Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari


-jadval Dunyoning eng yirik 100 ta MKsining dunyo bo’ylab joylashuvi



Download 109,12 Kb.
bet11/12
Sana12.06.2023
Hajmi109,12 Kb.
#950852
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
JAXON IQTISODIYOTINING GLOBALLASHUV KO\'RSATGICHLARI

2-jadval
Dunyoning eng yirik 100 ta MKsining dunyo bo’ylab joylashuvi:



Davlatlar

100 ta yirik xalqaro korporastiyalardan

AQSh

26 ta

Franstiya

14 ta

Germaniya

12ta

Buyuk Britaniya

9 ta

Yaponiya

5 ta

Shveystariya

5 ta

Kanada

4 ta

Nedirlandiya

2 ta

Ispaniya

2 ta

Finlandiya

2 ta

Shvestiya

1 ta

Italiya

1 ta

Belgiya

1 ta

Irlandiya

1 ta

Gongkong

1 ta

Manba: E. Maxmudov. Mirovaya ekonomika- JIDU - T, 2006 god

Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, etakchi pozistiyalarni AQSh, Yaponiya va Evropa Ittifoqi mamlakatlari egallamoqda, bular boshqalardan ancha ilgarilab ketishgan. 2005 yilda bu erda 100 yirik xalqaro korporastiyalardan 85 tasining shtab-kvartirasi joylashgan. Shuni ham aytish kerakki, barcha filiallarning ¾ tasi AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Franstiya va Germaniyaga to’g’ri kelmoqda.


Dunyo taraqqiyotining hozirgi sharoitida hech bir mamlakat, hatto eng qudratli hisoblangani ham yakka hokim bo’lishga qodir emas. Har yili maxsus ekspertlar tomonidan dunyo mamlakatlarining «globallashuv indeks»lari tuzib chiqiladi. Jumladan, 2004 yilda A.T.Kearney va Foreign Policy jurnali tomonidan dunyoning 64 mamlakati bo’yicha «Globallashuv indeksi» e’lon qilindi. Bu mamlakatlar hissasiga jahon aholisining 84%, jahon YaIMning 96% to’g’ri keladi24.
3-jadval
Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar (2004y)



Iqtisodiy integrastiya

Shaxsiy aloqalar

Texnologiyalar

Jahon iqtisodiyotiga tortilganlik

Integrastiya-lashgan ko’rsatkichlar

Irlandiya

Shvestiya

AQSh

Avstraliya

Irlandiya

Singapur

Irlandiya

Yangi Zelandiya

Franstiya

Singapur

Gollandiya

Singapur

Singapur

Yangi Zelandiya

Shveystariya

Panama

Chexiya

Chexiya

Portugaliya

Gollandiya

Slovakiya

Kanada

Kanada

Germaniya

Finlandiya

Chexiya

Avstraliya

Daniya

Italiya

Kanada

Finlandiya

Isroil

Shveystariya

Buyuk Britaniya

AQSh

Malayziya

Daniya

Gollandiya

Shvestiya

Yangi Zelandiya

Shveystariya

Xorvatiya

Shveystariya

Argentina

Avstraliya

Shvestiya

Yangi Zelandiya

Singapur

Daniya

Daniya

Manba: M. Mirsaidov-“Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar”, 15-17 betlar, Toshkent 2006
Globallashuv reytingini tuzishda 4 ta asosiy parametr hisoblangan25:
1. Iqtisodiy integrastiya - xalqaro savdo investitsiyalar va to’lovlar hajmi bo’yicha;
2. Shaxsiy aloqalar - xalqaro turizm va safarlar, xalqaro telefon so’zlashuvlari, pochta jo’natmalari va pul o’tkazmalari qajmi bo’yicha;
3.Xalqaro aloqalarni ta’minlovchi texnologiyalar – internetdagi foydalanuvchilar, internet–serverlar soni bo’yicha;
4. Mamlakatni xalaro siyosatga tortilganligi – davlatni xalqaro tashkilotlarga a’zoligi, chet el elchixonalari va vakolatxonalar soni bo’yicha.
Tadqiqotlar o’tkazilgan 64 davlat ichida «Globallashuv indeksi» bo’yicha so’nggi 10 ta o’rinni Eron, Hindiston, Misr, Indoneziya, Venesuela, Xitoy, Bangladesh, Turkiya, Keniya va Braziliya kabi mamlakatlar egalladi. O’zbekiston Respublikasi ham globallashuvning turli parametrlari bo’yicha tobora yuqori o’rinlarni egallashga harakat qilmoqda.
Bir kunda valyuta ayirboshlash bozoridan 1,2 trillion AQSh dollari o’tadi. Xalqaro banklararo tizimi va hisob-kitoblar tizimi orqali amalga oshirilayotgan to’lovlar hajmi bir kunda 6 trillion dollarni tashkil etadi. AQShdagi SNIRS (Clearing House Inter-Bank Payments System)ga o’xshash yirik kliring uylari kuniga o’rta hisobda 250 000 ta pul o’tkazuvlarini amalga oshiradiki, bu pulga o’girganda yiliga taxminan 315 milliard dollarni tashkil qiladi. AQSh, Germaniya va Yaponiya to’lov tizimlaridagi bir necha kunlik muomala hajmi ushbu mamlakatlarning yillik YaIM miqdoriga teng26.
Tadqiqotchilar (R.O Brayen)ning fikricha, bu tendenstiyalar «geografiya yo’qolgani»ni ko’rsatadi. Texnologiya hukmi ostida hudud o’z ahamiyatini yo’qotadi. Davlatdan tashqari, muayyan hukumat nazoratidan xoli bo’lgan ko’p millatli moliya tizimi vujudga keladi. Buning natijasida hokimiyat markaziy banklardan mamlakatlarning moliya resurslarini birgalikda nazorat qiluvchi shaxslar qo’liga o’tadi27. Turli korparastiyalar o’rtasidagi raqobatning tobora o’sishi hozirgi zamon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati bo’lib, ayni bir vaqta ular o’rtasidagi ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi aloqalar yanada kuchaydi. Shubhasizki, xalqaro korparastiyalar birinchi navbatda ularni barpo etishga o’z mablag’larini sarflagan yuridik shaxslarga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ularning faoliyati tayanch mamlakatlar va qabul qilayotgan mamlakatlarning umummilliy manfaatlariga hamisha mos kelavermaydi.

2.2. Kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati


Kapitalning xalqaro harakati – kapitalni chet elda foyda olish maqsadida joylashtirish va ishlatishdir.
Bunda “kapital” termini zaminida faqat ishlab chiqarish omili sifatida kapitalning o’zi emas, qisman mehnat, er, tadbirkorlik qobiliyati ham tushiniladi, chunki chet elda kapital sarflanganda ularni bir-biridan ajratish ancha qiyin.
Keling avval qisqacha kapitalning ishchi kuchi kurinishdagi oqimiga to’xtalib o’taylik. Ishchi kuchi bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga o’tar ekan, u tovar sifatida o’zini bozorga soladi, xalqaro ishchi kuchi migrastiyasida ishtirok etadi.
Hozirgi zamon xalqaro mehnat bozorida ishchi kuchi milliy hududlardan oshib o’tib, turli oqimlarga bo’linib ketishini nazarda tutadi. Shu tariqa xalqaro mehnat bozori milliy, mintaqaviy ishchi kuchi bozorini birlashtiradi va ishchi kuchi migrastiyasi shaklida namoyon bo’ladi. Mehnat resurslarining xalqaro migrastiyalariga olib keladigan eng muhim ro’kachlar va sabablar orasida iqtisodiy va noiqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan turli omillari mavjud. Iqtisodiy ahamiyatga ega sabablar deb quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

      1. Biror bir mamlakatda iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoat taraqqiyoti darajasidagi tafavvutlar (amaldagi tajriba shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi asosan turmush darajasi past mamlakatlardan darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarga migrastiya qiladi;

      2. Ish haqi miqdoridagi millatlaro farq;

      3. Ayrim mamlakatlarda avvalo, kam rivojlangan mamalakatlarda mavjud bo’lgan surunkasiga ishsizlik;

      4. Kapitalning xalqaro harakati hamda xalqaro korparastiyalar faoliyati (ma’lumki, korparastiyalar yo ishchi kuchini kapitalga yaqinlashtiradi yoki o’z kapitalini mehnat resurslari ko’p bo’lgan mintaqalarga olib boradi), ishchi kuchining kapital bilan birlashib ketishiga ko’maklashadi.

Mutaxassislar ishchi kuchining noiqtisodiy migrastiya sabablari qatoriga siyosiy, milliy, diniy, irqiy,oilaviy va boshqa jihatlarni birga qo’shib izohlaydilar.
Chet elga kapital olib chiqish shunday bir jarayonki, uning davomida bir mamlakatning milliy muomilasida bo’lgan kapitalning bir qismi chiqarib olinadi, turli shakllarda (mahsulot, pul) ikkinchi bir mamlakatninng ishlab chiqarish jarayoniga, muomalasiga kiritiladi. Kapitalining xalqaro harakati mamlakatlar o’rtasidagi kapitallar migrastiyasidan iborat bo’lib, o’z egasiga daromad keltiradi. Kapitalizm rivojining dastlabki bosqichlarida kapitalni chetga chiqarish tovarlarini chiqarishga nisbatan kamroq edi. Kapitalning chetga chiqarilishining asosiy sababi – uning “ortiqchaligi”. Ortiqcha kapital deyilganda kapitalning shunday ko’pligi tushiniladiki, uning uchun foyda me’yorining pasayishi uning miqdori bilan tenglashmaydi. Yoki bunday kapitallar miqdori mustaqil ish ko’rishga qodir emas.
Shu munosabat bilan kapitalni chetga chiqarishni rag’batlantiruvchi kapital mo’l-ko’lligining ikki jihati ta’kidlab o’tiladi:

  1. Foyda me’yorini pasayishi tamoyili qonunining amal qilishi.

  2. Xo’jalikning eng muhim sohalarida eng yirik monopoliyalar hukumronligining qaror topishi natijasida ichki kapitalning tarmoqlararo oqib yurishining qiyinlashishi.

Hozirda biror tarmoqqa qo’shimcha kapital sarflash ortiqcha ishlab chiqarishni keltirib chiqaradigan chegaralar ancha orqa surildi. Chunki ularning ko’pchilik qismi endilikda asosiy kapitalni (ishlab chiqarishni) kengaytirishga emas, balki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangilash bilan bog’liq zamonaviylashtirishga sarflana boshlandi.
Kapitalning xalqaro harakatida uning ortiqcha to’planib qolishi bilan birga ko’proq ishlab chiqarishni umumiylashtirish jarayoni yashiringan bo’lib, u milliy chegaralardan chiqib ketdi. Kapitalni chetga chiqarishga esa endi foydaning milliy me’yolarini o’zgarishi ham, foyda me’yorlari o’rtasidagi farq ham ta’sir etmay qo’ydi. Undan tashqari, kompaniyalar o’z shu’ba korxonalriga kapital olib chiqishdan milliy miqyoslarda barqaror bo’lib turgan yoki hatto ancha ortib borayotgan ishlab chiqarish hajmini tartibga solib turish yo’li sifatida ham foydalana boshlashdi.
Kapitalni rivojlanayotgan mamlakatlardan eksport qilish 60-70 yillarga kelib kapitalni chetga chiqarishdagi yangi hodisalardan biri bo’ldi. Bunda mamlakatlarning ikki guruhini ko’rsatish mumkin28:

  1. Milliy bozorlar mahalliy tadbirkorlar uchun “torlik qilib qolgan” mamlakatlar;

  2. Iqtisodiyoti neftni eksport qilishdan olinadigan juda katta mablag’larni o’zlashtirishga qodir bo’lmagan mamlakatlar (OPEK).

Bevosita xususiy investistiyalar rivojidagi o’zgarishlar ko’proq quyidagilarga o’tishda namoyon bo’lmoqda:

  1. O’z mustaqil chet el kompaniyalarini tashkil qilishdan kapitalni import qiladigan mamlakatlarda qo’shma korxonalarni barpo etishga;

  2. Chet el firmalari akstiyalarini shunchaki sotib olishdan chet elda o’zlarining yangi shu’ba korxonalarini ta’sis etishga;

