Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari



Download 109,12 Kb.
bet10/12
Sana12.06.2023
Hajmi109,12 Kb.
#950852
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
JAXON IQTISODIYOTINING GLOBALLASHUV KO\'RSATGICHLARI

3-bosqich17:
Urushdan keyingi dastlabki o’n yillar ichida fan-texnika inqilobi ta’sirida ishlab chiqarish kuchlari rivojida keskin o’zgarish yuz berdi. Uning ta’sirida jahon kapitalistik iqtisodiyotining ichki mexanizmi va tashkiliy strukturasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bunday sharoitda raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarish ko’lamini ancha oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib uni modernizastiyalash kerak edi. Hatto dunyoning etakchi davlatlari kompaniyalar uchun ham bu yangi talablar og’irlik qilardi.
O’z navbatida yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarish ko’pincha milliy chegaralar doirasidan chiqib ketadigan yanada katta bozorlarni talab qilardi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishni xalqaro kooperastiyalash va ixtisoslashtirish muammosi yanada dolzarb bo’lib qolgan edi. Predmetli “xalqaro” ixtisoslashtirishdan detalli (mayda) ixtisoslashtirishga “o’tish” mayda va kooperastiyali ixtisoslashtirish, kooperastiyalashtirish bilan bog’liq ichki, tarmoqlararo ishlab chiqarish texnologik majmualarining paydo bo’lishi, rivojlanishi aniq ko’zga tashlana boshladi.
Mehnatni taqsimlashning, mamlakatlar o’rtasida ixtisoslashuvining chuqurlashuvi tamoyillari yangi, yanada ko’lamli muhim jarayonning – ishlab chiqarishni xalqaro umumlashtirishning ifodasi bo’ldi, buning ahamiyati iqtisodiy hodislar doirasidan chiqib, jahon siyosatida ham yangi davrning boshlanganligini anglatardi. Shu bilan birga xalqaro savdo sohasida ham sezilarli qayta o’zgarishlar yuz berdi, ulardan eng yirigi va barqarori – bu odatdagi tijorat savdosi rolining ichki firmalar almashuvi doirasida yoki uzoq muddatli kooperativ hamda pudrat munosabatlari asosida barqaror texnologik aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi tovar ayriboshlashlarga nisbatan ancha pasayib ketishi bo’ldi. Bularning hammasi birga qo’shilib xo’jalik hayotining internastionallashuvini, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, texnologiya, ilmiy tadqiqotlar jarayonini almashinuvini anglatadi. Xulosa shuki, xo’jalik hayotining internastinallashuvi–jahon iqtisodi rivojining muayyan bosqichi bo’lib, o’zaro bog’liq ikki jarayonni o’z ichiga oladi18:

  • xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish;

  • millatlararo xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etish.

Ishlab chiqarishni umumlashtirish va xo’jalik hayoti internastionallashuvining yuksak darajasi xalqaro korparastiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy asosdir.
Ular o’z shakllariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:

  • transmilliy korparastiyalar (TMK);

  • xalqaro (millatlararo) korparstiyalar (MK).

Transmilliy korparastiyalar kapitali va nazorati bo’yicha milliy, lekin o’z faoliyatiga ko’ra xalqarodir. Transmilliy korparastiyalardan farqli ravishda xalqaro (millatlararo) korparastiyalar egalari bitta davlatning emas, ikki va undan ortiq davlatlar kapitallarining egalari hisoblanadi. Ularning eng muhim hususiyati – akstiyadorlik kapitalini xalqaro ko’lamda bo’lib-bo’lib joylashtirish kompaniya yoki konstern tarkibining ko’p millatliligidir. Transmilliy kompaniyalar XIX asrda ham mavjud edi. Lekin ularning faoliyat faqat XX asrning 20-yillari o’rtalariga kelib kapitalning internastionallashuvi jarayoni chuqurlashishi munosabati bilan keng quloch yoydi. Keyinchalik, 80-yillarda transmilliy korparastiyalar faoliyatida xalqaro operastiyalarning ko’lami orta borishi bilan jiddiy o’zgarishlar yuz berdi, ular bu korparastiyalar faoliyati asosiy tamoyillarining jiddiy o’zgarishlariga olib keldi. Birinchi navbatda, turli millat kapitallarni birlashtirsh asosida qo’shma tadbirkorlikning nihoyatda tez rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ularning bir millatliligini engib o’tish bo’ldi19.
Hozirgi sharoitda kapital yangi turining mohiyatini tushinish internastionallashuv jarayoni bilan, ya’ni mehnat, kapital, nomoddiy bo’lmagan aktivlarni o’tkazish borasidagi tashqi bozor munosabatlarining nomukammalligiga javoban o’z tashkiliy tuzilmalari doirasida ichki bozorlarini barpo etish bilan bog’liqdir. Firmalar bozor bitimlari o’rnini shahobchalar o’rtasidagi shartnoma munosabatlari bilan almashtirib, bu bilan tashqi omillar ta’sirini bartaraf etadi va samaradorligi jihatidan an’anaviy tashqi bozordan ustun turuvchi ichki bozorni shakllantiradi.
Xalqaro korparastiyalarning iqtisodga ta’siri birinchi navbatda ishlab chiqarishning nihoyatda keng shaxobchalari va taqsimlanishi orqali olinayotgan nisbiy afzalliklar tufayli namoyon bo’ladi. Ulardan foydalanish chet el shaxobchalari ham vertikal, ham gorizantal integrastiyalashuv vositasida ta’minlanadi20.
Xalqaro korprastiyalar nisbiy afzalliklarinng mohiyati shundaki, ular quydagilarni ta’minlaydi21:

