Jahon bozori xalqaro valyuta va kredit munosabatlari


Mutlaq ustunlik nazariyasi



Download 270,75 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi270,75 Kb.
#330016
1   2   3
Bog'liq
Jahon bozori

Mutlaq ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon andozasiga o’tish, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi milliy manfaatlarga qay darajada javob beradi, degan savolni qo’yadi. Bu savolga javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A.Smit xalqaro mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayligi to’g’risidagi o’z qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko’ra, A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning ahamiyatli rol o’ynashini ko’rsatib bergan. Shu bilan birga, u mamlakatlar quyidagi ikki ko’rinishdagi ustunlikka, ya’ni: 1) tabiiy, ya’ni iqlim sharoitining qulayligi, ba’zi bir tabiiy resurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta’kidlagan. Bu ustunliklardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot o’z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada bo’ladi. Shunga ko’ra, mahsulotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart emas, balki ularning ba’zilarini ustunlikka ega bo’lgan mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi.

Uni sotib olish mehnat sarflari esa mazkur mamlakatning o’zi uchun ustun hisoblangan sohadagi mehnat orqali qoplanadi.A.Smit nazariyasi bo’yicha har bir mamlakat o’zida boshqalarga qaraganda arzonga tushgan, ya’ni kam mehnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga nisbatan ko’p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir.

Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo o’zaro foydali savdo va xalqaro ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o’zaro foydali savdoning nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab berdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni ishlab chiqarishga o’tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin.

Mazkur nazariyaga ko’ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv orqali qo’shimcha ustunlikka ega bo’lishi va mahsulot umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar ishlab chiqarish bo’yicha mutlaq ustunlikka ega bo’lishi, ya’ni uning ishlab chiqarish xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlarning xarajatlaridan past bo’lishi shart emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o’zida qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi yetarli hisoblanadi.

Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1) unda ikkita mamlakat va ikkita tovar o’zaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi ko’rinishida olinadi; 3) mamlakatlar o’rtasidagi ish haqi darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud deb faraz qilinadi.

Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari

Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.

Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.

Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.


Eksport – bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog’liq.

Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3G’4 qismi to’g’ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1G’4 qismini tashkil qiladi.

Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko’rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va h.k.).

Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi.

U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.

Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo’lib, o’zlarining ichki iste’moli uchun zarur bo’lgan barcha tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.

Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari

Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.

Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.

Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

1.1. Jaxon bozorining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.

Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni i. ch.da resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriiga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki i. ch. imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi.

Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (qarang Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi.

Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va b. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi.

Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar.

Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.

Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.

Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin

Xalqaro savdo-tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lib, har bir bosqich o‘z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:

- tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar) O‘rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo‘llarning vujudga kelishi;

- tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O‘rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida kontsentratsiyalshuvi;

- tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo‘llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko‘chishi;

- tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII-XIX asrlar) sanoat to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog‘liq;

- tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog‘liq;

- integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta‘sir etish bosqichi – (XX asrning o‘rtasi va ikkinchi qismi);

- tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi;

Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari:

- Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi;

- Xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog‘ining

qisqarishi;

- Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigimkorligi yuqori bo‘lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;

- Tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi;

- Yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;

- Qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog‘liqligini ortishi;

- Tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi soda shaklining turli mamlakat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan mahsulotni yetkazib berish shakliga o‘tilishi

Xalqaro savdoning hududiy tarkibi – bu savdoning tarkibini aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmui va aloqalar majmui bo‘lib, bu tarkib xalqaro savdoning quyidagi xususiyatlari va rivojlanish yo‘nalishlarini ajratish imkonini beradi:

- Alohida mamlakatlarning savdo oqimlarni ajratish;

- Bir guruh mamlakatlar o‘rtasidagi savdo oqimlariniajratish;

- Mintaqalar o‘rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;

- Xalqaro savdoning asosiy ulushi oqimlarining rivojlangan

mamlakatlar guruhida yig‘ilganligi;

- Jahoning yirik savdo imperiyalari bo‘lib AQSH,

Germaniya va Yaponiya hisoblanadi;

- AQSH eksportining faollashuvi;

- Yaponiya eksportining o‘sishi (birinchi navbatda, boshqa

Osiyo mamlakatlariga);

- Janubiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro savdoning faol

rivojlanishi (ko‘proq Pokiston va Hindiston hisobiga);

- Sharqiy Osiyo va qisman Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro savdosining ustun darajada rivojlanishi (Yaponiyadan tashqari)

- Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari tashqi savdosining sekin rivojlanishi;

Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasi quyidagilar orqali ifodalanadi:

- Xalqaro savdoda bozor iqtisodiyotiga ega rivojlangan mamlakatlar ulushining saqlanib qolishi;

- Xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar guruhi ichida mujassamlashuvi;

- Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;

- Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida

savdo aloqalari hajmining ortishi;

- O‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning xalqaro savdodagi pozitsiyasining zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5%, rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5%);

Demak, zamonaviy xalqaro savdoning asosiy omillari quyidagilardan iborat:

- Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi;

- Milliy iqtisodiyotlar ishlab chiqarish salohiyatining o‘sishi;

- Xalqaro savdoning hududiy va tovar o‘zgarishi;

- Xalqaro savdo mexanizmlarining murakkablashuvi.

XXI asrning boshlarida xalqaro savdo nisbatan jadal suratlarda rivojlanishi bilan birga turli inqirozlar tufayli uning pasayishi ham yuz berdi. Tahlillar, jahon ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur‘ati 2005-2010 yillarda o‘rtacha 2,0%ni, jahon tovarlar eksporti hajmining o‘sish sur‘ati esa 3,5% ni tashkil etganligini ko‘rsatmoqda.

2-va 4-chorakda. Yaponiya kuchli moneter va fiscal siyosat olib bordi va 2013-yilning birinchi ikki choragida kuchli o‘sishga erishdi.lekin bu yilning ikkinchi yarmidan pasaya boshladi va 3- chorakda 1% dank am miqdorda pasaydi. Rivojlangan mamlakatlar birgalikda olinib bir butun sifatida qaralganda umumiy YaIM o‘sishi 1.1%, 2012-yilda 1.3% ni tashkil qilgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z ichiga MDH mamlaktlarini olgan holda 4.5% dan 4.4% ga pasaydi. Osiyo

2013-yilda JSTning geografik hududlari bo‘yicha eng tez o‘sgan YaIM ni qayd etdi va 4.2% o‘sish, bu deyarli o‘tgan ikki yildagi o‘sish bilan teng; Keyingisi Afrika 3.8%, Yaqin sharq

3.0% , janubiy va markaziy Amerika 3.0% ; Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari 2.0% ; Shimoliyn Amerika 1.8% va Yevropaa 0.3%

2013-yilda jahon xalqaro tovarlar savdosi ko‘rsatkichi o‘rtacha export va import hajmi 2.1% ga o‘sdi .Ammo jahon importi va exporti o‘rtasiodagi farq yuqori 2.4% export va 1.8% import ulushi o‘sdi;Rivojlangan mamlakatlar exporti jahon o‘rtachasiga nisbatan ancha sekin o‘sdi va 1.5%ni tashkil qildi. Bu davrda rivojlanayotgan mmlakatlarda bu ko‘rsatkich tez suratlarda o‘sdi o‘rtachaga qaraganda va 3.3%ni tashkil qildi.Import jihatdan rivojlangan mamlakatlar salbiy .02 % pasayishni qayd qildi; Rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari 4.4% ga o‘sdi.

O‘tgan yili osiyo mamlakatlarining exportdagi ulushi ortdi boshqa barcha hududlar bilan solishtirilganda 4.6foizlik o‘sish bilan;Qolaversa SHimoliy Amerika (2.8%), Yevropa (1.5%), Yaqin sharq (1.5%), Janubiy va markaziy Amerika (2.5%), SHimoliy Amerika (1.2%), MDH mamlakatlari (0.7%) va Afrika (-3.4%) o‘sishni tashkil qildi. Osiyo mamlakatlari exporti asosan yaponiyaga yo‘nltirilgan edi va dunyoning boshqa mamlakatlari bilan ulushi 1.8%ga pasaydi. Xuddi shu paytda Xitoy va Hindiston exporti 7.7% va 6.7%ga o‘sdi mos ravishda; Salbiy ko‘rsatkich Afrika mamlakatlarida qayd qilindi va bunga sabab yoqilg‘I export qiluvchi mamlakatlardagi keskin qisqarishlar, Masalan: Libya (-27%), Nigeria (11%), Algeria (-7%).Import hajmi bo‘yicha o‘sish surari yuqoriligi bo‘yicha osiyo 4.4% lik o‘sish bilan eng yuqori o‘rinni egalladi.Yaqin sharq (4.4%), Afrika (4%), janubiy va markaziy Amerika (2.5%), Shimoliy Amerika (1.2%), Yevropa (-0.5%), MDH mamlakatlari (-1.1), Hindistonda import 2.9%ga qisqardi bunga sabab iqtisodiy pasayish bo‘ldi , lekin xitoy respublikasining jetdan qiladigan xarajatlari keskin oshdi va 10% dan oshiqni tashkil qildi; Afrika hamm o‘z import hajmini oshirdi , garchi eksport hajmi so‘nggi ikki yil davomida pasaygan bo‘lsa ham, bunga sabab asosiy maxsulotlarining yuqori narxdaligidir.

Bu borada sug‘urta xizmati va computer va axborot xizmati exp[ortida 8% li kuchli o‘sish qayd qilindi va qurulish materiallari faqatgina 3% ga qisqardi.Moliyaviy xizmatlar

2012-yildagi -3% pasayishdan so‘ng tezlikda qayta tiklandi va2013-yilda 7% lik o‘sishni qayd etdi. Axborot almashinuv xizmatlari o‘rtacha 2% ni tashkil qildi. Royaltilar va litsenziya to‘lovlari 6%ga oshdi;Xulosa qilib aytganda , shimoliy Amerika exporti 2% ga o‘sdi va 2.42 trln dollarni tashkil qildi, bu jahon exportining 13.0 foizi demakdir; Import hajmi esa 1% ga o‘sdi va 3.2 trln dollarni tashkil qildi va bu jahon umumiy ko‘ratkichiga nisbatan 17% ni tashkil qildi; Yevropa 2013-yilda export hajmi 4% ga o‘sdi va 6.64 trln dollarni tashkil qildi.jahon umumiysiga nisbatan 36% ni tashkil qildi;Janubiy va markaziy Amerika mamlakatlari export ulushi 2% ga pasaydi va 737 mlrd dollarni tashkil qildi, uning jahondagi ulushi 4% ni tashkilq ildi; Importi esa,2 foizga o‘sdi 773 mlrd dollarni tashkil qildi va jahonda ulushi 4% ga teng bo‘ldi;Osiyo exporti 2%ga o‘sdi.

2013-yilda shimoliy amerikada savdo xizmatlari eksport hajmi 5%ga o‘sdi va 761 mlrd dollarni tashkil qildi,bu jahon savdo exportiga nisbatan 16% dir. Import hajmi esa 2% ga o‘sdi va 561mlrd dollar, jahon importiga nisbatan 13% ga teng bo‘ldi;Yevropada o‘sish 6% va 2.17trln dollar jahon eksportining 47% i qayd etildi. Savdo xizmatlari bo‘yicha import hajmi esa 5% ga osdi va 1.78 trln dollar 41% jahon savdo xizmatlari eksportidagi ulushi;Bu borada osiyo mamlakatlari export hajmi 6 % ga o‘sdi va 1.21 trln dollarni tashkil etdi, bu esa jahon hajmiga nisbatan 26%;Import hajmi esa 4% ga o‘sdi,1.23 trln dollarni tashkil qildi va jahon savdo xizmatlari importidagi ulushi 28%ni tashkil qildi. Jahon savdo xizmatlari exporti va importidagi ulushi past bo‘lgan mamlakatlar bu: Afrika mamlakatlari, Yaqain sharq, janubiy va markaziy Amerika mamlakatlari va MDH mamlakatlari; Ushbu mamlakatlarning umumiy jahon savdo xizmatlaridagi ulushi har biriniki o‘rtacha 5% dan past.

II-BOB. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi.

O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi.

Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.

O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.

O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: «Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir»i.

Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi integratsion aloqalarning o’ziga xos vazifalari mavjud.O’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir. O’zbekistonning BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.

O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.

O’zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.

O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o’zining tashkil topishi chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va imkoniyatlardan foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida ko’proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, ular manfaatlarining siqib qo’yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Prezidentimiz I.A.Karimov MDHga a’zo mamlakatlarning turli darajadagi yig’ilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan qarab, uni tubdan isloh qilish borasida o’zlarining amaliy takliflarini berdilar.

O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi.

Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.

Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi, obro’-e’tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy olish istagini bildirgan davlatlar soni ham ko’paymoqda. ShHTning salohiyati haqida gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy-integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir.

ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z ketganda, eng avvalo unga a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada kattaligini ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi (1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko’proq bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0 %. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi.O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar



Davlat nomi


Hududi

Aholisi soni

YaIM




Download 270,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish