan ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza etish bilan bog’liqdir. Shuningdek, mazkur yunalishda muvofiqlashtirilgan, birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, jahon ilmiy markazlari, universitetlar, olimlar hamkorligini rivojlantirish bilan bog’liq muhim ishlar ham yo’lga qo’yiladi.
Singapur ta’lim tizimi Rasmiy nomi – Singapur Respublikasi. Poytaxti – Singapur shahri. Geografik joylashuvi – kichkina – urbanizatsiyalashgan orolcha-shahar bo‘lib, janubiy-sharqiy Osiyoda joylashgan. Maydoni - 712,4 km2. Aholisi – 4,45 mln. kishi (2010-yil) bo‘lib, shundan 78% - xitoyliklar; 14% - malayslar; 7% - hindular. Pul birligi – Singapur dollari. Mustaqillik kuni - 1944-yil, 9 - avgust. Prezidenti – Toni Tan. Singapurda har bir bola 10 yil muddat davom etadigan umumiy ta‘limni olish huquqiga ega. Bu ta‘lim 6 yil boshlang‘ich ta‘lim va 4 yil o‘rta ta‘limni o‘z ichiga qamrab oladi. Singapur ta‘lim tizimida asosiy urg‘u bolalarni o‘qishga, hisoblashga, 2 ta tilda gapira olishga o‘rgatish, bolalarda jismoniy va axloqiy tarbiyani shaklantirish, ijodiy va mustaqil fikrlashni o‘stirishdir.
2 tilli siyosat har bir boladan ingliz tilini o‘rganish bilan bir qatorda o‘z ona tilisini ham puxta va mukammal o‘rganishni talab qiladi. Singapurdagi barcha maktablarda ta‘lim 2 tilda olib boriladi. Ya‘ni, ingliz tili va xitoy tili.
Ta‘limni ikki tilda tashkil etilishining bir necha jihatlari mavjud. Jumladan, ingliz tili – jahon tili sifatida dunyoviy ilmlarni o‘rganish maqsadida qo‘llanilsa, xitoy tili – aholining o‘z milliy urf - odatlari, madaniyati, tarixini o‘rganishda muhim hisoblanadi. Shuningdek, Singapur – ko‘p millatli xalq bo‘lganligi sababli, mamlakatning gullab - yashnashi va kelajagining yaxshilanishi uchun malakatda yashovchi har bir fuqaroga uning tili va dinidan qat‘iy nazar, bir xil yaxshi munosabatda bo‘lishni talab etadi. Ta‘limning yuqori darajaga ega bo‘lgan yo‘nalishlari gumanitar fanlar emas, balki aniq va tabiiy fanlarda o‘z aksini topadi. Bolalarni qobiliyatiga qarab ma‘lum bir guruhlarga bo‘lish mobaynida ularning bilim darajasiga qarab o‘quv dasturlarini tuzish prinsiplaridan foydalanishni taqozo qoladi.
O‘rta ta‘lim haqidagi Serrtifikat Singapurda Singapore – Cambridge General Certificate of education o‘rta maktabini tamomlagandan keyin beriladi va bu sertifikat butun jahon mamlakatlarida tan olinadi. Singapurda Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun Universitetga kirishga mo‘ljallangan maxsus kurslardan 107 o‘tish lozim. (2-3yil). Shuningdek, ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan maxsus o‘quv markazlari ham yaratilgan. Ular orasida TMC (Technology Management and communications) Education Groupni ko‘rsatish mumkin. Singapur ta‘lim tizimining tuzilishi quyidagicha: -Maktabgacha ta‘lim – 3-6 yoshgacha (3 yil); -Boshlang‘ich ta‘lim – 6-12 yoshgacha (6 yil) ikki bosqichli: I-bosqichda o‘qish muddati - 4 yil, II-bosqichda o‘qish muddati - 2 yil; -O‘rta ta‘lim – 12- 16- yoshgacha (4 – 6 yil); -To‘liq bo‘lmagan kollej ta‘limi (2 yil); -Politexnikumda (3 yil); -Oliy ta‘lim uch bosqichdan tashkil topgan: - Bakalavr (4 yil), - Magistrtura (1-3 yil), -Doktorantura (2-5 yil).
Maktabgacha ta’lim Yasli va bog‘chalardan iborat. 3-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladi. Muddati – 3 yil. Yasli – birinchi va ikkinchi yil. Bog‘chada bolalar o‘zaro muloqot qilish, ona tili hamda hisoblashni o‘rganadilar. O‘z ona tilisi yani xitoy, malay va tamil tillaridan tashqari ingliz tilida ham o‘z fikrlarini erkin bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish