Jahon xo‘jaligi tarixini bilmasdan turib zamonaviy strategik va ilg‘or iqtisodiy fikrlay oladigan haqiqiy iqtisodchi – mutaxassis bo‘lish mumkin emas.
Respublikamiz mutaxassislari o‘tmishda G‘arbiy Yevropa, AQSh va Yaponiyada qo‘llanilgan iqtisodiy mexanizmlar to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lishlari kerak.
Bu bilimlar zamonaviy iqtisodiy nazariyalarni shakllantirish uchun ma'lumotlar bazasini yaratish va ayniqsa iqtisodiy inqirozdan chiqishning oqilona modellarini izlashga yordam beradi.
Ushbu tajriba quyidagilardan iborat: Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlanishning amerikacha yo‘li;
XX asr iqtisodiyotini davlat tomonidan boshqarish metodlari tarixi;
Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi «iqtisodiyot mo‘'jizasi»ning iqtisodiyotga turtki beruvchi sabab va omillari