  3. Chet el firmalari akstiyalariga egalik qilishdan ular bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishga;

  4. Xalqaro korparastiyalarning chet davlatlar xo’jalik strukturalariga kirib borishning shakli sifatida bosh firma akstiyalarini uning chet el filiallari akstionerlari o’rtasida tarqatish singari shakli ham tobora ko’p ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda globalizastiya jarayoni shu qadar tus olmoqdaki, jahon guyo bitta davlatga aylanmoqda. Chegaralar yo’q bo’lmoqda, tariflar olob tashlanmoqda, investistiya juda tez su’ratlarda o’smoqda. Hozirda rivojlangan davlatlar uchun asosiy e’tibor, bu rivojlanayotgan davlatlarga investistiya keritishdir.
Rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan davlatlarga tashlayotgan bunday investistiyalari ikki davlat uchun ham foydalidir. Rivojlangan davlat uchun yangi bozor, arzon ishchi kuchi, xom-ashyo manbai kabi foydli tomonlari bor. Rivojlanayotgan davlat uchun ishsizlik darajasi kamayadi, mahsulotni chetga sotish uchun imkon yaraladi va shunga o’xshash foydali tomonlari bor.

Xulosa
Kurs ishidan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv jarayoni – to’xtatib bo’lmaydigan kuch. Uning qamrovi juda keng, hususan globallashuv nima u qachon boshlangan, uning jamiyatdagi boshqa jarayonga munosabati shuningdek yaqin va uzoq kelajakdagi asoratlari kabi savollarni o’z ichiga oladi. U jahon xo’jaliklari internastionallashuvining eng yuqori bosqichi.
Umuman olganda jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda, jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Yuqorida aytganimizdek, iqtisodchilar globallashuvning asosiy tomonlariga o’z e’tiborlarini qaratadilar va qo’yidagi jarayonlarini ajratadilar:

  • moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kredit beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’rnatiladi;

  • axborotlar ahamiyatining oshishi;

  • global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi;

  • TMKlar sonining ortishi;

  • transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.

Yuqorida aytganimizdek globallashuv jarayoni o’zining ijobiy va salbiy ta’sirga ega. Ammo hozirgi eng muhim muammo – globallashuv hamma xalqlar uchun ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi kuchga aylanishiga erishishdir. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. Globallashuv jarayonlarining alohida mamlakatlar iqtisodyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liq. Amalda afzalliklarning asosiy qismi boy davlatga yoki individlarga tegadi. Globallashuvning salbiy oqibatlari past rivojlangan mamlakatlarga ko’proq ta’sir qilishi mumkin. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi baynalminnallashuv jarayonida xomashyo va mehnat sig’imi mahsulotlari (ularning ba’zilari zamonaviy murakkab texnika uchun ehtiyot qisim va butlovchi bug’imlar) etkazib beruvchi sifatida ishtirok etgan hamda ilg’or mamlakatlarga har tomonlama bog’lanib qolishadi va ularga nisbatan kam foyda ko’rishadi hamda bu foyda jahon bozorlari konyukturasiga bog’liq holda barqaror bo’lmaydi.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, globallashuv jarayonida eshtirok etishdan sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’proq foyda oladi, zero ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va barcha diqqat-e’tiborni ko’p daromadli bo’lgan ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratadilar. Ayni paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham globallashuv jarayonlari salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin: ishsizlik, moliya bozorlarida nobarqarorlik kuchayadi va boshqalar. Ayniqsa jahon moliyaviy inqirozi davrida ularning salbiy oqibatlari sezilarli darajadan ancha yuqori bo’ladi.
Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – “O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”29 degan so’zlarini yana bir bor esga olish muhimdir. O’z navbatida O’zbekistonning globallashuv jarayonlaridagi ishtiroki ham ushbu inqiroz oqibatlarining ma’lum darajada iqtisodiyotimizga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkinligidan darak beradi. Hozirda ko’plab mutaxassis va ekspertlar tomonidan jahon moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi restessiya va iqtisodiy pasayishni, investistiyaviy faollik ko’lami cheklanib borishini, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda. Shu o’rinda aytish lozimki, hozirda rivojlanib borayotgan moliyaviy inqiroz inflyastiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko’rinadiki, hozirgi jahon moliyaviy inqirozining o’ziga xos xususiyati - bu uning iqtisodiyotning moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o’tganligidir.
Shunga ko’ra, Prezidentimiz o’z asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jahon moliyaviy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar. Shu o’rinda jahon moliyaviy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo’ladi, degan savol barcha yurtdoshlarimizni qiziqtirishi tabiiydir. Bu borada Prezidentimizning «...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi30. Chunki jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O’zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko’rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarimizning o’sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.


Download 109,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish