Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan



Download 120.39 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi120.39 Kb.
TuriРеферат
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI IQTISODIYOT YO’NALISHI

JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR FANIDAN

РЕФЕРАТ


Mavzu: “XXI asr boshlarida xalqaro savdoning rivojlanish hususiyatlari, muammolari va hal etish istiqbollari".

Topshirdi: Tohirov M.

Tekshirdi: Rahmatova N

TOSHKENT – 2014



Reja:

  1. Kirish



  1. Jahon bozori.

  2. Xalqaro savdoning xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari.

  3. Jahon savdosining tarkibi va o’zgarish tendensiyalari.

  4. Xalqaro savdo tashkilotining taxminlari.

  5. Tashqi savdo aylanmasi.

  6. O’zbekistonning tashqi savdosi.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH

Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.

Xalqaro savdo va hamkorlik ko’pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko’rishiga asos bo’lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi Tovar va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichidan Xitoy va Xindiston asosan xalqaro savdoda uushi keskin oshib borayotgan mamlakatlardan hisoblanadi. Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, ko’plab mamlakatlardagi kambag’allik muammosini qisqartirishga yuqori axamiyat kasb etayotganidir. Hindistonda 60-70-yillarda kambag’allik atigi 1%ga ham qisqarmagan, ma’lum vaqtlardan so’ng globalizatsiya va integratsiya yordamida ishlab chiqarish xizmat ko’rsatish talim va boshqa barcha soxalarda o’sish kuzatiladi. Xalqaro hamkorlikning kuchayishi natijasida yaxshiroq ta’lim va sog’lik tizimini yo’lga qo’yish imkoni paydo bo’ladi. Bugungi kunda xalqalaro savdo aloqalar tobora chuqurlashib bormoqda ayniqsa bu borada rivojanayotgan mamlakatlarning ulushi oshib bormoqda Xalqaro savdo 2014-yilda 4.7% ga o’sishi bashorat qilinmoqda, O’tgan ikki yillik 2.2% dan yaxshiroq va buning orqasida rivojlangan mamlakatlar turibti. Bizga malumki tashqi savdo o’sishi bilan jahon iqtisodi ham rivojlanadi. Garchi 2014-yilga qilingan reja 4.7% o’tgan yilga nisbatan ikki barobar bo’lsa ham bu ko’rsatkich 20-yillik o’rtcha ko’rsatkichdan pastda yani 5.3 foiz o’shish suratidan; Ushbu sekin o’sishga asosiy sabablardan biri bu rivojlangan mamlakatlarning birgalikdagi importga bo’lgan talabining o’shishidir, bu o’sish 2.1foizni tashkil qildi. Export jihatdan qaraganda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ikkalasi ham faqat kichikroq hajmda ijobiyo’sishga erishadi(rivojlangan mamlakatlar 1.5% va rivojlanayotgan mamlakatlar3.3 % mos ravishda). 2013-yilda, dollar qiymatidagi tovarlar eksporti 2.8% gao’sdi va 18.8 trln dollarni tashkil qildi; Bu davrda savdo xizmatlari eksporti 5.5%ga o’sdi va bu 4.6 trln dollarni tashkil qildi. Expertlarning xulosalariga ko’rajahonYaIM 3% ga bozor almashinuv baxosi biolan hisoblagandava bu 2015-yilda 3.1%ni tashkil qilishi rejalashtirilmoqda;

Xalqaro savdo trendlari. Bugungi kunda transport va axborot komunikatsiya almashinuvi narxida sezilarli pasayish kuzatildi, xalqaro savdo sistemasida geosiyosat hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. So’nggi 30-yil mobaynida tovarlar va savdo xizmatlari yiliga o’rtacha 7% ga o’sdi va mos ravishda o’zinig eng yuqori nuqtalari 18trln dollar va 4 trln dollarga yetdi.1980 va 2011- yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo export-importi ulushida sezilarli o’sish kuzatildi; Duynyo exportidagi ulushi 34% dan 47% ga yetdi;Dunyo importidagi ulushi esa 29% dan 42% ga o’sdi, ushbu o’sish ko’rsatkichlarida opsiyo mamlakatlari o’suvchi rolnin o’ynamoqda; So’nggi bir nechta o’n yillikda jahon savdosi sal kam ikki barobarga o’sdi , xuddi jahon ishlab chiqarish tezligi kabi va bu bildiradiki, xalqaro taklif zanjiri darajasinig oshib bormoqda va qo’shilgan qiymat juda muhim ahamiyat kasb etmoqda;



Jahon bozori

Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va XX-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va jahon bozoriga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki ishlab chiqarish imkoni bulmagan tovarlar jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi.

Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (q. Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi.

Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi.

Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar.

Jahon bozorida investitsiya harakati ham yuz beradi, bu chet elda yangi korxonalarni qurish, eski korxonalarni sotib olish yoki oʻziga birlashtirish shakllariga ega. Bu ishni asosan transmilliy xalqaro korporatsiyalar olib boradi. 2000 y. jahondagi bevosita xorij investitsiyalari 865 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi. Ular amalga oshirgan oldi-sotdi operatsiyalari 1999 y.da 14 trln. dollarni tashkil etdi.

Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta taʼsir oʻtkazadi, bu taʼsir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Jahon bozorisigʻimi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yigʻindisiga teng .

Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular tayyor mahsulot bilan (jahon tovar eksportining 70% dan koʻprogʻi) qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi eksporti bilan ishtirok etadilar.

Jahon bozorida ishtirok etadigan jami mamlakatlarning eksporti 6,48 trln. dollarni, importi 6,41 trln. dollarni tashkil qildi (1996; 1980 y.da tegishlicha 2,44 va 2,42 trln. dollar).

Oʻzbekiston jahon bozorida xom ashyo, energiya, rangli metall va boshqa eksporti bilan qatnashadi, aksariyat texnologiya, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlarini import qiladi



Xalqaro savdoning xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari

Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko’rish mumkin



Xalqaro savdo-tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo o’zining rivojlanish bosqichlariga ega bo’lib, har bir bosqich o’z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:

- tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar) O’rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo’llarning vujudga kelishi;

- tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O’rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida kontsentratsiyalshuvi;

- tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo’llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko’chishi;

- tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII-XIX asrlar) sanoat to’ntarishi, G’arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog’liq;

- tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog’liq;

- integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi – (XX asrning o’rtasi va ikkinchi qismi);

- tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi;


Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari:

  • Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi;

  • Xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog’ining qisqarishi;

  • Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigimkorligi yuqori bo’lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;

  • Tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi;

  • Yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;

  • Qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog’liqligini ortishi;

  • Tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi soda shaklining turli mamlakat korxonalari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan mahsulotni yetkazib berish shakliga o’tilishi

Xalqaro savdoning hududiy tarkibi – bu savdoning tarkibini aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmui va aloqalar majmui bo’lib, bu tarkib xalqaro savdoning quyidagi xususiyatlari va rivojlanish yo’nalishlarini ajratish imkonini beradi:

  • Alohida mamlakatlarning savdo oqimlarni ajratish;

  • Bir guruh mamlakatlar o’rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;

  • Mintaqalar o’rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;

  • Xalqaro savdoning asosiy ulushi oqimlarining rivojlangan mamlakatlar guruhida yig’ilganligi;

  • Jahoning yirik savdo imperiyalari bo’lib AQSH, Germaniya va Yaponiya hisoblanadi;

  • AQSH eksportining faollashuvi;

  • Yaponiya eksportining o’sishi (birinchi navbatda, boshqa Osiyo mamlakatlariga);

  • Janubiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro savdoning faol rivojlanishi (ko’proq Pokiston va Hindiston hisobiga);

  • Sharqiy Osiyo va qisman Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro savdosining ustun darajada rivojlanishi (Yaponiyadan tashqari)

  • Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari tashqi savdosining sekin rivojlanishi;

Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o’zgarishlar tendensiyasi quyidagilar orqali ifodalanadi:

  • Xalqaro savdoda bozor iqtisodiyotiga ega rivojlangan mamlakatlar ulushining saqlanib qolishi;

  • Xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar guruhi ichida mujassamlashuvi;

  • Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;

  • Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari hajmining ortishi;

  • O’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning xalqaro savdodagi pozitsiyasining zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5%, rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5%);

Demak, zamonaviy xalqaro savdoning asosiy omillari quyidagilardan iborat:

  • Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi;

  • Milliy iqtisodiyotlar ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi;

  • Xalqaro savdoning hududiy va tovar o’zgarishi;

  • Xalqaro savdo mexanizmlarining murakkablashuvi;

  • Xizmatlar sohasining rivojlanishi;

  • Intelektual va ilmiy-texnik faoliyatning moddiylashgan va moddiylashmagan shaklida rivojlanishi.


Jahon savdosining tarkibi va o’zgarish tendensiyalari.

XXI asrning boshlarida xalqaro savdo nisbatan jadal suratlarda rivojlanishi bilan birga turli inqirozlar tufayli uning pasayishi ham yuz berdi. Tahlillar, jahon ishlab chiqarish hajmining o’sish sur’ati 2005-2010 yillarda o’rtacha 2,0%ni, jahon tovarlar eksporti hajmining o’sish sur’ati esa 3,5% ni tashkil etganligini ko’rsatmoqda. 2010 yilda bu ko’rsatkich mos ravishda 4,0 va 14,0% ga teng bo’ldi



Jahon ishlab chiqarish va savdosi hajmini o’zgarishi, foiz hisobida




2005-2010y

2008 y

2009 y

2010 y

Jahon tovarlar eksporti

3,5

2,5

-12,0

14,0

Shu jumladan:













Qishloq xo’jaligi mahsulotlari

3,5

2,5

-2,5

7,5

Qazib chiq va yoqilg’i mahsul

1,5

1,0

-5,5

5,5

Sanoat mahsulotlari

4,0

2,5

-15,0

18,0

Jahon tovarlar ishlab chiqarish

2,0

1,0

-2,5

4,0

Shu jumladan:













Qishloq xo’jaligi mahsulotlari

2,0

3,5

0,5

0,0

Qazib chiq va yoqilg’i mahsul

0,5

1,5

-1,5

2,0

Sanoat mahsulotlari

2,5

0,0

-4,0

5,5

Jahon yalpi mahsuloti

2,0

1,5

-2,5

3,5

2010 yilga qadar jahon tovarlar eksporti 15,2 trln. dollargacha ortgan va uning o’rtacha yillik o’sish sur’ati 7-8% ni tashkil etgan. 2004 yilda jahon ishlab chiqarish 4,9% ga o’sganini ko’rishimiz mumkin bu yillarda YaIMning real o’sish sur’ati 4,9% ni tashkil etgan. 2004 yillarda qishloq xo’jaligi 4%ga, sanoat 32%ga, xizmatlar sohasi 64% ga o’sgan. 2013 yillarda jahon iqtisodiyotining o’sishi 2,1% ni tashkil etgan.

Mutaxassislar fikricha, XXI asr boshlarida AQSH va Osiyo mamlakatlari xalqaro savdoda eng raqobatbardosh mamlakatlar hisoblanishadi. 2030 yilga borib AQSH, Yaponiya va Xitoy eng raqobatbardosh mamlakatlar sifatida e’tirof etilishi mumkin. Bunday uzoq muddatli istiqbolli prognozlar bo’yicha keyingi o’rinlarni Germaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya va Shvetsariya band etishi mumkin.

Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, xalqaro savdo keyingi o’n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o’z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega bo’lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo aloqalariga muhim e’tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo’lgan iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.



Jahon tovarlar eksportining geografik tarkibi





1993

2003

2010

Qiymati mlrd.doll

Jami eksport

3676

7377

14851

Ulushi jamiga nisbatan foiz hisobida

Jami eksport

100,0

100,0

100,0

Shimoliy Amerika

18,0

15,8

13,2

AQSH

12,6

9,8

8,6

Janubiy va Markaziy Amerika

3,0

3,0

3,9

Braziliya

1,0

1,0

1,4

Yevropa

45,4

45,9

37,9

Yevropa ittifoqi

37,4

42,3

34,7

Germaniya

10,3

10,2

8,5

Fransiya

6,0

5,3

3,5

Italiya

4,6

4,1

3,0

Buyuk Britaniya

4,9

4,1

2,7

MDH

1,5

2,6

4,0

Afrika

2,5

2,4

3,4

Yaqin Sharq

3,5

4,1

6,0

Osiyo

26,1

26,2

31,6

Xitoy

2,5

5,9

10,6

Yaponiya

9,9

6,4

5,2

JSTga a’zo mamlakatlar

89,3

94,3

94,2

2013-yilda daromad darajasi rivojlangan mamlakatlarda juda chalkash xolatda bo’ldi.2012-yildagi Yevropadagi turg’unlik YeI iqtisodiyotiga kuchli tasir qildi va YaIM darajasi 1-chorakda 0.2%ga qisqardi.Taqqqoslaganda AQSH har chorakda o’sish tendensiyasiga ega va 3-chorakda 4.1% va 2.5% 2-va 4-chorakda. Yaponiya kuchli moneter va fiscal siyosat olib bordi va 2013-yilning birinchi ikki choragida kuchli o’sishga erishdi.lekin bu yilning ikkinchi yarmidan pasaya boshladi va 3-chorakda 1% dank am miqdorda pasaydi. Rivojlangan mamlakatlar birgalikda olinib bir butun sifatida qaralganda umumiy YaIM o’sishi 1.1%, 2012-yilda 1.3% ni tashkil qilgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar o’z ichiga MDH mamlaktlarini olgan holda 4.5% dan 4.4% ga pasaydi. Osiyo 2013-yilda JSTning geografik hududlari bo’yicha eng tez o’sgan YaIM ni qayd etdi va 4.2% o’sish, bu deyarli o’tgan ikki yildagi o’sish bilan teng; Keyingisi Afrika 3.8%, Yaqin sharq 3.0% , janubiy va markaziy Amerika 3.0% ; Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari 2.0% ; Shimoliyn Amerika 1.8% va Yevropaa 0.3%

2013-yilda jahon xalqaro tovarlar savdosi ko’rsatkichi o’rtacha export va import hajmi 2.1% ga o’sdi .Ammo jahon importi va exporti o’rtasiodagi farq yuqori 2.4% export va 1.8% import ulushi o’sdi;Rivojlangan mamlakatlar exporti jahon o’rtachasiga nisbatan ancha sekin o’sdi va 1.5%ni tashkil qildi. Bu davrda rivojlanayotgan mmlakatlarda bu ko’rsatkich tez suratlarda o’sdi o’rtachaga qaraganda va 3.3%ni tashkil qildi.Import jihatdan rivojlangan mamlakatlar salbiy .02 % pasayishni qayd qildi; Rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari 4.4% ga o’sdi.

O’tgan yili osiyo mamlakatlarining exportdagi ulushi ortdi boshqa barcha hududlar bilan solishtirilganda 4.6foizlik o’sish bilan;Qolaversa SHimoliy Amerika (2.8%), Yevropa (1.5%), Yaqin sharq (1.5%), Janubiy va markaziy Amerika (2.5%), SHimoliy Amerika (1.2%), MDH mamlakatlari (0.7%) va Afrika (-3.4%) o’sishni tashkil qildi. Osiyo mamlakatlari exporti asosan yaponiyaga yo’nltirilgan edi va dunyoning boshqa mamlakatlari bilan ulushi 1.8%ga pasaydi. Xuddi shu paytda Xitoy va Hindiston exporti 7.7% va 6.7%ga o’sdi mos ravishda; Salbiy ko’rsatkich Afrika mamlakatlarida qayd qilindi va bunga sabab yoqilg’I export qiluvchi mamlakatlardagi keskin qisqarishlar, Masalan: Libya (-27%), Nigeria (11%), Algeria (-7%).Import hajmi bo’yicha o’sish surari yuqoriligi bo’yicha osiyo 4.4% lik o’sish bilan eng yuqori o’rinni egalladi.Yaqin sharq (4.4%), Afrika (4%), janubiy va markaziy Amerika (2.5%), Shimoliy Amerika (1.2%), Yevropa (-0.5%), MDH mamlakatlari (-1.1), Hindistonda import 2.9%ga qisqardi bunga sabab iqtisodiy pasayish bo’ldi , lekin xitoy respublikasining jetdan qiladigan xarajatlari keskin oshdi va 10% dan oshiqni tashkil qildi; Afrika hamm o’z import hajmini oshirdi , garchi eksport hajmi so’nggi ikki yil davomida pasaygan bo’lsa ham, bunga sabab asosiy maxsulotlarining yuqori narxdaligidir. Garchi metallar, xom ashy ova ichimliklarga ( koffi, choy, kokao) bo’lgan talab oxirgi ikki yil ichida pasayishiga qaramasdan yoqilg’i narxlari sezilarli darajada barqaror bo’ldi. Bu trend 201-yilda 1% ga o’sdi va 2013-yilda 2% ga kamaydi.

Jahon tovarlar eksportlari hajmi 2013-yilda 18.8 trln ni tashkil qildi va bu 2012-yildagiga ko’ra 2% ga yuqoriroqdir; Xitoy bugungi kunda eng yuqori sotuvchi mamlakatga aylandi, uning jahon export va importidagi ulushi 11%ni tashkil qildi. Bu ko’rsatkich AQSHda 10.4% ni tashkil qildi. Agarda Yevropa ittifoqi jami xorijga va ichki birlashmadagi mamlakatlarga qilgan exporti hajmi hisoblanganda 15.1% ni tashkil etdi. Bu davrda savdo xizmatlari exporti 6%ga o’sdi va 4.6trln dollarni tashkil etdi. Transport xizmatlariga 2% ga o’sdi va sayohat xizmatlari 6%ga o’sdi. Jahon savdosida savdo xizmatlari 20%lik ulushga ega va bu 2013-yilda 1% ga o’sdi. Bundan tashqari 2013-yilda Xitoy exportida moliyaviy xizmatlari 52% ga o’sdi va 3 mlrd dollarni tashkil qildi



Jahon tovarlar va savdo xizmatlari o’zgarishi darajasi 2005-2013:




QIYMATI

YILLIK O'ZGARISHLAR FOIZDA




YILLAR

2013

2011

2012

2013

2005-13

TOVARLAR

18784

20

0

2

8

SAVDO XIZMATLARI

4625

12

1

6

8

TRANSPORT

900

9

1

2

6

TURIZM

1175

12

4

7

7

BOSHQA SAVDO XIZMATLARI

2545

14

2

6

9

QUYIDAGILAR:
















Axborot xizmatlari

115

10

5

2

9

Qurilish

105

7

0

-3

8

Sug'urta xizmatlari

115

9

-1

8

11

Moliyaviy xizmatlar

330

12

-3

7

8

Komputer va informatsion xizmatlar

285

17

6

8

14

Royalti va litsenziya to'lovlari

310

14

1

6

9

Boshqa biznes xizmatlari

1240

15

3

7

9

Shaxsiy, madaniy va dam olish xizmatlari

40

17

3

5

8

Bu borada sug’urta xizmati va computer va axborot xizmati exp[ortida 8% li kuchli o’sish qayd qilindi va qurulish materiallari faqatgina 3% ga qisqardi.Moliyaviy xizmatlar 2012-yildagi -3% pasayishdan so’ng tezlikda qayta tiklandi va 2013-yilda 7% lik o’sishni qayd etdi. Axborot almashinuv xizmatlari o’rtacha 2% ni tashkil qildi. Royaltilar va litsenziya to’lovlari 6%ga oshdi;Xulosa qilib aytganda , shimoliy Amerika exporti 2% ga o’sdi va 2.42 trln dollarni tashkil qildi, bu jahon exportining 13.0 foizi demakdir; Import hajmi esa 1% ga o’sdi va 3.2 trln dollarni tashkil qildi va bu jahon umumiy ko’ratkichiga nisbatan 17% ni tashkil qildi; Yevropa 2013-yilda export hajmi 4% ga o’sdi va 6.64 trln dollarni tashkil qildi.jahon umumiysiga nisbatan 36% ni tashkil qildi;Janubiy va markaziy Amerika mamlakatlari export ulushi 2% ga pasaydi va 737 mlrd dollarni tashkil qildi, uning jahondagi ulushi 4% ni tashkilq ildi; Importi esa,2 foizga o’sdi 773 mlrd dollarni tashkil qildi va jahonda ulushi 4% ga teng bo’ldi;Osiyo exporti 2%ga o’sdi.

2013-yilda shimoliy amerikada savdo xizmatlari eksport hajmi 5%ga o’sdi va 761 mlrd dollarni tashkil qildi,bu jahon savdo exportiga nisbatan 16% dir. Import hajmi esa 2% ga o’sdi va 561mlrd dollar, jahon importiga nisbatan 13% ga teng bo’ldi;Yevropada o’sish 6% va 2.17trln dollar jahon eksportining 47% i qayd etildi. Savdo xizmatlari bo’yicha import hajmi esa 5% ga osdi va 1.78 trln dollar 41% jahon savdo xizmatlari eksportidagi ulushi;Bu borada osiyo mamlakatlari export hajmi 6 % ga o’sdi va 1.21 trln dollarni tashkil etdi, bu esa jahon hajmiga nisbatan 26%;Import hajmi esa 4% ga o’sdi, 1.23 trln dollarni tashkil qildi va jahon savdo xizmatlari importidagi ulushi 28%ni tashkil qildi. Jahon savdo xizmatlari exporti va importidagi ulushi past bo’lgan mamlakatlar bu: Afrika mamlakatlari, Yaqain sharq, janubiy va markaziy Amerika mamlakatlari va MDH mamlakatlari; Ushbu mamlakatlarning umumiy jahon savdo xizmatlaridagi ulushi har biriniki o’rtacha 5% dan past.



Xalqaro savdo tashkilotining taxminlari

XST: 2014 yilda xalqaro savdo hajmlari 4,7 foizga o'sadi

2014 yilda xalqaro savdo hajmlari 4,7 foizga o'sadi, deya keltirilmoqda Xalqaro savdo tashkiloti tomonidan chop etilgan prognozda.

Bu holat 2013 yil yakunlariga nisbatan ikki barobarga ortishni namoyon qiladi. O'tgan yili xalqaro savdo hajmlari atigi 2,1 foizga o'sgan va 18,8 trln. AQSh dollariga tenglashgan edi. Biroq joriy ko'rsatkich ham so'nggi 20 yildagi o'rtacha ko'rsatkichdan (5,3 foiz) past bo'lib qolmoqda, deya xabar bermoqda Tashkilot.

Joriy yilda global eksport-import amaliyotlariga XST mutaxassislari tomonidan ko'tarinki ruhda qaralishiga bo'lgan sabab quyidagicha: “AQSh iqtisodiyoti mustahkamlanishi davomida iqtisodiy ko'rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishi hamda Yevropa Ittifoqi tanglikning o'tkir fazasidan o'tganligi”.

Tashkilot mutaxassislari o'z prognozlarida dunyo iqtisodiyotidagi umumiy vaziyatdan kelib chiqmagan holda, 3,0 foiz darajasida global Yalpi ichki mahsulot (YIM) o'sishini nazarda tutmoqda. “Agar YIM bo'yicha prognozlar to'g'ri chiqsa, 2014 yilda xalqaro savdo hajmlarining keng qamrovda, lekin mo'tadil o'sishi kutilmoqda”, - deya tushuntirdi XST Bosh direktori Robertu Azevedu. Uning aytishicha, 4,7 foizga o'sish – “bu hali tarixiy daraja emas, ammo o'tgan yildagiga nisbatan yaxshiroq”.

Prognozlarga ko'ra, joriy yilda rivojlanayotgan mamlakatlar va MDH davlatlari eng yaxshi ko'rsatkichlarni namoyon qiladi. Ulardagi savdo hajmlari 6,4 foizga o'sgan bir vaqtda, rivojlangan davlatlardagi savdo hajmlari 3,6 foizga oshadi.

Eksport sohasida Osiyo mamlakatlari yetakchi o'rinda qoladi (6,9 foizga o'sish), ulardan keyin Shimoliy Amerika (4,6 foiz), Janubiy va Markaziy Amerika (4,4 foiz) hamda Yevropa (3,3 foiz) turadi.



Tashqi savdo aylanmasi.

Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt:



  • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi;

  • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi;

  • sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgа oshirishdа kаmsitishlаrgа yo‘l qo‘yilmаsligi;

  • tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn o‘zаro mаnfааtdorlik;

  • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqlаri vа qonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi.

Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy yo‘nаlishlаri quyidаgilаrdir:

  • xаlqаro iqtisodiy vа moliyaviy hаmkorlik;

  • tаshqi sаvdo fаoliyati;

  • chet el investitsiyalаrini jаlb qilish;

  • O‘zbekiston Respublikаsidаn tаshqаridаgi investitsiya fаoliyati.

Xаlqаro iqtisodiy vа moliyaviy hаmkorlik ishlаb chiqаrish, moliya, bаnk vа sug‘urtа fаoliyati, tа’lim vа kаdrlаrni tаyyorlаsh, turizm, sog‘liqni sаqlаsh, ilmiy-texnikаviy, mаdаniy, ekologiya, gumаnitаr vа boshqа sohаlаrdа qonun hujjаtlаridа belgilаngаn tаrtibdа O‘zbekiston Respublikаsi tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining xorijiy dаvlаtlаrning yuridik vа jismoniy shаxslаri, shuningdek xаlqаro tаshkilotlаr bilаn o‘zаro foydаli аloqаlаrni o‘rnаtishi vа kengаytirishgа qаrаtilgаn tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdir.

Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishlаr (xizmаtlаr) sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir.

Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni, ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo‘li bilаn аmаlgа oshirilаdi.

O’zbekistonning tashqi savdosi

Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo munosabatlarini erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. O’zbekiston bugungi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo aloqalariga ega 1991 yildagi 2,1 mlrd dollardan 2013 yilda 28,9 mlrd. doll hajmiga yetdi. Ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 15,1 mlrd.dollni, importi 13,8 mlrd.dollni, tashqi savdo saldosi 1,3 mlrd dollarni tashkil etdi.



O’zbekiston eksporti tovar tarkibi quyidagi ko’rinishga ega bo’ldi.

Mahsulot nomlari

1990

2000

2013

Eksport jami

100

100

100

Paxta tolasi

59,7

27,5

7,7

Kimyo mahsulotlari

2,3

2,9

4,0

Oziq-ovqat mahsulolari

3,9

5,4

9,8

Yoqilg’i va neft mahsul

17,1

10,3

31,1

Qora va rangli metalurgiya

4,6

6,6

6,3

Mashina va uskunalar

1,7

3,4

5,5

Xizmatlar

1,3

13,7

16,2

Boshqalar

9,4

30,2

19,4

Bu ko’rsatkichlar barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. 3856280

O’zbekiston import tovar tarkibi quyidagi ko’rinishga ega bo’ldi.


