Afgʻoniston — Afgʻoniston Islom Respublikasi — janubi-gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga binoan Yaqin Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km2. Aholisi 32 mln 225 ming 560 kishi (2019). Poytaxti — Kobul shahri Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 34 viloyatga boʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km.
Bayrog’i Gergi
Tabiati
Afgʻoniston tabiati koʻrinishi
Afgʻoniston hududining 4/5 qismini togʻlar va yassitogʻliklar egallagan. Shim.-gʻarbida Paropamiz, Safedkoʻh, Bandi Turkiston, Shimoli-sharqida Hindikush togʻi tizmalari asosan kenglik boʻylab yoʻnalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va Gʻazni-Qandahor yassitogʻliklari egallagan boʻlib, ularga gʻarb. va janubiy tomonlardan boshqa togʻliklarning tizmalari qoʻshilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Koʻhi Xurd, Mazor va boshqa). Mamlakat hududining janubiy va janubi-gʻarbiy qismlari baland tekisliklardan iborat boʻlib, ularda Registon va Garmsir qumli hamda tosh va gilli Dashti Morgʻo choʻllari joylashgan. Botiqlarda koʻllar va shoʻrxoklar mavjud (Sabari, Puzak, Gaudi-Zira va boshqalar). Afgʻonistonning janubi-sharqiy chegarasi boʻylab Sulaymon togʻlarining gʻarbiy tizmalari choʻzilgan. Afgʻonistonda foydali kazilmalar kam oʻrganilganiga qaramay, u yerda toshkoʻmir (Ish pushta, Kar kar, Darayi-Soʻf, Karux va boshqakonlar), tabiiy gaz (Xoʻja gugurtak), temir rudasi (Palangsor), xrom rudasi (Shadal ketkay), oltin (Argandab, Sanglech, Nuraba), berilliy (Darayi-Pech, Darayi-Nur), qoʻrgʻoshin-rux (Farinjol, Mirzaka), mis rudasi (Jigdalay), osh va tosh tuzlari, oltingugurt hamda qimmatbaho tosh konlari mavjud. Hirot va Bomiyon viloyatlarida maʼdanli suv buloqlari ochilgan. Afgʻoniston hududining katta qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq (iyulning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 32—35 °C, togʻlarda 10— 14 °C), kishi iliq, togʻlarda sovuq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 0ye dan 8 °C gacha; — 30 °C sovuqlar ham kuzatiladi, togʻlarda 0 °C dan past, ayozli kunlar koʻp boʻladi). Yillik yogʻin miqdori shimoliy hududlarda 170 – 280 mm, choʻl hududlarida 40 – 50 mm, togʻ yon bagʻirlarida 800 mm gacha boradi. Yirik daryolari — Amudaryo va uning irmogʻi — Panj hamda Hilmand, Farrohrud, Herirud, Murgʻob va boshqa Qobul daryosi Hind okeani havzasiga quyiladi. Daryolarning suvlaridan sunʼiy sugʻorishda hamda elektr energiya hosil qilishda foydalaniladi. Mamlakat sugʻorma dehqonchilik hududlarida boʻz va toʻq boʻz tuproq hamda sur-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Katta qismini qumli tuproq egallagan. Asosan choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shimoli-sharqiy va sharqiy qismlaridagi togʻlarda keng bargli (2000–2400 m li balandlikda) hamda ignabargli (3300 – 3400 m gacha boʻlgan balandlikda) oʻrmonlar mavjud. Afgʻonistonda yovvoyi hayvonlardan boʻri, sirtlon, tulki, qoplon, ayiq, jayron va boshqalar uchraydi.
Togʻli peyzaj Afgʻanoston landshafti
Afgʻanoston shimoli-gʻarbi Afgʻanostonning sharqiy qismi
Do'stlaringiz bilan baham: |