  • ishlab chiqarishning katta hajmi, ko’lami hisobiga mahsulot birligiga ketadigan sarf-harajatlarni tejashni;

  • ishlab chiqarishning katta ko’lami hisobiga mehnat taqsimoti va ixtisoslashtirishni yanada chuqurlashtirishni;

  • kapitalning xalqaro bozori xizmatidan foydalanishdagi katta imkoniyatlarni, jumladan, yirik loyihalarni moliyalashtirishni;

  • tadqiqotlarni amalga oshirish uchun loyihalarni konstentrastiyalashni, texnika hamda kadrlar bilan ta’minlash nuqta’i nazaridan to’g’ri keladigan bir yoki bir necha mamlakatlarda ularni rivojlantirishni;

  • shu’ba kompaniyalar orqali ular joylashgan mamlakatlar orqali ma’lumotlar to’plash va ulardan foydalanishni;

  • tashqi muhitning o’zgarishlariga (bozor, siyosiy vaziyat) kichkina kompaniyalarga qaraganda tezroq moslashishni.

Ushbu afzalliklardan tashqari ular:

  • ishlab chiqarishning keng diversifikastiya qilinishi tufayli tahlikali ahvolga kam tushishadi va ko’pincha mayda formalarga qaraganda yuksak daromad olishadi;

  • nihoyat soliq ko’p solinadigan mamlakatlardagi filiallariga etkazib beriladigan tovarlar narxini sun’iy oshirish, bu mamlakatlardagi filiallaridan olib kelinadigan tovarlar bahosini pasaytirish orqali millatlararo korparastiyalar (MK) soliqlar bilan bog’liq bo’lgan talofatlarni kamaytirishlari mumkin22.

Hozirgi kunda jahon ishlab chiqarishining 20% idan ko’prog’i MNK ulushiga to’g’ri keladi va firmalar ichidagi savdo (asosiy kompaniyalar bilan uning chet eldagi shu’ba kompaniyalari o’rtasidagi) qayta ishlovchi sanoat mahsulotlarining dunyo bo’yicha savdosining 25% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Ayrim xalqaro kompaniyalar yiliga o’nlab milliard dollar miqdorida savdo qilishga erishmoqdaki bu ayrim davlatlar umumiy milliy daromadidan ko’pdir. Bundan tashqari, hozirgi kunda dunyodagi to’g’ridan-to’g’ri investistiyalarning ko’pchilig (90%) ham anashu korparastiyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham G’arbdagi u yoki bu mamalakatni boshqa davlatlarda joylashtirilgan “ikkinchi iqtisodi” ko’lamlarini hisobga olmasdan turib, ularning iqtisodiy salohiyatini baholab bo’lmaydi. Bu jarayonga rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, “yangi industrial mamlakatlr” asta-sekin qo’shilmoqda. Ular rivojlangan mamalakatlar sanoati uchun ixtisoslashtirilgan buyumlar, uzellar, tarkibiy qismlar etkazib beruvchi sifatida faol ish yuritmoqda. Masalan, 2000-yilning boshlarida Singapur elektron va elektro-texnika sanoati eksportining 86%, Tayvnning 78%, Janubiy Koreyaning 68%, Brazeliyaning mashinasozlik mahsuloti eksportining 65% idan ko’prog’i yirik G’arb korparastiyalarining chet el filiallari hissasiga to’g’ri keladi. BMT ma’lumotlariga ko’ra, jahonda 37 000 ko’p millatli korporastiyalar (MK) faoliyat olib bormoqda, ular 170 000 sho’’ba korxonalarini nazorat qilmoqda, jahon iqtisodiyotiga jami 5 trillion AQSh dollarini investistiyalashtirmoqda. Korporastiya ichki savdosi - ayni bir mahsulot tarkibiy qismlarini MK filiallari o’rtasida etkazib berish - jahon savdosining qariyb 80% ni tashkil etadi23. Shuni ham aytish kerakki dunyoning eng yirik TMK va MK larining shtab kvartiralari rivojlangan davlatlarda joylashgan.

Download 109,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish