Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi.
U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo’lib, o’zlarining ichki iste’moli uchun zarur bo’lgan barcha tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Jaxon bozorining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari. Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni i. ch.da resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriiga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki i. ch. imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi.
Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (qarang Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi.
Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va b. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi.
Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar.
Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin
Xalqaro savdo-tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lib, har bir bosqich o‘z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar) O‘rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo‘llarning vujudga kelishi;
- tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O‘rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida kontsentratsiyalshuvi;
- tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo‘llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko‘chishi;
- tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII-XIX asrlar) sanoat to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog‘liq;
- tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog‘liq;
- integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta‘sir etish bosqichi – (XX asrning o‘rtasi va ikkinchi qismi);
- tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari:
- Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi;
- Xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog‘ining
qisqarishi;
- Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigimkorligi yuqori bo‘lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;
- Tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi;
- Yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
- Qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog‘liqligini ortishi;
- Tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi soda shaklining turli mamlakat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan mahsulotni yetkazib berish shakliga o‘tilishi
Xalqaro savdoning hududiy tarkibi – bu savdoning tarkibini aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmui va aloqalar majmui bo‘lib, bu tarkib xalqaro savdoning quyidagi xususiyatlari va rivojlanish yo‘nalishlarini ajratish imkonini beradi:
- Alohida mamlakatlarning savdo oqimlarni ajratish;
- Bir guruh mamlakatlar o‘rtasidagi savdo oqimlariniajratish;
- Mintaqalar o‘rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;
- Xalqaro savdoning asosiy ulushi oqimlarining rivojlangan
mamlakatlar guruhida yig‘ilganligi;
- Jahoning yirik savdo imperiyalari bo‘lib AQSH,
Germaniya va Yaponiya hisoblanadi;
- AQSH eksportining faollashuvi;
- Yaponiya eksportining o‘sishi (birinchi navbatda, boshqa
Osiyo mamlakatlariga);
- Janubiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro savdoning faol
rivojlanishi (ko‘proq Pokiston va Hindiston hisobiga);
- Sharqiy Osiyo va qisman Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro savdosining ustun darajada rivojlanishi (Yaponiyadan tashqari)
- Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari tashqi savdosining sekin rivojlanishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasi quyidagilar orqali ifodalanadi:
- Xalqaro savdoda bozor iqtisodiyotiga ega rivojlangan mamlakatlar ulushining saqlanib qolishi;
- Xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar guruhi ichida mujassamlashuvi;
- Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;
- Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida
savdo aloqalari hajmining ortishi;
- O‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning xalqaro savdodagi pozitsiyasining zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5%, rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5%);
Demak, zamonaviy xalqaro savdoning asosiy omillari quyidagilardan iborat:
- Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi;
- Milliy iqtisodiyotlar ishlab chiqarish salohiyatining o‘sishi;
- Xalqaro savdoning hududiy va tovar o‘zgarishi;
- Xalqaro savdo mexanizmlarining murakkablashuvi.
XXI asrning boshlarida xalqaro savdo nisbatan jadal suratlarda rivojlanishi bilan birga turli inqirozlar tufayli uning pasayishi ham yuz berdi. Tahlillar, jahon ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur‘ati 2005-2010 yillarda o‘rtacha 2,0%ni, jahon tovarlar eksporti hajmining o‘sish sur‘ati esa 3,5% ni tashkil etganligini ko‘rsatmoqda.
2-va 4-chorakda. Yaponiya kuchli moneter va fiscal siyosat olib bordi va 2013-yilning birinchi ikki choragida kuchli o‘sishga erishdi.lekin bu yilning ikkinchi yarmidan pasaya boshladi va 3- chorakda 1% dank am miqdorda pasaydi. Rivojlangan mamlakatlar birgalikda olinib bir butun sifatida qaralganda umumiy YaIM o‘sishi 1.1%, 2012-yilda 1.3% ni tashkil qilgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z ichiga MDH mamlaktlarini olgan holda 4.5% dan 4.4% ga pasaydi. Osiyo
2013-yilda JSTning geografik hududlari bo‘yicha eng tez o‘sgan YaIM ni qayd etdi va 4.2% o‘sish, bu deyarli o‘tgan ikki yildagi o‘sish bilan teng; Keyingisi Afrika 3.8%, Yaqin sharq
3.0% , janubiy va markaziy Amerika 3.0% ; Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari 2.0% ; Shimoliyn Amerika 1.8% va Yevropaa 0.3%
2013-yilda jahon xalqaro tovarlar savdosi ko‘rsatkichi o‘rtacha export va import hajmi 2.1% ga o‘sdi .Ammo jahon importi va exporti o‘rtasiodagi farq yuqori 2.4% export va 1.8% import ulushi o‘sdi;Rivojlangan mamlakatlar exporti jahon o‘rtachasiga nisbatan ancha sekin o‘sdi va 1.5%ni tashkil qildi. Bu davrda rivojlanayotgan mmlakatlarda bu ko‘rsatkich tez suratlarda o‘sdi o‘rtachaga qaraganda va 3.3%ni tashkil qildi.Import jihatdan rivojlangan mamlakatlar salbiy .02 % pasayishni qayd qildi; Rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari 4.4% ga o‘sdi.
O‘tgan yili osiyo mamlakatlarining exportdagi ulushi ortdi boshqa barcha hududlar bilan solishtirilganda 4.6foizlik o‘sish bilan;Qolaversa SHimoliy Amerika (2.8%), Yevropa (1.5%), Yaqin sharq (1.5%), Janubiy va markaziy Amerika (2.5%), SHimoliy Amerika (1.2%), MDH mamlakatlari (0.7%) va Afrika (-3.4%) o‘sishni tashkil qildi. Osiyo mamlakatlari exporti asosan yaponiyaga yo‘nltirilgan edi va dunyoning boshqa mamlakatlari bilan ulushi 1.8%ga pasaydi. Xuddi shu paytda Xitoy va Hindiston exporti 7.7% va 6.7%ga o‘sdi mos ravishda; Salbiy ko‘rsatkich Afrika mamlakatlarida qayd qilindi va bunga sabab yoqilg‘I export qiluvchi mamlakatlardagi keskin qisqarishlar, Masalan: Libya (-27%), Nigeria (11%), Algeria (-7%).Import hajmi bo‘yicha o‘sish surari yuqoriligi bo‘yicha osiyo 4.4% lik o‘sish bilan eng yuqori o‘rinni egalladi.Yaqin sharq (4.4%), Afrika (4%), janubiy va markaziy Amerika (2.5%), Shimoliy Amerika (1.2%), Yevropa (-0.5%), MDH mamlakatlari (-1.1), Hindistonda import 2.9%ga qisqardi bunga sabab iqtisodiy pasayish bo‘ldi , lekin xitoy respublikasining jetdan qiladigan xarajatlari keskin oshdi va 10% dan oshiqni tashkil qildi; Afrika hamm o‘z import hajmini oshirdi , garchi eksport hajmi so‘nggi ikki yil davomida pasaygan bo‘lsa ham, bunga sabab asosiy maxsulotlarining yuqori narxdaligidir.
Bu borada sug‘urta xizmati va computer va axborot xizmati exp[ortida 8% li kuchli o‘sish qayd qilindi va qurulish materiallari faqatgina 3% ga qisqardi.Moliyaviy xizmatlar
2012-yildagi -3% pasayishdan so‘ng tezlikda qayta tiklandi va2013-yilda 7% lik o‘sishni qayd etdi. Axborot almashinuv xizmatlari o‘rtacha 2% ni tashkil qildi. Royaltilar va litsenziya to‘lovlari 6%ga oshdi;Xulosa qilib aytganda , shimoliy Amerika exporti 2% ga o‘sdi va 2.42 trln dollarni tashkil qildi, bu jahon exportining 13.0 foizi demakdir; Import hajmi esa 1% ga o‘sdi va 3.2 trln dollarni tashkil qildi va bu jahon umumiy ko‘ratkichiga nisbatan 17% ni tashkil qildi; Yevropa 2013-yilda export hajmi 4% ga o‘sdi va 6.64 trln dollarni tashkil qildi.jahon umumiysiga nisbatan 36% ni tashkil qildi;Janubiy va markaziy Amerika mamlakatlari export ulushi 2% ga pasaydi va 737 mlrd dollarni tashkil qildi, uning jahondagi ulushi 4% ni tashkilq ildi; Importi esa,2 foizga o‘sdi 773 mlrd dollarni tashkil qildi va jahonda ulushi 4% ga teng bo‘ldi;Osiyo exporti 2%ga o‘sdi.
2013-yilda shimoliy amerikada savdo xizmatlari eksport hajmi 5%ga o‘sdi va 761 mlrd dollarni tashkil qildi,bu jahon savdo exportiga nisbatan 16% dir. Import hajmi esa 2% ga o‘sdi va 561mlrd dollar, jahon importiga nisbatan 13% ga teng bo‘ldi;Yevropada o‘sish 6% va 2.17trln dollar jahon eksportining 47% i qayd etildi. Savdo xizmatlari bo‘yicha import hajmi esa 5% ga osdi va 1.78 trln dollar 41% jahon savdo xizmatlari eksportidagi ulushi;Bu borada osiyo mamlakatlari export hajmi 6 % ga o‘sdi va 1.21 trln dollarni tashkil etdi, bu esa jahon hajmiga nisbatan 26%;Import hajmi esa 4% ga o‘sdi,1.23 trln dollarni tashkil qildi va jahon savdo xizmatlari importidagi ulushi 28%ni tashkil qildi. Jahon savdo xizmatlari exporti va importidagi ulushi past bo‘lgan mamlakatlar bu: Afrika mamlakatlari, Yaqain sharq, janubiy va markaziy Amerika mamlakatlari va MDH mamlakatlari; Ushbu mamlakatlarning umumiy jahon savdo xizmatlaridagi ulushi har biriniki o‘rtacha 5% dan past.