Mahsulot nomlari

1990

2000

2013

Eksport jami

100

100

100

Kimyo mahsulotlari

9,7

13,6

14,3

Oziq-ovqat mahsulolari

48,9

12,3

9,7

Yoqilg’i va neft mahsul

3,1

3,8

7,3

Qora va rangli metalurgiya

4,6

6,6

6,3

Mashina va uskunalar

10,2

8,6

7,9

Xizmatlar

1,5

8,5

5,8

Boshqalar

14,5

17,8

10,9


O’zbekiston tashqi savdo aylanmasining geografik tarkibi

(% hisobida)


Mamlakatlar

1990

2010

2012

-Uzoq horij mamlakatlari

39,9

56,9

52,8

-MDH mamlakatlari

60,1

43,1

47,2




Eksport

100

100

100

-Uzoq horij mamlakatlari

37,7

54,8

45,7

-MDH mamlakatlari

62,3

45,2

54,3













Import

100

100

100

-Uzoq horij mamlakatlari

42,6

59,9

61,2

-MDH mamlakatlari

57,4

40,1

38,8

Mamlakat eksportini 36,3% i Rossiyaga; 11,8% Qozog’istonga; 10,3% Xitoyga; 6% Turkiyaga; 7,5% Afg’onistonga to’g’ri keladi. Mamlakat importini 20,4%i Rossiyaga; 16,8% Koreyaga; 14,7% Xitoyga; 8,9% Qozog’istonga; 3% Turkiyaga; 6,3% Afg’onistonga; 5,5% Ukrainaga to’g’ri keladi.

Eksport diversifikatsiyasi,. ya'ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar

nomenklaturasining kengayishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar

geografiyasining kengayishi eksport xajmining barqaror bo’lishini ta'minlaydi, milliy iktisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o’zgarishlarga ta'sirchanligi darajasini pasaytiradi.

Keningi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimnz kerak.

Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo’nalish -

mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash va

ragbatlantirish, eksport salohiyatini mustagkamlash bo’yicha qabul qilingan amaliy choralar muxim ahamiyatga ega bo’ldi.

Ma'lumki, 2009 yilda mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni ragbatlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratishga alohida e'tibor qaratilgan edi. Xususan:

- aylanma mablaglarini to’ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70% dan ortik bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish:

- tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya

ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan, qo’shilgan qiymat solig’i bundan mustasno, ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish;

- banklar kreditlari bo’yicha to’lov muddati o’tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko’rib chiqish. byudjetga to’lanadigan to’lovlarni penyasidan kechish va boshka muxim imtiyoz hamda preferensiyalar berish shular jumlasidandir.



Xulosa

Xalqaro savdo bugungi kunda o’zinig o’sish va ayrim sabablarga ko’ra pasayish ko’rsatkichlarga ega bo’lmoqda. Xalqaro savdoda yetakchilik qilayotgan asosiy mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, xalqaro savdo keyingi o’n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o’z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega bo’lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo aloqalariga muhim e’tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo’lgan iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.

O’zbekistonda ham bugungi kunda xalqaro savdo muhim ahamiyatga ega.Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimnz kerak. Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko’rish mumkin.

Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo’nalish - mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash va ragbatlantirish, eksport salohiyatini mustagkamlash bo’yicha qabul qilingan amaliy choralar muxim ahamiyatga ega bo’ldi.Ma'lumki, 2009 yilda mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni ragbatlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratishga alohida e'tibor qaratilgan edi.



Xususan:

  • aylanma mablaglarini to’ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70% dan ortik bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish:

  • tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiyaishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan, qo’shilgan qiymat solig’i bundan mustasno, ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  1. “Jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar “-Vahobov A.V., Xojiboqiyev Sh.X., va Tojiboyeva D.A.

  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_savdo

  3. www.gov.uz

  4. www.news.uzreport.uz

  5. www.eduportal.uz

  6. www.el.tfi.uz

  7. www.testing.uz

  8. www.tdiu.uz


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa