Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’qitish metodikasining nazariy va
amaliy masalalari
Ushbu kursni o’rganishga kirishishdan oldin, o’qituvchi darslarni o’tishda metod
tanlashga alohida e’tibor berishi zarur. Kuzatuv va tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, kurs
mazmunan boy materiallarga egaligini e’tiborga olib unda xalma-xil metodlarni
qo’llashni taqozo etadi. Bu kursda mashhur didakt olimlar I.Ya. Lerner va M.N.
Skatkinlarning metodlar klassifikatsiyasini qo’llash yaxshi natijalar beradi. Ular
quyidagi metodlar guruhini ilgari suradilar:
1.
Izohli-illyustrativ (ko’rgazmali) metod (xikoya; lektsiya, tushuntirish, darslik
bilan ishlash, rasmlarni namoyish qilish, slaydlar namoyish etish)
2.
Reproduktiv metodlar. (o’tilga materiallarni hayolan qayta tiklash asosida
bilimlarni amalda qo’llash orqaliko’nikma va malakalar shakllantirish).
3.
Dars materiallarini muammoli bayon etish.
4.
Qismian izlanuvchan evristik metod.
5.
Tadqiqot metodi. (Bunda o’quvchilar faoliyati bilimlarni ko’prok mustaqil
izlanish asosida amalga oshiriladi)
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida eng ko’p qo’llaniladigan metodlar
guruhini izohli-illyustrativ metodlar tashkil qiladi.
Bu metodning asosini o’qituvchi faoliyati tashkil qiladi. O’qituvchi asosan tayyor
informatsiyalarni beruvchi hisoblanadi. Bunda u turli ta’lim vositalaridan foydalanadi.
O’quvchilarga informatsiya asosan lektsiya, xikoya, suhbat, savol-javob tarzida
yetkaziladi.
Darslik, ko’rgazmali qo’llanmalar o’qituvchi jonli suvini to’ldiruvchi vositalar
bo’lib xizmat qiladi. Bu metodning eng afzal tomoni shundaki, o’quvchilar bir yo’la
tinglaydilar, kuradilar, kuzatadilar, o’qiydilar, xilma-xil ma’lumotlarni qiyoslaydilar va
x.k. Bu metod pedagogik, didaktik, metodik adabiyotlarda keng va atroflicha yoritilgan.
Izohli illyustrativ metodda yetakchi o’rinni darslik matni, kartografik materiallar bilan
ishlash tashkil qiladi. Ma’lumki jahon iqtisodiy geografiyasining asosini kartografik
materiallar bilan ishlash va ularni tahlil qilish bilan bog’liq mavzular tashkil etadi.
«Jahonning umumiy-iqtisodiy geografik ta’rifi» aksariyat matriallar leksiya metodida
olib boriladi. Bu metodning zaif tomoni shundaki u o’quvchilarda aqliy faoliyatini
nisbatan kamroq rivojlantiradi. Chunki sinfdagi barcha o’quvchilar leksiyani tinglashda
bir xil qobiliyatga ega emaslar. Shu tufayli leksiya uchun tanlangan materialda
o’quvchilar faoliyatini jonlantiradigan materiallarni qo’llashiga e’tibor berish zarur.
O’quvchilar oldindan leksiya rejasi bilan tanishtirilishi, leksiya davomida
qiyoslovchi jadvallarni mustaqil to’ldirishi, ular mutaqil ravishda sxemalar to’za olishga
e’tibor berish maqsadga muvofiq.
O’qituvchi leksiya metodidan foydalanish jarayonida xilma-xil usullarni qo’llaydi.
Asosiy fikr va g’oyalarni burtgirib ko’rsatadi. Ilmiy ommabop adabiyotlardan olingan
materiallarni o’z so’zi bilan yoki uning ayrim joylarini o’qib ham eshittiradi.
O’quvchilarga leksiya uchun reja tuzishni topshiradi. Bunda ular diqqatini
quyidagilarga qaratadi:
1.
O’qituvchi tomonidan tuzilgan materialni qismilarga ajrata olishdi.
2.
Qismilarga ajratilgan materialdagi asosiy g’oyalarni ajrata olishi.
3.
Rejani tuzishda mavzudagi izchillik va mantiqiylikni bo’rttirib ko’rsata olishga
e’tibor berish va x.k.
Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, bu kurs mavzularini o’rganishda suhbatning
alohida o’rni bor. Ayniqsa darslik matni, undagi jadvallar, raqamli materiallar,
kartosxemalar va boshqa ko’rgazmali materiallar bilan ishlashda uning o’rni katta.
Masalan «Jahon aholisi geografiyasi» mavzusini o’rganishda karta asosida suhbat
uyushtirish yaxshi natijalar beradi. Darslikdagi jahon aholisining ko’payish turlari
kartasxemasi asosida o’quvchilar bilan taxminan quyidagi mazmunda suxbat uyushtirish
mumkin.
1.
Aholi ko’payishining 1-turi qaysi mamlakatlar uchun xos.
2.
Aholi ko’payishining 1-turi uchun qanday xususiyatlar xos.
3.
Aholi
ko’payishining
2-turi
qaysi
mamlakatlar
uchun
xos?
2-turga xos bo’lgan xususiyatlarni ajrating.
4.
Avstraliya, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Yevrosiyo, Xorijiy
Yevropada tugilish, ulish, tabiiy o’sishni qiyoslang.
5.
Nima
sabadan
Afrikada
tabiiy
o’sish
eng
yuqori,
ya’ni
30
kishini tashkil etadi? va x.k.
O’qituvchi suhbat metodida bilimlarni egallashda tashkilotchi vazifasini bajaradi.
U o’quvchilar javoblarini to’ldirib, ularni yangi bilimlarni egallashga ilxomlantirib
boradi. Yoki shu mavzudagi «Jahon mamlakatlarida urbanizatsiya darajasi»
kartosxemasini ham suhbat, savol-javob uyushtirish funktsiyasini o’quvchilarga
mustaqil topshirish yaxshi natijalar berishi mumkin.
Reproduktiv metod ham bu kursda keng qo’llanilish imkoniyatlariga ega.
Ko’rgazmali izohli metodda o’quvchilarda iqtisodiy-geografik ko’nikmalar
shakllantirish jarayoni bir muncha zaif kechadi. Reproduktiv metodda bu kamchilik
juda kam sodir bo’ladi. O’quvchilar o’qituvchi topshirig’i asosida mustaqil bilimlarni
egallaydilar. Ular oldingi bajarilgan topshiriq va savollarga o’xshash bo’lgan vazifalarni
mustaqil bajaradilar, u yoki bu matn mazmuni bo’yicha rejalar tuza oladilar. Iqtisodiy-
geografik kartalar asosida mamlakatlar yoki uning qismilariga ta’rif bera oladilar.
Reproduktiv metod o’quvchilarda tashkilotchilik xislatlarini ham tarbiyalaydi.
O’qituvchi bu metodni qo’llash jarayonida boshqa metodlardan, xususan og’zaki bayon,
ko’rgazmali metodlardan ham unumli foydalanadi. Reproduktiv metod samaradorligini
oshirishda har bir mavzu uchun topshiriqlar, savollar tizimini ishlab chiqish yaxshi
natijalar beradi. O’quvchilarda bilimlarning oshib borishi bilan bu metodga bo’lgan
talab ham oshib boradi. Kursning regionlar qismini o’rganishda bu metod juda qo’l
keladi. Masalan Afrika mamlakatlarini o’rganishda o’quvchilar diqqatiga quyidagi
jadvalni mustaqil to’ldirish topshiriladi.
Shimoliy Afrika mamlakatlari
Mamlakat
Nomi
Poytaxti
Maydoni
Aholisi
Tabiiy
resurslari
Sanoat
tarmoqlari
Qishloq
xo’jalik
tarmoqlari
Izoh
O’quvchilar ushbu jadvalni to’ldirib bo’lishgach Sharqiy, G’arbiy, Tropik Afrika
mamlakatlariga oid ma’lumotlarni mustaqil to’ldira oladigan bo’ladilar va x.k.
Kursning aksariyat mavzulari muammoli bayon metodi bilan o’qitilishni taqozo
qiladi. Bunda o’qituvchi muammo qo’yadi va uni o’zi yechib ko’rsatadi. Muammoga
javob izlash jarayonida o’quvchilar muammoli vaziyatga duch keladilar. O’qituvchi
tomonidan qo’yilgan muammoli savolga o’quvchilardagi mavjud bilimlar yetishmasligi
kerak. Agar ular bu savolga to’g’ridan-to’g’ri javob berib qo’ysalar, qo’yilgan savol
muammoli bo’la olmaydi. Bu metodning eng ahamiyatli tomoni shundaki, o’quvchilar
muammoli metod orqali muammoning ilmiy yechilish yo’llarini, bilimlarning mantiqiy
aloqadorligini, butun muammoni yechishdagi bosqichlarni bilib oladilar va egallaydilar.
Afrika materigi mamlakatlari bo’yicha ayrim muammoli savollardan namunalar
keltiramiz.
1.
Saxel zonasida har 10 kishidan 9 kishining xayoti ovqatpishirish, uyni isitish
uchun o’tin terish bilan bog’liq.Ayollar va bolalar yilning 100-300 kunini shox-shabba
hamdaxazon to’plash bilan o’tkazadilar. Sizningcha kelajakda Saxelda bu holat
takrorlanmasligi uchun qanday chora tadbirlar qurish kerak deb o’ylaysiz. O’z
loyixangizniasoslab bering.
2.
Nima sababdan Tropik Afrika tabiiy resurslarga boy bo’lishiga qaramasdan
kontinentdagi eng kambag’almamlakailar shu regionga to’g’ri keladi?
3.
Nima sabadan Afrikada aholining okean va dengiz bo’ylarida joylashishi
Xorijiy Osiyo mamlakatlari darajasida emas. Buning sababini tushuntiring.
Muammoli metodning eng muhim xususiyatlaridan biri qo’yilgan savolni yechish
uchun gipoteza (faraz) tuzidash, ushbu farazni yechish yo’llarini izlash, xulosalar
qilishdan iborat. O’qituvchi muammoni kuyadi, farazni tushuntiradi, xayolan
eksperiment qilib ko’radi, uni yechishning turli variantlarini ilgari so’radi va xulosalar
qiladi. Nixoyat qadamma-qadam muammoni yechish yo’llariga erishadi. O’quvchilar
esa yechimning mantiqiyligini kuzatadilar, ilgari surilgan farazlarning to’g’riligini
nazorat qiladilar, isbot va dalillarning naqadar puxtaligini yana bir bor tekshirib
ko’radilar. Va shu tariqa bu metodning afzalligini, dars materialini o’zlashtirishdagi
rolini bilib oladilar.
Xalqaro geografik mehnat taqsimoti tushunchasining qanchalik mukammal
egallaganligini, bu tushunchalarga xos bo’lgan belgilarni o’quvchilarning qay darajada
bilishlarini aniqlash uchun ular diqqatiga quyidagi jadvalni tavsiya qilish maqsadgi
muvofiq.
Mamlakatlar
Ixtisosli tarmoqlari
Asosiy
savdo
sheriklari
Yevropa
Osiyo
Amerika
Sanoatda
Qishloq
xo’jaligida
Jadval materiallarini tahlil qilish orqali o’quvchilar quyidagi savollarga mutakil
javob topa olishlari mumkin.
1. Qaysi mamlakatlar iqtisodiyotida sanoat yetakchi o’rinniegallashini.
2. Qaysi mamlakatlar iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi o’rinni egallashishini.
3. Xalqaro geografik mehnat taqsimotida siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning
o’rni kabi jarayonlarni bilib oladilar.
O’quvchilarning jadvallarini mustaqil tahlil qilishi ularda zarur ko’nikmalarning
shakllanganligidan darak beradi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro geogrfik mehnat
taqsimotida o’rnini aniqlashni quyidagi jadvalni to’ldirish jarayonida bilib olishi
mumkin.
M A M L A KATLAR
Rivojlangan
Rivojlanayotgan
1. Xalqaro tovar ishlab chiqarishdagi
ixtisoslashuvning qay darajadaligi
2.Iqtisodiy aloqalarning asosiy yunalishlari
3.Asosiy
savdo
sheriklari
bilan
munosabatlar ahvoli
Bu jadvalning mustaqil to’ldirish o’quvchilarni jahon mamlakatlarida xalqaro
geografik mehnat taqsimotida o’ziga xos nomutanosiblik mavjud ekanligini bilib
olishlariga imkon yaratadi.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xalqaro geografik
mehnat taqsimoti tushunchasi jahon iqtisodiy geografiyasining barcha mavzularida
ishtirok qiladi. Ular tarmoqlararo, rayonlararo, davlatlararo mehnat taqsimoti
mavjudligini bilib oladilar. Qator jadvallarni mustaqil to’ldira olish o’quvchilarda bu
borada zarur ko’nikmalarning shakllanganligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |